Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf Jahon tarix » 7-sinf Jahon tarix №3 7-sinf Jahon tarix 7-sinf Jahon tarix №3 InfoMaster Aprel 11, 2023 157 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 7-sinf Jahon tarix №3 15-21-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Sharqiy Rim imperiyasida davrlar o‘tib, yunon tili lotin tilini surib chiqarib, davlat tiliga aylanishiga nima sabab bo’lgan. A) yunon madaniyatining boyligi; B) yunon tilini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgani; C) fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgani; D) yunonlar son jihatidan ko‘p bo‘lgani; 2 / 40 2. Qaysi davlatning knyazlik sulolasining afsonaviy asoschisi, solnomachining yozishicha “kambag’al kishi Piast” bo’lgan? A) Bolgariya B) Polyan C) Chexiya D) Polsha 3 / 40 3. Yustinian I davrida amalga oshirilgan islohotlarni aniqlang. 1.xalqaro savdoni rivojlantirdi 2.davlat maktablarini joriy etdi 3.davlat xazinasi to`ldirdi 4.cherkovni davlatga bo`ysundirdi 5.xalq farovonligini ta`minladi 6.harbiylar va amaldorlardan iborat o`ziga xos maslahat kengashi tashkil etdi; A) 3, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 6 D) 1, 4, 6 4 / 40 4. Karolinglar davrida qirol tomonidan grafliklarga berilgan qaysi mansab ularning hokimyatini kuchaytirgan edi? A) sud qilish B) diniy rahbarlik C) harbiy qo`mondon D) soliq yig`ish 5 / 40 5. Otton I ning vengerlar bilan hal qiluvchi jangi qachon, qaysi hududda bo`lib o`tgan? A) 955-yilda, Lex daryosi bo`yida B) 995-yilda, Luara daryosi bo’yida C) 955-yilda, Lev daryosi bo’yida D) 962-yilda, Reyn daryosi bo`yida 6 / 40 6. Antik davrdanoq saqlanib qolgan bo`lsada, o`rta asrlarda ham Vizantiyaga shuhrat keltirgan sohalarni aniqlang. 1.shishisozlik 2.koshinpazlik 3.zargarlik 4.kulolchilik 5.naqqoshlik 6.bo`yoq tayyorlash 7.kudungarlik A) 1, 4, 6 B) 2, 4, 6 C) 1, 5, 7 D) 2, 3, 7 7 / 40 7. Ilk o'rta asrlarda Xitoyda rassomchilikning qaysi sohasi ayniqsa rivojlangan? A) peyzaj chizish B) miniatura chizish C) portret chizish D) devoriy rasmlar chizish 8 / 40 8. Ozarbayjonda ko`tarilgan Bobek qozg`aloni vakillarining bosh shiorini aniqlang. A) ,,Ozodlik yoki o`lim” B) ,,Qirq yil qul bo`lib yashagandan bir kun ozod bo`lib yashgan ma`qul’’ C) ,,Zodagonlarning so`nggi avlodigacha qirib tashlash’’ D) ,,Ishlab yashaylik yoki jang qilib halok bo`laylik’’ 9 / 40 9. O`rta asrlarda o`z davlatida maorif tizimiga katta hissa qo`shgan davlat rahbarlarini aniqlang. A) Yustinian va Xilperik B) Yaroslav va Buyuk Karl C) Fridrix II va Ryurik D) Li Yuan va Vladimir 10 / 40 10. Slavyan yozuvining yaratilishiga nima turtki bo‘lgan. A) xristianlikning pravoslaviye mazhabini joriy etilishi; B) yilnomalar tuzila boshlanishi; C) yunon tilidagi diniy asarlarni «kirillitsa» deb nom olgan yozuv orqali slavyan tiliga tarjima qilinishi; D) diniy kitoblarga bo’lgan ehtiyoj; 11 / 40 11. … savdo yo‘li bo‘ylab joylashgan Germaniyaning … ziyod shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan. A) Shimoliy, 70 dan B) Levant, 90 dan C) Buyuk ipak, 60 dan D) Janubiy, 80 dan 12 / 40 12. Dastlab vujudga kelgan O`rta asr shaharlari feodal tomonidan qanday imtiyoz bilan taqdirlangan? A) xohlagan dinga e`tiqod qilish; B) sud qilinishdan ozod bo`lish; C) tashqi savdoda erkinlik; D) soliqlardan ozod bo`lish; 13 / 40 13. G‘arbiy Yevropada XIII–XV asrlarda mavjud bo’lgan Shimoliy savdo yo’li qaysi shaharlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilgan. 1) Parij 2) London 3) Bryugge 4) Bristol 5) Lyubech 6) Lyubek 7) Florensiya 8) Novgorod A) 2, 3, 6, 8 B) 2, 4, 5, 8 C) 1, 3, 6, 8 D) 1, 3, 5, 7 14 / 40 14. Rivojlangan o`rta asrlarda kimlarning yetishtiradigan mahsulotlarini ko'payishidan manfaatdorligi oshib boradi? A) hunarmandlar va savdogarlar B) dehqonlar va sudxo’rlar C) ruhoniylar va savdogarlar D) yirik yer egalari va dehqonlar 15 / 40 15. Qaysi orden a'zolari xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan? A) Tevton ordeni B) gospitalyerlar ordeni C) inglizlar ordeni D) tampliyerlar ordeni 16 / 40 16. Quydagi ma’lumotlarni qaysi shaharlarga oid ekanligini aniqlang. 1)Samarqand 2) Kioto 3) Buxoro 4) Xeyyan a)Sharq dunyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lib,islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan; b) 1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘lgan; c) O‘rta asr shoirlari va faylasuflari «sayqali ro‘yi zamin» - yer yuzining sayqali,husni,deb ta’riflaganlar; d) ko‘p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, madaniy va diniy markazi bo‘lib qolgan; A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a D) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b 17 / 40 17. Xitoy o`rta asr me’morchiligida asosiy qurilish xom ashyolarini aniqlang. A) beton, tosh, g`isht; B) yog`och, sopol, temir; C) marmar, tosh, yog`och; D) g`isht, sopol, tosh; 18 / 40 18. Salib yurishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang. 1)dehqonlar; 2) ritsarlar; 3) gersoglar, graflar, qirollar hamda imperatorlar; 4) savdogarlar a)yangi hududlar va fuqarolarni bo‘ysundirish; b) shon- shuhrat va boylik ottirish; c) o‘zlarining og‘ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishish; d) tez boyib ketish. A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a 19 / 40 19. O‘rta asrlarda qayerlik ustalar parcha, ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozongan. A) hind B) eron C) arab D) xitoy 20 / 40 20. Chet ellik savdogarlar quydagi shaharlarni qanday buyumlari yuqori baholaganlar. 1)Marv 2) Samarqand 3) G’ijduvon a)kulolchilik buyumlari b) gazlamalari va kiyimlari c) qog‘ozi va gazlamalari A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-b, 2-a, 3-c 21 / 40 21. Yevropadagi quydagi shaharlar va ular qayerda barpo etilganligiga ko’ra to’g’ri tartibda joylashtiring. 1)Padeborn, Bremen, Sveybryukken, Bryugge 2)Myunster, Sen-Gallen, Sen-Denu 3)Strasburg, Gamburg, Augsburg a)monastirlar yonida b) feodallar qal’alari atrofida c) daryo sohillari bo‘ylarida, ko‘priklar yonida A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-c, 2-a, 3-b 22 / 40 22. Birjalarni tashkil topgan davriga qarab xronologik to’g’ri tartibda belgilang. 1) Antverpen 2) Bryugge 3) Lion A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 1 C) 3, 2, 1 D) 2, 1, 3 23 / 40 23. Rim papasi Innokentiy III qaysi davlat hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi. A) Germaniya, Italiya, Angilya; B) Angliya, Fransiya, Germaniya; C) Angliya, Fransiya, Italiya; D) Fransiya, Germaniya, Ispaniya; 24 / 40 24. Qaysi orden Quddusdagi ritsarlar joylashgan tepalik nomi bilan atalgan. A) gospitalyerlar ordeni B) Tevton ordeni C) tampliyerlar ordeni D) inglizlar ordeni 25 / 40 25. Mahsulotni bozorda sotish yoki ayirboshlash uchun ishlab chiqarish ….. deb ataladi. A) avtarkiya xo`jalik B) natural xo`jalik C) xalq xo`jaligi D) tovar xo`jaligi 26 / 40 26. G‘arbiy Yevropada XIII–XV asrlarda mavjud bo’lgan Levant savdo yo’li qaysi davlatlarni dengiz orqali Vizantiya va Osiyo mamlakatlari bilan bog’lash uchun hizmat qilgan. A) Italiya, Ispaniya, Janubiy Fransiya B) Shimoliy Fransiya, Ispaniya, Italiya C) Angilya, Fransiya, Germaniya D) Janubiy Fransiya, Italiya, Germaniya 27 / 40 27. IX-X asrlardayoq yuksala boshlagan Yevropa shaharlarni aniqlang. 1)London 2)Venetsiya 3)Parij 4)Genuya 5)Brugge 6)Florensiya 7)Marsel 8)London 9)Sevilya 10)Tuluza A) 1, 4, 5, 7, 9 B) 1, 3, 5, 7, 9 C) 2, 4, 6, 7, 10 D) 2, 4, 6, 8, 9 28 / 40 28. Iqtisodiy qoloqligi sabab Afrika qit`asi quyida keltirilgan qaysi manbalar makoniga aylangan edi? A) oltin, qul, temir, yog`och; B) tuz, fil suyagi, qul, oltin; C) yo`goch, fil suyagi, temir, bronza; D) ziravor, xomashyo, qul, kumush; 29 / 40 29. Yevropada Rohiblar ibodatdan bo'sh vaqtlarida nima bilan shug'ullangan? A) ibodat qilish va duolar o‘qish tartiblarini o’rganishgan; B) hunarmandchilik bilan shug'ullangan va diniy kitob o'qigan; C) xattotlik va monastir maktablarida bolalarni o'qitgan; D) lotin tilini o’rgangan, ba’zilari mehnat qilgan; 30 / 40 30. Kimlarning davrida inkvizisiya o‘z qudratining cho‘qqisiga erishgan(a), va katolik cherkovi o‘z qudrati cho‘qqisiga erishgan(b). A) Innokentiy III(a), Bonifatsiy VIII(b) B) Bonifatsiy VIII(a), Grigoriy IX(b) C) Lyudovik IX(a), Innokentiy III (b) D) Grigoriy IX(a), Innokentiy III(b) 31 / 40 31. O’rta asr shaharlari Osiyoda Yevropadan farqliroq nima uchun yirik zamindorglarga qarshi kurash olib bormagan? A) yirik zamindorlar aholiga yashash uchun qulay sharoit yaratib berishi, bunga ehtiyoj tug`dirmagan; B) barcha yerlar davlatniki bo`lgan; C) chunki aholi bunday harrbiy qudratga ega emasdi; D) o`zaro kurashlar bunga yo`l ochib bermagan edi; 32 / 40 32. Konstantinopolda to‘plana boshlagan ritsarlarga vassallik qasamyodini qabul qildirgan(a), va Quddusdagi «payg‘ambar qabrini» musulmonlardan ozod etishga chaqirgan(b) shaxslar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. A) Aleksey I(a), Urban II(b) B) Urban II(a), Aleksey I(b) C) Vasiley I(a), Urban II(b) D) Innokentiy III(a),Vasiliy(b) 33 / 40 33. Rivojlangan o’rta asrlarda shahar markazida nimalar joylashgan. 1) ma’lum kasb-kordagi hunarmandlar 2) ibodatxona 3) shahar kengashi binosi 4) dahalar 5) bozor maydoni A) 2, 4, 5 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 3 34 / 40 34. O'rta asrlarda Yevropada shaharlarning paydo bo'lishi va yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha bo'lgan. Quyidagi davlatlarda shaharlarning vujudga kelishi, rivojlanishi bir- biriga mos kelgan javoblarni aniqlang. a)Italiya va Janubiy Fransiya; b) Fransiya shimoli, Niderlandiya, Angliya, Germaniya; c) Vengriya, Boltiqbo'yi, Rus yerlari; 1)IX-X asrlar; 2) X-XI asrlar; 3) XII-XIII asrlar A) a-3; b-1; с-2 B) a-1; b-3; с-2 C) a-3; b-2; с-1 D) a-1; b-2; c-3 35 / 40 35. Lotinlar tomonidan Vizantiya hududlarini to`liq egallana olmaganligining sababi nima edi? A) mahalliy yunonlarning mardonavor qarshiligi; B) diniy-ritsarlik ordenlarini o`z faoliyatini yakunlganligi; C) salibchilar orasida boshlangan parokandalik; D) Qirollarning salibchilarni qo`llab-quvvatlamay qo`yganligi; 36 / 40 36. Hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantirgan omilni aniqlang. A) qurol-yarog`lar yasashning yuksalishi; B) hunarmandchilikning yuksalganligi; C) dehqonchilikda hosildorlikning oshishi; D) mehnat qurollarining takomillashuvi, ustalar mahoratining oshishi; 37 / 40 37. Salibchilar tomonidan Yaqin sharqda tashkil etilgan davlatlarni 200 yil davomida saqlanib qo`lishining asosiy sababi …. A) Sharqdagi aholining soliq va majburiytalar orqali tutib turilganligi; B) Yevropa qirollarining doimiy yurishlari; C) Sharqda rivijlangan davlatlarning hali vujudga kelmaganligi; D) Yevropadan Yaqin Sharqqa ritsarlar oqimining ko`payishi; 38 / 40 38. Sex Nizomida hunarmand ... soni belgilab qo'yilgan. 1) narxlari 2) o'quvchi-shogirdlari 3) xalfalari 4) mahsulotlari 5) dastgohlari A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 5 39 / 40 39. Qachon Salohiddin Ayyubiy salibchilardan Quddusni tortib oladi? A) 1187-yil B) 1192-yil C) 1186-yil D) 1189-yil 40 / 40 40. O`rta asrlarda qaysi davlatda xalfa sexi- ziyofat uyushtirib, so`ng ustalikka ruxsat olgan? A) Italiya B) Germaniya C) Xitoy D) Fransiya Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz