Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 10-sinf Tarix olimpiada №4 Tarix olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Tarix olimpiada №4 InfoMaster Avgust 19, 2024 249 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324252627282930 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Tarix olimpiada №4 2022-yil 16-oktyabr: 2022-2023 o'quv yilida tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 30 1. Millatlar Ligasi Nizomiga kiritilgan mandat tushunchasi nimani bildiradi? A) iqtisodiy tomondan boshqa davlatni birgalikda qaram qilish tushunchasi B) to‘g‘ri javob yo‘q C) ma’lum bir hududni boshqarish uchun vakolat tushunchasi D) bir-biriga hujum qilmaslik tushunchasi 2 / 30 2. Dehli sultoni Qutbiddin Oyboq qo`shinining asosini kimlar tashkil qilgan ? A) piyodalar va to`pchilar B) hindlardan tuzilgan piyoda qo`shinlar C) turkiy qabilalaridan tuzilgan suvoriylar D) afg`on qabilalaridan tuzilgan suvoriylar 3 / 30 3. Simoneseki sulhiga ko‘ra, Yaponiya qaysi hududlarni qo‘lga kiritgan edi? A) Lyaodun, Tayvan, Peskador orollarini B) Tayvan, Penxu va Gongong orollarini C) Lyaodun, Kurill, Saxalin orollarini D) Syangan, Tayvan va Penxu orollarini 4 / 30 4. “Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom”ga muvofiq viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tashkil etilishidan maqsad nima edi? A) Rossiya imperiyasining boshqa viloyatlaridan farqli ravishda bu o‘lkalarda mustaqil siyosiy va ijtimoiy siyosat olib borish B) Rossiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini amalga oshirilishida tayanch hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda tutilgan C) rus harbiy zobitlarni boshqaruvdagi mansablar bilan ta’minlash orqali rag‘batlantirish D) O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlariga harbiy qal’alar qurish va u yerda harbiy holat joriy qilish 5 / 30 5. Qachon qadimgi yunon olimi Eratosfen birinchi bo‘lib Yer shari yuzasining xaritasini tuzgan? A) mil. avv. III asrda B) mil. avv. VI asrda C) mil. avv. I asrda D) milodiy I asrda 6 / 30 6. Qo‘qon xonligi hududini Rossiya hududi bilan qaysi cho‘l ajratib turgan? A) Bedpakdala B) Qoraqum C) Ko‘kdala D) Qizilqum 7 / 30 7. Rivoyatga kо‘rа, Bobur Mirzo shayboniylardan yengilib, Movarounnahrdan qaysi hudud orqali chiqib ketadi? A) Farg‘ona B) Qarshi C) Kobul D) Balx 8 / 30 8. Qaysi tadbir Fransiyaning yangi mustamlakalar bosib olish yo‘lidagi dastlabki qadami bo‘ldi? A) 1883-yil Vyetnamga hujum boshlashi B) 1881-yil Tunisni bosib olishi C) 1891-yil Senegalni bosib olishi D) 1879-yil harbiy-siyosiy koalitsiyaga kirishi 9 / 30 9. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo hokimliklarida boshqaruv ma’muriyatining asosiy vazifasi nimadan iborat bo‘lgan? A) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish, jamoat ishlariga ularni safarbar etishdan B) Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o‘z vaqtida yig‘ib olish va ularni vaqtida xoqon saroyiga yetkazish C) Mahalliy hokimlikda tinchlikni saqlash va yig‘ilgan soliqni xoqon saroyiga yetkazish D) Xoqonga belgilangan soliq va qo‘shinni to‘plab berish 10 / 30 10. Kimning davrida Buxoro xonligi tasarrufida bo‘lgan Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari qo‘shib olindi? A) Abdurahimbiy B) Shohruxbiy C) Erdonabiy D) Abdulkarimbiy 11 / 30 11. Dastlabki kalendarning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgan? A) Nil daryosi bo‘ylab sayohatlarni amalga oshirishi B) misrliklarning Nil daryosining suvisiz yashay olmasligi C) misrliklar tomonidan hosilni o‘z vaqtida yig‘ib olishi D) misrliklarning qo‘shni davlatlar bilan savdogarlikni amalga oshirishi 12 / 30 12. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida qancha eksponat saqlanadi? A) 200 mingga yaqin B) 310 mingda ortiq C) 250 mingdan ortiq D) 146 mingga yaqin 13 / 30 13. Qadimgi Rim konsullari vazifasiga quyidagilardan qaysi biri kirmas edi? A) rimliklar ustidan sud o‘tkazish B) yil davomida Rim respublikasini boshqarish C) urush davrida qo‘shinga qo‘mondonlik qilish D) xalq majlisida senat a’zolarini nomzodlarini taqdim etishi 14 / 30 14. Neolit davrida hunarmandchilik rivojiga zamin yaratgan omilni aniqlang? A) kulolchilik charxining paydo bo‘lishi B) yog‘och va toshga ishlov berishning paydo bo‘lishi C) o‘troq turmush tarziga o‘tilishi D) metall qurollarning kashf etilishi 15 / 30 15. XVI asrning ikkinchi yarmi - XVII asrning boshlarida ispan dengizchilarining Tinch okeani havzasiga ekspeditsiya uyushtirishi natijasida kashf etilgan orollarni aniqlang. 1. Solomon; 2. Janubiy Polineziya; 3. Melaneziya; 4. Madeyra; 5. Kanar; 6. Azor. A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 3 16 / 30 16. Nechinchi yilda Germaniya qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki frontda urush olib borish rejasini ishlab chiqdi? A) 1916-yil B) 1914-yil C) 1905-yil D) 1907-yil 17 / 30 17. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati to‘liq amalga oshirilishi va hukmronligining mustahkam bo‘lishi uchun ... A) mahalliy aholiga ayrim yengilliklar va imtiyozlar berildi B) harbiy zobitlarning xizmat muddati uzaytirildi C) mahalliy xalq vakillaridan ishonchli odamlar ajratib olina boshlandi D) istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi 18 / 30 18. Angliyada inqilob yuz berishining asosiy sababini aniqlang. A) Qirolning asosiy raqibi Ispaniya bilan murosasozlik olib borayotgani B) Savdogarlar uchun patentning narxi ko‘tarilgani uchun C) Qirol parlament va puritanlarga qarshi kurash boshlagani D) Fransiya bilan urushda kelishuvchilik siyosati olib borgani uchun 19 / 30 19. Rus milliy teatri shakllanishida katta hissa qo‘shgan F. G. Volkovning asl kasbi nima edi? A) quruvchi B) aktyor C) savdogar D) shoir 20 / 30 20. Slavyan yozuvi qaysi alifbo asosida yaratilgan? A) finikiya alifbosi B) vizantiya alifbosi C) rim alifbosi D) yunon alifbosi 21 / 30 21. XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan omilni aniqlang. A) hunarmandchilikning boshqa sohalarga qaraganda sust rivojlanishi B) ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qo‘l mehnatida qilinganligi, soddaligi C) 3 ta davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar va notinchliklar D) O‘rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi 22 / 30 22. Buyuk Britaniya imperiyasi qachon tashkil etilgan? A) 1855-yil B) 1756-yil C) 1876-yil D) 1901-yil 23 / 30 23. Dunyoda birinchi harfli yozuvni qaysi xalq tomonidan yaratilgan? A) mesopatamiyaliklar B) finikiyaliklar C) yunonlar D) misrliklar 24 / 30 24. Politsiya tuzilmalariga qo‘shimcha tarzda kimlarga ispravniklar huquqini ham berdi? A) volost boshliqlariga B) uyezd boshliqlariga C) guberniya boshliqlariga D) viloyat boshliqlariga 25 / 30 25. Quyidagilardan qaysi biri Chig‘atoy xoni Kebekxon davriga xos xususiyatlarga muvofiq emas? A) Kebekxon davrida ma’muriy va pul islohoti o‘tkazilgan B) Kebekxon davrida “Kepaki” tangalari Samarqand va Qarshi shaharlarida zabt etilib, muomalaga chiqarilgan C) Kebekxon mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib, o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan D) Kebekxon davrida Erondagi Xulokiylar davlati va Oltin O‘rda xonlarining kumush tangalari namunasida pullar zarb etilgan 26 / 30 26. Kishilar bir-biridan kapitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan jamiyat … deb ataladi. A) demokratik jamiyat B) sinfiy jamiyat C) prolteriat jamiyat D) industrial jamiyat 27 / 30 27. AQSHda qaysi prezident tomonidan bojxona tariflari to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi? A) Vudro Vilson B) Teodor Ruzvelt C) Uilyam Taft D) Uilyam MsKinley 28 / 30 28. Jaloliddin Manguberdi Sind darayosidan kechib o‘tganidan so‘ng qaysi viloyatning hukmdori uning og‘ir ahvolidan foydalanib, unga qarshi hujum qiladi? A) Bengaliya B) Bixar C) Dehli D) Shatra 29 / 30 29. Iroqning Kufa shahrida bo‘lgan qo‘zg‘olonda asosan kimlar qatnashgan? A) dehqonlar va qullar B) dehqonlar va chorvadorlar C) shahar kambag‘allari va hunarmandlar D) zodagonlar va qullar 30 / 30 30. X asrda Germaniya aholisi ko‘proq kimlarning gapiga quloq solgan? A) feodallarga B) imperatorlarga C) graflarga D) gersoglarga 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6