Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 114 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 10-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Daltonizm, ya’ni rang ajrata olmaslik retsessiv holda irsiylanadi. Agar erkak daltonizm bilan kasal bo‘lsa, spermatogenez jarayonida bitta birlamchi jinsiy hujayradan hosil bo‘lgan spermatozoidlarning nechtasi shu retsessiv genga ega bo‘lmaydi? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 2 / 24 2. Asosan o‘simlik mahsulotlarida uchraydigan vitaminni belgilang. A) A B) D C) B D) C 3 / 24 3. Qushlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni ko‘rsating. 1birinchi tartib patlari bilak suyaklariga birlashgan; 2) tishlari bo‘lmaydi; 3) to‘ti kabi qushlarda ikkinchi signal sistemasi shakllangani uchun, og‘zaki nutq mavjud; 4) arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan; 5) tuyaqushning erkagining patlari qora, dumi va qanotlarining uchidagi patlari kulrang; 6)qushlarni xatti-harakati bosh miyasining oldingi yarimsharlari bilan bo‘ladi; 7) o‘ng bo‘lmacha sistolasi vaqtida arterial qon o‘ng qorinchaga o‘tadi; 8) gastruliyatsiya jarayoni qat-qat bo‘lib embrion varaqlari hosil boiadi; 9) bulbullar tropic Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi; 10) ichak epiteliysi embrionning endoderma qavatidan rivojlanadi. . A) 2,4, 6, 8, 10 B) 1, 3, 5, 7, 9 C) 2, 3, 5, 8, 10 D) 1,4, 6, 7, 9 4 / 24 4. Tana massasi qancha (a) bo‘lgan odam bir kech-kunduzda asosiy moddalarni taminlash uchun 1920 kkal energiya sarflangan. Shu odam tana xarorati doimiyligini taminlash uchun bir sutkada 1400 kkal energiya sarflangan bo‘lsa, bu odam ozuqa moddalardan parchalangan energiyasi miqdori qancha (b) va to‘qim va organlarni hayotiy jarayonlarini taminlash uchun (c) qancha energiya sarflanadi? A) a-75 kg; b-3000 kkal; c-2000 kkal B) a-80 kg; b-4200 kkal; c-2800 kkal C) a-80 kg; b-4200 kkal; c-1400 kkal D) a-75 kg; b-3600 kkal; c-1200 kkal 5 / 24 5. E.coli hujayrasining qaysi tuzilmasi nuklein kislotaga ega? 1) ribosoma; 2) yadro; 3) endoplazmatik to’r; 4) plastida; 5) go’lji; 6) plazmida; 7) sentriola A) 1.6 B) 2, 5 C) 3, 4 D) 6, 7 6 / 24 6. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi A) 1, 2 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 3, 5 7 / 24 7. Maltoza va saxarozaning umumiy xususiyatlarini ko‘rsating. 1) glikozid bog‘larga ega; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) qand lavlagi shakari hisoblanadi A) 2, 4 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 1, 3 8 / 24 8. Qaysi javobda aminokislotalar berilgan? A) tirozin, mum B) prolin, tirozin C) fenilalanin, guanin D) triptofan, uratsil 9 / 24 9. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang. A) a-96; b-48; c-1; d-2 B) a-96; b-96; c-2; d-2 C) a-96; b-48; c-2; d-4 D) a-48; b-48; c-1; d-2 10 / 24 10. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan A) a-2; b-4, 5; c-1, 2; d-3 B) a-1, 2; b-4; c-5; d-3 C) a-3; b-4; c-2; d-5 D) a-4; b-1, 5; c-1, 3; d-2 11 / 24 11. Ko‘sak mevaga ega bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g‘o‘za. A) 5, 6 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 6 12 / 24 12. Qanday jarayonda quyidagi reaksiya amalga oshadi? ATF + H2O → ADF + H3PO4 + energiya (40 kJ) A) kislorodli sharoitda sut kislotasining to‘liq parchalanishi B) membrana orqali moddalarning aktiv transporti C) bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi hosil bo‘lishi D) fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichi 13 / 24 13. Glukoza sintezlanishi (a) va oksidlanishi (b) bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang. 1) CO2 sarflanadi; 2) CO2 hosil bo‘ladi; 3) ATF energiyasi sarflanadi; 4) O2 sarflanadi; 5) ATF sintezlanadi; 6) O2 hosil bo‘ladi; 7) fotoliz jarayoni sodir bo‘ladi A) a – 1, 3, 6; b – 2, 4, 5 B) a – 2, 3, 7; b – 1, 6, 7 C) a – 2, 4, 5; b – 1, 3, 6, 7 D) a – 1, 5, 6; b – 2, 3, 4 14 / 24 14. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan? A) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi B) fotosintez qiluvchi ildizpoyali o‘simlik C) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi D) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik 15 / 24 15. Bevosita rivojlanadigan germafrodit organizmlarni (a) va bilvosita rivojlanadigan ayrim jinsli organizmlarni (b) ko‘rsating. 1) korall aspidi; 2) gelikonius; 3) chuchuk suv shillig‘i; 4) qizil chuvalchang; 5) aureliya; 6) perlovitsa; 7) povituxa; 8) nematoda A) a-4, 7; b-1, 8 B) a-3, 4; b-7, 8 C) a-2, 6; b-3, 5 D) a-1, 4; b-2, 6 16 / 24 16. Tajriba maydonida seleksioner olim g‘o‘za o‘simligining tolalari oq va malla rangli xillarini chatishtirdi. F2 duragaylari 2192 tani tashkil qildi. Ular orasidan 548 tasi malla, 1104 tasi novvot rang, 540 tasi oq rangda bo‘ldi. Ushbu tajribada olingan novvot rangli duragaylarning nazariy jihatdan olinishi kerak bo‘lgan novvot rangli duragaylardan farqini toping. A) 8 ta ko‘p B) 8 ta kam C) 4 ta kam D) 4 ta ko‘p 17 / 24 17. Autotrof oziqlanish xususiyatiga ega prokariot (a) va eukariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) ossillatoriya; 2) oltingugurt bakteriyasi; 3) pichan bakteriyasi; 4) uchqat; 5) nitella; 6) volvoks; 7) midiya; 8) floks; 9) perlovitsa A) a-3; b-7, 9 B) a-1, 2, 5; b-4, 8 C) a-2; b-5, 8 D) a-2, 3; b-6, 7, 8 18 / 24 18. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on A) 2, 3, 5 B) 1, 5, 6 C) 3, 4, 6 D) 1, 2, 4 19 / 24 19. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya A) a - prokariot organizm; b - fototrof organizm B) a - fototrof organizm; b - prokariot organizm C) a - eukariot organizm; b - bargsimon lishaynik D) a - eukariot organizm; b - yopishqoq lishaynik 20 / 24 20. Odam organizmidagi timozin garmoniga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang? a) organizmda pigment almashinuvni boshqaradi; b) jinsiy bezlarni funksiyasini pasaytiradi; c) limfosit hosil bo‘lishini kuchaytiradi va immunitetni oshiradi; d) qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi; organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaradi; f) bolalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. A) b, c, f B) d, e, c C) a, d, e D) a, b, f 21 / 24 21. Gastrula jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan sovuqqonli organizmlarni aniqlang. 1) iguana; 2) kivi qushi; 3) alligator; 4) tustovuq; 5) lira qushi; 6) emu; 7) nandu; 8) xameleon. A) 2, 3 B) 1, 8 C) 4, 6 D) 5, 7 22 / 24 22. Himoya funksiyasini bajaruvchi oqsilni aniqlang. A) polimeraza B) amilaza C) antitana D) kollagen 23 / 24 23. Qaysi javobda vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga xos xususiyat keltirilgan? A) transkripsiya jarayoni sitoplazmada amalga oshadi B) DNK si gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qiladi C) organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiladi D) mitoxondriyalarida ATF sintezlanadi 24 / 24 24. Quyidagi organizmlarning diploid hujayrasida 2 va 5-juft gomologik xromosmolarining har biri bittaga kamaysa, ular kariotipida nechta xromosoma bo‘ladi? a) makkajo‘xori; b) suvarak; c) qalampir A) a-18; b-46; c-46 B) a-16; b-50; c-50 C) a-22; b-50; c-50 D) a-20; b-44; c-44 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz