7-sinf Jahon tarix №3

0
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

7-sinf Jahon tarix №3

15-21-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Vizantiyada chavandozlar, kurashchilar, gimnastlar musobaqalari, aktyorlar chiqishlari qayerda o’tkazilgan?

2 / 40

2. Boleslav Jasur faoliyati bilan bo’g’liq bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Qisqa muddatga Kiyevni egallaydi; 2.Polsha davlatiga asos slogan; 3.kuchli qo‘shin bilan Moraviya va Chexiyani bosib oladi; 4.Visla daryosi havzasida polyak qabilalarini birlashtirgan; 5.qo‘shinlari Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun german imperatorlariga qarshi kurash olib boradi; 6. Uning davrida polyak qabilalarini birlashtirish ishi tugallandi;

3 / 40

3. VI–VII asrlarga kelib, slavyanlar yashagan hudud to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1)Dunay 2) Visla 3) Boltiq dengizi 4) Elba a)shimol b) g’arb c) janub d) sharq

4 / 40

4. Oʻrta asrlarda Vizantiya tarkibiga kirgan hududlarni aniqlang. 1.Bolqon yarim oroli 2.Kichik Osiyo 3.Shimoliy Affrika 4.Kavkaz 5.Sudan 6.Suriya 7.Liviya 8.Misr 9.Krit va Kipr orollari 10.Falastin

5 / 40

5. Qaysi davlat qirollari german imperatorlari hokimiyatini rasman tan olsada, o‘z mamlakatlarida deyarli to‘la mustaqil bo‘lganlar?

6 / 40

6. Hindistonda rojalar tomonidan o`z xonadoniga mansub bo`lmagan kishilarga ma`lum davr oralig`ida foydalanish uchun berilgan yerlar nima deb atalgan?

7 / 40

7. Arabiston yarim orolining O`rta asrlarda eng taraqqiy etgan hududlarini aniqlang.

8 / 40

8. …. istilo etilgach zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar(a), va …. davlatlarda iqtisodiy tanglik,kuchli qo‘shinning bo‘lmasligi arablarga qo‘l keladi(b). Gap qaysi davlatlar haqida bormoqda.

9 / 40

9. O`rta asrlarda xochsifat, o`rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar qurish qaysi davrdan boshlangan edi?

10 / 40

10. Xitoy Sun sulolasi davrida qaysi davlatlar bilan dengiz orqali savdo olib boradi?

11 / 40

11. Shahar kambag`allari qo`zg`olonlari bo`lib o`tgan yerlar berilgan javobni toping. 1) Florensiya 2) Milan 3) Perudja 4) Seviliya 5) Kyoln 6) Siena 7) Parij

12 / 40

12. Quydagi atamalar va ular ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. 1) indulgensiya 2) ratusha 3) inkvizitsiya 4) faktoriya 5)autodafe 6) sinagoga a)qidiruv b) shahar kengashi binosi c) ibodatxona d) avf e) savdo manzilgohlari f) e’tiqod

13 / 40

13. G‘arbiy Yevropada XIII–XV asrlarda mavjud bo’lgan Levant savdo yo’li qaysi davlatlarni dengiz orqali Vizantiya va Osiyo mamlakatlari bilan bog’lash uchun hizmat qilgan.

14 / 40

14. O’rta asrlarda juda ko‘p marotaba chet bosqinchilar hujumlariga uchragan Osiyo davlatini aniqlang.

15 / 40

15. Raqamlar bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlarni to’g’ri tartibda joylashtiring. 1) 200 ming 2) 0,5 mln 3) 1 mln 4) 20 ming 5) 1 mlndan ko’proq 6) 10 ming 7) 80-100 ming 8) 600-700 9) 100 minglab a) salibchi ritsarlar … qo’shin bilan Konstantinopolni egallashga muvofiq bo’lgan; b) salibchilar Quddusni egallashda birgina jome masjidida … musulmonni o‘ldiradilar; c) XVI asrda Pekinda … aholi bo‘lgan; d) xitoyliklar … odam sig‘adigan yirik kemalar-jonkalarni qurishgan; e) davlat soliqlaridan ozod etilgan yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan… qaram dehqonlar mehnat qilgan; f) Isfaxon, Sheroz shaharlarida … kishi yashagan; g) salib yurishlari paytida Konstantinopolni … aholisi bo‘lgan; h) Nankinda … aholi bo‘lgan; i) salib yurishlarida qatnashgan … kishilar halok bo‘lgan; j) Parij, Konstantinopol, Milan, Florensiya, Kordova, Seviliyada aholi yashagan;

16 / 40

16. XI asr oxiriga kelib Kichik Osiyo hududlarini to`liq bo`ysundirishga muvaffaq bo`lgan xalqlar?

17 / 40

17. Sex Nizomida hunarmand ... soni belgilab qo'yilgan. 1) narxlari 2) o'quvchi-shogirdlari 3) xalfalari 4) mahsulotlari 5) dastgohlari

18 / 40

18. Birjalarni tashkil topgan davriga qarab xronologik to’g’ri tartibda belgilang. 1) Antverpen 2) Bryugge 3) Lion

19 / 40

19. Xitoy o`rta asr me’morchiligida asosiy qurilish xom ashyolarini aniqlang.

20 / 40

20. 8. Yevropada o’rta asr shaharlari qanday yerlarda tashkil topgan. 1)dushman hujumidan himoyalanishga qulay 2)aholi gavjum yerlarda 3) hunarmandlar o‘zlari yasagan 3)buyumlarni sota olish imkoniyati bo‘lgan joylarda 4) hunarmandchilik va savdo rivojlangan 5) xavfsizlik

21 / 40

21. 32monastirlaridan yetishib chiqqan serg‘ayrat rohiblar Yevropaning eng chekka joylariga ham borib, ahilini xristianlikka o‘tkazadilar.

22 / 40

22. Vizantiyani zabt etgan salibchi ritsarlarning ko‘pchiligi vataniga qaytib ketgandan so’ng Lotin imperiyasida qolgan ritsarlar nima evaziga hokimiyatni ushlab turadi.

23 / 40

23. O‘rta asrlarda qayerlik ustalar parcha, ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozongan.

24 / 40

24. … savdo yo‘li bo‘ylab joylashgan Germaniyaning … ziyod shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan.

25 / 40

25. Yevropadagi quydagi shaharlar va ular qayerda barpo etilganligiga ko’ra to’g’ri tartibda joylashtiring. 1)Padeborn, Bremen, Sveybryukken, Bryugge 2)Myunster, Sen-Gallen, Sen-Denu 3)Strasburg, Gamburg, Augsburg a)monastirlar yonida b) feodallar qal’alari atrofida c) daryo sohillari bo‘ylarida, ko‘priklar yonida

26 / 40

26. Chet ellik savdogarlar quydagi shaharlarni qanday buyumlari yuqori baholaganlar. 1)Marv 2) Samarqand 3) G’ijduvon a)kulolchilik buyumlari b) gazlamalari va kiyimlari c) qog‘ozi va gazlamalari

27 / 40

27. Salib yurishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 1)dehqonlar; 2) ritsarlar; 3) gersoglar, graflar, qirollar hamda imperatorlar; 4) savdogarlar a)yangi hududlar va fuqarolarni bo‘ysundirish; b) shon- shuhrat va boylik ottirish; c) o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishish; d) tez boyib ketish.

28 / 40

28. O’rta asr shaharlari Osiyoda Yevropadan farqliroq nima uchun yirik zamindorglarga qarshi kurash olib bormagan?

29 / 40

29. Xristianlik dinining tarqalishi to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1)Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni qabul qiladi 2)german qabilalari orasida tarqala boshlaydi 3)Kiyev Rusi va Bolgariya Vizantiyadan xristianlikning pravoslav mazhabini qabul qiladi 4)Yevropada … dan boshlab tarqalgan. a)X asr oxiri b) V asr oxiri c) IV asr

30 / 40

30. Yirik markazlashgan qaysi davlatlarning paydo bo‘lishi savdoni yuqori daromad manbaiga aylantiradi. 1) Turk xoqonligi 2) Dehli sultonligi 3) Tan imperiyasi 4) Muqaddas Rim imperiyasi 5) Arab xalifaligi

31 / 40

31. O`rta asrlarda qaysi davlatda xalfa sexi- ziyofat uyushtirib, so`ng ustalikka ruxsat olgan?

32 / 40

32. Quydagi salib yurishlari qaysi voqealardan so’ng boshlangan? 1)uchinchi 2) birinchi 3) to’rtinchi 4) ikkinchi a)musulmon hukmdorlari Sharq va Janub tomondan salibchilarni siqib kelishi; b) Misr sultoni salibchilardan Quddusni tortib olishi; c) ritsarlarga vassallik qasamyodi qabul qilingani ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi lozimligi; d) ukasi tomonidan taxtdan tushirilib, ko‘ziga mil tortilgan Isaak II Angalga toj-u taxtni qaytarish;

33 / 40

33. Qaysi orden a'zolari xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan?

34 / 40

34. Dastlabki(a), va So’nggi salib yurishlari(b) qachon va qaysi hukmdorlarni tashabbusi bilan boshlangan.

35 / 40

35. Yaponiyaning oʻrta asr shaharlarini qayerda qurilganligiga koʻra toʻgʻri tartibda joylashtiring? 1)Nagoya. 2) Xeyyan va Nara. 3) Sapai va Xyogo. 4) Otsu a)dengiz sohilida. b) budda ibodatxonalari yaqinida. c) qalʼa yaqinida. d) chorrahada va karvon yoʻli boʻylab.

36 / 40

36. Rim papasi Innokentiy III qaysi davlat hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi.

37 / 40

37. Qaysi orden Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan.

38 / 40

38. Salibchilar tomonidan Yaqin sharqda tashkil etilgan davlatlarni 200 yil davomida saqlanib qo`lishining asosiy sababi ….

39 / 40

39. Xitoyda o`rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?

40 / 40

40. O'rta asrlarda Yevropada shaharlarning paydo bo'lishi va yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha bo'lgan. Quyidagi davlatlarda shaharlarning vujudga kelishi, rivojlanishi bir- biriga mos kelgan javoblarni aniqlang. a)Italiya va Janubiy Fransiya; b) Fransiya shimoli, Niderlandiya, Angliya, Germaniya; c) Vengriya, Boltiqbo'yi, Rus yerlari; 1)IX-X asrlar; 2) X-XI asrlar; 3) XII-XIII asrlar

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0