Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 10-sinf Kimyo olimpiada №3 Kimyo olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Kimyo olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 279 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Kimyo olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Gaz fazasida kechadigan X2 + 2Y2 → 2XY2 reaksiyaning tezligi reaksion idishdagi bosim 6 marta oshirilganda qanday o`zgaradi? A) 36 marta ortadi B) 6 marta ortadi C) o‘zgarmaydi D) 216 marta ortadi 2 / 25 2. Propan va butandan iborat 5,6 dm³ (n.sh.da) aralashma to‘iq yonishi natijasida 654 kJ issiqlik ajralib chiqdi. Propan va butanning yonish issiqligi mos ravishda 2 220 va 2 877 kJ/mol bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi butanning hajmiy ulushini (%) hisoblang. A) 84.9 B) 15.1 C) 39.7 D) 60.3 3 / 25 3. Metanol bug‘ining havo bilan aralashmasi qizdirilgan mis ustidan o‘tkazildi. Olingan organik mahsulot Cu(OH)2 bilan reaksiyaga kirishgandan 121,5 g sariq cho‘kma hosil bo‘ldi. Reaksiyada qatnashgan spirt massasini (g) aniqlang ? A) 72g B) 24 g C) 48 g D) 96 g 4 / 25 4. Tarkibida 16 ta sp3 gibridlangan orbital bo‘lgan oddiy efir tarkibidagi uglerod atomlarini massa ulushini (%) aniqlang. A) 60% B) 70% C) 40% D) 50% 5 / 25 5. Geometrik (sis-trans) izomeriya hosil qilishda qaysi bog‘ qatnashadi? A) Uglerod va ugerod atomlari o‘rtasidagi π bog‘ B) Uglerod va vodorod atomlari orasidagi π bog‘. C) Uglerod va uglerod atomlari orasidagi σ bog‘ D) Uglerod va voforod atomlari o‘rtasidagi σ bog‘ 6 / 25 6. Reaksiyaning tog`ri reaksiya tezlik konstantasi 2,3×106 s-1 ga, muvozanat konstantasi 4,0 × 108 ga teng. Teskari reaksiya tezlik konstantasi nechaga teng? A) 1,7×10² s⁻¹ B) 5,8 ×10⁻³ s⁻¹ C) 1,l × 10⁻¹⁵ s⁻¹ D) 9,2×10¹⁴ s⁻¹ 7 / 25 7. Quyidagi ikki atomli molekulalardan qaysi biri eng yuqori bog` energiyasiga ega. A) CO B) H₂ C) N₂ D) O₂ 8 / 25 8. Qaysi kvant sonlar kombinatsiyasini real atomga qo`llash mumkin? Kvant sonlarning kelish ketma – ketligi – [bosh kvant son (n), orbital kvant son (l), magnit kvant son (ml), spin kvant son (ms)]. A) [ 3, 2, 1, 1 ] B) [ 3, 0, 0, -1/2 ] C) [ 2, 2, 1, +1/2 ] D) [ 1, 0, +1/2, +1/2 ] 9 / 25 9. HCN 0,010 M li eritmasining dissotsiyalanish darajasi qancha? (К = 6,2 × 10-10 kislotalik konstantasi) A) 0,0025% B) 0,25% C) 2,5% D) 0,025% 10 / 25 10. Tarkibida 75% sof malaxit bo`lgan 200 g mineraldan qancha g mis (II) oksid ajratib olish (Cu(OH)2·CuCO3 = 2CuO + CO2 + H2O) mumkin? Reaksiya unumi – 0.9. A) 108.11 B) 87.57 C) 97.3 D) 144.15 11 / 25 11. 45˚C da suvning ion ko`paytmasi 4,0×10-14 ga teng. Shu temperaturada toza suvning pH qiymatini aniqlang. A) 7.0 B) 7.3 C) 13.4 D) 6.7 12 / 25 12. Iodid ion asosli sharoitda permanganat bilan gipoyodit ionigacha quyidagi reaksiya bo`yicha oksidlanadi: I- + MnO₄- → IO- + MnO₂ Tenglashtirilgan reaksiya tenglamasida gidroksid ionining iodid ioniga miqdoriy nisbati qanday? A) 2 : 1 B) 3 : 1 C) 2 : 3 D) 1 : 1 13 / 25 13. NaxSOx+2 tarkibli tuzning 1 g ida 4.24·1021 ta oltingugurt atomi bo`lsa, x ni aniqlang. A) 1 B) 4 C) 2 D) 3 14 / 25 14. Pastda keltirilgan atomlarni atom radiusi kamayib borishi taribida joylashtiring. Pb, P, Cl, F, Si A) Pb > Si > P > Cl > F B) Pb > Si > P > F > Cl C) Pb > Cl > P > Si > F D) Cl > F > Pb > Si > P 15 / 25 15. Tarkibida 10% qo`shimchalari bo`lgan 50 g ohaktoshdan necha g karbonat angidrid olish mumkin? A) 10 B) 5.6 C) 5 D) 19.8 16 / 25 16. Kumush saqlovchi 1,50 gr ruda eritildi va barcha Ag⁺ 0,124 gr Ag₂S ga aylandi. Rudadagi kumushning massa ulushini aniqlang. A) 8,27% B) 6,41% C) 7,20% D) 10,8% 17 / 25 17. 32S izotopi va 16O, 17O va 18O izotoplaridan foydalanib necha xil oltingugurt (IV) oksidi molekulalarini olish mumkin? A) 16 xil B) 8 xil C) 9 xil D) 6 xil 18 / 25 18. 0,1 M li 1 ml ikki valentli metal saqlagan eritmaning rangi och pushti bo`lib, unga 1 ml konsentirlangan HCl kislota eritmasi qo`shilsa, eritma rangi yorqin-ko`k rangga o`zgaradi. Metall ionini aniqlang. A) Mn²⁺ B) Co²⁺ C) Cu²⁺ D) Ca²⁺ 19 / 25 19. Agar reaksiya unumi 70% bo`lsa, 2.45 g bertolle tuzidan necha l (n.sh.da) kislorod olish mumkin? A) 1.47 l B) 2.47 l C) 0.57 l D) 0.47 l 20 / 25 20. O`zgarmas harorat va hajmli germetik konteyner ichiga 3:1 mol nisbatda mos ravishda vodorod va azot joylandi, tegishli katalizator ishtirokida ammiak gazi hosil bo`ldi. Muvozanat qaror topganidan so`ng vodorod parsial bosimi kvadratining ammiak parsial bosimiga nisbati 0.2 ga teng bo`lsa, N2(g) + 3H2(g) → 2NH3(g) reaksiyasining muvozanat kanstantasi Kp ni hisoblang. A) 65 B) 55 C) 85 D) 75 21 / 25 21. Tartib raqami 19 bo`lgan element atomlarida nechta elektron pog`ona bor? A) 3 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 6 ta 22 / 25 22. Naproksenda qancha uglerod atomi sp-, sp2- va sp3- gibridlanishda hamda molekulada qancha π-bog` mavjud? A) sp = 0, sp² = 10, sp³ = 4, π = 5 B) sp = 0, sp² = 11, sp³ = 3, π = 6 C) sp = 0, sp² = 11, sp³ = 3, π = 5 D) sp = 1, sp² = 9, sp³ = 4, π = 5 23 / 25 23. C3H8O formulaga nechta izomer to`g`ri keladi? A) 1 B) 2 C) 4 D) 3 24 / 25 24. Na[V(CO)₆] kompleksida vanadiyning oksidlanish darajasi qanday? A) +3 B) -1 C) +5 D) +6 25 / 25 25. CaCO3 + Q (issiqlik) ⇆ CO2+CaO reaksiyada sistema muvozanatini o’ng tomonga siljitish uchun quyidagilardan qaysilarini amalga oshirish kerak? 1) haroratni ko’tarish; 2) bosimni oshirish; 3) haroratni pasaytirish; 4) CO2 konsentratsiyasini kamaytirish; A) 1,4 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,3 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 4 9-10-11 sinflar Kimyo olimpiada №6