Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 141 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. V asrda barpo etilgan Zog‘ariq va Bo‘zsuv kanallari suv bilan ta’minlab turgan hududlarda qadimda qaysi xalqlar yashagan? A) saka-xaumovarka B) saka-tigraxauda C) saka-tiay-taradarayya D) massagetlar 2 / 25 2. Mil.avv II asr oxirida qudratli davlat birlashmasiga aylangan davlatning asosiy shaharlari qayerda joylashgan edi? A) Amudaryo sohillarida B) Sirdaryo sohillarida C) Farg`ona vodiysida D) Toshkent vohasida 3 / 25 3. Qaysi voqealar Xorazmshohlar va Chingizxon davlatlari o‘rtasida savdo aloqalari hamda elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi? A) Sharqiy Turkistonni Chingizxon tomonidan bosib olinishi B) Chingizxon tomonidan jo‘natilgan karvonni talanishi va Chingizxon elchisini Xorazmshoh tomonidan o‘ldirilishi C) Chingizxon Sulton Muhammaddan karvonni talagan O‘tror hokimini tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qilganligi D) Chingizxonning Xorazmshohni o‘z og‘li sifatida tilga olishi 4 / 25 4. Shayboniylar davrida oliy hukmdor xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga bo‘lib berishi qanday oqibatlarga olib keldi? 1) markaziy hokimiyatning zaiflashuviga; 2) markaziy hokimiyatning kuchayishiga; 3) viloyat hokimlari hokimiyati kuchayishiga; 4) viloyat hokimlari hokimiyati kuchsizlanishiga; 5) siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga; A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 3, 5 5 / 25 5. Jaloliddin Manguberdi qaysi davlatlar bilan munosabatni yaxshi o‘rnatib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzadi? A) Tatariston, Ozarbayjon, Gurjiston B) Ko‘niya, Jazira, Eron C) Turkiya, Eron, Misr D) Tabariston, Damashq, Misr 6 / 25 6. Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang. A) O‘rmonlarning kamligi va mamlakatning tog‘lar bilan o‘ralganligi; B) Qadimgi Yunonistonning Bolqon yarim oroli va O‘rta yer dengizi hududlarida joylashganligi; C) Yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz hududlariga suzib borishlari; D) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlarining mavjudligi. 7 / 25 7. Quyidagi qaysi shahar savdodan kelgan daromad hisobiga Yevropaning eng boy shahriga aylanadi? A) London B) Venetsiya C) Florensiya D) Rim 8 / 25 8. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. B) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. C) Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, qalb, o‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi. D) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. 9 / 25 9. Quyidagilardan noto‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan. B) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi. C) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi. D) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan. 10 / 25 10. Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi? A) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi B) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi C) Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi D) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab- quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planishi 11 / 25 11. O‘rta asrlarda Yevropada shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishidan tashqari qaysi hududlar madaniyati bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi? A) Yunonlar va Arab xalifaligi B) Rim va Vizantiya C) O‘rta Osiyo va Hindiston D) Vizantiya va Arab xalifaligi 12 / 25 12. Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o‘rgangan? A) rus, arab, tojik B) fransuz, ingliz, nemis C) yapon, xitoy, koreys D) turk, arab, fors 13 / 25 13. Ispan tarixchisi Pero Meksika tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Temur tuzuklari” B) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” C) “Amir Temur hikmatlari” D) “Buyuk Temur tarixi” 14 / 25 14. Qadimgi spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar? 1) hamma amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom; 2) xalqaro savdo yo‘llariga egalik qilish; 3) aniq rejalashtirilgan turmush tarzi; 4) tinimsiz harbiy yurishlarni olib borish; 5) yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo‘ravonlik; 6) mustahkam qal’a va saroylar qurish. A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 2, 3, 4 15 / 25 15. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko‘pchiligi qay tarzda tashkil topgan? A) koloniyalarning o‘zlashtirilishi natijasida B) koloniyalarning birlashtirilishi natijasida C) bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo‘li bilan D) uzoq davom etgan qonli urushlardan keyin 16 / 25 16. Ajnabiylar Spartada qanday mavqega ega edi? A) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan B) ular spartaliklarga qarindosh bo‘lishgan C) ular aslida spartaliklar bo‘lishsada ulardan qul sifatida foydalanishgan D) ular mamlakat ishlarida ishtiroki uchun maosh to‘lashgan 17 / 25 17. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Shimoliy Fransiyada B) Janubiy Vizantiyada C) Shimoliy Vizantiyada D) Janubiy Fransiyada 18 / 25 18. Eftaliylar davlatida qanday omil mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan? A) Hukmron sulola tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida B) Qo‘shni davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari C) Mamlakatda qisman tinchlik o‘rnatilganligi D) Savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil yo‘lga qo‘yilishi 19 / 25 19. Florensiyada shahar hokimlari to‘plangan boyliklar hisobidan me’morchilik obidalarini bunyod ettirib, qaysi sohalarni yuksaltirganlar? A) haykaltaroshlik va savdo-sotiq B) haykaltaroshlik va rassomchilik C) binokorlik va haykaltaroshlik D) savdo-sotiq, me’morchilik 20 / 25 20. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Tug‘luq Temur B) Kebekxon C) Abulxayrxon D) Munke 21 / 25 21. XIX asrning so‘nggi choragida AQSh iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o‘sishiga sabab nima? A) XVIII asrdagi barqaror iqtisodiy o‘sish B) AQShning dunyo imperiyasiga aylanishi C) latifundiyalarning bekor qilinishi D) dunyoning turli burchaklarida ulkan mustamlakalarning qo‘lga kiritilishi 22 / 25 22. Oltin O‘rda xonligida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug‘ullangan? A) Xon, xonning yaqin maslahatchilari, beklarbegi B) Bosqoq, vazir, no‘yon C) Xon va ulusbegi, no‘yon D) Bosqoq, no‘yon, ulusbegi 23 / 25 23. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan? A) saksoniyaliklar B) frankoniyaliklar C) shtaufenlar D) lyuksemburglar 24 / 25 24. Qadimgi hindlarning diniy e’tiqodiga oid quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud? A) Bosh xudolaridan biri-Ganesha donishmandlik xudosi bo‘lgan B) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur qilganlar C) Buddaviylik dini oldingilaridan insonning mavqei tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog‘liq bo‘lmasligi bilan farqlanadi D) Quyosh xudosi osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, yer yuzida qurg‘oqchilik tugadi 25 / 25 25. Qaysi voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi kuchsizlanib qoladi? A) Valiyon qal’asi yonida bo‘lgan jangdan so‘ng B) “Cho‘li Jaloliy” da bo‘lgan jangdan so‘ng C) Sind daryosi bo‘yida bo‘lgan jangdan so‘ng D) Parvon dashtidagi g‘alabadan so‘ng 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz