8-sinf O’zbekiston tarixi №1

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

8-sinf O'zbekiston tarixi №1

1-4-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. O‘rta Osiyodagi turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga qanday imkon berdi?

2 / 40

2. 1503-yilda Shayboniyxon Toshkent va Shohruhiya shaharlarini egallagach, Turkiston va Toshkentga kimlarni hokim etib tayinlaydi?

3 / 40

3. Boysung'ur Mirzoga yordamga kelgan Muhammad Shayboniy qasyi holat yuzasidan jangga kirmasdan Yassiga qaytib ketadi?

4 / 40

4. Shayboniylar sulolasining yirik vakillaridan biri hisoblangan Jonibek Sulton qaysi tarixiy shaxsning farzandi edi?

5 / 40

5. Shoh Ismoil va Shayboniyxon o'rtasidagi jang qaysi shahar yaqinida ro‘y bergan edi?

6 / 40

6. Shayboniyxonning otalig’i amir Boyshayx qaysi qavmdan chiqqan edi?

7 / 40

7. Bobur tomonidan barpo etiirilgan mashhur “Bog‘i Bobur” qayerda joylashgan?

8 / 40

8. Shayboniyxon hokimiyatining muvaffaqiyatiga sabab bo'lgan omillar nimalardan iborat edi? 1)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so‘ng boshlangan o'zaro qirg‘inlarning yana takrorlanishini aslo istamaganliklari; 2)Mo‘guliston hukmdorlari Movoraunnahrga harbiy yurishni har tamonlama qo‘llab-quvvatlaganliklari; 3)Safaviylar davlatining kuchayishi; 4)Dashti Qipchoq qabilalarining o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilishlari; 5)Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o‘z orzularini ro'yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblaganliklari; 6)Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi; 7)Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va aholining ma’lum qismi Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatlaganliklari;

9 / 40

9. Temuriyzodalardan qay biri Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish maqsadida barcha temuriy hukmdorlarni maslahat yig'iniga chaqirgan?

10 / 40

10. “Oqil va tadbirkor, harbiy salohiyati yuqori, adolatpesha shahzoda edi. U o‘z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san’atkorlarni yig‘ib anjumanlar o‘tkazardi. O’zi ham go‘zal g‘azallar bitardi ”Ushbu fikrlar qaysi temuriyzoda haqida bormoqda?

11 / 40

11. Ma’lumki, yaxshi ta’lim olgan, mustahkam intizomli yollanma qo'shinni saqlab turish Shayboniyxondan katta mablag’ talab qilar edi, shunday vaziyatda Shayboniyxon qaysi hududlar hukmdorlariga to‘lov evaziga harbiy yordam ko‘rsata boshlagan? 1) Mo‘g‘uliston 2) Xuroson 3) Movarounnahr 4) Rus 5) Eron

12 / 40

12. “O’zbeklar ulusi” mamlakati asoschisi Abulxayrxon kimning farzandi bo'lgan?

13 / 40

13. Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga bo‘lib turadigan geografik ob’ektni aniqlang.

14 / 40

14. Oltin O’rda xonlgiga qachon asos solingan?

15 / 40

15. Rus manbalaridagi “Poloveslar yeri” qaysi hududga nisbatan ishlatilgan?

16 / 40

16. Afg'onistonni zabt etgach Bobur Mirzo qaysi qal’ani o‘ziga qarorgoh qiladi?

17 / 40

17. 1510-yilda Muhammad Shayboniyxon va Shoh Ismoil Safaviy o‘rtasida to’qnashuv yuz bergan shahar hozirgi kunda qaysi mamlakat hududiga mos keladi?

18 / 40

18. Mironshohning nabirasi Abu Said Temuriylar saltanatining har ikkala qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan yilni toping.

19 / 40

19. Quyidagi tarixiy voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1)Abulxayrxon o'zidan madad so'ragan temuriyzoda Abu Saidga yordam berish bahonasida Movarounnahrga yurish boshladi; 2)Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar: Sig'noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O’zgan, Suzoq shaharlarini bosib oldi; 3)Davlatshayx vafoti bilan Shaybon ulusidagi kurash yanada avj olib ketdi; 4)Abulxayrxon “O’zbek ulusi” nomli davlatga asos soldi.

20 / 40

20. Bobur qaysi yilda Boysung'urni qal’aga yashirinishga majbur etadi?

21 / 40

21. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrni zabt etgach Ko’chkunchi Sultonni qayerga hokim etib tayinlaydi?

22 / 40

22. 1501 -yilda Bobur Muhammad Shayboniyga qarshi janga kirganida qaysi hukmdorlar unga madad kuchi yubormadilar? 1)Axsi hokimi Jahongir Mirzo; 2)Qashqar hukmdori Sulton Mahmudxon; 3)Movarounnahr hukmdori Sulton Afi 4)Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro;

23 / 40

23. Xuroson davlatida qo'shhokimiyatchilik vujudga kelishiga nima sabab bo'ldi?

24 / 40

24. Sirdaryoning yuqori oqimi, Tyanshandan Dnepr daryosining quyi oqimigacha cho'zilgan hududlar qaysi manbalarda “Dashti Qipchoq” deb, yuritilgan?

25 / 40

25. Husayn Boyqaro Amir Temurning qaysi o‘g‘lini avlodi hisoblanadi?

26 / 40

26. Bobur Mirzo Shayboniyxon bilan hal qiluvchi jang oldidan qaysi hududlarga yordam yuborishlarini so‘rab elchilar jonatadi? 1) Xuttalon; 2) Toshkent; 3) Balx; 4) Hisor; 5) Hirot; 6) Qunduz; 7) Andijon.

27 / 40

27. 1501-yilda kimlar to'qnashgan edi?

28 / 40

28. Muhammad Shayboniyxon nechanchi yilda tug‘ilgan?

29 / 40

29. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim qaysi yillarda yashagan?

30 / 40

30. Bobur Mirzo 1497-yil Samarqandni ... qamaldan keyin bosib oldi.

31 / 40

31. Quyidagi tarixiy shaxslardan qay biri Abulxayrxonning farzandlari qatoriga kirmaydi?

32 / 40

32. Shayboniyxon tomonidan Balx shahrining bosib olingan yilini aniqlang.

33 / 40

33. Shayboniyxonning O’rta Osiyo shaharlarini bosib olishdagi ketma-ketlikni ko‘rsating.

34 / 40

34. 1504-yilda….

35 / 40

35. Xurosonda Shohrux Mirzo hukmronlik qilayotgan vaqtda Movarounnahrni kim boshqarayotgan edi?

36 / 40

36. Bobur Mirzoning yoshlik yillari o‘tgan shaharlar Shayboniyxon tomonidan kimga in’om etilganligini aniqlang.

37 / 40

37. Mironshohning nabirasi Abu Said Movarounnahr (1) va Xuroson (2) taxtini egallagan tarixiy sanalarni belgilang. a) 1451-yil b) 1454-yil c) 1459-yil d) 1458-yil

38 / 40

38. “O‘zbeklar ulusi” mamlakati asoschisining shajarasini xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Davlatshayx; 2) Abulxayrxon; 3) Shaybon; 4) Jo‘ji; 5) Chingizxon.

39 / 40

39. Muhammad Shayboniyxon qaysi hududda madrasalarda ta’lim olgan, iste’dodli shoir bo‘lib tanilib, nufuzli davlat va din arboblari bilan yaqinlashishga muvaffaq bo'lgan?

40 / 40

40. Muhammad Shayboniyxon tomonidan qachon Shayboniylar davlatiga asos solindi?

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0