8-sinf O’zbekiston tarixi №1

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

8-sinf O'zbekiston tarixi №1

1-4-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Quyidagi hududlardan qay biri Oltin O’rdaga o‘lpon to'lab turgan?

2 / 40

2. Shayboniyxon tomonidan Balx shahrining bosib olingan yilini aniqlang.

3 / 40

3. Bobur Mirzoning yoshlik yillari o‘tgan shaharlar Shayboniyxon tomonidan kimga in’om etilganligini aniqlang.

4 / 40

4. Oltin O’rda xonligi qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan? 1) Xuroson 2) Shimoliy Kavkaz 3) Dashti Qipchoq 4) G'arbiy Sibir 5) Janubiy Sibir 6) Volga bulg‘orlari yurti 7) Xorazm 8) Qrim 9) Monroviya

5 / 40

5. “O’zbeklar ulusi” mamlakati asoschisi Abulxayrxon kimning farzandi bo'lgan?

6 / 40

6. Boysung'ur Mirzo Boburga qarshi jangda yordam so‘rab Shayboniyxonga murojaat qilgan vaqtda Shayboniyxon qayerda bo’lgan?

7 / 40

7. Samarqand shahri Muhammad Shayboniy tomonidan jangsiz egallangach, Movarounnahrning nufuzli davlat arboblari kim boshchiligida Bobur Mirzodan madad so‘raganlar?

8 / 40

8. Shoh Ismoil va Shayboniyxon o'rtasidagi jang qaysi shahar yaqinida ro‘y bergan edi?

9 / 40

9. Bobur Mirzo taxtga chiqqanining dastlabki yillarida yosh bo'lganligi tufayli qaysi bekning yordamida davlatni boshqargan edi?

10 / 40

10. Temuriyzodalardan qay biri Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish maqsadida barcha temuriy hukmdorlarni maslahat yig'iniga chaqirgan?

11 / 40

11. Quyidagi tarixiy shaxslarni ularning vafot etgan davriga qarab xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Abulxayrxon 2) Abu Said 3) Abulqosim Bobur 4) Davlatshayx

12 / 40

12. Mirzo Ulug‘bek lssiqko‘l yaqindagi jangda mo‘g‘ullar ustidan g'alaba qozongan vaqtda tarixda yana qanday voqea yuz bergan?

13 / 40

13. Shayboniyxon hokimiyatining muvaffaqiyatiga sabab bo'lgan omillar nimalardan iborat edi? 1)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan o'zaro qirg‘inlarning yana takrorlanishini aslo istamaganliklari; 2)Mo‘guliston hukmdorlari Movoraunnahrga harbiy yurishni har tamonlama qo‘llab-quvvatlaganliklari; 3)Safaviylar davlatining kuchayishi; 4)Dashti Qipchoq qabilalarining o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilishlari; 5)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o‘z orzularini ro'yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblaganliklari; 6)Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi; 7)Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va aholining ma’lum qismi Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlaganliklari;

14 / 40

14. Quyidagi tarixiy voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1)Abulxayrxon o'zidan madad so'ragan temuriyzoda Abu Saidga yordam berish bahonasida Movarounnahrga yurish boshladi; 2)Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar: Sig'noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O’zgan, Suzoq shaharlarini bosib oldi; 3)Davlatshayx vafoti bilan Shaybon ulusidagi kurash yanada avj olib ketdi; 4)Abulxayrxon “O’zbek ulusi” nomli davlatga asos soldi.

15 / 40

15. Boburning otasi Umarshayx Mirzo qaysi yillarda yashagan?

16 / 40

16. Bobur Mirzoning Shayboniyxon talabini bajargan holda Samarqandni tark etishi jarayoni haqida “Xudoga tavakkal qilib Badaxshonot va Kobulga yuzlandilar” so‘zlari kimning asaridan olingan?

17 / 40

17. Quyidagi ko‘rsatilgan sabablardan qaysi biri Muhammad Shayboniyxon uchun temuriylarning Xuroson davlatini egallashiga qiyinchilik tug'dirmadi?

18 / 40

18. Temuriy shahzodalardan qay birining davrida saltanat ikki qismga bo'linib ketgan edi va shu tariqa boshqarilgan?

19 / 40

19. Bobur Mirzo tavallud topgan sanani aniqlang.

20 / 40

20. Shayboniyxon bobosi Abulxayrxon tuzgan davlatni qachon qayta tikladi?

21 / 40

21. Shayboniyxonning otalig’i amir Boyshayx qaysi qavmdan chiqqan edi?

22 / 40

22. Shohbudog’ Sulton yosh vafot etganidan so‘ng, Abulxayrxon uning o‘g‘illariga kimni otaliq etib tayinlagan?

23 / 40

23. Muhammad Shayboniyxon nechanchi yilda tug‘ilgan?

24 / 40

24. Bobur Mirzo Shayboniyxon bilan hal qiluvchi jang oldidan qaysi hududlarga yordam yuborishlarini so‘rab elchilar jonatadi? 1) Xuttalon; 2) Toshkent; 3) Balx; 4) Hisor; 5) Hirot; 6) Qunduz; 7) Andijon.

25 / 40

25. Boburning bolalik va yoshlik yillari qaysi shaharlarda o‘tgan edi?

26 / 40

26. 1501 -yilda Bobur Muhammad Shayboniyga qarshi janga kirganida qaysi hukmdorlar unga madad kuchi yubormadilar? 1)Axsi hokimi Jahongir Mirzo; 2)Qashqar hukmdori Sulton Mahmudxon; 3)Movarounnahr hukmdori Sulton Afi 4)Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro;

27 / 40

27. Husayn Boyqaro Amir Temurning qaysi o‘g‘lini avlodi hisoblanadi?

28 / 40

28. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etgach Ko’chkunchi Sultonni qayerga hokim etib tayinlaydi?

29 / 40

29. Abulxayrxon qaysi yildan boshlab o‘z davlatini Oltin O’rda xonligidan mustaqil deb e’lon qildi?

30 / 40

30. Quyidagi omillardan qay biri Shayboniyxonning Movarounnahrga qarshi yurishini tezlatib yuboradi?

31 / 40

31. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrni istilo qilishida tayanch vazifasini o‘tagan qo‘rg‘onlar qayerda joylashgan?

32 / 40

32. 1501-yilda kimlar to'qnashgan edi?

33 / 40

33. Movarounnahrni idora qilgan Abu Said Mirzo vorislarini tartib bilan joylashtiring. 1) Sulton Mahmud 2) Sulton Ahmad 3) Sulton Ali 4) Boysung'ur

34 / 40

34. Shayboniylar sulolasining yirik vakillaridan biri hisoblangan Jonibek Sulton qaysi tarixiy shaxsning farzandi edi?

35 / 40

35. Qachondan boshlab Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi ham umumiy nom bilan o'zbek deb atala boshlagan?

36 / 40

36. Bobur tomonidan barpo etiirilgan mashhur “Bog‘i Bobur” qayerda joylashgan?

37 / 40

37. “Oqil va tadbirkor, harbiy salohiyati yuqori, adolatpesha shahzoda edi. U o‘z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san’atkorlarni yig‘ib anjumanlar o‘tkazardi. O’zi ham go‘zal g‘azallar bitardi ”Ushbu fikrlar qaysi temuriyzoda haqida bormoqda?

38 / 40

38. Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘lib turadigan geografik ob’ektni aniqlang.

39 / 40

39. Qaysi daryo o‘rta asrlarda Yoyiq deb atalgan edi?

40 / 40

40. Xurosonda Shohrux Mirzo hukmronlik qilayotgan vaqtda Movarounnahrni kim boshqarayotgan edi?

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0