Uy » Online olimpiada » Kimyo olimpiada » 10-sinf Kimyo olimpiada №3 Kimyo olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Kimyo olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 230 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Kimyo olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda titrlash uchun 0,1 N K2Cr2O7 eritmasidan 5,7 ml sarflandi. Xuddi shuncha FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda noma’lum konsentratsiyali KMnO4 eritmasi bilan titrlash uchun esa permanganat eritmasidan 6,1 ml sarflangan bo‘lsa, KMnO4 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang. A) 0,019 M B) 0,093 M C) 0,467 M D) 0,004 M 2 / 25 2. Muz (1), osh tuzi (2), kremniy (3) va bronza (4) qattiq agregat holatdagi moddalar sanaladi. Ularning aynan shu agregat holatda saqlanishini ta’minlaydigan kimyoviy bog‘lanish turlarini aniqlang. (a) – kovalent bog‘lanish; (b) – ion bog‘lanish; (c) – metall bog‘lanish; (d) – vodorod bog‘lanish A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c C) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d 3 / 25 3. Glukozani A.M. Butlerov usuli bo‘yicha olinishida tarkibida 90 ta sp2 gibridlangan orbitallar saqlagan reagent sarflandi. Hosil bo‘lgan monosaxarid massasini (g) aniqlang. A) 850 g B) 900g C) 450 g D) 600g 4 / 25 4. Hаjmi 0,011 m3 bo’lgаn idishdа kimyoviy muvоzаnаt qаrоr tоpgаndа 2HCl+O2=Cl2+H2Ogaz mоddаlаrning kоnsentrаsiyalаri (mоl/l) НCl = 0,9; O2=1,6 vа Cl2=0,7 ni tаshkil qilаdi. Bоshlаng’ich mоddаlаrning kоnsentrаsiyalаrini hisоblаng. A) 25,3mol HCl; 2,145mol O₂ B) 25,3mol HCl; 21,45mol O₂ C) 25,5mol HCl; 21,5 mol O₂ D) 25,5mol HCl; 21,45 mol O₂ 5 / 25 5. Reаksiya bоshlаnmаsdаn оldin mоddаning kоnsentrаsiyasi 2,7 mоl/l edi. 20 sekunddаn so’ng uning kоnsentrаsiyasi 0,5 mоl/l bo’lib qоldi. Reаksiya tezligini mоl/l·min.dа tоping. A) 5,5 mоl/l·min. B) 9,9 mоl/l·min. C) 3,3 mоl/l·min. D) 6,6 mоl/l·min 6 / 25 6. 0,1 M li 1 ml ikki valentli metal saqlagan eritmaning rangi och pushti bo`lib, unga 1 ml konsentirlangan HCl kislota eritmasi qo`shilsa, eritma rangi yorqin-ko`k rangga o`zgaradi. Metall ionini aniqlang. A) Co²⁺ B) Ca²⁺ C) Mn²⁺ D) Cu²⁺ 7 / 25 7. HCN 0,010 M li eritmasining dissotsiyalanish darajasi qancha? (К = 6,2 × 10-10 kislotalik konstantasi) A) 0,0025% B) 2,5% C) 0,25% D) 0,025% 8 / 25 8. Reaksiyaning tog`ri reaksiya tezlik konstantasi 2,3×106 s-1 ga, muvozanat konstantasi 4,0 × 108 ga teng. Teskari reaksiya tezlik konstantasi nechaga teng? A) 5,8 ×10⁻³ s⁻¹ B) 1,7×10² s⁻¹ C) 1,l × 10⁻¹⁵ s⁻¹ D) 9,2×10¹⁴ s⁻¹ 9 / 25 9. Cl- elektron konfiguratsiyasi keltirilgan qatorni toping. A) B B) D C) A D) C 10 / 25 10. Agar reaksiya unumi 70% bo`lsa, 2.45 g bertolle tuzidan necha l (n.sh.da) kislorod olish mumkin? A) 2.47 l B) 0.47 l C) 0.57 l D) 1.47 l 11 / 25 11. Pastda keltirilgan atomlarni atom radiusi kamayib borishi taribida joylashtiring. Pb, P, Cl, F, Si A) Cl > F > Pb > Si > P B) Pb > Si > P > Cl > F C) Pb > Cl > P > Si > F D) Pb > Si > P > F > Cl 12 / 25 12. I₃- da markaziy atom I gibridlanishini aniqlang. A) dsp³ B) d²sp C) sp³ D) sp² 13 / 25 13. Kumush saqlovchi 1,50 gr ruda eritildi va barcha Ag⁺ 0,124 gr Ag₂S ga aylandi. Rudadagi kumushning massa ulushini aniqlang. A) 8,27% B) 7,20% C) 6,41% D) 10,8% 14 / 25 14. 45˚C da suvning ion ko`paytmasi 4,0×10-14 ga teng. Shu temperaturada toza suvning pH qiymatini aniqlang. A) 7.3 B) 6.7 C) 7.0 D) 13.4 15 / 25 15. Iodid ion asosli sharoitda permanganat bilan gipoyodit ionigacha quyidagi reaksiya bo`yicha oksidlanadi: I- + MnO₄- → IO- + MnO₂ Tenglashtirilgan reaksiya tenglamasida gidroksid ionining iodid ioniga miqdoriy nisbati qanday? A) 2 : 3 B) 3 : 1 C) 2 : 1 D) 1 : 1 16 / 25 16. Na[V(CO)₆] kompleksida vanadiyning oksidlanish darajasi qanday? A) +6 B) +3 C) +5 D) -1 17 / 25 17. Tarkibida 75% sof malaxit bo`lgan 200 g mineraldan qancha g mis (II) oksid ajratib olish (Cu(OH)2·CuCO3 = 2CuO + CO2 + H2O) mumkin? Reaksiya unumi – 0.9. A) 97.3 B) 144.15 C) 108.11 D) 87.57 18 / 25 18. Qaysi elementning 1,00 gr na`munasi eng ko`p molekulani o`zida saqlaydi? A) Ozon, O₃ B) Oltingugurt, S₈ C) Bakminsterfulleren, C₆₀ D) Oq fosfor, P₄ 19 / 25 19. Quyidagi ikki atomli molekulalardan qaysi biri eng yuqori bog` energiyasiga ega. A) CO B) O₂ C) N₂ D) H₂ 20 / 25 20. C3H8O formulaga nechta izomer to`g`ri keladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 1 21 / 25 21. Tarkibida 10% qo`shimchalari bo`lgan 50 g ohaktoshdan necha g karbonat angidrid olish mumkin? A) 5 B) 5.6 C) 10 D) 19.8 22 / 25 22. 32S izotopi va 16O, 17O va 18O izotoplaridan foydalanib necha xil oltingugurt (IV) oksidi molekulalarini olish mumkin? A) 6 xil B) 8 xil C) 16 xil D) 9 xil 23 / 25 23. Naproksenda qancha uglerod atomi sp-, sp2- va sp3- gibridlanishda hamda molekulada qancha π-bog` mavjud? A) sp = 0, sp² = 11, sp³ = 3, π = 6 B) sp = 0, sp² = 10, sp³ = 4, π = 5 C) sp = 0, sp² = 11, sp³ = 3, π = 5 D) sp = 1, sp² = 9, sp³ = 4, π = 5 24 / 25 24. CaCO3 + Q (issiqlik) ⇆ CO2+CaO reaksiyada sistema muvozanatini o’ng tomonga siljitish uchun quyidagilardan qaysilarini amalga oshirish kerak? 1) haroratni ko’tarish; 2) bosimni oshirish; 3) haroratni pasaytirish; 4) CO2 konsentratsiyasini kamaytirish; A) 1,4 B) 2,4 C) 2,3 D) 1,3 25 / 25 25. Tartib raqami 19 bo`lgan element atomlarida nechta elektron pog`ona bor? A) 4 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 3 ta 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz