Uy » Mavzulatshitilgan testlar » Tarix mavzulashtirilgan » 6-sinf Tarix » 6-sinf Tarix №2 6-sinf Tarix 6-sinf Tarix №2 InfoMaster Aprel 6, 2023 193 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324252627282930 6-sinf Tarix №2 6-10-mavzular yuzasidan testlar 1 / 30 1. Kulolchilk sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to‘g‘ri beigilang. 1)kulolchilik vujudga keldi; 2)kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3)kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi; a)mezolit davri; b) neolit davri; c) eneolit davri; d) bronza davri; e) temir davri. A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-d, 3-c C) 1-a, 2-c, 3-d D) 1-b, 2-c, 3-d 2 / 30 2. Insoniyat tarixining qaysi davrida urug' jamoalarida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vujudga keldi va chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi? A) Mezolit davrida B) Eneolit davrida C) Bronza davrida D) Neolit davrida 3 / 30 3. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1)o'q yoyning kashf etilishi; 2)turar-joylar qurishning boshlanishi; 3)hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5)ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6)xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7)kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 4 B) 2, 3, 6 C) 3, 4 D) 1, 5, 7 4 / 30 4. Insoniyatning qadimgi tarixiga oid quyidagi o'zgarishlardan qaysi biri neolit davriga xos emas? A) Qadimgi Sharqda ilk shahar va davlatlarning vujudga kela boshlashi B) kulolchilik, to‘quvchilikning vujudga kelishi C) aksariyat qabilalarning o'troq turmush tarziga o'tib, doimiy turar joylar barpo etila boshlanishi D) agrar sivilizatsiya insoniyat tarixini shu davrida boshlangan 5 / 30 5. Neolit davrida o'troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi jamoalarning... A) xo'jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilikni kashf etishlariga olib keldi B) kulolchilik xumdonini kashf qilishiga sabab bo'ldi C) dehqonchilikka o'tish imkoniyatini vujudga keltirdi D) dastlabki sun’iy boshpanalar qurishiga imkoniyat yaratdi 6 / 30 6. Qaysi podsholik davrida Sinay yarimoroli misrliklar tomonidan bosib olinib, mahalliy qabilaiar Misrga soliq to'lay boshlashgan? A) Yangi podsholik davrida B) O'rta podsholik davrida C) Qadimgi podsholik davrida D) So'nggi podsholik davrida 7 / 30 7. Oddiy misrliklarning uyi nimadan qurilgan? A) xom g’ishtdan B) yog’ochdan C) toshdan D) loy suvalgan papirus poyalaridan 8 / 30 8. Mil. avv. nechanchi ming yillikdan boshlab Amon-Ra Misr fir'avnlarining bosh ilohi va homiysi hisoblangan? A) mil. avv. III ming yillikdan B) mil. avv. I ming yillikdan C) mil. avv. II ming yillikdan D) mil. avv. IV ming yillikdan 9 / 30 9. Qadimgi Misrda qanday kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, ular katta imtiyozlarga ega bo‘lib, izzat-hurmatda bo‘lganlar. A) o’qishni va yozishni biladiganlar; B) tibbiyot ilmidan habardor bo’lganlar; C) husnixat san’atini egallagan; D) chiroyli so‘zlashni o‘zlashtirgan; 10 / 30 10. Quyidagi qaysi hududlar qadimda mis va temir rudasiga hamda boshqa foydali qazilmalarga boy bo‘lgan? A) Falastin va Nubiya B) Suriya va Falastin C) Nubiya va Liviya D) Sinay yarimoroli va Liviya 11 / 30 11. Misrliklar ta’lim olayotganda nimalarga yozishgan? A) sopol buyumlar parchasi yoki ohaktoshga B) xudolarning haykallari va maqbaralar devorlariga C) tosh va sopolga D) papirus poyalariga 12 / 30 12. Mil, av VII asrda Misr... . A) Eron Ahamoniylari tomonidan bosib olindi. B) Giksoslar tomonidan bosib olindi. C) Itisodiyoti va madaniyati yuksalishi boshlandi. D) O‘z qudratining cho'qqisiga erishdi. 13 / 30 13. Qadimgi Misr podsholigi davrida .... A) Janubiy Falastin yerlari va Nubiyaning shimoli zabt etildi. B) deyarli butun Nubiya va Falastin yerlari zabt etildi C) Nubiya va Liviyaga yurishlar qilindi. D) Old Osiyo va Liviya zabt etildi 14 / 30 14. Misr tomonidan egallangan hududlarning davrini aniqlang. 1) Qadimgi podsholik davri; 2)O'rta podsholik davri; 3)Yangi podsholik davri; a)Janubiy Falastin va Shimoliy Nubiyaning bosib olinishi; b)Sinay yarimorolining bosib olinishi; c)Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilishni boshladi. A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 15 / 30 15. Piramidalar qurilishi uchun toshlar qayerdan olib kelingan? A) Memfis shahri yaqinidan; B) Qohira shahridan uncha uzoq bo’lmagan yerdan; C) Nil daryosining o‘ng sohilidagi yassi tog‘lardan; D) Nil daryosining chap sohilidagi yassi tog‘lardan; 16 / 30 16. Misr g’arbida qaysi mamlakat joylashgan edi? A) Xett B) Suriya C) Nubiya D) Liviya 17 / 30 17. Qadimgi Misrliklar nima uchun yozuvni “muqaddas” yoki “xudolar kalomi”deb nomlashgan? A) har xil voqealarni shu yozuvda o’qib tushintirilganligi uchun; B) yozish va o’qishni har kim ham bilmaganligi uchun; C) uni o’rganish juda ham qiyin bo’lganligi uchun; D) duolar va marosimlarni yozib borishganligi uchun; 18 / 30 18. Quydagi shaxslardan qaysi biri rivoyatda aytilishicha, Misrning ilk podsholaridan biri bo‘lib, o‘z xalqini dehqonchilikka o‘rgatgan. A) Tutmos II B) Osiris C) Yaxmos D) Menes 19 / 30 19. Marhumlarni mumiyolash faqat kimlarga nasib etgan? A) marhumning qarindoshi bo’lgan shaxslarga B) fir’avn amaldorlari va aslzodalarga C) marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlarga D) kohinlar va ibodatxona xodimlariga 20 / 30 20. Misr janubda Nubiya bilan chegaradosh bo`lib, bu mamlakatga misrliklar Nil bo`ylab nimalarni ayirboshlash uchun borganlar? 1) oltin; 2) qimmatbaho toshlar; 3) fil suyagi; 4) qatron; 5) nodir buyumlar; 6) nodir navli yog`ochlar. A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6 21 / 30 21. 19 birinchi bo‘lib taqvim tuzdilar. A) misrliklar B) hindlar C) xitoyliklar D) shumerlar 22 / 30 22. Qadimgi misrliklar quyidagi qaysi mahsulotdan gazlama tayyorlashganligini aniqlang. A) zig’ir poyasidan B) papirusdan C) kanopdan D) paxtadan 23 / 30 23. Vaqt o‘tishi bilan kimlar qadimgi Misrda hukmdorlarga podsholarga aylanishdi? A) ruhoniylar B) harbiy sarkardalar C) Qabila sardorlari D) nomarxlar 24 / 30 24. Misrliklar hunarmandlar yasagan buyumlar va nodir qimmatbaho toshlarni qayerlardan keltirilgan? A) Falastin va Suriyadan B) Nubiya va Liviyadan C) Finikiya va Mesopotamiyadan D) Urartu va Ossuriyadan 25 / 30 25. Misrliklar e'tiqodicha, ular sig'ingan qaysi iloh shunchalik qudratliki uni asl qiyofada ko‘rishni iloji bo’lmagan? A) Isida B) Ptax C) Osiris D) Set 26 / 30 26. Qadimgi Misr xudolaridan bo'lgan Xatxorga quyidagi xususiyatlarning qaysi biri taalluqli emasligini aniqlang. A) musiqa xudosi B) she’riyat xudosi C) go'zallik xudosi D) sevgi xudosi 27 / 30 27. Quyidagi fikrlardan qaysi biri xato ekanligini aniqlang. A) Ziroatchilar qachon urug‘likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar kohinlarga qarab aniqlaganlar. B) eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida bunyod etilgan. C) Misr iyerogliflari yozilgan bitiktosh topilgan Rozett shaharchasi Qohira shahridan uncha uzoqda joylashmagan. D) Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. 28 / 30 28. Qadimgi misrliklarda qaysi omil ziroatchilar omoch va hayvonlar kuchidan foydalana boshlashiga sabab bo’ladi? A) Mehnat qurollari takomillashuvi B) Nil daryosi bo’yidagi sermashaqqat turmush tarziga moslashuvi C) mamlakat hayotida sardorlarning muhim ro’l o’ynay boshlashi D) Nil daryosini o’zashtira boshlaganligi 29 / 30 29. Quyidagilardan Misr xudolari bilan bog’liq to’g’ri javobni aniqlang. 1)Tot 2) Anubis 3) Maat 4) Xatxor a)haqiqat va adolat ilohasi b)marhumlar va mumiyolanganlar xudosi c)oy, donishmandlik va tabobat xudosi d)musiqa, go’zallik va sevgi ilohasi A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c B) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a 30 / 30 30. Misr dehqonlari dalalarga urug’larni qaysi paytda ekishgan? A) iyul-sentabr oylarida B) kuzda C) avgust oyining oxirlarida D) qishda Sizning ballingiz 0% Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz