Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №3 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №3 InfoMaster Aprel 6, 2023 215 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №3 11-15-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Patriarxat davri bilan birga kechgan buyuk tarixiy jarayonni belgilang. A) eng qadimgi urug'chilik tuzumining nihoyasiga yetishi B) temirdan foydalanishning dastlabki davri boshlanishi C) muzlik davrining poyoniga yetishi D) o'zlashtirma xo'jalikdan ishlab chiqaruvchi xo'jalikka o'tilishi 2 / 30 2. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi B) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi C) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi D) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi 3 / 30 3. Misr dehqonlari dalalarga urug’larni qaysi paytda ekishgan? A) qishda B) iyul-sentabr oylarida C) avgust oyining oxirlarida D) kuzda 4 / 30 4. Misrda O'rta podsholik davrida egallangan hududlarni aniqlang. 1) Arabiston yarimoroli; 2) Liviya; 3) Nubiya; 4) Shimoliy Nubiya; 5) Sinay yarimoroli; 6) Falastin; 7) Janubiy Falastin; 8) Suriya. A) 1, 2, 3, 5 B) 4, 7 C) 2, 4, 5 D) 3, 4, 7 5 / 30 5. Qadimgi Misrda qanday kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, ular katta imtiyozlarga ega bo‘lib, izzat-hurmatda bo‘lganlar. A) tibbiyot ilmidan habardor bo’lganlar; B) husnixat san’atini egallagan; C) o’qishni va yozishni biladiganlar; D) chiroyli so‘zlashni o‘zlashtirgan; 6 / 30 6. Qadimgi Mesopotamiya tarixiga oid quyidagi voqealardan qaysi biri miloddan avvalgi IV mingyillikda yuz bermagan? 1)shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshlash 2)shumerlar tomonidan mixxat yozuvining ixtiro qilinishi 3)Shumer-Akkad davlati parchalanib ketd 4)Sargon I davlat tuzdi A) 3, 4 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 2 7 / 30 7. Kir II qayerni bosib olgach, ulkan qo'shin tuzib bosqinchilik urushlarini davom ettirgan? A) Bobil B) Parfiya C) Midiya D) Baqtriya 8 / 30 8. Quyidagi tarixiy voqealardan bir asrda sodir bo'lganlarini belgilang. 1)Misrga giksos qabilalari bostirib kirdi; 2)Shumer-Akkad davlati parchalanib ketdi; 3)Bobil podsholigida Xammurapi hukmronlik qildi; 4)Ossuriya o'z ravnaqining cho'qqisiga erishdi; 5)Xett davlati tashkil topdi; 6)Krit oroliga mikena qabilalari bostirib kirishdi; 7)Mohenjodaro va Xarappa sivilizatsiyalari zavolga uchray boshladi; 8)Eron hududiga midiyaliklar va forslar ko'chib kelib o'rnashishdi. A) 1, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 3, 4, 8 D) 4, 5, 6, 7, 8 9 / 30 9. Mil. avv. X asrda .... A) Isroil podsholigi tashkil topgan. B) Midiya podsholigi o'z ravnaqi cho'qqisiga ko'tarilgan. C) Ossuriya podsholigi qayta yuksala boshtagan. D) Finikiyada 22 undosh harfdan iborat alifbo yaratilgan. 10 / 30 10. Quyidagi qaysi davlat Yangi Bobil podshotigi tomonidan bosib olingan? A) Urartu podsholigi B) Midiya podsholigi C) Fors podsholigi D) Misr podsholigi 11 / 30 11. Quyidagi davlatlarning barham topgan davrini to'g'ri belgilang. 1) So'nggi Misr podsholigi; 2) Ossuriya davlati; 3)Bobil podsholigi; 4) Fors podsholigi; a)mil. avv. 605-yil; b) mil. avv. 525-yil; c) mil. avv. 539-yil; d) mil. avv. 330-yil. A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a 12 / 30 12. Noto'g'ri mulohazani aniqlang. A) Qadimgi Mesopotamiyada podsholar shahar-davlatlarni aslzodalar, kohinlar va harbiy qo'shinlarga tayangan holda amaldorlar yordamida idora qilar edi. B) Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug'ulianishiga qarab tabaqalarga ajratilgan edi. C) Qadimgi finikiyaliklar qo'shnilariga yog'och, metall va zeb-ziynat buyumlari sotardilar. D) Xammurapi qonunlarning matnlari mamlakatning barcha shaharlarida o‘rnatilgan tosh ustunlarga yozib qo‘yilardi. 13 / 30 13. Qadimgi finikiyaliklarning asosiy mashg'ulotini belgilang. A) chorvachilik B) savdo-sotiq C) kulolchilik D) hunarmandchilik 14 / 30 14. Qaysi shaharda Doro I va Kserksning yuz ustunli zali bo'lgan saroyi qoldiqlari saqlanib qolgan? A) Bobil shahrida B) Ekbatana shahrida C) Suza shahrida D) Persepol shahrida 15 / 30 15. Quyidagi hududlar qaysi hukmdor davrida Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilganligini aniqlang. 1)Frakiya; 2) Finikiya; 3) Misr; 4) Marg'iyona; a)Kir II; b) Kambiz II; c) Doro I; d) Kserks. A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-c D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-a 16 / 30 16. Qadimgi Finikiya o'lkasi qisman bo’lsa-da, hozirgi qaysi davlatlarning hududiga muvofiq keladi? A) Suriya va Falastin B) Suriya va Liviya C) Suriya va Livan D) Turkiya va Suriya 17 / 30 17. Elam davlati vujudga kelgan ming yillikka kelib .... A) O'rta Osiyo janubida sug'orma dehqonchilikka o'tildi. B) patriarxat davri boshlandi. C) Qadimgi Sharqda ilk shahar- davlatlar vujudga keldi. D) Shumer-Akkad davlati parchalanib ketdi. 18 / 30 18. Qadimgi hind xalqining diniy e’tiqodi to'g'risida berilgan quyidagi ma’lumotlarning qaysi birida xatolikka yo'l qo'yilgan? A) Inson vafot etsa ham o'lmaydi, balki boshqa mavjudotga aylanadi deb hisoblashgan B) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan C) Xudolaridan biri boshi filnikiga o'xshash donishmand Ganesha bo'lgan D) Fil hindlar orasida muqaddas hayvon hisoblanib, uni o’ldirish taqiqlangan 19 / 30 19. Boqiy hayotga erishish uchun yordam beradigan sehrli giyohni ilon o'g'irlab ketgach, Gilgamish uni nima umrboqiy qilishini tushunib yetadi? A) yovuz maxluqotlarga qarshi kurashlari B) jonajon shahri devorlari C) ota-onasining duolari D) ezgu ishlari 20 / 30 20. Qachon Urartu davlati o'z rivojlanishining yuqori cho'qqisiga erishadi? A) mil. avv. XIII asrda B) mil. avv. IX-VIII asrlarda C) mil. avv. VII asrda D) mil. avv. VIII-VII asrlarda 21 / 30 21. Qadimgi hindlar e’tiqodiga ko'ra mavjud bo'lgan tabaqalar nimaga qarab ajratilgan? A) qaysi xudoga e’tiqod qilishiga qarab B) xudoning qaysi a’zosidan yaratilganligiga qarab C) qanday yumushlar bilan shug'ullanishiga qarab D) mol-mulkining miqdoriga qarab 22 / 30 22. Qaysi hukmdor davrida forslar Finikiya va Falastinni bo’ysundiradilar? A) Kserks B) Kambiz I C) Kir II D) Doro I 23 / 30 23. Shumerlardan tashqari yana qaysi qadimiy xalqning yozuvi ham mixxatsimon shaklda bo'lgan? A) forslarning B) hindlarning C) urartlarning D) xitoylarning 24 / 30 24. Ossuriyaning qaysi hukmdori davrida Nineviyada Old Osiyodagi eng yirik, sopol taxtachalardan iborat bo'lgan kutubxona jamlangan edi? A) Oshshurbanipal B) Salamansar C) Kiaksar D) Navuxodonosor 25 / 30 25. Navuxonosor II hukmronligi davrida qaysi hudud Yangi Bobil podsholigiga qo'shib olingan? A) Midiya B) Eron C) Kichik Osiyo D) Misr 26 / 30 26. Qaysi manbada Olam, Yer yuzidagi ilk odamlar - Odam ato va Momo havo yaratilishi, Yer yuzini To'fon tutganligi haqida va boshqa rivoyatlar mavjud? A) Gilgamish haqidagi dostonda B) Marhumlar kitobida C) Bibliyada D) Rigvedada 27 / 30 27. Qadimiy mifologiyaga ko'ra, osmondagi suvni tutqunlikdan xalos etib, yeryuzini qurg'oqchilikdan qutqargan ilohni aniqlang. A) Xapi B) Sina C) Poseydon D) Indra 28 / 30 28. Ma’lumki, Mesopotamiyada Uruk, Umma, Lagash, Ur kabi shahar-davlatlar yuzaga kela boshlagan. Dastlab bu shaharlarning hukmdori kim hisoblangan? A) Shahar oqsoqoli B) Bosh kohin C) Harbiy sarkardalar D) Shahar homiysi bo'lgan Oliy xudo 29 / 30 29. Fors shohlarining qayerlarga o'yib yozilgan bitiklari hozirgacha saqlanib qolgan? 1)Naqshi Rustam qoyalariga; 2)Ekbatana shahri devorlariga; 3)Behistun qoyalariga; 4)Suza shahri devorlariga; 5)Kiropolis saroyi devorlariga; 6)Persepol saroyi devorlariga. A) 3, 5, 6 B) 2, 3, 6 C) 1, 3, 4 D) 1, 3, 6 30 / 30 30. Quyidagi voqealar qaysi fors shohi hukmronligi davrida yuz berganligini aniqlang. 1)«Uch yuz spartalik jasorati»; 2)Misrning bosib olinishi; 3)Lidiyaning istilo qilinishi; 4)Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarining bosib olinishi; a)Kir II; b) Kambiz II; c) Doro I; d) Kserks; A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz