Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 453 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 1 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. “Amir Temur Rusning Oltin O‘rda zulmidan xalos bo‘lishini hamda bu davlatning yuksalishini tezlashtirdi”. Ushbu fikr qaysi kitobdan keltirilgan? A) “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” B) “Buyuk Temur” C) “Ikki buyuk sarkarda” D) “Temur tuzuklari” 2 / 30 2. Afina akademiyasiga asos solgan kishi qachon yashagan? A) Mil.avv.II asrda B) Milodiy II asrda C) Milodiy I asrda D) Mil.avv.IV asrda 3 / 30 3. Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi? A) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab- quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planishi B) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi C) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi D) Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi 4 / 30 4. Rim legionlari Yevropaga keta boshlagach kelt qabila boshliqlari nimalarga e’tibor bera boshladi? A) pul ishlab chiqarishga B) o‘zaro aloqalarga C) hamkorlikka D) o‘zaro urushlarga 5 / 30 5. Tohiriylar davlati tugatilgan yilda qaysi alloma dunyoga kelgan? A) Al-Xorazmiy B) Abu Rayhon Beruniy C) Ahmad Farg‘oniy D) Abu Nasr Farobiy 6 / 30 6. IX asr oxiri - X asr boshida qaysi Rus knyazi Vizantiya bilan manfaatli shartnoma tuzib, rus savdogarlariga Vizantiya bilan bojsiz savdo qilish imkonini yaratadi? A) Ryurik B) Yaroslav C) Vladimir D) Oleg 7 / 30 7. VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari” to‘plami kimlarga tegishli? A) franklarga B) germanlarga C) slavyanlarga D) vizantiyaliklarga 8 / 30 8. Sulton Husayn Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib borishi natijasida ... A) Temuriylar saltanati yana yagona davlatga birlashadi B) mahalliy kuchlarning mustaqilikka intilishini kuchaytiradi C) Movarounnahr va Turkistonni kuchayishiga olib keladi D) Temuriylar saltanati yana ikki mustaqil qismga bo‘linib ketadi 9 / 30 9. Venetsiya viloyati Italiya qirolligiga qo‘shib olingunicha qaysi davlat tarkibida bo‘lgan? A) Angliya B) Turkiya C) Fransiya D) Avstriya 10 / 30 10. 12. Buxoroda ashtarxoniylar hukmronligi davrida qaysi omillar natijasida markaziy hokimiyat zaiflashgan? 1) Qo‘qon xonligi bilan bo‘lib o‘tgan urushdagi mag‘lubiyat; 2) devonlar orqali boshqaruv tizimining barbod bo‘lishi; 3) taxtning otadan bolaga o‘tmaganligi; 4) viloyatlarda hokimiyat viloyat hokimlari qo‘lida to‘planishi. A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 3 11 / 30 11. 1830-yilda Parij shahrida boshlangan inqilobning maqsadi nima edi? A) cheklangan monarxiya tuzumi o‘rnatish B) respublika tuzumini o‘rnatish C) ishchilarga saylov huquqi berish D) imperiyani qayta tiklash 12 / 30 12. “Ulug‘bek jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tirikligidayoq o‘ziga haykal o‘rnatib ketgan buyuk alloma edi.” degan fikrlar kimga tegishli? A) Bo‘riboy Ahmedov B) Volter C) Qozizoda Rumiy D) Maqsud Shayxzoda 13 / 30 13. Dastlabki globusni mil. avv. II asrda qaysi olim yaratgan? A) Sitrabon B) Aristotel C) Poliyen D) Krates 14 / 30 14. Quyidagi qaysi fan ilk o‘rta asrlarda Yevropa maktablarida o‘rgatilgan “yetti erkin san’at”ning kvadrium bosqichida o‘qitilmagan? A) musiqa B) astronomiya C) arifmetika D) grammatika 15 / 30 15. Dastlabki muzeylar qayerlarda tashkil etilgan? A) qirol qasrlarida B) ibodatxonalarda C) bozorlarda D) zodagonlar uylarida 16 / 30 16. Temuriylar davrida qaysi shaharda 36 ta madrasa faoliyat yuritgan? A) Hirot B) Samarqand C) Toshkent D) Buxoro 17 / 30 17. O‘rta asarlarda qaysi shahar charm mollari bilan mashhur bo‘lgan? A) Buxoro B) Eloq C) Shosh D) Samarqand 18 / 30 18. Qo‘qon xonligida “yovar” qanday harbiy mansab bo‘lgan? A) artilleriya qo‘mondoni B) 500 nafardan iborat harbiy qo‘shin qo‘mondoni C) amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshlig‘i D) bunday harbiy mansab bo‘lmagan 19 / 30 19. Turkiy xalqlarning tili, madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisini toping. A) Abu Rayhon Beruniy B) Ahmad Yugnakiy C) Yusuf Xos Hojib D) Mahmud Qoshg‘ariy 20 / 30 20. Temza daryosi ustiga qurilgan Tauer ko‘prigining muhandisini toping. A) P. Marten B) J. Uatt C) G. Jons D) J. Tomas 21 / 30 21. Angliya burjua inqilobi davri (1640-1688-yillar) bilan bog‘liq bo‘lmagan atamalarni (tushunchalarni) toping. 1) “Uzoq muddatli parlament”; 2) protektor; 3) “Sharafli inqilob”; 4) Respublika; 5) “chartistlar harakati”; 6) “Buyuk ozodlik xartiyasi”; 7) imperiya A) 4, 5, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 7 D) 5, 6, 7 22 / 30 22. Qaysi asarda dunyoning yaratilishidan to 1523- yilgacha bo‘lgan O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan ijtimoiy-siyosiy voqealar keng bayon etilgan? A) “Ravzat us-safo” B) “Habib us-siyar” C) “Shajarayi turk” D) “Firdavs ul-iqbol” 23 / 30 23. Xitoy imperatorlari saroyida qachon olimlarning oliy yig‘inlari tashkil etilgan? A) X asr B) VII asr C) VIII asr D) XI asr 24 / 30 24. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligidagi qaysi shaharda porox tayyorlangan? A) Buxoro shahrida B) Samarqand shahrida C) Qarshi shahrida D) ushbu davrda qurol- yarog‘ Rossiyadan olib kelingan 25 / 30 25. Yaponiya qo‘shini Koreyaga qachon bostirib kirgan? A) 1593-yil B) 1637-yil C) 1592-yil D) 1627-yil 26 / 30 26. Angl-saks qirolliklaridagi qaysi sabab daniyalik istilochilarni qaytarish imkonini bermagan? A) ichki nizolar B) o‘zaro boshboshdoqlik C) tashqi qo‘shinning inqirozi D) qo‘shinning kuchsizligi 27 / 30 27. Qadimda qaysi xalq xudolar odamlar orasida yashaydilar deb hisoblashgan? A) misrliklar B) hindlar C) yunonlar D) rimliklar 28 / 30 28. Yunonlar forslarga qarshi qayerda pistirma qo‘yishgan? A) Attika sohilida B) Gelespont bo‘g‘ozida C) Plateya shahri yaqinida D) Fermopil darasida 29 / 30 29. 1409-yil bahorida Amir Xudoydot qayerda sodir bo‘lgan jangda Xalil Sulton qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi? A) Damashq yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida B) Qohira yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida C) Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida D) Bag‘dod yaqinida Zarafshon daryosi bo‘yida 30 / 30 30. “Yosh Italiya” jamiyatiga kim rahbarlik qilgan? A) J. Garribaldi B) V. Emmanuel C) K. Kavur D) J. Madzini 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6