Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 448 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Quyidagi qaysi voqeadan so‘ng Yevropa va Osiyoni bog‘lab turgan savdo yo‘llari ustidan nazorat Usmoniylar imperiyasi qo‘liga o‘tadi? A) Nikeya va Nikomediya shaharlari egallanib, Qora dengiz sohiliga chiqilganidan so‘ng B) Misr poytaxti Qohira egallanganidan so‘ng C) Qrim yarimorolida Usmonlilar hukmronligi o‘rnatilganidan so‘ng D) Vizantiya poytaxti egallanganidan so‘ng 2 / 30 2. Harbiy taktika tarixida birinchi marta qo`shinni yetti qismga bo`lgan sarkarda qaysi davlat bilan 25 marotaba maktub va elchilar almashgan? A) Ispaniya B) Oltin O`rda C) Fransiya D) Misr 3 / 30 3. Jaloliddin Manguberdi qaysi davlatlar bilan munosabatni yaxshi o‘rnatib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzadi? A) Tabariston, Damashq, Misr B) Ko‘niya, Jazira, Eron C) Tatariston, Ozarbayjon, Gurjiston D) Turkiya, Eron, Misr 4 / 30 4. Rim legionlari Yevropaga keta boshlagach kelt qabila boshliqlari nimalarga e’tibor bera boshladi? A) o‘zaro aloqalarga B) hamkorlikka C) o‘zaro urushlarga D) pul ishlab chiqarishga 5 / 30 5. Xitoy imperatorlari saroyida qachon olimlarning oliy yig‘inlari tashkil etilgan? A) XI asr B) X asr C) VIII asr D) VII asr 6 / 30 6. IX asr oxiri - X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Yaroslav B) Oleg C) Vladimir D) Ryurik 7 / 30 7. Qo‘qon xonligida “yovar” qanday harbiy mansab bo‘lgan? A) amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshlig‘i B) bunday harbiy mansab bo‘lmagan C) 500 nafardan iborat harbiy qo‘shin qo‘mondoni D) artilleriya qo‘mondoni 8 / 30 8. 1409-yil bahorida Amir Xudoydot qayerda sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi? A) Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida B) Qohira yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida C) Damashq yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida D) Bag‘dod yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida 9 / 30 9. Quyidagi qaysi fan ilk o‘rta asrlarda Yevropa maktablarida o‘rgatilgan “yetti erkin san’at”ning kvadrium bosqichida o‘qitilmagan? A) musiqa B) grammatika C) astronomiya D) arifmetika 10 / 30 10. Venetsiya viloyati Italiya qirolligiga qo‘shib olingunicha qaysi davlat tarkibida bo‘lgan? A) Fransiya B) Avstriya C) Angliya D) Turkiya 11 / 30 11. Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping. 1) “Uzoq muddatli parlament”; 2) protektor; 3) “Sharafli inqilob”; 4) Respublika; 5) “chartistlar harakati”; 6) “Buyuk ozodlik xartiyasi”; 7) imperiya A) 4, 5, 6 B) 1, 3, 7 C) 5, 6, 7 D) 2, 3, 4 12 / 30 12. Dastlabki muzeylar qayerlarda tashkil etilgan? A) qirol qasrlarida B) bozorlarda C) ibodatxonalarda D) zodagonlar uylarida 13 / 30 13. Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib borishi natijasida ... A) mahalliy kuchlarning mustaqilikka intilishini kuchaytiradi B) Movarounnahr va Turkistonni kuchayishiga olib keladi C) Temuriylar saltanati yana ikki mustaqil qismga bo‘linib ketadi D) Temuriylar saltanati yana yagona davlatga birlashadi 14 / 30 14. Angl-saks qirolliklaridagi qaysi sabab daniyalik istilochilarni qaytarish imkonini bermagan? A) tashqi qo‘shinning inqirozi B) o‘zaro boshboshdoqlik C) qo‘shinning kuchsizligi D) ichki nizolar 15 / 30 15. “Yosh Italiya” jamiyatiga kim rahbarlik qilgan? A) K. Kavur B) V. Emmanuel C) J. Madzini D) J. Garribaldi 16 / 30 16. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) ishchilarga saylov huquqi berish B) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish C) imperiyani qayta tiklash D) respublika tuzumini o‘rnatish 17 / 30 17. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o‘zining ma’naviy ilhomchisi deb bilgan Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo‘lgan din peshvosi berilgan to‘g‘ri javobni toping. A) Ahmad Ma’sudiy B) Nasr Samarqandiy C) Sayid ibn Javhariy D) Abdulla Sabroniy 18 / 30 18. Dastlabki globusni mil. avv. II asrda qaysi olim yaratgan? A) Aristotel B) Poliyen C) Sitrabon D) Krates 19 / 30 19. Tohiriylar davlati tugatilgan yilda qaysi alloma dunyoga kelgan? A) Abu Nasr Farobiy B) Ahmad Farg‘oniy C) Abu Rayhon Beruniy D) Al-Xorazmiy 20 / 30 20. Yaponiya qo‘shini Koreyaga qachon bostirib kirgan? A) 1592-yil B) 1637-yil C) 1593-yil D) 1627-yil 21 / 30 21. VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari” to‘plami kimlarga tegishli? A) germanlarga B) franklarga C) vizantiyaliklarga D) slavyanlarga 22 / 30 22. Qo‘qon xonligi va Rossiya savdo yo‘li qaysi hukmdor davrida ochilgan? A) Abdulkarimbiy B) Norbo‘tabiy C) Erdona D) Olimxon 23 / 30 23. Turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisini toping. A) Mahmud Qoshg‘ariy B) Yusuf Xos Hojib C) Abu Rayhon Beruniy D) Ahmad Yugnakiy 24 / 30 24. Temza daryosi ustiga qurilgan Tauer ko‘prigining muhandisini toping. A) J. Tomas B) J. Uatt C) P. Marten D) G. Jons 25 / 30 25. Yunonlar forslarga qarshi qayerda pistirma qo‘yishgan? A) Fermopil darasida B) Gelespont bo‘g‘ozida C) Plateya shahri yaqinida D) Attika sohilida 26 / 30 26. 12. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan? 1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi. A) 2, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 1, 3 27 / 30 27. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi qaysi shaharda porox tayyorlangan? A) ushbu davrda qurol- yarog‘ Rossiyadan olib kelingan B) Samarqand shahrida C) Qarshi shahrida D) Buxoro shahrida 28 / 30 28. “Ulug‘bek jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tirikligidayoq o‘ziga haykal o‘rnatib ketgan buyuk alloma edi.” degan fikrlar kimga tegishli? A) Volter B) Qozizoda Rumiy C) Bo‘riboy Ahmedov D) Maqsud Shayxzoda 29 / 30 29. O‘rta asarlarda qaysi shahar charm mollari bilan mashhur bo‘lgan? A) Samarqand B) Eloq C) Shosh D) Buxoro 30 / 30 30. Qadimda qaysi xalq xudolar odamlar orasida yashaydilar deb hisoblashgan? A) yunonlar B) misrliklar C) hindlar D) rimliklar 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6