Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 7-sinf Jahon tarix » 7-sinf Jahon tarix №2 7-sinf Jahon tarix 7-sinf Jahon tarix №2 InfoMaster Aprel 11, 2023 347 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 7-sinf Jahon tarix №2 8-14-mavzular yuzasidan testlar 1 / 40 1. Qadimgi german xalqlari tarixiga bag`ishlangan "Galliya urushi haqida xotiralar" (a), va “Germaniya” (b) asarlari muallifi to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. A) Yuliy Sezar(a),Tatsit(b) B) Plutarx(a),Tatsit(b) C) Tatsit(a),Yuliy Sezar(b) D) Yuliy Sezar(a),Tit Liviy(b) 2 / 40 2. Quydagi hukmdorlar qaysi yillarda hukmronlik qilgan. 1.Vatslav 2.Simeon 3.Yustinian I 4.Otton I 5.Asparux a) 681-701-yy b) 936-973-yy c) 920-935-yy d) 527-565-yy e) 893-927-yy A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d, 5-e B) 1-c, 2-e, 3-d, 4-a, 5-b C) 1-c, 2-e, 3-d, 4-b, 5-a D) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e 3 / 40 3. Franklar hayotida muhim rol o`ynagan gallar mamlakatning qaysi qismida istiqomat qilishar edi? A) sharq B) g`arb C) shimol D) janub 4 / 40 4. Yustinian I ni qaysi ishi jamoatchilikning salbiy fikriga sabab bo’lgan? A) ikkiyuzlamachilik siyosati; B) Feodoraga uylanganligi; C) Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklay olmaganligi; D) xalq farovonligini ta’minlay olmaganligi; 5 / 40 5. Quydagi davlatlarni tashkil topgan davri to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1.Polsha 2.Bolgariya 3.Chexiya 4.Franklar davlati a) X asr boshlari b) V asr oxiri c) VII asr oxiri d) X asr o’rtalari A) 2-c, 1-a, 4-b, 3-d B) 2-c, 1-d, 4-a, 3-b C) 2-c, 1-d, 4-b, 3-a D) 2-a, 1-b, 4-c, 3-d 6 / 40 6. O`zining saxiyligi va adolatparvarligi, din masalalarida qat`iyligi bilan shuhrat qozongan xalifani aniqlang. A) Abu Bakr B) Umar C) Ali D) Usmon 7 / 40 7. Ilk o'rta asrlarda Xitoyda rassomchilikning qaysi sohasi ayniqsa rivojlangan? A) portret chizish B) devoriy rasmlar chizish C) peyzaj chizish D) miniatura chizish 8 / 40 8. Svyatoslav kimlarga qarshi urushlar olib boradi. 1.Bolgariya 2.drevlyan qabilalari 3.ko'chmanchi bijanaklar 4.Vizantiya 5.qipchoqlar 6.bulg‘orlar A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 4, 5 9 / 40 9. Quydagi inshoatlardan qaysi biri mozaika va freskalari bilan o‘z davrining ajoyib me’morchilik yodgorliklaridan hisoblanadi. A) Konstantinopolda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi B) Xori monastiri C) Xanlin akademiyasi D) Kiyevda barpo etilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasi 10 / 40 10. Xalifalik xazinasi tarkibiga kirgan yerlarni aniqlang. 1) hokimiyat vakillari yerlari 2) qabila boshliqlari yerlari 3) unumdor sug’oriladigan barcha yerlar 4 )istilo qilingan mamlakatlar hukmdorlari yerlari 5) yaylov va dasht yerlari 6) janglarda halok bo'lgan amaldorlar yerlari A) 1, 3, 4 B) 1, 4, 6 C) 2, 3, 6 D) 2, 4, 5 11 / 40 11. Xitoy nechanchi asrlarda faol tashqi siyosat olib boradi ? A) IX-X asrlarda B) V-VI asrlarda C) VII-VIII asrlarda D) III-IV asrlarda 12 / 40 12. Pekinda chiqarilgan gazetaning nushalari qanday yo’l bilan ko’paytirilgan? A) toshga o'yib yozilgan matndan ko'paytirishgan. B) Metalga yozilgan matndan ko'paytirishgan. C) yog'ochda o'yib yozilgan matndan ko'paytirishgan. D) Matn yozuvchi xattotlar yordamida ko'paytirishgan. 13 / 40 13. O`rta asrlar dastlabki bosqichida bunyod etilgan Xitoydagi Buyuk kanal inshoootini qurishdan ko`zlangan maqsadni aniqlang. A) dengizchilik sohasini yo`lgan qo`yish va aholini tashqi xarid quvvatini oshirish; B) viloyatlar o`rtasidagi iqtisodiy aloqlarni mustahkamlash va Xuanxe va Yanszi oralig`idagi hududlarni savdoga kalb etish; C) xunnlarga qarshi tayanchga ega bo`lish va tashqi savdoni rivojlantirish; D) chet el bilan manfaatli savdoni yo`lga qo`yish va ichki bozorni vujudga keltirish; 14 / 40 14. Sharq xalqlari ertaklarida afsonaviy boyliklar mamlakati sifatida tasvirlangan davlatda yer egaligi munosabatlari qachon vujudga kelgan. A) VI asrning birinchi yarmida B) IV-V asrlarda C) IV asrning so’ngida D) milodiy III asrda 15 / 40 15. Muslumon adabiyotida fors tilidan foydalanish boshlangan asr(a), va nechanchi asrga qadar kitoblar monastirlar kutubxonalarida saqlangan(b). A) XI asr(a), XII asr(b) B) XII asr(a), XIII asr(b) C) IX asr(a), XI asr(b) D) X asr(a), XII asr(b) 16 / 40 16. Ozarbayjonda ko`tarilgan Bobek qozg`aloni vakillarining bosh shiorini aniqlang. A) ,,Ozodlik yoki o`lim” B) ,,Ishlab yashaylik yoki jang qilib halok bo`laylik’’ C) ,,Zodagonlarning so`nggi avlodigacha qirib tashlash’’ D) ,,Qirq yil qul bo`lib yashagandan bir kun ozod bo`lib yashgan ma`qul’’ 17 / 40 17. Ajanta ibodatxonasida ishlangan xudolar va odamlar haykallari nimadan ishlangan? A) kumush va mis B) jez va tosh C) oltin va kumush D) bronza va yog`och 18 / 40 18. Antik davrdanoq saqlanib qolgan bo`lsada, o`rta asrlarda ham Vizantiyaga shuhrat keltirgan sohalarni aniqlang. 1.shishisozlik 2.koshinpazlik 3.zargarlik 4.kulolchilik 5.naqqoshlik 6.bo`yoq tayyorlash 7.kudungarlik A) 2, 3, 7 B) 2, 4, 6 C) 1, 5, 7 D) 1, 4, 6 19 / 40 19. O’rta asrlarda kvadriumda o‘quvchilar qaysi fanlarni o‘zlashtirganlar. 1.geometriya 2.matematika 3.musiqa 4.geografiya 5.arifmetika 6.tarix 7.astronomiya A) 1, 3, 5, 7 B) 3, 4, 5, 7 C) 2, 4, 6, 7 D) 1, 3, 4, 7 20 / 40 20. Hindistonda rojalar tomonidan o`z xonadoniga mansub bo`lmagan kishilarga ma`lum davr oralig`ida foydalanish uchun berilgan yerlar nima deb atalgan? A) tanho B) patta C) jogir D) grass 21 / 40 21. Slavyan qabilalarini birlashtirish siyosati janubda(a), shimolda(b) yerlarning Oleg qo‘lida to‘planishiga imkon beradi. A) Ladoga ko‘lidan (a), Dneprning quyilishigacha(b) B) Luara ko‘lidan (a), Dunayning quyilishigacha( C) Ladoga ko‘lidan (b), Dneprning quyilishigacha(a) D) Luara ko‘lidan (b), Dunayning quyilishigacha(a) 22 / 40 22. O`rta asrlar Yevropasida dastlab o`quvchilar – triviumda qaysi sohalarni egallashi kerak edi? 1.grammatika 2.matematika 3.ritorika 4.musiqa 5.dilektika 6.astronomiya 7.arifmetika 8.geometriya A) 2, 4, 8 B) 1, 2, 3 C) 3, 5, 7 D) 1, 3, 5 23 / 40 23. …. istilo etilgach zodagonlari xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar(a), va …. davlatlarda iqtisodiy tanglik,kuchli qo‘shinning bo‘lmasligi arablarga qo‘l keladi(b). Gap qaysi davlatlar haqida bormoqda. A) Suriya va Falastin(a), Misr va Liviya(b) B) Suriya va Eron(a), Vizantiya va Eron(b) C) Eron va Suriya(a), Movarounnahr va Xuroson(b) D) Misr va Suriya(a), Falastin va Eron(b) 24 / 40 24. Qaysi arab xalifalari davrida Eronning katta qismini istilo qilingan(a), va Eron to‘liq bosib olingan(b). A) Usmon(a), Ali(b) B) Abu Bakr(a), Ali(b) C) Umar(a), Usmon(b) D) Usmon(a), Umar(b) 25 / 40 25. IX asr arablar hayotida hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida rivoj topgan fanlarni aniqlang. 1.geografiya 2.geometriya 3.tibbiyot 4.musiqa 5.astronomiya 6.matematika 7.kimyo A) 1, 5, 6 B) 1, 3, 4 C) 2, 5, 6 D) 3, 5, 7 26 / 40 26. Qaysi davlatda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko‘rinishda bo‘lmasdan,qulchilik udumlari ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. A) Arab xalifaligi B) Vizantiya C) Xitoy D) Hindiston 27 / 40 27. G‘arbiy Osiyoning qadimgi yuksak madaniyatli o‘lkalariga kelgan arablar dastlab qaysi xalqlarga nisbatan qoloq edilar. 1.yahudiy 2.finikiya 3.yunon 4.oromiy 5.fors 6.so’g’diy 7.suriya A) 1, 3, 5, 6, 7 B) 2, 4, 5, 5, 7 C) 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6, 7 28 / 40 28. O`rta asr Xitoy maktablarida tahsil oluvchi o`quvchilardan fanning qaysi sohlarini bilish qat`iy talab qilinar edi? A) tibbiyot, arifmetika, geometriya, astronomiya; B) musiqa, geometriya, matematika, astronomiya; C) geografiya, tarix, kimyo, tibbiyot; D) matematika, grammatika, falsafa, adabiyot; 29 / 40 29. O`rta asrlarda o`z davlatida maorif tizimiga katta hissa qo`shgan davlat rahbarlarini aniqlang. A) Li Yuan va Vladimir B) Yaroslav va Buyuk Karl C) Fridrix II va Ryurik D) Yustinian va Xilperik 30 / 40 30. Ilm-fan eng rivojlangan shahar - «fanlar onasi» bu….. A) Rim shahri edi. B) Afina shahri edi. C) Konstantinopol shahri edi. D) Kiev shahri edi. 31 / 40 31. Quydagi ma’lumotlarni qaysi Kiyev Rusi knyaziga oid ekanligini to’g’ri tartibda joylashtiring. 1.Vladimir Monomax 2.Svyatoslav 3.Vladimir 4.Olga 5.Oleg 6.Igor a) slavyan qabilalarining isyonini bostirib,Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdiradi; b) Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzadi. Unga ko‘ra, Rus savdogarlariga Vizantiyada bojsiz savdo qilishga ruxsat beriladi; ic) lk bor qipchoq xonlari qo‘shinini yengadi; d) o‘z knyazligini ko‘chmanchi bijanak qabilalariga qarshi urushdan boshlaydi; e) Rus mavqeini harbiy yurishlar, istilolar bilan emas, mohirona diplomatiya orqali yuksaltirishga intilgan; f) Xazar xoqonligini mag‘lub etib, uning poytaxti Itil shahrini egallagan; A) 1-c, 2-f, 3-a, 4-e, 5-b, 6-d B) 1-c, 2-f, 3-d, 4-e, 5-b, 6-a C) 1-e, 2-b, 3-a, 4-c, 5-f, 6-d D) 1-c, 2-f, 3-a, 4-d, 5-b, 6-e 32 / 40 32. Kiyev Rusi knyazi Vladimir davrida amalga oshirilgan boshqaruv sohasidagi islohotga ko`ra …. A) shaharlar qabila boshliqlari ixtiyoriga o`tkazib berildi; B) boshqaruvda knyazlar sulolasi tugatilib, o`g`illaridan iborat noibliklar tashkil etildi; C) poytaxtni Novgorod shahridan -Moskvaga ko`chirdi; D) davlat hududlarini davlat uchun muhim hisoblangan toifalarga ajratib berdi; 33 / 40 33. Ilk o'rta asrlarda Xitoyning yirik shaharlarida tashkil etilgan maktablarda kimlar tayyorlangan? A) bo'lajak harbiylar B) bo'lajak kohinlar C) bo'lajak amaldorlar D) bo'lajak savdogarlar 34 / 40 34. Xitoyda qaysi sulolalar tomonidan pul islohoti amalga oshirilgan edi? A) Suy va Sun B) Tan va Sun C) Tan va U Day D) Suy va Tan 35 / 40 35. Quydagi ma’lumotlar kimlarga tegishli. Uning asaridan biz Buyuk Karl hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlarni olamiz(a), uning shogirdlari maorifni yoyishda katta xizmat qilgan(b) A) Mavrikiy(a),Alkuin( B) Eyngard(a), Alkuin(b) C) Alkuin(a), Eyngard(b) D) Alkuin(a), Menandr(b) 36 / 40 36. Dastlabki pantomima - imo teatri qayerda tashkil etilgan? A) Yaponiya. B) Xitoy. C) Eron D) Hindiston. 37 / 40 37. Tan imperiyasi qabul qilgan yer to`g`risidagi farmonlarga muvofiq mamlakatdagi barcha yerlar …niki deb e`lon qilingan. A) hukmdor B) kohinlar C) davlat D) jamoa 38 / 40 38. Aynan bir davrda tashkil etilgan ilmiy muassasalarni aniqlang. 1.Xanlin akademiyasi 2.Bayt ul-hikma 3.Mamun akademiyasi 4. Magnavr oliy maktabi A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 39 / 40 39. Kiyevda xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o‘quv yurti tashkil etilgan(a), va Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurtini ochilishi(b) qaysi hukmdorlar nomi bilan bog'liq. A) Vladimir(a), Yaroslav(b) B) Svyotoslav(a), Vladimir(b) C) Yaroslav(a), Svyotoslav( D) Yaroslav(a), Vladimir(b) 40 / 40 40. IX asrda Arab xalifaligidan ajralib chiqib mustaqillikka erishgan hududlarni aniqlang. 1.Iroq 2.Misr 3.Suriya 4.Eron 5.Falastin 6.Movarounnahr 7. Ozarbayjon 8.Xuroson A) 1, 3, 6, 8 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 4, 6, 8 D) 1, 2, 3, 4 Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz