7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2

0

7-sinf Ona tili va adabiyot olimpiada №2

07.12.2022 yil oo.uzedu.uz  

olimpiada savollari!

1 / 25

1. Nuqtalar o'rniga qaysi ko'makchilarni qo'yish mumkin? To'maris ... rivoyat Xorodotning «Tarix kitobi» ... yetib kelgan.

2 / 25

2. Nima uchun Zulxumor uzukni ko`rganidan keyin Ravshanni qabul qildi?

3 / 25

3. Nima sababdan “birov” so’zi gumon olmoshi hisoblanadi?

4 / 25

4. Olmoshlarga xos bo’lmagan xususiyat ko’rsatilgan javobni aniqlang.

5 / 25

5. Mirtemirning ijodiy qiyofasini belgilaydigan, uni o`zbek kitobxoni uchun ardoqli qilgan narsa nima?

6 / 25

6. Murodxonga: - Jon o‘rtoq, bedanalarni qo‘yib yubor…., onalarining oldiga bor…sin, bizni duo qilishadi, - degandim, darrov rozi bo‘l…, uylaridan katta qaychi olib chiq... Ushbu gapda nuqtalar o‘rniga quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri qo‘yilmaydi?

7 / 25

7. Iqbolxonning ish stolidagi mitti guldonda sovuqdan ochilmay qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turar edi. Ushbu gapda qaysi so‘z turkumiga oid so‘z mavjud emas?

8 / 25

8. Muhammad al-Xorazmiyning handasa ilmiga oid yozgan asarlari hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning hozirgi kundagi ko‘rinishini toping.

9 / 25

9. Qaysi gapdagi belgilash olmoshi to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgi kabilarni bildiradi?

10 / 25

10. Quyidagi asarlardan qaysi biri roman-tetralogiyaga misol bo‘la oladi?

11 / 25

11. Berilgan she'riy baytlarning qaysi birida mutlaq qofiya ishlatilgan?

12 / 25

12. Hamid Olimjon o‘z she’riyatida shunday kamolot darajasiga erishadiki, u so‘zdan tanbur torlaridek turli pardalarda foydalanar, uni o‘ynata, jaranglata bilardi. Ushbu gapda olmoshlar nimaga ishora qilgan?

13 / 25

13. She’riy misradagi bo‘g‘inlarning muayyan guruhlarga bo‘linishi nima deyiladi?

14 / 25

14. Idish nuqsonlidir, gar bo‘lsa qadoq, (1) Aslo ayb bo‘lmas qo‘ldagi qadoq. (2) Ilmga bag‘ishlab o‘tkaz har onni, Aqling botmon bo‘lsin, vazning bir qadoq. (3) (A. Shukurov) Ushbu she’rda raqamlab ko‘rsatilgan shakldosh so‘zlardan qaysi biri hisob so‘z bo‘lib kelmoqda?

15 / 25

15. Tong otmoqda. Tong o‘qlar otar, Tong otmoqda, Quyosh – zambarak. Yaralangan Yer shari yotar Boshlarida yashil chambarak. (Rauf Parfi) Ushbu she’riy parcha haqida to‘g‘ri fikrni aniqlang.

16 / 25

16. Quyida berilgan qaysi gapda yordamchi so‘z turkumlarining har bir turiga oid birliklar qatnashgan?

17 / 25

17. Har kishikim birovga qozg‘oy choh, Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh. Baytida  qanday she’riy san’at qo‘llangan va bu bayt kim haqida?

18 / 25

18. U rostini gapirib bergani uchun onasi urishmadi, balki yolg‘on gapirish odobli bolaning ishi emasligini aytdi. Ushbu gapdagi teng bog‘lovchi qanday mazmuniy munosabatni ro‘yobga chiqarmoqda?

19 / 25

19. Qaysi gapda ko‘chma ma’noli so‘z ishtirok etmagan?

20 / 25

20. Qaysi asarda “Bo‘g‘zimda qolmasin erk to‘la kuyim”, “Oyoqosti bo‘lmasin ajdodim go‘ri”, “O‘tirmasin yov chiqib uyim to‘riga” kabi badiiy tasvirlar uchraydi?

21 / 25

21. Qaysi gapda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etmagan?

22 / 25

22. Xalq dostonlari haqidagi qaysi fikr xato?

23 / 25

23. Qaysi qatorda o‘zlik olmoshi ikki marta qo‘llangan gap berilgan?

24 / 25

24. O‘lmas Umarbekovning qaysi qissasida yoshgina ayolning sirli o‘limi sabablarini ochish, fojia manbalarini o‘rganish, qotillarni aniqlash barobarida asar qahramonlarining ma’naviy qiyofalari oydinlasha boradi?

25 / 25

25. Qaysi gapda ravish turkumiga oid so‘z boshqa javoblarga qaraganda kam?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

Sizning fikrlaringizni eshitishdan xursand bo'lamiz

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0