Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 9-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 9-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 267 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Rezus omil qonning qaysi qismida aniqlangan? A) leykotsit B) plazma C) trombotsit D) eritrotsit 2 / 25 2. Qaysi kasalliklar nafas olish organlari kasalliklari emas? 1) rinit; 2) faringit; 3) bronxit; 4) gepatit; 5) botulizm; 6) dizenteriya; 7) zotiljam; 8) laringit A) 4, 5, 7 B) 1, 2, 3 C) 4, 7, 8 D) 4, 5, 6 3 / 25 3. Selluloza qobig`iga ega bo`lgan organizmga zarar keltiruvchi eukariot(a) va prokariot(b) organizmni ko`rsating. 1.gommoz bakteriyasi 2.vertitsil qo`zg`atuvchisi 3.qorakuya zamburug`i 4.bo`rtma nemotoda 5.agrobakterium 6.zang kasalligini qo`zg`atuvchisi 7.temir bakteriyasi A) a-3,4 b-1,5 B) a-1,5 b-,2,6 C) a-5,7 b-3,6 D) a-1,7 b-2,4 4 / 25 4. Qalampir(a) no`xat(b) bug’doy(c) makkajo`xori(d) ning bitta mikrosporasidagi xromosomalar sonini ko`rsating? A) a-24; b-7; c-7; d-10 B) a-48; b-14; c-7; d-20 C) a-14; b-7; c-7; d-48 D) a-48; b-7; c-14; d-10 5 / 25 5. Qaysi qonunga ko`ra kelib chiqishi jihatdan yaqin turlar va avlodlar o`zlaridagi irsiy o`zgaruvchanligi bilan bir-biriga o`xshash bo`ladi? A) birikkan holda irsiylanish B) mustaqil holda irsiylanish C) retsessiv genlarning markazdan chetga chiqish qonuni D) irsiy o`zgaruvchanlikning gomologik qatorlar 6 / 25 6. Quyidagi kloakali hayvonlar ichidan chap qorincha (a) o`ng bo`lmacha (b) ega bo`lganlarini juftlab ko`rsating? 1) triton; 2) gavial; 3) zog`cha; 4) yehidna; 5) kapcha; 6) salamandra; 7) qizilto`sh; 8) o`rdakburun; 9) qalqontumshuq. A) a-2,6,4,5,7,8; b-1,6,9,5 B) a-2,3,4,7,8; b-1,2,7,4,8 C) a-3,4,8,5,1; b-1.6.2.9.5 D) a-3,4,7,6,9; b-2,3,5,9 7 / 25 7. Dengiz ekosistemasida uchraydigan suvo‘tlari keltirilgan javobni aniqlang. A) kladofora, spirogira B) nemalion, xlorella C) ulva, nemalion D) yapon laminariyasi, xara 8 / 25 8. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. Yashil bronza qo‘ng‘izi xonqizi qo‘ng‘izi kabi ... .1) qattiqqanotlilar turkumiga mansub; 2) yirtqich hayot kechiradi; 3) o‘simlik qismlari bilan oziqlanadi; 4) hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan; 5) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi A) 2, 5 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 2, 4 9 / 25 9. Yarim butalar to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang. 1) izen; 2) pskom piyoz; 3) sarsazan; 4) qoqio‘t; 5) keyreuk; 6) yalpiz A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 4 10 / 25 10. Qaysi javobda magnoliyasimonlar (1) va ko‘p tuklilar (2) sinflariga mansub organizmlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) 1 − Sharq sauri; 2 – nereida B) 1 − andiz; 2 − nereida C) 1 − na’matak; 2 − tibbiyot zulugi D) 1 − xolmon; 2 − qizil chuvalchang 11 / 25 11. Quyidagilardan ayrim jinsli (va germafrodit (hayvonlarni aniqlang. 1) jigar qurti; 2) lansetnik; 3) mol kanasi; 4) tridakna; 5) bo‘rtma nematodasi; 6) qizil chuvalchang A) a-2, 3, 5; b-1, 4, 6 B) a-2, 3, 4, 5; b-1, 6 C) a-1, 6; b-2, 3, 4, 5 D) a-4, 5; b-1, 2, 3, 6 12 / 25 12. Ochiq qon aylanish sistemasiga ega bo‘lgan ayrim jinsli (va germafrodit (organizmlarni aniqlang. 1) oq planariya: 2) baqachanoq; 3) bitiniya: 4) tilyapiya; 5) krevetka; 6) yomg‘ir chuvalchangi; 7) treska; 8) askarida; 9) suv shillig‘i; 10) qizil chuvalchang. A) a - 2, 5; b- 1, 9 B) a - 4, 7; b - 6, 10 C) a - 2, 8; b - 3, 9 D) a - 2, 5; b - 3, 9 13 / 25 13. Funksiyasi vegetativ nerv sistemasi orqali boshqariladigan odam organizmi a’zolarini ko‘rsating. 1) bo‘yinning teriosti muskuli; 2) bir juft buyraklar; 3) sonning ikki boshli muskuli; 4) oshqozon osti bezi; 5) ayrisimon bez; 6) kekirdak devoridagi paylar A) 1, 4 B) 2, 4 C) 3, 5 D) 1, 6 14 / 25 14. II qon guruhiga ega rezus musbat, sog‘lom qizning katta qon aylanish doirasi arteriyalaridagi qon plazmasida qanday moddalar bo‘ladi? A) antitanalar, insulin, agglyutinin β, gemoglobin, glukoza, fermentlar B) antigemofil omil, agglyutinin β, gormonlar, vitaminlar, rezus omil C) gormonlar, vitaminlar, antitanalar, glukoza, agglyutinogen A D) timozin, mochevina, kreatinin, vitamin B, agglyutinin β 15 / 25 15. Oksitrops qaysi oilaga (a), kanop qaysi turkumga (b), fillofora qaysi bo‘limga (c), cherkez qaysi sinfga (mansubligi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d – bir urug‘pallalilar sinfi B) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – gulxayri turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − lolasimonlar sinf C) a − burchoqdoshlar oilasi; b − bo‘ritaroq turkumi; c − qizil suvo‘tlar bo‘limi; d − magnoliyasimonlar sinfi D) a − qoqio‘tdoshlar oilasi; b – tugmachagul turkumi; c − yashil suvo‘tlar bo‘limi; d − ikki urug‘pallalilar sinfi 16 / 25 16. Quyidagilardan baliqlarning qon aylanish va nafas olish sistemalariga tegishli to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) yuragi uch kamerali; 2) yuragi ikki kamerali; 3) bitta qon aylanish dorasiga ega; 4) ikkita qon aylanish dorasiga ega; 5) jabra orqali nafas oladi; 6) postembrional davrda terisi va o‘pka orqali nafas oladi A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 5 17 / 25 17. Gulqo‘rg‘oni oddiy (I) va murakkab (II) bo‘lgan o‘simliklarni murakkab (va oddiy (to‘pgullari bo‘yicha ajrating. 1) bug‘doy; 2) piyoz; 3) makkajo‘xorining changchi guli; 4) tok; 5) sholi; 6) qashqarbeda; 7) jag‘-jag‘; 8) gilos; 9) makkajo‘xorining urug‘chi guli; 10) sebarga A) I: a − 1, 3; b − 2, 5, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 B) I: a − 3, 5, 10; b − 2, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8 C) I: a − 1, 3, 5; b − 2, 9; II: a − 4; b − 7, 8, 10 D) I: a − 1, 5; b − 2, 3, 9; II: a − 4, 6; b − 7, 8, 10 18 / 25 18. Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlar turlari (sistematik birlik nomi) keltirilgan javobni aniqlang. A) hasva qandalasi, turkiston termiti, to‘g‘riqanotlilar, moviy ninachi B) termitlar, qandalalar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar C) suvaraklar, chalaqattiqqanotlilar, ninachilar, to‘g‘riqanotlilar, burgalar D) yashil temirchak, qora chirildoq, sariq suvarak, suluv ninachi, to‘shak qandalasi 19 / 25 19. Qaysi javobda gigant akula haqida to‘g‘ri ma’lumot keltirilgan? A) terisini qoplab turgan tangachalari suyakli baliqlarnikidan farq qiladi. B) o‘pka bilan nafas oladi. C) jabra arteriyalariga venoz qon orqa aorta orqali yetkaziladi. D) skeleti suyakdan iborat, jabra qopqoqlari va yon chiziqlari bo‘ladi. 20 / 25 20. O‘simlikxo‘r umurtqali (a), yirtqich umurtqasiz (hayvonlarni aniqlang. 1) arxar; 2) tillako‘z; 3) kolorado qong‘izi; 4) jayron; 5) miqqiy; 6) falanga; 7) zubr; 8) chirildoq; 9) biy; 10) qaldirg‘och A) a – 1, 7; b – 9, 10 B) a – 4, 8; b – 5, 10 C) a – 1, 4; b – 2, 6 D) a – 2, 3; b – 4, 5 21 / 25 21. Lansetnik (va zog‘ora baliq (b)ga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1) ayirish sistemasi bir juft tasmasimon buyrakdan iborat; 2) eshitish organi ichki quloqdan iborat; 3) nerv sistemasi tana bo‘ylab ketgan nerv nayidan iborat; 4) yuragi ikki kamerali; 5) muskullari ikki yon tomonda tana bo‘ylab uzun tasma shaklida joylashgan; 6) ko‘krak umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi ko‘krak qafasini hosil qiladi A) a − 4, 5; b − 2, 6 B) a − 1, 3; b − 2, 6 C) a − 3, 5; b − 1, 4 D) a − 1, 2; b − 3, 4 22 / 25 22. Zuhrasochning sporofiti uchun xos bo‘lgan (va xos bo‘lmagan (javobni belgilang. 1) spora hosil qiluvchi bo‘rtmachaga ega emas; 2) zigota hosil qiladi; 3) soruslarga ega; 4) yashil, yuraksimon o‘simtaga ega; 5) fotosintez qiladi; 6) ildizpoyali o‘simlik; 7) ko‘p hujayrali arxegoniyga ega. A) a-1, 6; b-2, 4 B) a-3, 6; b-1, 2 C) a-2, 7; b-3, 4 D) a-5, 7; b-3, 4 23 / 25 23. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon qaylanish doiralaridan iborat bo‘lgan organizmlar mansub turkumlarni aniqlang. A) kaptarsimonlar, losossimonlar B) juft tuyoqlilar, karpsimonlar C) bakra baliqlar, dumlilar D) toq tuyoqlilar, yapaloqqushlar 24 / 25 24. Odam organizmidagi nefronlarning qaysi qismi buyrakning po‘stloq qismida joylashmagan? A) ikkilamchi ilonizi naychalar B) Shumlyanskiy-Baumen kapsulasi C) birlamchi ilonizi naychalar D) Genle halqasi 25 / 25 25. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri keluvchi javobni aniqlang. Odamlarda . . . yurakdan chiqadi. A) kichik qon aylanish doirasi venalarida arterial qon, katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon B) kichik qon aylanish doirasi venalarida venoz qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida arterial qon C) katta qon aylanish doirasi aortasida arterial qon, kichik qon aylanish doirasi arteriyasida venoz qon D) kichik qon aylanish doirasi arteriyasida arterial qon, katta qon aylanish doirasi arteriyalarida venoz qon 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6