Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №5 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №5 InfoMaster Aprel 7, 2023 140 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №5 21-25-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-c, 3-d C) 1-a, 2-c, 3-d D) 1-b, 2-d, 3-c 2 / 30 2. Piramidalar qurilishi uchun toshlar qayerdan olib kelingan? A) Nil daryosining chap sohilidagi yassi tog‘lardan; B) Qohira shahridan uncha uzoq bo’lmagan yerdan; C) Memfis shahri yaqinidan; D) Nil daryosining o‘ng sohilidagi yassi tog‘lardan; 3 / 30 3. «Shoh Doro ayturki: keyin qo'shin bilan saklar mamlakatiga yurish qildim. Keyin uchi o'tkir kuloh kiyib yuruvchi saklar janga kirdilar. Men daryodan o'tgach saklarni tamoman tor-mor keltirdim, qolgan qismini asirga oldim». Yuqoridagi jumlalar qaysi manbadan olingan? A) Persopol shahri devorlaridagi yozuvlardan B) Behistun bitiklaridan C) Gerodotning «Tarix» asaridan D) Naqshi Rustam qoyatosh yozuvlaridan 4 / 30 4. Mil. avv. VII-VI asrlarda Zarafshon va Qashqadaryo vohasida yashovchi aholi qanday nom bilan tilga olinadi? A) massagetlar B) so’g’diylar C) xorazmliklar D) saklar 5 / 30 5. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Marg'iyona va Su'g'diyona hududlari quyidagi qaysi davlatning siyosiy va madaniy ta’siri ostida bo'lgan? A) Xorazm B) Parfiya C) Baqtriya D) Qang' davlati 6 / 30 6. Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi yozuv(alifbo) qachon vujudga kelgan? A) Miloddan avvalgi VIII asrda B) Miloddan avvalgi X asrda C) Miloddan avvalgi IX asrda D) Miloddan avvalgi XII asrda 7 / 30 7. Afinada qaysi davlat organiga strateg boshchilik qilgan? A) Xalq sudyasi B) Xalq tribuni C) Beshyuzlar kengashi D) Senat 8 / 30 8. Quyidagi voqealardan qaysi biri mil. avv. VI asr boshida yuz bergan? A) Afinadan to Pirey dengiz portigacha mudofaa devorlari qurildi B) Solon islohotlari o‘tkazildi C) Eron shohlari Kichik Osiyodagi yunon polislarini bosib oldilar D) Fors viloyatida Ahamoniylar davlati tashkil topdi 9 / 30 9. Qadimgi qaysi davlatda fuqarolar og‘ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi ishlardan ozod qilingan edilar? A) Sparta B) Rim C) Afina D) Makedoniya 10 / 30 10. Afinada shahar aholisining koʻpchiligini kimlar tashkil etgan? A) ziroatchilar va savdogarlar B) dehqonlar va hunarmandlar C) savdogarlar va hunarmandlar D) chorvadorlar va hunarmandlar 11 / 30 11. Kimlar Afina fuqarosi bo'la olar edi? A) ma’lum kasb-hunarni bilgan fuqarolar B) qullardan tashqari barcha qatlamlar C) otasi va onasi ozod afinalik bo'lgan erkaklar D) Afinada tug'ilib o'sgan barcha shaxslar 12 / 30 12. Marafon janggining hal qiluvchi pallasida yunonlar forslarning nechta kemasini egallab oldilar? A) 9 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 3 ta 13 / 30 13. Qanday sabab bilan Yunonistonda manzilgohlar va shaharlar soni ortib bordi? A) qishloq aholisining shaharlarga ko'chib kelishlari hisobiga B) dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan C) aholi sonining ortishi va yangi hududlarga ehtiyoj sababli D) qo'shni hududlar bilan keng madaniy munosabatlar o'rnatilishi hisobiga 14 / 30 14. Afinada necha yoshga toʻlgan fuqarolar Xalq sudida ishtirok etgan? A) 30 yosh B) 25 yosh C) 20 yosh D) 40 yosh 15 / 30 15. Drakont qonunlarini arzimagan darajada buzganlik uchun qanday jazo berilgan? A) oʻlim B) oila a’zolari asirlikka berilgan C) qullikka mahkum qilingan D) jarima 16 / 30 16. Marafon tekisligida yunonlar qancha vaqt o’tgandan so’ng forslarga qarshi hujum boshlagan? A) ikki hafta B) 3 kun C) bir oy D) bir hafta 17 / 30 17. Quyidagilardan qaysi turdagi maktab Afinada mavjud bo’lmagan? A) palestra B) xususiy gimnastika maktabi C) oliy oʻquv yurti D) davlat maktabi 18 / 30 18. Doriylar Mikenni … bo‘ysundirdilar. A) mil.avv. IX asrda B) mil.avv. XIII asrda C) mil.avv. VIII asrda D) mil. avv. XII sarda 19 / 30 19. Yunonlar qadim o'tgan zamonlarda shug'ullangan mashg'ulotlarni belgilang. A) hunarmandchilik va chorvachilik B) dehqonchilik va chorvachilik C) hunarmandchilik va savdo-sotiq D) savdo-sotiq va dehqonchilik 20 / 30 20. Qaysi davlatda savdo-sotiq sust rivojlangan, san’at asarlari, chiroyli ibodatxonalar ham bo‘lmagan. A) Miken B) Bobil C) Afina D) Sparta 21 / 30 21. Qadimgi Afina oliy o‘quv yurtlarida qanday fanlardan ta’lim berilgan? 1) astronomiya 2) tibbiyot 3) musiqa 4) geometriya 5) geografiya 6) tarix A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 6 22 / 30 22. Yunonlar umrbod tark etgan vatanning bir parchasi sifatida nimani olishgan? A) tuproq B) zaytun yogʻi C) yogʻoch D) olov 23 / 30 23. Qadimgi yunonlar «varvar»lar deb kimlarni atashgan? A) bosib olingan hududlardagi qulga aylantirilgan aholini B) ularning nazdida madaniyat jihatidan past turuvchi barcha xalqlarni C) o'zlashtirilgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo'lmagan xalqlarni D) Appenin yarimoroli aholisini 24 / 30 24. Afinada Perikl hukmronligi davrida amalga oshirilgan o'zgarishlarni ko'rsating. 1)Xalq Majlisidagi lavozimiarga ish haqi to'lash joriy etildi; 2)Parfenon ibodatxonasi qurildi; 3)Afinada katta qurilish ishlari amalga oshirildi; 4)mamlakatda demokratiya ravnaq topdi; 5)dehqonlarning qarzlari va qarzdorlarni qul qilish bekor qilindi; 6)davlat boshqaruvi tizimini o'zgartirib aristokratiyani demokratiyaga almashtirdi. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 25 / 30 25. Quyidagi qaysi sohalar Afina davlatiga katta daromad keltirar edi? A) chetga go'sht va hunarmandchilik mahsulotlarini sotish B) mis qazib olish va kulolchilik mahsulotlarini sotish C) qul savdosi va hunarmandchilik D) kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish 26 / 30 26. “Disk uloqtiruvchi” haykali kim tomonidan ishlangan? A) Poliklet B) Miron C) Fidiy D) Dedal 27 / 30 27. Afinada mansabdor shaxslarni lavozimga kim tayinlagan yoki saylagan? A) Aholining o'zi ko'rsatgan nomzodlarni xalq majlisi tasdiqlab bergan. B) Xalq majlisi tomonidan muayyan muddatga saylangan va majlisga hisobot berishgan. C) Har yil aholi o'rtasida o'tkaziladigan saylovlar vositasida saylangan. D) Strateg tomonidan tayinlangan va xalq majlisi tomonidan tasdiqlangan. 28 / 30 28. Qadimgi Yunonistondagi “Buyuk yunon kaloniyalashtirish” davrini aniqlang. A) mil.avv VIII-VI asrlar B) mil.avv VII-V asrlar C) mil.avv VIII-VII asrlar D) mil.avv IX-VII asrlar 29 / 30 29. Miloddan avvalgi 480-yilda bo'lib o'tgan Fermopil darasi jangida yunon qo'shinlariga boshchilik qilgan sarkardani aniqlang. A) Sparta podshosi Leonid B) Afina harbiy sarkardalaridan biri Miltiad C) mashhur sarkarda Krass D) mashhur sarkarda Kalliy 30 / 30 30. Afinada oliy ma’lumot beradigan o‘quv yurtlari ham bo‘lib, u yerda ta’lim olish muddati necha yil davom etgan? A) 6-7 yil B) 2-3 yil C) 3-4 yil D) 5-7 yil Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz