Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 81 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 10-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi A) 3, 1, 4, 5, 2 B) 5, 2, 3, 1, 4 C) 1, 4, 5, 2, 3 D) 2, 3, 1, 4, 5 2 / 24 2. Qaysi o‘zbek olimi achitqi zamburug‘larini o‘rganib, novvoychilik, chorvochilikda achitqilar tayyorlash tenologiyasini yaratgan A) A.Aliqoriyeva B) V.Qobilov C) M.Mavloniy D) B.Abdug'afurov 3 / 24 3. Sariq ilonning chipor ilondan farqlanuvchi belgilarni juftlab ko‘rsating. 1) uchta qovog‘i mavjud; 2) tangachalilar turkumiga kiradi;3) tullaganda terisi yaxlit ko‘chib tushadi; 4) yuqorigi vapastki jag‘ cho‘ziluvchan paylar bilan birikkan; 5) oyog‘I bo‘lmaydi; 6) tullaganda terisi parcha-parcha bo‘lib ko‘chadi;7) ayrili tili tuyg‘u va ta’m bilish organi hisoblanadi; 8) boshskeletlilar kenja tipiga kiradi; 9) sovuqqonli hayvon A) 3, 8 B) 2, 8, 9 C) 4, 5, 7 D) 1, 6 4 / 24 4. G`o`za, bug`doy, askarida, yomg`ir chuvalchangi kabi organizmlarning poliploid turlarini uchrashi qaysi hodisaga kiradi? A) genotipik-mutatsion B) fenotipik-modifikatsion C) genotipik-rekombinativ D) fenotipik-ontogenetik 5 / 24 5. Koala va kojan uchun umumiy ma’lumotlar to‘g‘ri berilgan javobni toping. 1) sutemizuvchilar sinfiga kiradi; 2) bolasini sut bilanboqadi; 3) qo‘lqanotlilar turkumi vakili; 4) oldingi oyog‘I kapalak qanotiga nisbatan analogik organ hisoblanadi;5) barmoqlarida yassi tirnoqlari bo‘ladi; 6) tanasi jun bilanqoplangan; 7) burni va og‘zidan ultratovush chiqaradi;8) primatlar turkumiga kiradi; 9) rangni yaxshi ajratadi;10) kloakasi bo‘lmaydi A) 1, 5, 8, 9 B) 3, 5, 7, 9 C) 3, 4, 6, 7 D) 1, 2, 6, 10 6 / 24 6. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan? A) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik B) fotosintez qiluvchi ildizpoyali o‘simlik C) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi D) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi 7 / 24 7. Quyidagi organizmlarning diploid hujayrasida 2 va 5-juft gomologik xromosmolarining har biri bittaga kamaysa, ular kariotipida nechta xromosoma bo‘ladi? a) makkajo‘xori; b) suvarak; c) qalampir A) a-22; b-50; c-50 B) a-16; b-50; c-50 C) a-18; b-46; c-46 D) a-20; b-44; c-44 8 / 24 8. Autotrof oziqlanish xususiyatiga ega prokariot (a) va eukariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) ossillatoriya; 2) oltingugurt bakteriyasi; 3) pichan bakteriyasi; 4) uchqat; 5) nitella; 6) volvoks; 7) midiya; 8) floks; 9) perlovitsa A) a-3; b-7, 9 B) a-2, 3; b-6, 7, 8 C) a-1, 2, 5; b-4, 8 D) a-2; b-5, 8 9 / 24 9. Gastrula jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan sovuqqonli organizmlarni aniqlang. 1) iguana; 2) kivi qushi; 3) alligator; 4) tustovuq; 5) lira qushi; 6) emu; 7) nandu; 8) xameleon. A) 5, 7 B) 1, 8 C) 4, 6 D) 2, 3 10 / 24 10. Maltoza va saxarozaning umumiy xususiyatlarini ko‘rsating. 1) glikozid bog‘larga ega; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) qand lavlagi shakari hisoblanadi A) 2, 4 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 1, 3 11 / 24 11. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang. A) a-48; b-48; c-1; d-2 B) a-96; b-96; c-2; d-2 C) a-96; b-48; c-1; d-2 D) a-96; b-48; c-2; d-4 12 / 24 12. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan A) a-4; b-1, 5; c-1, 3; d-2 B) a-3; b-4; c-2; d-5 C) a-1, 2; b-4; c-5; d-3 D) a-2; b-4, 5; c-1, 2; d-3 13 / 24 13. Himoya funksiyasini bajaruvchi oqsilni aniqlang. A) kollagen B) polimeraza C) antitana D) amilaza 14 / 24 14. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi A) 2, 3 B) 1, 2 C) 2, 4 D) 3, 5 15 / 24 15. Qaysi javobda vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga xos xususiyat keltirilgan? A) transkripsiya jarayoni sitoplazmada amalga oshadi B) organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiladi C) DNK si gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qiladi D) mitoxondriyalarida ATF sintezlanadi 16 / 24 16. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on A) 3, 4, 6 B) 1, 2, 4 C) 1, 5, 6 D) 2, 3, 5 17 / 24 17. Tajriba maydonida seleksioner olim g‘o‘za o‘simligining tolalari oq va malla rangli xillarini chatishtirdi. F2 duragaylari 2192 tani tashkil qildi. Ular orasidan 548 tasi malla, 1104 tasi novvot rang, 540 tasi oq rangda bo‘ldi. Ushbu tajribada olingan novvot rangli duragaylarning nazariy jihatdan olinishi kerak bo‘lgan novvot rangli duragaylardan farqini toping. A) 8 ta ko‘p B) 8 ta kam C) 4 ta ko‘p D) 4 ta kam 18 / 24 18. Qaysi javobda aminokislotalar berilgan? A) triptofan, uratsil B) tirozin, mum C) fenilalanin, guanin D) prolin, tirozin 19 / 24 19. Glukoza sintezlanishi (a) va oksidlanishi (b) bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang. 1) CO2 sarflanadi; 2) CO2 hosil bo‘ladi; 3) ATF energiyasi sarflanadi; 4) O2 sarflanadi; 5) ATF sintezlanadi; 6) O2 hosil bo‘ladi; 7) fotoliz jarayoni sodir bo‘ladi A) a – 2, 4, 5; b – 1, 3, 6, 7 B) a – 1, 3, 6; b – 2, 4, 5 C) a – 1, 5, 6; b – 2, 3, 4 D) a – 2, 3, 7; b – 1, 6, 7 20 / 24 20. Bevosita rivojlanadigan germafrodit organizmlarni (a) va bilvosita rivojlanadigan ayrim jinsli organizmlarni (b) ko‘rsating. 1) korall aspidi; 2) gelikonius; 3) chuchuk suv shillig‘i; 4) qizil chuvalchang; 5) aureliya; 6) perlovitsa; 7) povituxa; 8) nematoda A) a-4, 7; b-1, 8 B) a-3, 4; b-7, 8 C) a-2, 6; b-3, 5 D) a-1, 4; b-2, 6 21 / 24 21. Ko‘sak mevaga ega bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g‘o‘za. A) 5, 6 B) 1, 3 C) 2, 6 D) 2, 3 22 / 24 22. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya A) a - eukariot organizm; b - yopishqoq lishaynik B) a - fototrof organizm; b - prokariot organizm C) a - prokariot organizm; b - fototrof organizm D) a - eukariot organizm; b - bargsimon lishaynik 23 / 24 23. Qanday jarayonda quyidagi reaksiya amalga oshadi? ATF + H2O → ADF + H3PO4 + energiya (40 kJ) A) fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichi B) membrana orqali moddalarning aktiv transporti C) kislorodli sharoitda sut kislotasining to‘liq parchalanishi D) bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi hosil bo‘lishi 24 / 24 24. Odam organizmidagi timozin garmoniga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang? a) organizmda pigment almashinuvni boshqaradi; b) jinsiy bezlarni funksiyasini pasaytiradi; c) limfosit hosil bo‘lishini kuchaytiradi va immunitetni oshiradi; d) qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi; organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaradi; f) bolalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. A) a, d, e B) d, e, c C) a, b, f D) b, c, f 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz