Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 146 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi? A) 3 ta B) 4 ta C) 1 ta D) 2 ta 2 / 24 2. DNK fragmenti tarkibida jami 960 ta vodorod bog‘i mavjud. Adenin va timin orasidagi vodorod bog‘lar soni guanin va sitozin orasidagi vodorod bog‘lari soniga nisbati mos ravishda 1:1,5. Agar shu DNK tarkibidagi nukleotidlarning 25%i mutatsiyaga uchrab yo‘qolsa, DNK tarkibidagi mutatsiyadan keyingi nukleotidlar sonini nechtaga kamaygan? A) 196 B) 192 C) 125 D) 210 3 / 24 3. G`o`za, bug`doy, askarida, yomg`ir chuvalchangi kabi organizmlarning poliploid turlarini uchrashi qaysi hodisaga kiradi? A) genotipik-mutatsion B) genotipik-rekombinativ C) fenotipik-modifikatsion D) fenotipik-ontogenetik 4 / 24 4. Emuni embrional rivojlanishiga xos xususiyatlarni aniqlang. 1.ektoodermadan nerv nayi, teri epiteliysini rivojlanishi 2.biogenetik qonuni asosida murtak varaqasini hosil bo`lishi 3.orgonagenez jarayonidan oldigi bosqich blastula hosil bo`lishi bilan tugiydi 4.maydalanish bosqichidan keyin o`zak organlar majmuasi hosil bo`ladi. 5.endoderma qavati hujayralarni qat-qat bo`lib joylishi natijasida hosil bo`ladi 6.hujayralarni biokimyoviy va morfologik jihatdan ixtisoslashi kuzatiladi A) 1,2,5 B) 2,3,4 C) 3,4,6 D) 1,2,6 5 / 24 5. Palma (a), perlovitsa (b) va amyoba (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) avtotrof organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) eukariot organizm; 5) geterotrof organizm; 6) umurtqasiz hayvon A) a - 2; b - 1; с - 5 B) a - 4; b - 6; с – 5 C) a - 4; b - 5; с – 2 D) a - 3; b - 4; с - 1 6 / 24 6. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi A) 3, 5 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 2, 3 7 / 24 7. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on A) 3, 4, 6 B) 1, 5, 6 C) 1, 2, 4 D) 2, 3, 5 8 / 24 8. Tajriba maydonida seleksioner olim g‘o‘za o‘simligining tolalari oq va malla rangli xillarini chatishtirdi. F2 duragaylari 2192 tani tashkil qildi. Ular orasidan 548 tasi malla, 1104 tasi novvot rang, 540 tasi oq rangda bo‘ldi. Ushbu tajribada olingan novvot rangli duragaylarning nazariy jihatdan olinishi kerak bo‘lgan novvot rangli duragaylardan farqini toping. A) 4 ta ko‘p B) 8 ta ko‘p C) 8 ta kam D) 4 ta kam 9 / 24 9. Maltoza va saxarozaning umumiy xususiyatlarini ko‘rsating. 1) glikozid bog‘larga ega; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) qand lavlagi shakari hisoblanadi A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 2, 4 10 / 24 10. Quyidagi organizmlarning diploid hujayrasida 2 va 5-juft gomologik xromosmolarining har biri bittaga kamaysa, ular kariotipida nechta xromosoma bo‘ladi? a) makkajo‘xori; b) suvarak; c) qalampir A) a-20; b-44; c-44 B) a-22; b-50; c-50 C) a-16; b-50; c-50 D) a-18; b-46; c-46 11 / 24 11. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya A) a - fototrof organizm; b - prokariot organizm B) a - eukariot organizm; b - yopishqoq lishaynik C) a - eukariot organizm; b - bargsimon lishaynik D) a - prokariot organizm; b - fototrof organizm 12 / 24 12. Odam organizmidagi timozin garmoniga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang? a) organizmda pigment almashinuvni boshqaradi; b) jinsiy bezlarni funksiyasini pasaytiradi; c) limfosit hosil bo‘lishini kuchaytiradi va immunitetni oshiradi; d) qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi; organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaradi; f) bolalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. A) d, e, c B) a, b, f C) b, c, f D) a, d, e 13 / 24 13. Bevosita rivojlanadigan germafrodit organizmlarni (a) va bilvosita rivojlanadigan ayrim jinsli organizmlarni (b) ko‘rsating. 1) korall aspidi; 2) gelikonius; 3) chuchuk suv shillig‘i; 4) qizil chuvalchang; 5) aureliya; 6) perlovitsa; 7) povituxa; 8) nematoda A) a-2, 6; b-3, 5 B) a-4, 7; b-1, 8 C) a-1, 4; b-2, 6 D) a-3, 4; b-7, 8 14 / 24 14. Autotrof oziqlanish xususiyatiga ega prokariot (a) va eukariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) ossillatoriya; 2) oltingugurt bakteriyasi; 3) pichan bakteriyasi; 4) uchqat; 5) nitella; 6) volvoks; 7) midiya; 8) floks; 9) perlovitsa A) a-2; b-5, 8 B) a-3; b-7, 9 C) a-1, 2, 5; b-4, 8 D) a-2, 3; b-6, 7, 8 15 / 24 15. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan A) a-1, 2; b-4; c-5; d-3 B) a-2; b-4, 5; c-1, 2; d-3 C) a-3; b-4; c-2; d-5 D) a-4; b-1, 5; c-1, 3; d-2 16 / 24 16. Qaysi javobda vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga xos xususiyat keltirilgan? A) transkripsiya jarayoni sitoplazmada amalga oshadi B) DNK si gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qiladi C) organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiladi D) mitoxondriyalarida ATF sintezlanadi 17 / 24 17. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan? A) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi B) fotosintez qiluvchi ildizpoyali o‘simlik C) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik D) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi 18 / 24 18. Gastrula jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan sovuqqonli organizmlarni aniqlang. 1) iguana; 2) kivi qushi; 3) alligator; 4) tustovuq; 5) lira qushi; 6) emu; 7) nandu; 8) xameleon. A) 4, 6 B) 2, 3 C) 5, 7 D) 1, 8 19 / 24 19. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang. A) a-96; b-48; c-1; d-2 B) a-96; b-48; c-2; d-4 C) a-96; b-96; c-2; d-2 D) a-48; b-48; c-1; d-2 20 / 24 20. Ko‘sak mevaga ega bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g‘o‘za. A) 5, 6 B) 2, 6 C) 1, 3 D) 2, 3 21 / 24 21. Glukoza sintezlanishi (a) va oksidlanishi (b) bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang. 1) CO2 sarflanadi; 2) CO2 hosil bo‘ladi; 3) ATF energiyasi sarflanadi; 4) O2 sarflanadi; 5) ATF sintezlanadi; 6) O2 hosil bo‘ladi; 7) fotoliz jarayoni sodir bo‘ladi A) a – 1, 5, 6; b – 2, 3, 4 B) a – 2, 3, 7; b – 1, 6, 7 C) a – 2, 4, 5; b – 1, 3, 6, 7 D) a – 1, 3, 6; b – 2, 4, 5 22 / 24 22. Qanday jarayonda quyidagi reaksiya amalga oshadi? ATF + H2O → ADF + H3PO4 + energiya (40 kJ) A) kislorodli sharoitda sut kislotasining to‘liq parchalanishi B) membrana orqali moddalarning aktiv transporti C) fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichi D) bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi hosil bo‘lishi 23 / 24 23. Himoya funksiyasini bajaruvchi oqsilni aniqlang. A) antitana B) polimeraza C) kollagen D) amilaza 24 / 24 24. Qaysi javobda aminokislotalar berilgan? A) prolin, tirozin B) triptofan, uratsil C) tirozin, mum D) fenilalanin, guanin 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6