Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf Jahon tarix » 7-sinf Jahon tarix №2 7-sinf Jahon tarix 7-sinf Jahon tarix №2 InfoMaster Aprel 11, 2023 351 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Jahon tarix №2 8-14-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Franklar hayotida uzun soch qo`yib yurish kimlar uchun mumkin bo`lgan? A) barcha uchun B) ruhoniylar C) qirol oilasi D) harbiylar 2 / 40 2. Qaysi davlatning knyazlik sulolasining afsonaviy asoschisi, solnomachining yozishicha “kambag’al kishi Piast” bo’lgan? A) Bolgariya B) Polsha C) Polyan D) Chexiya 3 / 40 3. Franklar tuzgan davlat dastlab (a) nomi bilan atalgan, (b) asrdan Parij atrofidagi viloyat il de Frans davlat nomiga asos bo’ladi va u " Fransiya" deb atala boshlandi. A) sulola(a), X asr(b) B) shahar(a), XI asr(b) C) davlat(a), X asr( D) viloyat(a), X asr(b) 4 / 40 4. Sharqiy Rim imperiyasida davrlar o‘tib, yunon tili lotin tilini surib chiqarib, davlat tiliga aylanishiga nima sabab bo’lgan. A) fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgani; B) yunon tilini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgani; C) yunonlar son jihatidan ko‘p bo‘lgani; D) yunon madaniyatining boyligi; 5 / 40 5. Qaysi xalqlarni diniy tasavvurlari tabiat kuchlari va o‘z ajdodlari ruhlariga sig‘inish ko‘rinishida bo‘lgan. A) mo’g’ullar B) slavyanlar C) germanlar D) franklar 6 / 40 6. Ozarbayjonda ko`tarilgan Bobek qozg`aloni vakillarining bosh shiorini aniqlang. A) ,,Zodagonlarning so`nggi avlodigacha qirib tashlash’’ B) ,,Qirq yil qul bo`lib yashagandan bir kun ozod bo`lib yashgan ma`qul’’ C) ,,Ishlab yashaylik yoki jang qilib halok bo`laylik’’ D) ,,Ozodlik yoki o`lim” 7 / 40 7. Xitoyda qaysi sulolalar tomonidan pul islohoti amalga oshirilgan edi? A) Suy va Tan B) Tan va U Day C) Tan va Sun D) Suy va Sun 8 / 40 8. Hindistonning … da ko‘plab dengiz porti shaharlari bo‘lgan(a), eng yirik port-shahar hokimini «dengiz xo‘jayini» deb atashardi(b). A) shimoli(a), Dehli(b) B) janubi(a), Kalkutta(b) C) sharqi(a), Pataliputra(b) D) g’arbi(a), Kalikut(b) 9 / 40 9. Arabiston yarim orolining janubi va g`arbiy qismida istiqomat qiluvchi aholining asosiy mashg`ulotini aniqlang. A) savdo-sotiq B) dehqonchilik C) chorvachilik D) hunarmandchilik 10 / 40 10. O’rta asrlarda kvadriumda o‘quvchilar qaysi fanlarni o‘zlashtirganlar. 1.geometriya 2.matematika 3.musiqa 4.geografiya 5.arifmetika 6.tarix 7.astronomiya A) 3, 4, 5, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 1, 3, 4, 7 D) 2, 4, 6, 7 11 / 40 11. Qaysi xalq tabiblari murakkab jarrohlik muolajalarini o‘tkazib,turli o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini aniqlab, ulardan dori-darmonlar tayyorlaganlar(a), va tabiblar murakkab jarrohlik asboblari va og‘riqni bosadigan dori-darmonlar ko‘magida jarrohlik muolajalarini o‘tkazganlar, davolashda maxsus tayyorlangan suyuq va quyuq dorilardan foydalanganlar(b). A) Xitoy(a), Arabiston(b) B) Xitoy(a), Hindiston(b) C) Eron(a), Xitoy(b) D) Hindiston(a), Eron(b) 12 / 40 12. Qaysi davlatda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko‘rinishda bo‘lmasdan,qulchilik udumlari ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. A) Arab xalifaligi B) Vizantiya C) Hindiston D) Xitoy 13 / 40 13. …. istilo etilgach zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar(a), va …. davlatlarda iqtisodiy tanglik,kuchli qo‘shinning bo‘lmasligi arablarga qo‘l keladi(b). Gap qaysi davlatlar haqida bormoqda. A) Eron va Suriya(a), Movarounnahr va Xuroson(b) B) Misr va Suriya(a), Falastin va Eron(b) C) Suriya va Eron(a), Vizantiya va Eron(b) D) Suriya va Falastin(a), Misr va Liviya(b) 14 / 40 14. Vizantiyada Magnavr oliy maktabi tashkil etilgan asrda bo’lib o’tgan voqeani belgilang. A) Rohib olimlar – Kirill va Mefodiy yunon alifbosi asosida slavyan yozuvini yaratgan; B) birinchi mustaqil amirlik Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oladi; C) Hindistonning shimoliy qismi musulmon hukmdorlari tomonidan to‘liq bosib olinadi; D) Olga Konstantinopolga tashrif buyurib xristianlikni qabul qiladi; 15 / 40 15. Xitoy nechanchi asrlarda faol tashqi siyosat olib boradi ? A) VII-VIII asrlarda B) V-VI asrlarda C) III-IV asrlarda D) IX-X asrlarda 16 / 40 16. IX asrda Arab xalifaligidan ajralib chiqib mustaqillikka erishgan hududlarni aniqlang. 1.Iroq 2.Misr 3.Suriya 4.Eron 5.Falastin 6.Movarounnahr 7. Ozarbayjon 8.Xuroson A) 1, 3, 6, 8 B) 2, 4, 6, 8 C) 1, 3, 5, 7 D) 1, 2, 3, 4 17 / 40 17. Ilk o'rta asrlarda Xitoyda rassomchilikning qaysi sohasi ayniqsa rivojlangan? A) devoriy rasmlar chizish B) miniatura chizish C) portret chizish D) peyzaj chizish 18 / 40 18. O`rta asr Xitoy maktablarida tahsil oluvchi o`quvchilardan fanning qaysi sohlarini bilish qat`iy talab qilinar edi? A) geografiya, tarix, kimyo, tibbiyot; B) tibbiyot, arifmetika, geometriya, astronomiya; C) matematika, grammatika, falsafa, adabiyot; D) musiqa, geometriya, matematika, astronomiya; 19 / 40 19. Qaysi davlat eng qadimgi yozuvdan hozirga qadar foydalanib kelmoqdalar? A) Hindiston B) D)Eron C) Yaponiya D) Xitoy 20 / 40 20. O'rta asrlada davrida o'ziga xos yuksak madaniyati bilan Yevropaning eng ilg'or mamlakati bo'lib qolgan davlat? A) Arab xalifaligi B) Vizantiya C) Franklar davlati D) Angliya 21 / 40 21. VII asr boshlari Arabistonda urug`chilik jamiyati inqirozini tezlashtirgan omilni aniqlang. A) qabilalаar orasidagi ziddiyatlarni yanada keskinlashgani; B) savdoning inqirozi; C) urug‘-qabila zodagonlarini shakllana boshlagani; D) qabilalar orasida suv manbalari va yaylovlar uchun kurashni kuchayishi; 22 / 40 22. Arab xalifalari va ular davrida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Usmon 2.Ali 3.Umar 4.Abu Bakr a)Muhammad(s.a.v.)vafotidan keyin xalifalikka saylanadi; b)hukmronligini o‘z raqiblari bilan to‘xtovsiz urushlarda o'tkazadi; c)arab qo‘shinlari Dog‘istonni egallab,Amudaryo sohillariga chiqadi; d)arablar Falastin,Suriya,Misr va Liviyani istilo qilganlar; A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b B) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a C) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a 23 / 40 23. Xalifalikdan ajrab chiqqan birinchi mustaqil amirlik (a) yilda Ispaniyada tashkil topadi va u (b) asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oladi. A) 756-yilda(a), X asrdan(b) B) 759-yilda(a), X asrdan(b) C) 754-yilda(a), IX asrdan(b) D) 753-yilda(a), IX asrdan(b) 24 / 40 24. O`rta asrlarda xochsifat, o`rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar qurish qaysi davrdan boshlangan edi? A) XIV-XV asrlarda B) X-XI asrlarda C) IX-X asrlarda D) XI-XII asrlarda 25 / 40 25. O`zining saxiyligi va adolatparvarligi, din masalalarida qat`iyligi bilan shuhrat qozongan xalifani aniqlang. A) Ali B) Umar C) Abu Bakr D) Usmon 26 / 40 26. Rohib olimlar – Kirill va Mefodiy – IX asr o‘rtalarida yunon alifbosi asosida slavyan yozuvini yaratib, slavyanlarni qaysi guruhi orasida xristianlikni keng targ‘ib etishgan? A) barchasi B) janubiy C) gʻarbiy D) sharqiy 27 / 40 27. Quydagi inshoatlardan qaysi biri mozaika va freskalari bilan o‘z davrining ajoyib me’morchilik yodgorliklaridan hisoblanadi. A) Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi B) Kiyevda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi C) Xori monastiri D) Xanlin akademiyasi 28 / 40 28. Dastlabki pantomima - imo teatri qayerda tashkil etilgan? A) Xitoy. B) Yaponiya. C) Hindiston. D) Eron 29 / 40 29. O`rta asrlarda o`z davlatida maorif tizimiga katta hissa qo`shgan davlat rahbarlarini aniqlang. A) Li Yuan va Vladimir B) Yustinian va Xilperik C) Fridrix II va Ryurik D) Yaroslav va Buyuk Karl 30 / 40 30. G‘arbiy Osiyoning qadimgi yuksak madaniyatli o‘lkalariga kelgan arablar dastlab qaysi xalqlarga nisbatan qoloq edilar. 1.yahudiy 2.finikiya 3.yunon 4.oromiy 5.fors 6.so’g’diy 7.suriya A) 2, 4, 5, 5, 7 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 2, 3, 6, 7 D) 2, 3, 4, 5, 6 31 / 40 31. Kiyevdagi avliyo Sofiya ibodatxonasi(a), va Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi(b) qaysi hukmdorlar nomi bilan bog’liq. A) Svyatoslav(a), Yustin(b) B) Yaroslav(a), Yustinian I(b) C) Yaroslav(a), Yustin(b) D) Vladimir(a), Yustin(b) 32 / 40 32. Ajanta ibodatxonasida ishlangan xudolar va odamlar haykallari nimadan ishlangan? A) jez va tosh B) bronza va yog`och C) oltin va kumush D) kumush va mis 33 / 40 33. Slavyan qabilalarini birlashtirish siyosati janubda(a), shimolda(b) yerlarning Oleg qo‘lida to‘planishiga imkon beradi. A) Ladoga ko‘lidan (a), Dneprning quyilishigacha(b) B) Ladoga ko‘lidan (b), Dneprning quyilishigacha(a) C) Luara ko‘lidan (a), Dunayning quyilishigacha( D) Luara ko‘lidan (b), Dunayning quyilishigacha(a) 34 / 40 34. Hindistonda hukm surgan qulchilik munosabatlariga ko`ra xo’jayinning qul oldidagi asosiy vazifasi…. A) ovqat berish va yilda bir marta kiyim-bosh berish; B) xususiy uy-joy bilan ta`minlash; C) o`lgan yaqinlarini dafn marosimini amalga oshirib berish; D) harbiy sohaga yo`naltirish; 35 / 40 35. 500 jildlik solnomalar Xitoyda qaysi sulola davriga oid? A) Tan B) U Day C) Suy D) Sun 36 / 40 36. Kiyevda xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o‘quv yurti tashkil etilgan(a), va Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurtini ochilishi(b) qaysi hukmdorlar nomi bilan bog'liq. A) Yaroslav(a), Svyotoslav( B) Vladimir(a), Yaroslav(b) C) Svyotoslav(a), Vladimir(b) D) Yaroslav(a), Vladimir(b) 37 / 40 37. Kiyevdagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi qaysi xalq ustidan qozonilgan g’alaba evaziga bunyod etilgan. A) qipchoq B) bijanak C) drevlyan D) bulg’or 38 / 40 38. Quyidagi qaysi inshootni qurish yoki qayta ta`mirlash uchun Xitoy aholisidan salkam 1 mln kishi jalb etilgan edi? A) Sin Shixuandi maqbarasi B) Buyuk kanal C) Xanlin akademiyasi D) Buyuk Xitoy devori 39 / 40 39. Antik davrdanoq saqlanib qolgan bo`lsada, o`rta asrlarda ham Vizantiyaga shuhrat keltirgan sohalarni aniqlang. 1.shishisozlik 2.koshinpazlik 3.zargarlik 4.kulolchilik 5.naqqoshlik 6.bo`yoq tayyorlash 7.kudungarlik A) 1, 4, 6 B) 1, 5, 7 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 7 40 / 40 40. Xalifalik xazinasi tarkibiga kirgan yerlarni aniqlang. 1) hokimiyat vakillari yerlari 2) qabila boshliqlari yerlari 3) unumdor sug’oriladigan barcha yerlar 4 )istilo qilingan mamlakatlar hukmdorlari yerlari 5) yaylov va dasht yerlari 6) janglarda halok bo'lgan amaldorlar yerlari A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 6 D) 1, 4, 6 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz