Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 8-sinf O'zbekiston tarixi » 8-sinf O’zbekiston tarixi №2 8-sinf O'zbekiston tarixi 8-sinf O’zbekiston tarixi №2 InfoMaster May 4, 2023 460 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 8-sinf O'zbekiston tarixi №2 5-10-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Shayboniyxon hokimiyatining muvaffaqiyatiga sabab bo'lgan omillar nimalardan iborat edi? 1)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan o'zaro qirg‘inlarning yana takrorlanishini aslo istamaganliklari; 2)Mo‘guliston hukmdorlari Movoraunnahrga harbiy yurishni har tamonlama qo‘llab-quvvatlaganliklari; 3)Safaviylar davlatining kuchayishi; 4)Dashti Qipchoq qabilalarining o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilishlari; 5)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o‘z orzularini ro'yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblaganliklari; 6)Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi; 7)Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va aholining ma’lum qismi Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlaganliklari; A) 2, 3, 4, 7 B) 1, 4, 5, 6, 7 C) 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5 2 / 40 2. “O‘zbeklar ulusi” mamlakati asoschisining shajarasini xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Davlatshayx; 2) Abulxayrxon; 3) Shaybon; 4) Jo‘ji; 5) Chingizxon. A) 5, 4, 3, 2, 1 B) 5, 4, 1, 3, 2 C) 5, 4, 3, 1, 2 D) 5, 4, 2, 1, 3 3 / 40 3. Boburning otasi Umarshayx Mirzo qaysi yillarda yashagan? A) 1466-1494-yillar B) 1454-1498-yillar C) 1448-1498-yillar D) 1455-1494-yillar 4 / 40 4. Abu Said Mirzo kimlar bilan bo’lgan harbiy to'qnashuvda halok bo’lgan? A) oq qo‘yunlilar B) naymanlar C) muzaffariylar D) qora qo'yunlilar 5 / 40 5. Shayboniyxonning otalig’i amir Boyshayx qaysi qavmdan chiqqan edi? A) nayman B) uyg'ur C) mang‘it D) qipchoq 6 / 40 6. Bobur Mirzo 1497-yil Samarqandni ... qamaldan keyin bosib oldi. A) 5 oylik B) 3 oylik C) 100 kurilik D) 7 oylik 7 / 40 7. Muhammad Shayboniyxon qaysi hududda madrasalarda ta’lim olgan, iste’dodli shoir bo‘lib tanilib, nufuzli davlat va din arboblari bilan yaqinlashishga muvaffaq bo'lgan? A) Bag'dod B) Samarqand C) Buxoro D) Turkiston 8 / 40 8. Bobur Mirzo tavallud topgan sanani aniqlang. A) 1483-yil 9-fevral B) 1483-yil 14-fevral C) 1482-yil 11-fevral D) 1493-yil 18-fevral 9 / 40 9. Muhammad Shayboniyxon tomonidan qachon Shayboniylar davlatiga asos solindi? A) 1501-yilda B) 1504-yilda C) 1480-yilda D) 1500-yilda 10 / 40 10. Mironshohning nabirasi Abu Said Temuriylar saltanatining har ikkala qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan yilni toping. A) 1458-yil B) 1451-yil C) 1462-yil D) 1456-yil 11 / 40 11. Jo’ybor shayxlaridan kim Abdullaxon II ga siyosiy kurashda yordam bergan? A) Xo'ja Abubakr Sa’d B) Xo'ja Axror Valiy C) Muhammad Karim D) Muhammad Islom 12 / 40 12. Shayboniylar davlatida qo'shin kimlar tomonidan boshqarilgan? 1)ellikboshi 2) o‘nboshi 3) mingboshi 4) yuzboshi A) 1 , 2 B) 1.3 C) 2, 4 D) barchasi. 13 / 40 13. Yasovul - bu ... A) Xonni qo'riqlagan B) Qo'shinni qurol-yarog’ bilan ta’minlagan C) Harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan D) Oliy bosh qo'mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlarini bajargan 14 / 40 14. Ashtarxoniylarning qaysi hukmdori davrida Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchaydi? A) Subxonqulixon B) Nodir Muhammadxon C) Abdulazizxon D) Ubaydullaxon II 15 / 40 15. Ubaydullaxon I safaviylar ustidan qozongan g'alabasini kimga bag'ishlagan edi? A) Do‘sti Mir Arabga B) Shayxi Muhammad Islomga C) Amakisi Shayboniyxonga D) Otasi Mahmud Sultonga 16 / 40 16. Shayboniylar davlatida markaziy hokimiyat zaiflashishi natijasida qaysi lavozimga ayrim qudratli qabila boshliqlari tayinlanadigan bo‘ladi? A) bosh sarkarda B) bosh vazir C) viloyat hokimlari D) tuman hokimlari 17 / 40 17. Qatag'on urug'ining sardori Mahmudbiy qachon o‘zini xon deb e’lon qiigan edi? A) 1708-yil B) 1706-yil C) 1707-yil D) 1711-yil 18 / 40 18. Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? A) agrar islohot o'tkazildi, yer egalarining soliq to'lamaslik tartibi bekor qilindi B) qo'shin tarkibini yangilash va muntazam qo'shin tashkil etish C) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish D) mamlakatdan jung'orlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo'yish 19 / 40 19. Quyidagi tarixiy voqealardan qay biri aynan bir yilga mansub emas? A) Navro'z Ahmadxon vafot etdi B) Abdullaxon II Maymanada hukmronligini mustahkamlab oldi C) Abdullaxon II Buxoro xonligida hokimiyatni o‘z qo'liga oldi D) Rossiya Hojitarxon xonligini zabt etdi 20 / 40 20. Harbiy harakatlar vaqtida Oliy bosh qo‘mondon uchun maxsus tayyorlangan rasmiy qabul marosimi o'tkaziladigan joy qanday nomlangan? A) borgoh B) o'rdagoh C) izofa D) dargoh 21 / 40 21. Shayboniylar davlatida viloyatlar asosan kimlar tomonidan boshqarilgan? A) Sulola namoyandalari orasidan tayinlangan hokimlar B) Mahalliy xonadonlarning ulug‘ kishilari C) Janglarda qahramonlik ko'rsatgan harbiy boshliqlar D) Xonning alohida vazifasini astoydil bajargan shaxslar 22 / 40 22. Nodir Muhammad taxtni egallay olmagach taqdiri qanday yakun topadi? A) taxtdan olinib qatl etildi B) Makkaga borib, o'sha yerda vafot etdi C) Nodir Muhammadning ko'ziga mil tortildi D) Makkaga hajga borayotib yo'lda vafot etadi 23 / 40 23. Harbiy qo'shinda to'fang (miltiq)ni doimiy ravishda qollash qachondan boshlangan? A) XVII asr o'rtalarida B) XVII asr boshlarida C) XVIII asrda D) XVI asr o'rtalarida 24 / 40 24. Quyidagi voqealarning qaysi biri 1681-yilda bo‘lib o‘tgan? A) Ubaydullaxon II Buxoro taxtini egallagan B) Subhonqulixon Buxoro xonligi taxtini egallagan C) Samarqand shahri Xiva qo‘shinlari tomonidan egallanib olingan D) Xiva xoni Anushaxon Samarqandda o‘z nomidan tanga pullar chiqargan 25 / 40 25. Buxoro taxtiga akasidan keyin kelgan hukmdorlarni aniqlang. 1) Vali Muhammad 2) Subhonqulixon 3) Abulfayzxon 4) Imomqulixon 5) Ubaydullaxon II 6) Nodir Muhammad A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6 26 / 40 26. Navro'z Ahmadxon qaysi yilda vafot etadi? A) 1559-yilda B) 1550-yilda C) 1556-yilda D) 1554-yilda 27 / 40 27. Buxoroda markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi bilan Xiva xonlari Buxoro xonligi hududiga bostirib kirishgan. Shunday vaziyatda qaysi Xiva xoni Samarqandni egallab o‘z nomiga xutba o'qitgan edi? A) Anushaxon B) Abulg'ozixon C) Eringxon D) Elbarsxon 28 / 40 28. Abulfayzxon davrida Shahrisabz hokimi kim edi? A) Muhammad Hakimbiy B) Mahmudbiy C) Rajab Sulton D) Ibrohimbiy 29 / 40 29. Buxoro xonligida ashtarxoniylar davrida xondan keyingi o‘rinda qaysi lavozim egasi turgan? A) qo'shbegi B) naqib C) otaliq D) devonbegi 30 / 40 30. Buxoro xonligida qaysi unvonni egallagan shaxs davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, xon saroyida nufuzi baland bo‘lgan? A) naqib B) otaliq C) shayxulislom D) rais 31 / 40 31. Safaviylarga qarshi kurash olib borish natijasida Abdullaxon II qaysi hududni egallashga muyassar bo’ladi? A) Xurosonning sharqiy qismi B) Xurosonning g'arbiy qismi C) Turkmanistonning sharqiy qismi D) Eronning shimoliy qismi 32 / 40 32. Qaysi ashtarxoniy hukmdor goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo‘ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko‘chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo‘ldi? A) Abdulazizxon B) Abulfayzxon C) Subhonqulixon D) Ubaydullaxon II 33 / 40 33. Quyidagi sulolardan qay biri hukmronligi davrida davlat boshqaruvidagi devonlar tizimi deyarli barbod bolgan? A) ashtarxoniylar B) anushteginiylar C) ma’muniylar D) shayboniylar 34 / 40 34. Dargohga tushgan arizalarni qabul qilish va ularga javob qaytarish kimning vazifasiga kirgan? A) parvonachi B) dodhox C) shayxulislom D) mushrif 35 / 40 35. Abdulatif qaysi yilda vafot etadi? A) 1548-yil B) 1550-yil C) 1540-yil D) 1552-yil 36 / 40 36. Ibrohimbiy va Rajab Sulton Buxoroni bo‘ysundirish uchun kimlardan yordam so'ragan edi? A) qozoqlardan B) qoraqalpoqlardan C) qipchoqlardan D) qalmoqlardan 37 / 40 37. Amlokdor kim tomonidan tayinlangan? A) tuman hokimi B) xonning o‘zi C) bosh vazir D) viloyat hokimi 38 / 40 38. Ashtarxoniylar vakili bo'lgan Din Muhammad kimlar bilan bo'lgan jangda halok boladi? A) Rus hukmdori Boris boshchiligidagi slavyanlar B) Eron hukmdori Abbos I boshchiligidagi safaviylar C) Turkiya sultoni Mehmet boshchiligidagi turklar D) Qozoq xoni Tavakkal boshchiligidagi ko'chmanchilar 39 / 40 39. XVI asr boshlarida Shayboniyxonning harbiy yurishlari davomida Movarounnahr va Xorazmga... Dashti Qipchoq o‘zbeklari kirib kelgan. A) 50-60 ming B) 200-300 ming C) 500-600 ming D) 700-800 ming 40 / 40 40. Nimaning oqibatida Nodir Muhammadxon davrida Buxoro xonligida davlatchilik asoslari zaiflashdi? A) Nodir Muhammadxondan norozi bo'lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qilishi oqibatida B) Hindiston va Eron bilan siyosiy nizoning kelib chiqishi oqibatida C) qozoq xoni qo'shinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo'ysundirishi oqibatida D) xonning o'zi mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk qilib o'g'illari va yqin qarindoshlariga taqsimlab berishi oqibatida Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz