Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf Jahon tarixi » 8-sinf Jahon tarixi №1 8-sinf Jahon tarixi 8-sinf Jahon tarixi №1 InfoMaster Iyun 7, 2023 221 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 1234567891011121314151617181920212223242526272829 8-sinf Jahon tarixi №1 I bob. YEVROPADA YANGI DAVRNING SHAKLLANISHI 1-variant 1 / 29 1. Rasmda tasvirlangan olimning kashfiyotlari to'g'ri berilgan javobni toping. 1)mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi; 2)olamning cheksizligi va abadiyligi haqidagi nazariyani yaratdi; 3)butun olam tortishish qonunini ishlab chiqdi; 4)Katta sonlarni hisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratdi 5)ko‘zguli teleskopni kashf qildi; 6)yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi; A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 6 C) 4, 5, 6 D) 1, 3, 5 2 / 29 2. 14 da fan va texnika sohalaridagi juda ulkan yutuqlar sanoat inqilobiga olib keldi. A) XVIII asr oxiri-XIX asr B) XVII asr oxiri -XVIII asr C) XVIII asrning 60-yillari D) XIX asr oxiri-XX asr 3 / 29 3. 6. Qachondan boshlab Yevropaning savdo chorrahalari Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chgan? A) XV asr ikkinchi yarmidan B) XVII asr birinchi yarmidan C) XVI asr birinchi yarmidan D) XVI asr ikkinchi yarmidan 4 / 29 4. Elektrdan foydalanishning asoslarini yaratgan italiyalik olimni aniqlang. A) M.Faradey B) G.Devi C) A.Amper D) A.Volta 5 / 29 5. Insoniyat tarixida qaysi davr an'anaviy jamiyat deb ataladi? A) Neolit davridan XV asr oxirigacha B) XVI boshlaridan XVIII asr 60-yillarigacha C) V asr oxiridan XV asr oxirigacha D) Neolit davridan XVIII asrning 60-yillarigacha 6 / 29 6. XV asr oxirida Afrika janubini aylanib o'tib Hind okeanigacha yetib borgan ekspeditsiya rahbarini aniqlang. A) Fernando Magellan B) Genrix Dengizchi C) Frensis Dreyk D) Bartolomeu Diash 7 / 29 7. Amerika qit’asini aylanib o’tib, Hindistonga boradigan dengiz yo’lini ochgan dengizchi nomini toping. A) Xristofor Kolumb B) Vasko da Gama C) Fernando Magellan D) Amerigo Vispuchchi 8 / 29 8. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida agrar jamiyatning yemirilishi, yangi sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni qancha davom etgan? A) qariyb uch asr B) qariyb to'rt asr C) qariyb besh asr D) qariyb ikki asr 9 / 29 9. Mashxur gollandiyalik rassom Remrandt tavallud topgan yilda yuz bergan voqeani aniqlang. A) Angliyaning Virjiniyadagi ilk manzilgohi – Jeymstaun tashkil qilindi. B) Xivada Arab Muhammadxonning o'g'illari Habash va Elbars Sultonlar isyon ko'tardi. C) Polsha Moskvani bosib oldi. D) Avstraliya Gollandiya mulki deb e'lon qilindi. 10 / 29 10. Yangi davr boshlarida yuz bergan narx-navo inqilobiga sabab bo'lgan omilni aniqlang. A) Yevropaga Amerikadan g'alla va kumushning oqib kelishi B) Yevropada ikki dalali almashlab ekishdan uch dalali almashlab ekishga o'tilishi C) XV asrdan Sharq mamlakatlari mahsulotlarining Yevropaga keltirilishining cheklanishi D) Yevropadan Amerikaga arzon ishchi kuchining oqib kelishi 11 / 29 11. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dengiz savdo yo‘llari qayerga ko‘chgan? A) Hind okeaniga B) O’rtayer dengiziga C) Tinch okeaniga D) Atlantika okeaniga 12 / 29 12. XVI asrda Niderlandiyaning iqtisodiy va savdo markazi bo’lgan Antverpen shahri hozirgi qaysi davlat hududida joylashgan? A) 4 B) 13 C) 12 D) 3 13 / 29 13. Kishilar bir-biridan kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat bu… A) Feodal jamiyat B) Kapitalistil jamiyat C) Sinfiy jamiyat D) Industrial jamiyat 14 / 29 14. X. Kolumb ekspeditsiyasi 1492-yil 12-oktabr kuni Amerika qit’asidagi San-Salvador orolini kashf etgan. Bu orol xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan A) 12 B) 10 C) 11 D) 9 15 / 29 15. XVI-XVII asrlarda fizika va astronomiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar yashagan yillari bilan to‘g‘ri moslashtirib berilgan javobni aniqlang. 1) Nikolay Kopernik; 2) Jordano Bruno; 3) Galileo Galiley; a) 1548-1600-yillar; b) 1473-1543-yillar; c) 1564-1642-yillar; d) 1475-1564-yillar. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-d, 2-a, 3-b C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-d 16 / 29 16. Ingliz Muhandisi Stefenson tomonidan parovoz ixtiro qilingan yilni aniqlang. A) 1714-yil B) 1784-yil C) 1814-yil D) 1775-yil 17 / 29 17. Rasmda tasvirlangan, geliosentrik nazariyaga asos solgan olimni aniqlang. A) Galileo Galiley B) Nikolay Kopernik C) Jordano Bruno D) Isaak Nyuton 18 / 29 18. XV asrda portugaliyaliklar tomonidan kash etilgan orollarni aniqlang. 1) Kanar; 2) Antil; 3) Madeyra; 4) Azor; 5) Solomon; 6) Melaneziya; 7) Bagama; A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 5 C) 5, 6, 7 D) 1, 3, 4 19 / 29 19. Arab dengichisi Ahmad ibn Majid yoramida Hindistongacha yetib borgan ekspeditsiya rahbarini aniqlang. A) Villem Yanszon B) Vaska da Gama C) Bartalameu Diash D) Fernando Magellan 20 / 29 20. Okean to‘lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli kema – karavella qachon yaratilgan? A) XV asr oxirida B) XV asr boshlarida C) XIV asr oxirida D) XVI asr boshlarida 21 / 29 21. Zamonaviy ko'rinishdagi ilk bank paydo bo'lgan asrda yuz bergan voqeani aniqlang. A) Fransiyada toifaviy monarxiya shakllana boshladi. B) Angliyada qaram dehqonlar to'lov evaziga ozodlikka erishadi C) Londonda birinchi yopiq bozor qurib bitkazildi. D) Kitoblarni tayyorlashda qog'ozdan keng foydalanish boshlandi. 22 / 29 22. Jamiyatda kishilar tabaqalarga bo‘linib yashashi va qadimdan saqlanib kelayotgan an’anaviy urf-odatlar, diniy tasavvurlar qaysi sivilizatsiyaning xarakterli tomonlari hisoblanadi? A) Industrial svilizatsiya B) Agrar svilizatsiya C) Quldorlik jamiyati D) Ibtidoiy jamoa tuzumi 23 / 29 23. Agrar sivilizatsiyadan sanoat ishlab chiqarishi va industrial sivilizatsiyaga o‘tish uchun asos yaratgan omilni aniqlang. A) Buyuk geografik kashfiyotlar B) Buyuk fransuz burjua inqilobi C) Sanoat inqilobi D) Angliya burjua inqilobi 24 / 29 24. Dastlab Italiyada Gumanizm g'oyasi paydo bo'lgan paytda yuz bergan voqealarni aniqlang. 1)Germaniyadagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashadilar; 2)Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi; 3)turklarning Bolqondagi dastlabki bosqinlari yuz bergan; 4)Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati parchalanib ketadi. 5)Oltin O'rdada siyosiy nizolar davri boshlangan; 6)Mustaqil Songai davlati tuzilgan; 7)Usmonli turklarda asirga olingan sog‘lom va baquvvat xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tashkil etila boshlangan; A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 2, 5, 7 25 / 29 25. Iqtisodda bozor munosabatlari shakllangan, jamiyatda siyosiy va ijtimoiy tenglik, huquqiy davlat, kishilarning tabiiy huquqlari, diniy bag‘rikenglik kabi qadriyatlar qaror topgan tarixiy davr nima deb ataladi? A) Postindustrial svilizatsiya B) Industrial svilizatsiya C) Kapitalistik jamiyat D) An'anaviy jamiyat 26 / 29 26. Quyidagi qaysi davlatda 1524-yilda Tomas Myunser boshchiligida dehqonlar qo‘zg‘oloni boshlangan davlat xaritada qaysi raqam bilan ko’rsatilgan? A) 12 B) 2 C) 16 D) 11 27 / 29 27. Yevropada ... Yangi tarixning asosiy mazmunini tashkil etadi. A) rivojlangan shahar madaniyati, Antik davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish B) demokratik tushunchalarga asoslangan yangicha dunyoqarashning shakllanishi C) sex ishlab chiqarishi o'rnini manufakturalar egallashi D) industrial svilizatsiyaning jadal rivojlanishi 28 / 29 28. Quyidagi rasmda tasvirlangan o’sha davr tarixchisi tomonidan "u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib insoniylikdan ko‘ra ko‘proq ilohiy oziq olasan...", deb yozib qoldirilgan asarni aniqlang. A) Rafael Santining "Sikstin Madonnasi" asari B) Rembrandtning "Adashgan o'g'ilning qaytishi" asari C) Leonarda da Vinchining "Jokonda" asari D) Mikelanjelo Buonarrotining "David"asari 29 / 29 29. Yangi tarix davrining birinchi bosqichi qaysi davrni o'z ichiga oladi? A) An'anaviy jamiyat yakunlanganidan Buyuk fransuz burjua inqilobigacha bo'lgan davrni B) Birinchi jahon urushi yakunlanganidan Ikkinchi jahon urushi tugashigacha bo'lgan davrni C) Buyuk geografik kashfiyotlardan Birinchi jahon urishining yakunigacha bo'lgan davrni D) Buyuk geografik kashfiyotlardan Buyuk fransuz burjua inqilobigacha bo'lgan davrni Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz