Uy » Online olimpiada » Biologiya olimpiada » 10-sinf Biologiya olimpiada №3 Biologiya olimpiadaTuman 2022-2023 o'quv yili 10-sinf Biologiya olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 113 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 10-sinf Biologiya olimpiada №3 2022-yil 13-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 24 1. Osh piyoz o‘simligi qaysi bo‘lim va turkumga tegishli ekanligini aniqlang (mos ravishda). A) magnoliyatoifa, piyoz B) bir urug‘pallalilar, lola C) lolasimon, bosh piyoz D) magnoliyasimon, piyoz 2 / 24 2. Treska uchun xos xususiyatlarni belgilang. 1) yurak qorinchasida venoz qon oqadi; 2) bir necha million tuxum qo‘yadi; 3) yon chiziqlari bor; 4) ayirish sistemasiga tasmasimon buyrak kiradi; 5) orqa ichak kengayib, kloaka hosil qiladi; 6) to‘sh suyagi yo‘q; 7) qovurg‘alari bo‘lmaydi; 8) urug‘lanishi tashqi; 9) tuxumlarini orqasida opichlab olib yuradi. A) 1, 2, 6, 8 B) 3, 7, 8, 9 C) 3, 4, 5, 8 D) 1, 3, 5, 9 3 / 24 3. Batsilla hujayrasining qaysi tuzilmasi nuklein kislotaga ega? 1) ribosoma; 2) yadro; 3) endoplazmatik to’r; 4) plastida; 5) go’lji; 6) plazmida; 7) sentriola A) 6, 7 B) 3, 4 C) 1.6 D) 2, 5 4 / 24 4. Qaysi javobda oshqozoni to‘rt kamerali tuyoqli hayvonlarto‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) arxar; 2) maral; 3) zubr; 4) qulon; 5) g‘izol; 6) tapir;7) muflon; 8) tarpan; 9) bizon; 10) xongul; 11) karkidon;12) sayg‘oq. A) 2, 5, 7, 9, 12 B) 1, 3, 6, 8, 11, 12 C) 1, 4, 5, 9, 11 D) 3, 6, 7, 8, 10 5 / 24 5. Palma (a), perlovitsa (b) va amyoba (c) ga tegishli ma’lumotlarni to‘g‘ri juftlang. 1) avtotrof organizm; 2) prokariot organizm; 3) umurtqali hayvon; 4) eukariot organizm; 5) geterotrof organizm; 6) umurtqasiz hayvon A) a - 2; b - 1; с - 5 B) a - 4; b - 6; с – 5 C) a - 3; b - 4; с - 1 D) a - 4; b - 5; с – 2 6 / 24 6. Glukoza sintezlanishi (a) va oksidlanishi (b) bilan bog‘liq jarayonlarni aniqlang. 1) CO2 sarflanadi; 2) CO2 hosil bo‘ladi; 3) ATF energiyasi sarflanadi; 4) O2 sarflanadi; 5) ATF sintezlanadi; 6) O2 hosil bo‘ladi; 7) fotoliz jarayoni sodir bo‘ladi A) a – 2, 4, 5; b – 1, 3, 6, 7 B) a – 2, 3, 7; b – 1, 6, 7 C) a – 1, 3, 6; b – 2, 4, 5 D) a – 1, 5, 6; b – 2, 3, 4 7 / 24 7. Qaysi javobda sershox qirqbo‘g‘imning jinssiz bo‘g‘iniga xos xususiyatlar keltirilgan? A) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi B) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik C) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi D) fotosintez qiluvchi ildizpoyali o‘simlik 8 / 24 8. Shimpanze somatik hujayrasi mitoz siklining G2 davridagi DNK (a), xromosoma (b), hujayra markazi (c) va sentriolalar (d) sonini aniqlang. A) a-48; b-48; c-1; d-2 B) a-96; b-48; c-2; d-4 C) a-96; b-48; c-1; d-2 D) a-96; b-96; c-2; d-2 9 / 24 9. Gastrula jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan sovuqqonli organizmlarni aniqlang. 1) iguana; 2) kivi qushi; 3) alligator; 4) tustovuq; 5) lira qushi; 6) emu; 7) nandu; 8) xameleon. A) 5, 7 B) 2, 3 C) 1, 8 D) 4, 6 10 / 24 10. Ko‘sak mevaga ega bo‘lgan oddiy gulqo‘rg‘onli o‘simliklarni aniqlang. 1) oqquray; 2) chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g‘o‘za. A) 2, 3 B) 5, 6 C) 1, 3 D) 2, 6 11 / 24 11. Bevosita rivojlanadigan germafrodit organizmlarni (a) va bilvosita rivojlanadigan ayrim jinsli organizmlarni (b) ko‘rsating. 1) korall aspidi; 2) gelikonius; 3) chuchuk suv shillig‘i; 4) qizil chuvalchang; 5) aureliya; 6) perlovitsa; 7) povituxa; 8) nematoda A) a-4, 7; b-1, 8 B) a-2, 6; b-3, 5 C) a-3, 4; b-7, 8 D) a-1, 4; b-2, 6 12 / 24 12. Quyidagi organizmlarning diploid hujayrasida 2 va 5-juft gomologik xromosmolarining har biri bittaga kamaysa, ular kariotipida nechta xromosoma bo‘ladi? a) makkajo‘xori; b) suvarak; c) qalampir A) a-16; b-50; c-50 B) a-18; b-46; c-46 C) a-22; b-50; c-50 D) a-20; b-44; c-44 13 / 24 13. Oddiy amyoba (a), nursimonlar (b), yashil evglena (c), tufelka (d) uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) bakteriyalar, mayda suv o‘tlari va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi; 2) xromatoforidagi xlorofill pigmenti yordamida fotosintez qiladi; 3) qisqaruvchi vakuolaga ega; 4) kremniy skeletli; 5) hazm qilish va ayirish organoidlari nisbatan murakkab tuzilgan A) a-4; b-1, 5; c-1, 3; d-2 B) a-2; b-4, 5; c-1, 2; d-3 C) a-1, 2; b-4; c-5; d-3 D) a-3; b-4; c-2; d-5 14 / 24 14. Qanday jarayonda quyidagi reaksiya amalga oshadi? ATF + H2O → ADF + H3PO4 + energiya (40 kJ) A) fotosintez jarayonining yorug‘lik bosqichi B) bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi hosil bo‘lishi C) membrana orqali moddalarning aktiv transporti D) kislorodli sharoitda sut kislotasining to‘liq parchalanishi 15 / 24 15. Qaysi javobda vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisiga xos xususiyat keltirilgan? A) transkripsiya jarayoni sitoplazmada amalga oshadi B) mitoxondriyalarida ATF sintezlanadi C) DNK si gistonli oqsillar bilan kompleks hosil qiladi D) organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiladi 16 / 24 16. Himoya funksiyasini bajaruvchi oqsilni aniqlang. A) kollagen B) polimeraza C) antitana D) amilaza 17 / 24 17. Tajriba maydonida seleksioner olim g‘o‘za o‘simligining tolalari oq va malla rangli xillarini chatishtirdi. F2 duragaylari 2192 tani tashkil qildi. Ular orasidan 548 tasi malla, 1104 tasi novvot rang, 540 tasi oq rangda bo‘ldi. Ushbu tajribada olingan novvot rangli duragaylarning nazariy jihatdan olinishi kerak bo‘lgan novvot rangli duragaylardan farqini toping. A) 4 ta kam B) 8 ta ko‘p C) 8 ta kam D) 4 ta ko‘p 18 / 24 18. Qaysi javobda aminokislotalar berilgan? A) prolin, tirozin B) tirozin, mum C) triptofan, uratsil D) fenilalanin, guanin 19 / 24 19. Autotrof oziqlanish xususiyatiga ega prokariot (a) va eukariot (b) organizmlarni aniqlang. 1) ossillatoriya; 2) oltingugurt bakteriyasi; 3) pichan bakteriyasi; 4) uchqat; 5) nitella; 6) volvoks; 7) midiya; 8) floks; 9) perlovitsa A) a-1, 2, 5; b-4, 8 B) a-2; b-5, 8 C) a-2, 3; b-6, 7, 8 D) a-3; b-7, 9 20 / 24 20. Quyidagi organizmlarga tegishli to‘g‘ri ta’riflarni juftlang. a)parmeliya; b) batsidiya A) a - eukariot organizm; b - yopishqoq lishaynik B) a - prokariot organizm; b - fototrof organizm C) a - fototrof organizm; b - prokariot organizm D) a - eukariot organizm; b - bargsimon lishaynik 21 / 24 21. Maltoza va saxarozaning umumiy xususiyatlarini ko‘rsating. 1) glikozid bog‘larga ega; 2) tarkibiga fruktoza kiradi; 3) suvda yaxshi eriydi; 4) qand lavlagi shakari hisoblanadi A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 3 D) 2, 4 22 / 24 22. Yeryong‘oq va yerbag‘ir tugmachagulga tegishli umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) murakkab barg; 2) hujayra devoriga ega; 3) quruq meva; 4) qiyshiq gul; 5) fitosenoz vakili; 6) murakkab gulqo‘rg‘on A) 1, 5, 6 B) 1, 2, 4 C) 3, 4, 6 D) 2, 3, 5 23 / 24 23. Odam organizmidagi timozin garmoniga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang? a) organizmda pigment almashinuvni boshqaradi; b) jinsiy bezlarni funksiyasini pasaytiradi; c) limfosit hosil bo‘lishini kuchaytiradi va immunitetni oshiradi; d) qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi; organizmda kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaradi; f) bolalar o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. A) d, e, c B) a, d, e C) a, b, f D) b, c, f 24 / 24 24. Sariq silliq donli (AaBb) no‘xatlarda tahliliy chatishtirish o‘tkazilganda qanday natijalar olinadi? 1) har ikki belgi bo‘yicha dominant genga ega organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 2) fenotip bo‘yicha nisbat 1:1:1:1 bo‘ladi; 3) organizmlarning 1/4 qismi ikkinchi belgi bo‘yicha retsessiv gomozigota bo‘ladi; 4) genotip bo‘yicha ota-onaga o‘xshash organizmlar 50%ni tashkil qiladi; 5) dominant digomozigota organizm hosil bo‘ladi A) 2, 4 B) 1, 2 C) 2, 3 D) 3, 5 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz