Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №1 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №1 InfoMaster Aprel 6, 2023 629 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 3 4 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №1 1-5-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Mezolit davri oxirida... A) misdan foydalanishga, undan mehnat qurollari yasashga o'tilgan. B) qabilalar o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turarjoylar qura boshlagan. C) hayvonlar qo'lga o'rgatila boshlangan. D) O'rta Osiyoning janubiy viloyatlaridagi aholi ziroatchilikka o'tgan. 2 / 30 2. Yirik xumlarda aqlangan bug'doy va arpa doni topilgan respublikamizdagi yodgorlik qaysi davrga oid? A) Mezolit B) Eneolit C) Bronza D) Neolit 3 / 30 3. Qaysi davrda odamlarda chopqir hayvonlarni ovlash imkoniyati vujudga kelgan? A) so‘nggi paleolit B) o‘rta paleolit C) ilk paleolit D) mezolit 4 / 30 4. Bronza davriga oid quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Sopollitepa manzilgohidan zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari topilgan B) Bronza davriga oid bronza ko'zgular Zamonbobo manzilgohidan topilgan C) Bronza davriga kelib Ota urug’ davriga o’tilgan D) Sopollitepa manzilgohi qurilishi tarxida shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi 5 / 30 5. Quyidagilarning qaysi tarixiy davrga xos ekanligini aniqlang. 1)O'rta Osiyo hududida dastlabki ibodatxonaning barpo etilishi; 2)O'rta Osiyo janubida sun’iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi; 3)tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog'i - to'quvchilik hunarmandchiligining vujudga kelishi; 4)O'rta Osiyo hududida ilk davlat birlashmalarining vujudga kelishi; a)neolit davri; b) eneolit davri; c) bronza davri; d) temir davri. A) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d 6 / 30 6. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri eng qadimgi odamlarda diniy tasavvurlari bo'lgani to'g'risidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi? A) kishilarning yovvoyi hayvonlardan qo'rqib, to‘da bo'lib ov qilganliklari B) odamlarning dunyoni tushunishga intilishlari C) so'nggi paleolit davriga oid bo'lgan qoya rasmlarining topilishi D) kishilarning yashash uchun kurashi va mehnat hamda ov qurollari yasashni o'rganishlari 7 / 30 7. Insoniyatning qadimgi tarixiga oid quyidagi o'zgarishlardan qaysi biri neolit davriga xos emas? A) Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning vujudga kela boshlashi B) aksariyat qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar barpo etila boshlanishi C) agrar sivilizatsiya insoniyat tarixini shu davrida boshlangan D) kulolchilik, to‘quvchilikning vujudga kelishi 8 / 30 8. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) urug' B) qabila C) ibtidoiy to'da D) Ibtidoiy jamoa tuzumi 9 / 30 9. Qaysi tarixiy davrda odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlarga - urug‘ jamoalariga birlashdilar? A) Bronza B) So‘nggi paleolit C) Mezolit D) Neolit 10 / 30 10. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 4, 5, 2, 3, 6, 1 B) 5, 4, 3, 2, 6, 1 C) 5, 4, 1, 2, 6, 3 D) 5, 3, 4, 2, 1, 6 11 / 30 11. Mezolit davriga oid manzilgohlar O'zbekistonning qaysi hududlarida ko'plab uchraydi? 1) Farg'ona vodiysining tog'oldi va tog'lik tumanlarida; 2)Toshkent vohasida; 3)Xorazm vohasida; 4)Samarqand viloyatining tog'lik va dasht hududlarida; 5)O'zbekiston janubida. A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 1, 2, 5 D) 2, 3, 5 12 / 30 12. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Eneolit davrida B) Neolit davrida C) Mezolit davrida D) Bronza davrida 13 / 30 13. Mezolit davri oxirida qaysi hududda xo‘jalikning yangi tarmoqlari-ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga kelgan? A) Sharqiy Yevropada B) Kichik Osiyoda C) O’rta Osiyoda D) Old Osiyoda 14 / 30 14. Insoniyat hayotidagi o‘zgarishlardan qaysi birlari eneolit davriga oid?1)Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2)mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3)ko‘p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4)ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tildi; 5)kulolchilik xumdoni kashf etildi; 6)O'rta Osiyo janubida ziroatchilik xo'jaligi vujudga keldi. A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6 15 / 30 15. Quyidagi kashfiyotlarning qaysi biri nisbatan oldinroq(qadimiyroq) yuz bergan? A) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi B) dastlabki dafn etish tartiblarining yuzaga kelishi C) toshdan mayda mehnat qurollari yasashning qo'llanilishi D) zeb-ziynat buyumlari yasala boshlanishi 16 / 30 16. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-b, 2-c, 3-d B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-d, 3-c D) 1-a, 2-c, 3-d 17 / 30 17. Quyidagi qaysi davlat hududidan ilk paleolit davriga oid odam izlari topilganligini aniqlang. A) Germaniya B) Xitoy C) Yunoniston D) Fransiya 18 / 30 18. Boshqirdistondagi Kapova g'ori qanday topilmasi bilan mashhur? A) 8-9 yoshli ibtidoiy bola suyaklari topilganligi bilan B) qoyatosh suratlari bilan C) temirdan yasalgan ziynat buyumlari bilan D) eng qadimiy ziroatchilik manzilgohi ekanligi bilan 19 / 30 19. Yurtimizdagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qaysi hududlar hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topisfigan? A) Misr, Xitoy va Old va Kichik Osiyo B) Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rim C) Xitoy, Hindiston, Rim va Kavkazorti D) Hindiston, Eron va Mesopotamiya 20 / 30 20. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi B) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi C) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi D) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi 21 / 30 21. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 4 B) 2, 3, 6 C) 1, 5, 7 D) 3, 4 22 / 30 22. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang. A) Misr va Kavkazortida B) Kichik Osiyo va Eronda C) Falastin va Hindistonda D) Mesopotamiya va Indoneziyada 23 / 30 23. Yurtimizda Mezolit davriga oid bo'lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o'rganilgan? A) Zarautsoy B) Obishir C) Machay D) Qo'shilish 24 / 30 24. Eng qadimiy tasviriy san’at rivoji uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang. A) sun’iy turarjoylar barpo etishning boshlanishi B) urug' jamoalarining vujudga kelishi C) Buyuk muzlik davrining boshlanishi D) Odamzotning dunyoni tushunishga intilishi 25 / 30 25. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi B) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi C) muzlik davrining poyoniga yetishi D) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi 26 / 30 26. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi B) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi C) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi D) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi 27 / 30 27. Insonlar tomonidan munchoqlar, tumorlar va uzuklar qaysi tarixiy davrdan boshlab yasala boshlangan? A) O'rta paleolit B) So'nggi paleolit C) Ilk paleolit D) Mezolit 28 / 30 28. O'zbekistonning qaysi hududlaridan bronza davriga oid eng qadimgi dehqonchilik manzilgohlari topilgan? 1) Buxoro viloyatidan; 2) Toshkent viloyatidan; 3) Xorazm vohasidan; 4) Farg'ona vodiysidan; 5)Surxondaryo viloyatidan; 6)Samarqand shahri hududidan. A) 1, 2, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 29 / 30 29. Qaysi davrlarda odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni kashf qilishgan? A) bronza davriga kelib B) mezolit davrida C) neolit davrida D) so'nggi paleolit davrida 30 / 30 30. Temirdan yasalgan bezaklar topilgan Maykop qo’rg’oni qayerda joylashgan? A) Surxondaryoda B) Ispaniyada C) Misrda D) Kavkazda Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz