Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 415 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 1 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. XIV asr oxiriga kelib qaysi omillar Malining zaiflashishiga sabab bo‘ladi? A) Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar B) Feodal tarqoqlik, tinimsiz urushlar C) O‘zaro urushlar, iqtisodiy inqiroz D) Tinimsiz urushlar, sulolaviy nizolar 2 / 30 2. Yassaviy tariqatining asosida qanday g`oya ilgari suriladi? A) dunyo rohati va farog`atidan voz kechmay, uzlatda toat va ibodat yo`lida zahmat chekish B) kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish C) mehnatsevarlik, odillik, bilimdonlik, D) bu dunyo noz-ne`matlaridan bahramand bo`lishning joizligi 3 / 30 3. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Munke B) Tug‘luq Temur C) Abulxayrxon D) Kebekxon 4 / 30 4. VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari” to‘plami kimlarga tegishli? A) vizantiyaliklarga B) franklarga C) germanlarga D) slavyanlarga 5 / 30 5. Quyidagi qaysi fan ilk o‘rta asrlarda Yevropa maktablarida o‘rgatilgan “yetti erkin san’at”ning kvadrium bosqichida o‘qitilmagan? A) arifmetika B) grammatika C) musiqa D) astronomiya 6 / 30 6. Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib borishi natijasida ... A) Movarounnahr va Turkistonni kuchayishiga olib keladi B) Temuriylar saltanati yana ikki mustaqil qismga bo‘linib ketadi C) mahalliy kuchlarning mustaqilikka intilishini kuchaytiradi D) Temuriylar saltanati yana yagona davlatga birlashadi 7 / 30 7. “Ulug‘bek jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tirikligidayoq o‘ziga haykal o‘rnatib ketgan buyuk alloma edi.” degan fikrlar kimga tegishli? A) Maqsud Shayxzoda B) Qozizoda Rumiy C) Bo‘riboy Ahmedov D) Volter 8 / 30 8. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi qaysi shaharda porox tayyorlangan? A) Samarqand shahrida B) ushbu davrda qurol- yarog‘ Rossiyadan olib kelingan C) Qarshi shahrida D) Buxoro shahrida 9 / 30 9. Yunonlar forslarga qarshi qayerda pistirma qo‘yishgan? A) Attika sohilida B) Gelespont bo‘g‘ozida C) Plateya shahri yaqinida D) Fermopil darasida 10 / 30 10. Qo‘qon xonligida “yovar” qanday harbiy mansab bo‘lgan? A) amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshlig‘i B) bunday harbiy mansab bo‘lmagan C) artilleriya qo‘mondoni D) 500 nafardan iborat harbiy qo‘shin qo‘mondoni 11 / 30 11. Dastlabki muzeylar qayerlarda tashkil etilgan? A) zodagonlar uylarida B) ibodatxonalarda C) qirol qasrlarida D) bozorlarda 12 / 30 12. Qo‘qon xonligi va Rossiya savdo yo‘li qaysi hukmdor davrida ochilgan? A) Abdulkarimbiy B) Erdona C) Norbo‘tabiy D) Olimxon 13 / 30 13. XIX asr boshlarida Samarqand baland devor bilan o‘ralgan bo‘lib, shaharga nechta darvozadan kirilgan? A) 12 ta B) 8 ta C) 10 ta D) 6 ta 14 / 30 14. 1409-yil bahorida Amir Xudoydot qayerda sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi? A) Bag‘dod yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida B) Damashq yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida C) Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida D) Qohira yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida 15 / 30 15. Yaponiya qo‘shini Koreyaga qachon bostirib kirgan? A) 1627-yil B) 1637-yil C) 1593-yil D) 1592-yil 16 / 30 16. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o‘zining ma’naviy ilhomchisi deb bilgan Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo‘lgan din peshvosi berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Sayid ibn Javhariy B) Nasr Samarqandiy C) Ahmad Ma’sudiy D) Abdulla Sabroniy 17 / 30 17. Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping. 1) “Uzoq muddatli parlament”; 2) protektor; 3) “Sharafli inqilob”; 4) Respublika; 5) “chartistlar harakati”; 6) “Buyuk ozodlik xartiyasi”; 7) imperiya A) 4, 5, 6 B) 5, 6, 7 C) 1, 3, 7 D) 2, 3, 4 18 / 30 18. Rim legionlari Yevropaga keta boshlagach kelt qabila boshliqlari nimalarga e’tibor bera boshladi? A) o‘zaro aloqalarga B) pul ishlab chiqarishga C) hamkorlikka D) o‘zaro urushlarga 19 / 30 19. “Yosh Italiya” jamiyatiga kim rahbarlik qilgan? A) J. Madzini B) V. Emmanuel C) K. Kavur D) J. Garribaldi 20 / 30 20. 12. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan? 1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi. A) 1, 4 B) 2, 4 C) 1, 3 D) 2, 3 21 / 30 21. Temza daryosi ustiga qurilgan Tauer ko‘prigining muhandisini toping. A) J. Tomas B) J. Uatt C) P. Marten D) G. Jons 22 / 30 22. Qaysi asarda dunyoning yaratilishidan to 1523- yilgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan? A) “Ravzat us-safo” B) “Habib us-siyar” C) “Firdavs ul-iqbol” D) “Shajarayi turk” 23 / 30 23. Turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisini toping. A) Ahmad Yugnakiy B) Mahmud Qoshg‘ariy C) Abu Rayhon Beruniy D) Yusuf Xos Hojib 24 / 30 24. Xitoy imperatorlari saroyida qachon olimlarning oliy yig‘inlari tashkil etilgan? A) XI asr B) VIII asr C) X asr D) VII asr 25 / 30 25. O‘rta asarlarda qaysi shahar charm mollari bilan mashhur bo‘lgan? A) Shosh B) Buxoro C) Eloq D) Samarqand 26 / 30 26. Tohiriylar davlati tugatilgan yilda qaysi alloma dunyoga kelgan? A) Abu Rayhon Beruniy B) Al-Xorazmiy C) Ahmad Farg‘oniy D) Abu Nasr Farobiy 27 / 30 27. Temuriylar davrida qaysi shaharda 36 ta madrasa faoliyat yuritgan? A) Toshkent B) Hirot C) Samarqand D) Buxoro 28 / 30 28. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) ishchilarga saylov huquqi berish B) imperiyani qayta tiklash C) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish D) respublika tuzumini o‘rnatish 29 / 30 29. Angl-saks qirolliklaridagi qaysi sabab daniyalik istilochilarni qaytarish imkonini bermagan? A) o‘zaro boshboshdoqlik B) qo‘shinning kuchsizligi C) tashqi qo‘shinning inqirozi D) ichki nizolar 30 / 30 30. Venetsiya viloyati Italiya qirolligiga qo‘shib olingunicha qaysi davlat tarkibida bo‘lgan? A) Angliya B) Avstriya C) Turkiya D) Fransiya 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 2 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6