7-sinf Jahon tarix №5

1
Tomonidan yaratilgan InfoMaster

7-sinf Jahon tarix №5

29-35-mavzular yuzasidan testlar

1 / 40

1. Angliya qirolligi Daniya qonunlari viloyatini qo‘shib olagan paytda sodir bo’lgan voqeani toping.

2 / 40

2. Quydagi asrlarda sodir bo’lgan voqealarni toping. 1.VI asr o’rtalari 2.IX asr boshlari 3.XI asr oxiri 4.X asr 5.XI asr boshi a)Bolgariya podsholigi yirik davlatga aylanadi; b)Daniya qiroli ingliz sohiliga o‘z qo‘shinini tushiradi; c)Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o‘z gersoglarining gapiga ko‘proq quloq solgan; d)Vizantiyaga slavyan qabilalari kelib o‘rnasha boshlaydi; e)chex knyaziga german imperatori qirol unvonini taqdim etgan;

3 / 40

3. Qaysi xalq tabiblari murakkab jarrohlik muolajalarini o‘tkazib,turli o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini aniqlab, ulardan dori-darmonlar tayyorlaganlar(a), va tabiblar murakkab jarrohlik asboblari va og‘riqni bosadigan dori-darmonlar ko‘magida jarrohlik muolajalarini o‘tkazganlar, davolashda maxsus tayyorlangan suyuq va quyuq dorilardan foydalanganlar(b).

4 / 40

4. Quydagi ma’lumotlarni qaysi Kiyev Rusi knyaziga oid ekanligini to’g’ri tartibda joylashtiring. 1.Vladimir Monomax 2.Svyatoslav 3.Vladimir 4.Olga 5.Oleg 6.Igor a) slavyan qabilalarining isyonini bostirib,Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdiradi; b) Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzadi. Unga ko‘ra, Rus savdogarlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishga ruxsat beriladi; ic) lk bor qipchoq xonlari qo‘shinini yengadi; d) o‘z knyazligini ko‘chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urushdan boshlaydi; e) Rus mavqeini harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, mohirona diplomatiya orqali yuksaltirishga intilgan; f) Xazar xoqonligini mag‘lub etib, uning poytaxti Itil shahrini egallagan;

5 / 40

5. XI asr oxiriga kelib Kichik Osiyo hududlarini to`liq bo`ysundirishga muvaffaq bo`lgan xalqlar?

6 / 40

6. Quydagi salib yurishlari qaysi voqealardan so’ng boshlangan? 1)uchinchi 2) birinchi 3) to’rtinchi 4) ikkinchi a)musulmon hukmdorlari Sharq va Janub tomondan salibchilarni siqib kelishi; b) Misr sultoni salibchilardan Quddusni tortib olishi; c) ritsarlarga vassallik qasamyodi qabul qilingani ya’ni Yaqin Sharqda tuzilajak xristian davlatlari Vizantiyaga siyosiy qaram bo‘lishi lozimligi; d) ukasi tomonidan taxtdan tushirilib, ko‘ziga mil tortilgan Isaak II Angalga toj-u taxtni qaytarish;

7 / 40

7. Bryugge shahri bilan bog’liq bo’lgan javoblardan qaysi biri tarixiy haqiqatga muvofiq emas?

8 / 40

8. “Yuz yillik urush” da nechanchi yildan so’ng yuz yillik urushning xususiyati o‘zgarib,ingliz qo‘shinlariga qarshi oddiy xalq ko‘tariladi.

9 / 40

9. Germaniya hukmdori hisoblangan Fridrix II qirol tan olingan(a), va imperator deb e’lon qilingan(b) vaqtda necha yoshda bo`lgan?

10 / 40

10. Omadi yurishib o‘g‘lini Akvitaniya gersogining yagona merosxo‘riga uylantirishga muvofiq bo’lgan(a), va Bretan gersogining qizi Annaga uylangan(b) Fransiya qirollarini aniqlang.

11 / 40

11. Ilk uyg’onish va gumanizmning Yevropadagi dastlabki vakillaridan biri Kalyuchcho Salyutati yuksak g’oyali,o’qimishli kishilarni tarbiyalashda quyidagi qaysi fanlarni o’ta muhim ekanligini ta’kidlagan 1) falsafa 2) ritorika 3) filologiya 4) estetika 5) etika 6) dialektika 7) pedagogika 8) tarix

12 / 40

12. O’rta asrlarda qaysi knyazlikda Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir kabi yangi shaharlarga asos solingan.

13 / 40

13. O’zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan shaxs fanning qaysi sohalariga oid tajribalar o‘tkazadi. 1) fizika 2) matematika 3) kimyo 4) geometriya 5) optika 6) astrologiya

14 / 40

14. Mahalliy boyarlarning markaziy hokimiyatga qarshi kurashi XII–XIII asrlarda qaysi knyazliklarda kuzatilgan. 1) Galich-Volin 2) Yaroslavl 3) Ryazan 4) Kiyev, 5) Rostov 6) Vladimir-Suzdal

15 / 40

15. Usmonlilar hukmdori O‘rxonning boshqaruviga oid ma’lumotlarni to’g’ri tartibda belgilang. 1) qo‘shinni piyoda va otliq qism («musallam»)larga bo‘lib,harbiy birliklarga aylantiradi. 2) tanga pul zarb qilingan 3) sulola asoschisi 4) davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linadi 5) ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi 6) janglarda o‘zining tezkor g‘alabalari bilan shuhrat qozongan 7) harbiy islohot o‘tkazadi

16 / 40

16. Saljuqiylarda turkiy qabilalarning mahalliy aholi bilan aralashishi yangi etnos – turk xalqining shakllanish jarayoni qaysi davrda kuchayadi.

17 / 40

17. Qaysi masalasida Tver va Moskva knyazlari o‘rtasida jiddiy kurash ketadi va oqibatda, knyazlardan bir nechtasi mo‘g‘ullar qo‘lida o‘lim topadi.

18 / 40

18. XIV asrning boshlarida qaysi shaharlar Rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi? 1.Suzdal. 2.Tver. 3.Yaroslavl. 4.Moskva.

19 / 40

19. Qadimgi Rim me’morchiligi uslub va unsurlaridan keng foydalanilgan me’morchilik uslubini aniqlang.

20 / 40

20. Rusda XII asr o‘rtalarida nizolar kuchaygan payt(a), va Botuxon bosqinlari arafasida(b) mustaqil knyazliklar soni qanchaga yetgan.

21 / 40

21. Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich kimlarga qarshi jang olib boradi. 1) mo’g’ul 2) nemis 3) est va lit qabilalari 4) shved

22 / 40

22. Usmonlilar davlatida beylarning asosiy vazifasi nimadan iborat bo‘lgan.

23 / 40

23. Moskva knyazlari ancha kuch to‘plab bu kuch bilan Oltin O‘rdaga qarshi kurashish mumkin bo’lgan(a), va Oltin O‘rda siyosiy nizolar davriga kirib, 20 yil davom etgan(b) davrni aniqlang.

24 / 40

24. 1136-yilda Novgorod shahari uzil-kesil feodal respublikaga aylangandan so’ng siyosiy hayotda asosiy o‘rin qaysi organlar qo’liga o’tadi. 1) xalq vechesi 2) qishloq oqsoqoli 3) shahar dumasi 4) ruhoniylar 5) yepiskop 6) shahar hokimi

25 / 40

25. Qaysi memoriy uslub tashqi tomondan qal’ani eslatadi?

26 / 40

26. Kulikovo jangidan necha yil o'tib Moskva,Oltin O'rdaga boj-yasoq to'lashdan bosh tortdi va shu tariqa Rusda mo'g'ullar hukmronligi tugadi?

27 / 40

27. Nemis feodallari Boltiqbo’yida yashovchi est va lit qabilalariga qarshi nima maqsadda urush olib borgan?

28 / 40

28. XIV asrdan boshlab Rus yerlarining birlashuviga asos bo‘lgan hududlarni toping. 1) Galich-Volin knyazligi 2) Vladimir-Suzdal knyazligi 3) Novgorod knyazligi 4) Moskva shahri 5) Kiyev shahri

29 / 40

29. Yer egaligiga asoslangan Saljuqiylar davlati qaysi asrlarda qaror topgan?

30 / 40

30. Oltin O‘rda xonligini dastlabki poytaxti Saroy Botu qayerda joylashgan.

31 / 40

31. Usmonlilar qo‘shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo‘shilishini ta’minlagan omilni aniqlang.

32 / 40

32. O‘rta asrlar Yevropa universitetlarining ular tashkil topgan davlatlar bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.1)Italiya; 2) Ispaniya; 3) Fransiya; 4) Angliya; a)Oksford; b) Tuluza; c) Bolonya; d) Seviliya

33 / 40

33. Italiyaliklarning qadimgi yunon qo‘lyozmalari, antik san’at va me’morchilik yodgorliklari bilan tanishishiga imkon bergan omilni aniqlang.

34 / 40

34. Quyidagi o’rta asrlarda qurilgan mashhur binolar joylashgan shaharlar bilan to’g’ri muvofiqlashtirilgan javobni aniqlang. 1)Sevilya 2.Normandiya 3.Qohira 4.Parij 5.Konstantinopol 6.Venetsiya 7.Granada a. Al-Qasar qasri b.Hasan masjidi c.Xori monastiri d.Avliyo Mark ibodatxonasi e. d’E qal’asi f.Shartr ibodatxonasi g.Al-Hamro saroyi

35 / 40

35. G‘arbiy Yevropada qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshlagan(a), va roman uslubida qurilgan Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov(b) nechanchi asrga oid.

36 / 40

36. Qaysi hukmdor davrida Usmonlilar Qora dengiz sohiliga chiqadi.

37 / 40

37. Vladimir Monomaxning o‘g‘li Yuriy Dolgorukiy XII asrda qaysi daryolar havzasidagi yerlarni boshqargan.edi.

38 / 40

38. Rus yerlari va Sharqiy Yevropa Xalqlarining mo‘g‘ullar zulmidan ozod etilishida hal qiluvchi omil nima bo‘lgan.

39 / 40

39. Botuxon nima uchun Yaroslavni «knyazlar oqsoqolligi»ga tayinlab, unga Vladimir knyazligini boshqarish yorlig‘ini beradi.

40 / 40

40. Qachondan boshlab Usmonlilar davlatida asirga olingan sog‘lom va baquvvat xristian bolalaridan sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tashkil etilgan.

Sizning ballingiz

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0