Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 146 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 123456789101112131415161718192021222324 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 10-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Sersut qoramol zotlarini belgilang. A) Qozog‘iston oqboshi, Xolmogor B) Bushuyev, Yaroslavl C) Kostroma, Bushuyev D) Qizil dasht, Shvits 2 / 24 2. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi A) 5, 2, 3, 1, 4 B) 2, 3, 1, 4, 5 C) 1, 4, 5, 2, 3 D) 3, 1, 4, 5, 2 3 / 24 3. Palma (a), perlovitsa (b) va amyoba (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) avtotrof organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) eukariot organizm; 5) geterotrof organizm; 6) umurtqasiz hayvon A) a - 4; b - 5; с – 2 B) a - 4; b - 6; с – 5 C) a - 2; b - 1; с - 5 D) a - 3; b - 4; с - 1 4 / 24 4. Mitoz telofazasida polisaxaridli hujayra qobig`i shakllantiradigan zaharli organizmlarni ko`rsating? 1) oleandr; 2) korall aspidi; 3) tog`turbit; 4) gelikonius; 5) qalqontumshuq; 6) parpi; 7) bo`rigul; 8) qoraqurt; 9) siyoh zamburug`i A) 1,3,6,7,9 B) 2,5,4,8,9 C) 1,9,3,2,7 D) barchasi 5 / 24 5. Eukariot(a) va prokariot(b) organizm hujayrasiga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni juftlang. 1.transkripsiya va translatsiya jarayoni sitoplazmada kechishi 2.ossilatoriya xromatoplazmasida xlorafil donachalari joylashgan bo`lib uglevod sintez qilishda qatnashadi 3.dezoksiribonukleotidi membrana ichida bo`lishi 4.bo`linish urchug`ini hujayra markazi hosil qilishi 5.yog`ni silliq endoplazmatikto`rda sintezlanishi 6.hujayrani mezasomaga ega bo`lishi A) a-3,2,6 b-1,4,5 B) a-1,2,5 b-3,4,6 C) a-3,4,5 b-1,2,6 D) a-4,5,6 b-1,2,3 6 / 24 6. Bevosita rivojlanadigan germafrodit organizmlarni (a) va bilvosita rivojlanadigan ayrim jinsli organizmlarni (b) ko‘rsating. 1) korall aspidi; 2) gelikonius; 3) chuchuk suv shillig‘i; 4) qizil chuvalchang; 5) aureliya; 6) perlovitsa; 7) povituxa; 8) nematoda A) a-1, 4; b-2, 6 B) a-2, 6; b-3, 5 C) a-3, 4; b-7, 8 D) a-4, 7; b-1, 8 7 / 24 7. Glukoza sintezlanishi (a) va oksidlanishi (b) bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang. 1) CO2 sarflanadi; 2) CO2 hosil bo‘ladi; 3) ATF energiyasi sarflanadi; 4) O2 sarflanadi; 5) ATF sintezlanadi; 6) O2 hosil bo‘ladi; 7) fotoliz jarayoni sodir bo‘ladi A) a – 2, 3, 7; b – 1, 6, 7 B) a – 2, 4, 5; b – 1, 3, 6, 7 C) a – 1, 3, 6; b – 2, 4, 5 D) a – 1, 5, 6; b – 2, 3, 4 8 / 24 8. Odam organizmidagi timozin garmoniga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang? a) organizmda pigment almashinuvni boshqaradi; b) jinsiy bezlarni funksiyasini pasaytiradi; c) limfosit hosil bo‘lishini kuchaytiradi va immunitetni oshiradi; d) qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi; organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaradi; f) bolalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. A) b, c, f B) d, e, c C) a, d, e D) a, b, f 9 / 24 9. Maltoza va saxarozaning umumiy xususiyatlarini ko‘rsating. 1) glikozid bog‘larga ega; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) qand lavlagi shakari hisoblanadi A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3 10 / 24 10. Tajriba maydonida seleksioner olim g‘o‘za o‘simligining tolalari oq va malla rangli xillarini chatishtirdi. F2 duragaylari 2192 tani tashkil qildi. Ular orasidan 548 tasi malla, 1104 tasi novvot rang, 540 tasi oq rangda bo‘ldi. Ushbu tajribada olingan novvot rangli duragaylarning nazariy jihatdan olinishi kerak bo‘lgan novvot rangli duragaylardan farqini toping. A) 8 ta kam B) 4 ta kam C) 4 ta ko‘p D) 8 ta ko‘p 11 / 24 11. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on A) 2, 3, 5 B) 3, 4, 6 C) 1, 5, 6 D) 1, 2, 4 12 / 24 12. Ko‘sak mevaga ega bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g‘o‘za. A) 2, 3 B) 2, 6 C) 1, 3 D) 5, 6 13 / 24 13. Autotrof oziqlanish xususiyatiga ega prokariot (a) va eukariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) ossillatoriya; 2) oltingugurt bakteriyasi; 3) pichan bakteriyasi; 4) uchqat; 5) nitella; 6) volvoks; 7) midiya; 8) floks; 9) perlovitsa A) a-2, 3; b-6, 7, 8 B) a-3; b-7, 9 C) a-1, 2, 5; b-4, 8 D) a-2; b-5, 8 14 / 24 14. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan A) a-2; b-4, 5; c-1, 2; d-3 B) a-1, 2; b-4; c-5; d-3 C) a-3; b-4; c-2; d-5 D) a-4; b-1, 5; c-1, 3; d-2 15 / 24 15. Himoya funksiyasini bajaruvchi oqsilni aniqlang. A) polimeraza B) amilaza C) antitana D) kollagen 16 / 24 16. Qaysi javobda aminokislotalar berilgan? A) tirozin, mum B) prolin, tirozin C) triptofan, uratsil D) fenilalanin, guanin 17 / 24 17. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya A) a - eukariot organizm; b - bargsimon lishaynik B) a - eukariot organizm; b - yopishqoq lishaynik C) a - prokariot organizm; b - fototrof organizm D) a - fototrof organizm; b - prokariot organizm 18 / 24 18. Qanday jarayonda quyidagi reaksiya amalga oshadi? ATF + H2O → ADF + H3PO4 + energiya (40 kJ) A) membrana orqali moddalarning aktiv transporti B) fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichi C) kislorodli sharoitda sut kislotasining to‘liq parchalanishi D) bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi hosil bo‘lishi 19 / 24 19. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang. A) a-96; b-48; c-1; d-2 B) a-96; b-96; c-2; d-2 C) a-96; b-48; c-2; d-4 D) a-48; b-48; c-1; d-2 20 / 24 20. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi A) 1, 2 B) 2, 4 C) 3, 5 D) 2, 3 21 / 24 21. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan? A) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik B) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi C) fotosintez qiluvchi ildizpoyali o‘simlik D) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi 22 / 24 22. Gastrula jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan sovuqqonli organizmlarni aniqlang. 1) iguana; 2) kivi qushi; 3) alligator; 4) tustovuq; 5) lira qushi; 6) emu; 7) nandu; 8) xameleon. A) 2, 3 B) 1, 8 C) 4, 6 D) 5, 7 23 / 24 23. Quyidagi organizmlarning diploid hujayrasida 2 va 5-juft gomologik xromosmolarining har biri bittaga kamaysa, ular kariotipida nechta xromosoma bo‘ladi? a) makkajo‘xori; b) suvarak; c) qalampir A) a-18; b-46; c-46 B) a-22; b-50; c-50 C) a-16; b-50; c-50 D) a-20; b-44; c-44 24 / 24 24. Qaysi javobda vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga xos xususiyat keltirilgan? A) mitoxondriyalarida ATF sintezlanadi B) DNK si gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qiladi C) transkripsiya jarayoni sitoplazmada amalga oshadi D) organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiladi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 3 9-10-11 sinflar Biologiya olimpiada №6