8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 Dekabr 16, 2022Dekabr 16, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 ga fikr bildirilmagan. 20 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 8-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2 07.12.2022 yil oo.uzedu.uz olimpiada savollari! 1 / 25 1. Maktabimizda taniqli so‘z san’atkorlari bilan uchrashuv bo‘ldi. Berilgan gapdagi ajratilgan so‘z birikmasi qaysi so‘zga teng keladi? A) rassomlar B) qiziqchilar, yozuvchilar C) yozuvchilar D) notiqlar, qiziqchilar 2 / 25 2. Insholar didaktik maqsadlarga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? A) 2 B) turga bo’linmaydi C) 4 D) 3 3 / 25 3. Qaysi xususiyatiga ko‘ra insholar ikki turga bo‘linadi? A) inshoda qanday mavzu ifodalanishiga ko‘ra B) ma’nosiga ko‘ra C) didaktik maqsadlara ko‘ra D) ta’limiy maqsadlarga ko‘ra 4 / 25 4. Grammatik asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplar…. A) qo‘shma so‘z deyiladi B) so‘roq gap deyiladi C) sodda gap deyiladi D) qo‘shimcha gap deyiladi 5 / 25 5. Quyidagi qaysi gapda ega bilan ot kesim orasida tire ishlatilishi lozim? A) Men baxtli insonman. B) Do‘stlarimni yaxshi ko‘raman. C) Kitob bilim manbayi. D) Hammayoq top-toza chiroyli. 6 / 25 6. Bu gapning butun dahshati shu tobda bilindi. Ushbu gapdagi olmoshlarning vazifasini toping. A) aniqlovchi, ega, hol B) aniqlovchi, aniqlovchi, hol C) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi D) aniqlovchi, aniqlovchi 7 / 25 7. Ona tilini e’zozlashni, qadrlashni va asrashni ma’rifatli millatlardan o‘rganing. Ushbu gapdagi yasama so‘zlar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) kesim, hol B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi C) aniqlovchi, hol D) kesim, to‘ldiruvchi 8 / 25 8. Navoiyning qaysi fardida shoirning hasbi holi ifodalangan? A) “Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro…” B) “Ulki, sanga eldin erur aybgo‘…” C) “Gardun gah manga jafo-u dunluq qildi…” D) “Men – sinuq, ko‘nglum – sinuq, sabrim uyi xud – yerga past…” 9 / 25 9. Qaysi dostonda ishlatilgan “G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob”, “Qilichdan seskanmas botirning tani”, “Gavharni ne bilsin ushalgan sopol” kabi baytlar hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan? A) “Rustamxon” B) “Kuntug‘mish” C) “Ravshan” D) “Alpomish” 10 / 25 10. So‘zlarning tobe bog‘lanishini aniqlang. A) quvonib gapirmoq B) taklif, mulohazalar C) dam o‘qiydi, dam yozadi D) gul bilan bulbul 11 / 25 11. Aruzdagi qaysi vaznlar o‘zbek she’riyatida eng ko‘p qo‘llanadi? A) ramal, hazaj, mutaqorib B) mutaqorib, hazaj, rajaz C) ramal, hazaj, rajaz D) ramal, rajaz, mutaqorib 12 / 25 12. Undov so‘zlar berilgan javobni aniqlang. A) eh, g‘ir-g‘ir, ofarin B) hoy, duv-duv, qars-qurs C) evoh, beh-beh, uf D) ehtimol, shubhasiz, albatta 13 / 25 13. Oybekning qaysi she’ri erksizlik, tutqunlikka bo‘ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go‘zallikning so‘nmas timsoli bo‘lib qoldi. A) “Qoraxat” B) “O‘rik gullaganda” C) “O‘zbekiston” D) “Na’matak” 14 / 25 14. Xalq dostonlariga xos qaysi xususiyat yirik dostonchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi? A) asosan, do‘mbira jo‘rligida aytilishi B) og‘izdan og‘izga o‘tib avloddan avlodgacha yetib kelgani C) xalq og‘zaki ijodida qadimiy epik an’ana hisoblangani D) ijrochidan ham badihada, ham ijroda katta ijodiy mahorat talab qilishi 15 / 25 15. Ko‘ngluma har yonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Bir sori bo‘ldi firoqing dog‘i bor. (Lutfiy) Ushbu tuyuqda keltirilgan dog‘i bor tajnisli qofiyasining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) dog‘ bor, yara bor, yana bor B) otashi bor, yarasi bor, yana bor C) yara bor, yana bor, bor ket D) yarasi bor, yana bor, otashi bor 16 / 25 16. Hammamizning onamizdir shu Vatan, Yov qoldirgan siynasida ming tikan, Tirikmiz-ku, uni tozalash bizdan, Yur, o‘g‘lonim, elni ko‘tarish uchun. Ushbu she’riy parchada qaysi so‘z turkumlari kesim vazifasida kelgan? 1) ot; 2) sifat; 3) ravish; 4) olmosh; 5) fe’l; 6) son. A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 4, 5, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 2, 4, 5 17 / 25 17. Yer qish uyqusidan uyg‘ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo‘yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi. Loyshuvoq tomlarda lolaqizg‘aldoqlar yal-yal yondi. Dalalardan yengil hovur ko‘tarilib, qirlarda anvoyi chechaklar ochildi. Qishloq va shaharlarning tor ko‘chalarida, maydonlarida bola-baqra ko‘paydi. Kichkintoylar akalari yasab bergan «laylak»larni uchiraman deb jonlari halak. Ahyon-ahyonda turnalar arg‘imchoq solib uchib o‘tishadi. Ularning dilni entiktiruvchi “qurey-qurey”lari osmonni tutadi... Ushbu matn qaysi nutq uslubiga tegishli? A) ilmiy B) rasmiy C) badiiy D) publitsistik 18 / 25 18. Badiiy asarda biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoxud afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilib o‘tish qaysi badiiy san’atni vujudga keltiradi? A) talmeh B) tajnis C) irsoli masal D) tanosub 19 / 25 19. Qaysi qatorda egasi noma’lum gap berilgan? A) Eshik ochiq bo‘lsa ham so‘rab kir. B) Dam olish kuni sayohatga borish kerak. C) Bugun teatrga borishimiz lozim edi. D) Kechki ovqat pishirildi. 20 / 25 20. Yuz jafo qilsa manga, bir qatla faryod aylamon, Elga qilsa bir jafo, ming qatla faryod aylaram. A. Navoiy qalamiga mansub ushbu mashhur bayt g‘oyasini aniqlang. A) farovon hayotni ulug‘lash B) vafodorlik C) xalqparvarlik D) zolimlik va jafokorlikni qoralash 21 / 25 21. Qaysi gapda otlashgan sifat bilan ifodalangan uyushiq ega mavjud? A) Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. B) Hayotda yaxshi ta’lim olgan va uni amalda qo‘llay bilganlar hech qachon qoqilmaydilar. C) Dangasa va yalqovlar hech qachon sanoqda bo‘lmaydi D) Nodon aytur: g‘olib chiqdim, dono aytur: yo‘l berdim. 22 / 25 22. Qaysi gapda ega va ot kesim o‘rtasiga tire to‘g‘ri qo‘yilgan? A) Atrof – juda go‘zal. B) Maqsadimiz – a’lo o‘qish. C) Bugun mening darslarim – ko‘p. D) Bizning sinfimiz – sakkizinchi. 23 / 25 23. Qaysi gapda kesim vazifasini bajargan sifatlanmish qatnashgan? A) Ko‘p so‘zning ozi yaxshi, oz so‘zning o‘zi yaxshi. B) Insonni sog‘lom qiladigan jismoniy mashqlardir, uning ma’naviyatini boyitadigan esa badiiy adabiyotdir. C) O‘zbekiston – Vatanim manim. D) Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar 24 / 25 24. ““Sen yetim emassan” she’ridan olgan taassurotlarim” nomli insho inshoning qaysi turiga kiradi? A) adabiy insho B) erkin insho C) ilmiy insho D) rasmiy insho 25 / 25 25. Sodda gap berilmagan javobni aniqlang. A) Mening fikrimcha, bizlarni jaholat qorong‘iligidan qutqarmoqchi bo‘lgan bu odamning maslahatlariga amal qilasiz. B) Bu she’rni nafaqat menga bag‘ishlangani uchun, balki unda ulug‘ shoirning buloq suvlaridek musaffo qalbi mavj urib turgani uchun ham sevaman. C) Mamlakatimizning bayramlari ko‘p, lekin Navro‘zning shukuhi va tarovati o‘zgacha. D) Kampir ba’zan mudrab, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashib o‘tirardi, 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot olimpiada