8-sinf O’zbekiston tarixi №1

6

8-sinf O'zbekiston tarixi №1

1-4-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning qaysi vorisiga chuqur e’tiqod qo‘ygan edi?

2 / 40

2. Jo'jixonning vorislari o'rtasidagi mulk taqsimoti jarayonida Oltin O’rdaga tegishli qaysi hudud Shaybonga berilgan edi?

3 / 40

3. Boburning otasi Umarshayx Mirzo qaysi yillarda yashagan?

4 / 40

4. Sirdaryoning yuqori oqimi, Tyanshandan Dnepr daryosining quyi oqimigacha cho'zilgan hududlar qaysi manbalarda “Dashti Qipchoq” deb, yuritilgan?

5 / 40

5. Afg'onistonni zabt etgach Bobur Mirzo qaysi qal’ani o‘ziga qarorgoh qiladi?

6 / 40

6. Qaysi daryo o‘rta asrlarda Yoyiq deb atalgan edi?

7 / 40

7. Xuroson davlatida qo'shhokimiyatchilik vujudga kelishiga nima sabab bo'ldi?

8 / 40

8. Dashti Qipchoq aholisi Vizantiya manbalarida qanday nom bilan uchraydi?

9 / 40

9. 1501-yilda kimlar to'qnashgan edi?

10 / 40

10. “Oqil va tadbirkor, harbiy salohiyati yuqori, adolatpesha shahzoda edi. U o‘z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san’atkorlarni yig‘ib anjumanlar o‘tkazardi. O’zi ham go‘zal g‘azallar bitardi ”Ushbu fikrlar qaysi temuriyzoda haqida bormoqda?

11 / 40

11. Quyidagi omillardan qay biri Shayboniyxonning Movarounnahrga qarshi yurishini tezlatib yuboradi?

12 / 40

12. Xurosonda Shohrux Mirzo hukmronlik qilayotgan vaqtda Movarounnahrni kim boshqarayotgan edi?

13 / 40

13. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etgach Ko’chkunchi Sultonni qayerga hokim etib tayinlaydi?

14 / 40

14. Quyidagi hududlardan qay biri Oltin O’rdaga o‘lpon to'lab turgan?

15 / 40

15. Movarounnahr hukmdori Boysung'ur Mirzo Boburning qamaliga qarshi yordam so‘ragan (a) va Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marotaba egallagan (b) vaqtda Muhammad Shayboniyxon qayerda bo‘lgan? 1) Bog‘i Dilkusho; 2) Yassi; 3) Konigil; 4) Dashti Qipchoq.

16 / 40

16. Shayboniyxon tomonidan Balx shahrining bosib olingan yilini aniqlang.

17 / 40

17. “O‘zbeklar ulusi” mamlakati asoschisining shajarasini xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Davlatshayx; 2) Abulxayrxon; 3) Shaybon; 4) Jo‘ji; 5) Chingizxon.

18 / 40

18. Umarshayx Mirzo akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida qaysi hududlarni o‘z mulkiga qo‘shib oladi?

19 / 40

19. Muhammad Shayboniyxon nechanchi yilda tug‘ilgan?

20 / 40

20. Temuriyzodalardan qay biri Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish maqsadida barcha temuriy hukmdorlarni maslahat yig'iniga chaqirgan?

21 / 40

21. 1503-yilda Shayboniyxon Toshkent va Shohruhiya shaharlarini egallagach, Turkiston va Toshkentga kimlarni hokim etib tayinlaydi?

22 / 40

22. Shoh Ismoil va Shayboniyxon o'rtasidagi jang qaysi shahar yaqinida ro‘y bergan edi?

23 / 40

23. Quyidagi tarixiy shaxslardan qay biri Abulxayrxonning farzandlari qatoriga kirmaydi?

24 / 40

24. Shayboniyxon hokimiyatining muvaffaqiyatiga sabab bo'lgan omillar nimalardan iborat edi? 1)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan o'zaro qirg‘inlarning yana takrorlanishini aslo istamaganliklari; 2)Mo‘guliston hukmdorlari Movoraunnahrga harbiy yurishni har tamonlama qo‘llab-quvvatlaganliklari; 3)Safaviylar davlatining kuchayishi; 4)Dashti Qipchoq qabilalarining o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilishlari; 5)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o‘z orzularini ro'yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblaganliklari; 6)Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi; 7)Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va aholining ma’lum qismi Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlaganliklari;

25 / 40

25. Bobur Mirzo 1497-yil Samarqandni ... qamaldan keyin bosib oldi.

26 / 40

26. Oltin O’rda xonligi qaysi hududlarni o‘z ichiga olgan? 1) Xuroson 2) Shimoliy Kavkaz 3) Dashti Qipchoq 4) G'arbiy Sibir 5) Janubiy Sibir 6) Volga bulg‘orlari yurti 7) Xorazm 8) Qrim 9) Monroviya

27 / 40

27. Husayn Boyqaro Amir Temurning qaysi o‘g‘lini avlodi hisoblanadi?

28 / 40

28. Hirot shahri iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini butunlay yo‘qotgan yilni toping.

29 / 40

29. Bobur qaysi yilda Boysung'urni qal’aga yashirinishga majbur etadi?

30 / 40

30. Abu Said Mirzo kimlar bilan bo’lgan harbiy to'qnashuvda halok bo’lgan?

31 / 40

31. Mirzo Ulug‘bek lssiqko‘l yaqindagi jangda mo‘g‘ullar ustidan g'alaba qozongan vaqtda tarixda yana qanday voqea yuz bergan?

32 / 40

32. Oltin O’rda xonlgiga qachon asos solingan?

33 / 40

33. Rus manbalaridagi “Poloveslar yeri” qaysi hududga nisbatan ishlatilgan?

34 / 40

34. Muhammad Shayhoniyxon Farg'onani egallagan yilda Bobur Mirzo hokimiyati o‘rnatilgan shahar hozirgi kunda qaysi Respublikaning poytaxti hisoblanadi?

35 / 40

35. Bobur tomonidan barpo etiirilgan mashhur “Bog‘i Bobur” qayerda joylashgan?

36 / 40

36. 1510-yilda Muhammad Shayboniyxon va Shoh Ismoil Safaviy o‘rtasida to’qnashuv yuz bergan shahar hozirgi kunda qaysi mamlakat hududiga mos keladi?

37 / 40

37. Oltin O’rda xonligi kim tomonidan tashkil qilingan edi?

38 / 40

38. Dashti Qipchoq deb ataluvchi hudud qaysi asrdan boshlab shu nom bilan tilga olina boshlagan?

39 / 40

39. Ma’lumki, yaxshi ta’lim olgan, mustahkam intizomli yollanma qo'shinni saqlab turish Shayboniyxondan katta mablag’ talab qilar edi, shunday vaziyatda Shayboniyxon qaysi hududlar hukmdorlariga to‘lov evaziga harbiy yordam ko‘rsata boshlagan? 1) Mo‘g‘uliston 2) Xuroson 3) Movarounnahr 4) Rus 5) Eron

40 / 40

40. Shayboniylar sulolasining yirik vakillaridan biri hisoblangan Jonibek Sulton qaysi tarixiy shaxsning farzandi edi?

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0