Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №2 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №2 InfoMaster Aprel 6, 2023 264 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Tarix №2 6-10-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. ... - insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. A) urug' B) Ibtidoiy jamoa tuzumi C) qabila D) ibtidoiy to'da 2 / 30 2. Yurtimizda Mezolit davriga oid bo'lgan qaysi manzilgohda qoyatosh rasmlari mufassal o'rganilgan? A) Zarautsoy B) Obishir C) Qo'shilish D) Machay 3 / 30 3. Quyidagilarning qaysi biri nisbatan keyinroq sodir bo'lgan? A) odamlar ancha takomillashgan kesuvchi va arralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo‘lishi B) sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o'simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlanishi C) toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilinishi D) qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar qura boshlashi 4 / 30 4. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-a, 2-c, 3-d B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-d D) 1-b, 2-d, 3-c 5 / 30 5. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko‘ra to‘g‘ri ketma- ketlikda joylashtiring. 1) Maykop qo‘rg‘oni; 2) Obishir manzilgohi; 3) Kopova g'ori; 4) Teshiktosh g'ori; 5) Selung‘ur manzilgohi; 6) Sopollitepa manzilgohi. A) 5, 3, 4, 2, 1, 6 B) 5, 4, 3, 2, 6, 1 C) 4, 5, 2, 3, 6, 1 D) 5, 4, 1, 2, 6, 3 6 / 30 6. Marhumlarni mumiyolash faqat kimlarga nasib etgan? A) marhumning qarindoshi bo’lgan shaxslarga B) kohinlar va ibodatxona xodimlariga C) marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlarga D) fir’avn amaldorlari va aslzodalarga 7 / 30 7. Misr tomonidan egallangan hududlarning davrini aniqlang. 1) Qadimgi podsholik davri; 2)O'rta podsholik davri; 3)Yangi podsholik davri; a)Janubiy Falastin va Shimoliy Nubiyaning bosib olinishi; b)Sinay yarimorolining bosib olinishi; c)Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshladi. A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-a, 2-b, 3-c 8 / 30 8. Mil. avv. nechanchi ming yillikdan boshlab Amon-Ra Misr fir'avnlarining bosh ilohi va homiysi hisoblangan? A) mil. avv. I ming yillikdan B) mil. avv. III ming yillikdan C) mil. avv. IV ming yillikdan D) mil. avv. II ming yillikdan 9 / 30 9. Qadimgi Misr xudolaridan bo'lgan Xatxorga quyidagi xususiyatlarning qaysi biri taalluqli emasligini aniqlang. A) she’riyat xudosi B) go'zallik xudosi C) musiqa xudosi D) sevgi xudosi 10 / 30 10. Mil, av VII asrda Misr... . A) Itisodiyoti va madaniyati yuksalishi boshlandi. B) O‘z qudratining cho'qqisiga erishdi. C) Eron Ahamoniylari tomonidan bosib olindi. D) Giksoslar tomonidan bosib olindi. 11 / 30 11. Misr janubda Nubiya bilan chegaradosh bo`lib, bu mamlakatga misrliklar Nil bo`ylab nimalarni ayirboshlash uchun borganlar? 1) oltin; 2) qimmatbaho toshlar; 3) fil suyagi; 4) qatron; 5) nodir buyumlar; 6) nodir navli yog`ochlar. A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6 12 / 30 12. Qadimgi misrliklar quyidagi qaysi mahsulotdan gazlama tayyorlashganligini aniqlang. A) zig’ir poyasidan B) papirusdan C) paxtadan D) kanopdan 13 / 30 13. Misrliklar ta’lim olayotganda nimalarga yozishgan? A) sopol buyumlar parchasi yoki ohaktoshga B) xudolarning haykallari va maqbaralar devorlariga C) tosh va sopolga D) papirus poyalariga 14 / 30 14. Misrda O'rta podsholik davrida egallangan hududlarni aniqlang. 1) Arabiston yarimoroli; 2) Liviya; 3) Nubiya; 4) Shimoliy Nubiya; 5) Sinay yarimoroli; 6) Falastin; 7) Janubiy Falastin; 8) Suriya. A) 2, 4, 5 B) 4, 7 C) 3, 4, 7 D) 1, 2, 3, 5 15 / 30 15. Qadimgi Misrda qanday kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, ular katta imtiyozlarga ega bo‘lib, izzat-hurmatda bo‘lganlar. A) husnixat san’atini egallagan; B) chiroyli so‘zlashni o‘zlashtirgan; C) tibbiyot ilmidan habardor bo’lganlar; D) o’qishni va yozishni biladiganlar; 16 / 30 16. Quyidagilardan Misr xudolari bilan bog’liq to’g’ri javobni aniqlang. 1)Tot 2) Anubis 3) Maat 4) Xatxor a)haqiqat va adolat ilohasi b)marhumlar va mumiyolanganlar xudosi c)oy, donishmandlik va tabobat xudosi d)musiqa, go’zallik va sevgi ilohasi A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a 17 / 30 17. Misrliklar e'tiqodicha, ular sig'ingan qaysi iloh shunchalik qudratliki uni asl qiyofada ko‘rishni iloji bo’lmagan? A) Osiris B) Ptax C) Set D) Isida 18 / 30 18. 19 birinchi bo‘lib taqvim tuzdilar. A) misrliklar B) xitoyliklar C) hindlar D) shumerlar 19 / 30 19. O’rta Misr podsholigining poytaxti qaysi shahar bo'lgan? A) Memfis shahri B) Fiva shahri C) Baolbek shahri D) Abidos shahri 20 / 30 20. Qaysi Misr firavni davrida Old Osiyoda misrliklar hukmronligi o‘rnatildi? A) Tutmos III B) Yaxmos C) Tutmos II D) Menes 21 / 30 21. Quyidagi fikrlardan qaysi biri xato ekanligini aniqlang. A) Ziroatchilar qachon urug‘likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar kohinlarga qarab aniqlaganlar. B) Misr iyerogliflari yozilgan bitiktosh topilgan Rozett shaharchasi Qohira shahridan uncha uzoqda joylashmagan. C) eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida bunyod etilgan. D) Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. 22 / 30 22. Misr dehqonlari dalalarga urug’larni qaysi paytda ekishgan? A) qishda B) iyul-sentabr oylarida C) kuzda D) avgust oyining oxirlarida 23 / 30 23. Qadimgi Misr hunarmandlarining qancha kasb-korlari bo’lgan? A) 50 ga yaqin B) 30 ga yaqin C) 30 dan ziyod D) 40 dan ziyod 24 / 30 24. Vaqt o‘tishi bilan kimlar qadimgi Misrda hukmdorlarga podsholarga aylanishdi? A) Qabila sardorlari B) nomarxlar C) ruhoniylar D) harbiy sarkardalar 25 / 30 25. Oddiy misrliklarning uyi nimadan qurilgan? A) loy suvalgan papirus poyalaridan B) yog’ochdan C) toshdan D) xom g’ishtdan 26 / 30 26. Quydagi shaxslardan qaysi biri rivoyatda aytilishicha, Misrning ilk podsholaridan biri bo‘lib, o‘z xalqini dehqonchilikka o‘rgatgan. A) Osiris B) Menes C) Yaxmos D) Tutmos II 27 / 30 27. Quyidagi qaysi hududlar qadimda mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy bo‘lgan? A) Sinay yarimoroli va Liviya B) Nubiya va Liviya C) Suriya va Falastin D) Falastin va Nubiya 28 / 30 28. Misr g’arbida qaysi mamlakat joylashgan edi? A) Liviya B) Nubiya C) Suriya D) Xett 29 / 30 29. Qadimgi Misrliklar nima uchun yozuvni “muqaddas” yoki “xudolar kalomi”deb nomlashgan? A) har xil voqealarni shu yozuvda o’qib tushintirilganligi uchun; B) duolar va marosimlarni yozib borishganligi uchun; C) yozish va o’qishni har kim ham bilmaganligi uchun; D) uni o’rganish juda ham qiyin bo’lganligi uchun; 30 / 30 30. Misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni qayerlardan keltirilgan? A) Nubiya va Liviyadan B) Urartu va Ossuriyadan C) Falastin va Suriyadan D) Finikiya va Mesopotamiyadan Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz