Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 126 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 10-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Treska uchun xos xususiyatlarni belgilang. 1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) bir necha million tuxum qo‘yadi; 3) yon chiziqlari bor; 4) ayirish sistemasiga tasmasimon buyrak kiradi; 5) orqa ichak kengayib, kloaka hosil qiladi; 6) to‘sh suyagi yo‘q; 7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi; 9) tuxumlarini orqasida opichlab olib yuradi. A) 1, 3, 5, 9 B) 1, 2, 6, 8 C) 3, 7, 8, 9 D) 3, 4, 5, 8 2 / 24 2. Xordali hayvonlarda quyidagi evolyutsion yuksalishlarning paydo bo‘lish ketma – ketligini to‘g‘ri va to‘liq tartibda yozing. 1) miya qutisining paydo bo‘lishi; 2) diafragmaning paydo bo‘lishi; 3) nerv nayining paydo bo‘lishi; 4) katta va kichik qon aylanish sistemasining paydo bo‘lishi; 5) uchinchi qovoqning paydo bo‘lishi A) 3, 1, 4, 5, 2 B) 5, 2, 3, 1, 4 C) 1, 4, 5, 2, 3 D) 2, 3, 1, 4, 5 3 / 24 3. Tana massasi qancha (a) bo‘lgan odam bir kech-kunduzda asosiy moddalarni taminlash uchun 1920 kkal energiya sarflangan. Shu odam tana xarorati doimiyligini taminlash uchun bir sutkada 1400 kkal energiya sarflangan bo‘lsa, bu odam ozuqa moddalardan parchalangan energiyasi miqdori qancha (b) va to‘qim va organlarni hayotiy jarayonlarini taminlash uchun (c) qancha energiya sarflanadi? A) a-75 kg; b-3000 kkal; c-2000 kkal B) a-80 kg; b-4200 kkal; c-2800 kkal C) a-75 kg; b-3600 kkal; c-1200 kkal D) a-80 kg; b-4200 kkal; c-1400 kkal 4 / 24 4. Markaziy nerv sistemasida faqat miyachasida burmalari bo‘lgan hayvonlarni aniqlang. 1) qizilquyruq; 2) malla revun; 3) laylak; 4) kakku;5) gornostay; 6) kaptar; 7) Grenlandiya tyuleni A) 1, 3, 4, 6 B) 2, 5, 7 C) 1, 2, 7 D) 2, 5, 6 5 / 24 5. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 32 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 50% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 25% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang. A) 128 B) 256 C) 64 D) 512 6 / 24 6. Odam organizmidagi timozin garmoniga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang? a) organizmda pigment almashinuvni boshqaradi; b) jinsiy bezlarni funksiyasini pasaytiradi; c) limfosit hosil bo‘lishini kuchaytiradi va immunitetni oshiradi; d) qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi; organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaradi; f) bolalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. A) b, c, f B) a, d, e C) a, b, f D) d, e, c 7 / 24 7. Quyidagi organizmlarning diploid hujayrasida 2 va 5-juft gomologik xromosmolarining har biri bittaga kamaysa, ular kariotipida nechta xromosoma bo‘ladi? a) makkajo‘xori; b) suvarak; c) qalampir A) a-16; b-50; c-50 B) a-18; b-46; c-46 C) a-20; b-44; c-44 D) a-22; b-50; c-50 8 / 24 8. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya A) a - prokariot organizm; b - fototrof organizm B) a - eukariot organizm; b - bargsimon lishaynik C) a - eukariot organizm; b - yopishqoq lishaynik D) a - fototrof organizm; b - prokariot organizm 9 / 24 9. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi A) 3, 5 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 2, 4 10 / 24 10. Qanday jarayonda quyidagi reaksiya amalga oshadi? ATF + H2O → ADF + H3PO4 + energiya (40 kJ) A) membrana orqali moddalarning aktiv transporti B) bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi hosil bo‘lishi C) kislorodli sharoitda sut kislotasining to‘liq parchalanishi D) fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichi 11 / 24 11. Glukoza sintezlanishi (a) va oksidlanishi (b) bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang. 1) CO2 sarflanadi; 2) CO2 hosil bo‘ladi; 3) ATF energiyasi sarflanadi; 4) O2 sarflanadi; 5) ATF sintezlanadi; 6) O2 hosil bo‘ladi; 7) fotoliz jarayoni sodir bo‘ladi A) a – 2, 3, 7; b – 1, 6, 7 B) a – 1, 5, 6; b – 2, 3, 4 C) a – 1, 3, 6; b – 2, 4, 5 D) a – 2, 4, 5; b – 1, 3, 6, 7 12 / 24 12. Qaysi javobda aminokislotalar berilgan? A) tirozin, mum B) triptofan, uratsil C) prolin, tirozin D) fenilalanin, guanin 13 / 24 13. Gastrula jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan sovuqqonli organizmlarni aniqlang. 1) iguana; 2) kivi qushi; 3) alligator; 4) tustovuq; 5) lira qushi; 6) emu; 7) nandu; 8) xameleon. A) 5, 7 B) 2, 3 C) 1, 8 D) 4, 6 14 / 24 14. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan? A) fotosintez qiluvchi ildizpoyali o‘simlik B) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi C) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi D) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik 15 / 24 15. Ko‘sak mevaga ega bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g‘o‘za. A) 1, 3 B) 2, 3 C) 5, 6 D) 2, 6 16 / 24 16. Tajriba maydonida seleksioner olim g‘o‘za o‘simligining tolalari oq va malla rangli xillarini chatishtirdi. F2 duragaylari 2192 tani tashkil qildi. Ular orasidan 548 tasi malla, 1104 tasi novvot rang, 540 tasi oq rangda bo‘ldi. Ushbu tajribada olingan novvot rangli duragaylarning nazariy jihatdan olinishi kerak bo‘lgan novvot rangli duragaylardan farqini toping. A) 8 ta ko‘p B) 4 ta kam C) 8 ta kam D) 4 ta ko‘p 17 / 24 17. Maltoza va saxarozaning umumiy xususiyatlarini ko‘rsating. 1) glikozid bog‘larga ega; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) qand lavlagi shakari hisoblanadi A) 2, 3 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 1, 3 18 / 24 18. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang. A) a-96; b-48; c-1; d-2 B) a-48; b-48; c-1; d-2 C) a-96; b-96; c-2; d-2 D) a-96; b-48; c-2; d-4 19 / 24 19. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on A) 1, 5, 6 B) 3, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 4 20 / 24 20. Himoya funksiyasini bajaruvchi oqsilni aniqlang. A) polimeraza B) amilaza C) kollagen D) antitana 21 / 24 21. Qaysi javobda vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga xos xususiyat keltirilgan? A) transkripsiya jarayoni sitoplazmada amalga oshadi B) organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiladi C) DNK si gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qiladi D) mitoxondriyalarida ATF sintezlanadi 22 / 24 22. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan A) a-2; b-4, 5; c-1, 2; d-3 B) a-3; b-4; c-2; d-5 C) a-4; b-1, 5; c-1, 3; d-2 D) a-1, 2; b-4; c-5; d-3 23 / 24 23. Bevosita rivojlanadigan germafrodit organizmlarni (a) va bilvosita rivojlanadigan ayrim jinsli organizmlarni (b) ko‘rsating. 1) korall aspidi; 2) gelikonius; 3) chuchuk suv shillig‘i; 4) qizil chuvalchang; 5) aureliya; 6) perlovitsa; 7) povituxa; 8) nematoda A) a-1, 4; b-2, 6 B) a-2, 6; b-3, 5 C) a-4, 7; b-1, 8 D) a-3, 4; b-7, 8 24 / 24 24. Autotrof oziqlanish xususiyatiga ega prokariot (a) va eukariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) ossillatoriya; 2) oltingugurt bakteriyasi; 3) pichan bakteriyasi; 4) uchqat; 5) nitella; 6) volvoks; 7) midiya; 8) floks; 9) perlovitsa A) a-3; b-7, 9 B) a-2; b-5, 8 C) a-1, 2, 5; b-4, 8 D) a-2, 3; b-6, 7, 8 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz