Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 255 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Quyidagi javoblardan Buxoro xonligida ashtarxoniylar hukmronligi davrida ta’limga oid to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. 1)XVII-XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktablar faoliyat yuritgan; 2)o‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan; 3)o‘g‘il bolalar maktablari masjidlar, madrasalar, xo‘jalik yurituvchi ustaxonalar qoshida yoki xususiy maktabdorlar xonadonlarida tashkil etilgan; 4)qiz bolalar maktablari badavlat kishilar yoki o‘qituvchi ayollar uylarida tashkil etilgan; 5)bolalar maktabga 5-6 yoshdan berilgan; 6)bolalar maktabda 5-8 yil davomida boshlang‘ich ta’lim olganlar; A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5 2 / 25 2. Xivaning XVI asrdan 1812-yilga qadar bo`lgan tarixini yozgan tarixchining jiyani nechta asarning muallifi bo`lgan? A) 16 ta B) 13 ta C) 15 ta D) 12 ta 3 / 25 3. Ajnabiylar Spartada qanday mavqega ega edi? A) ular spartaliklarga qarindosh bo‘lishgan B) ular mamlakat ishlarida ishtiroki uchun maosh to‘lashgan C) ular aslida spartaliklar bo‘lishsada ulardan qul sifatida foydalanishgan D) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan 4 / 25 4. Ispan tarixchisi Pero Meksika tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Buyuk Temur tarixi” B) “Temur tuzuklari” C) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” D) “Amir Temur hikmatlari” 5 / 25 5. Qadimgi hindlarning diniy e’tiqodiga oid quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud? A) Bosh xudolaridan biri-Ganesha donishmandlik xudosi bo‘lgan B) Quyosh xudosi osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, yer yuzida qurg‘oqchilik tugadi C) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur qilganlar D) Buddaviylik dini oldingilaridan insonning mavqei tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog‘liq bo‘lmasligi bilan farqlanadi 6 / 25 6. Quyidagi qaysi shahar savdodan kelgan daromad hisobiga Yevropaning eng boy shahriga aylanadi? A) Florensiya B) London C) Venetsiya D) Rim 7 / 25 7. Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang. A) Yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz hududlariga suzib borishlari; B) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlarining mavjudligi. C) Qadimgi Yunonistonning Bolqon yarim oroli va O‘rta yer dengizi hududlarida joylashganligi; D) O‘rmonlarning kamligi va mamlakatning tog‘lar bilan o‘ralganligi; 8 / 25 8. Baqtriyadan tashqari Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga yana qaysi oʻlkalar kirgan? A) Soʻgʻd va Xorazm B) Margʻiyona va Soʻgʻdiyona C) Xorazm va Parfiya D) Xorazm va Margʻiyona 9 / 25 9. XIX asrning so‘nggi choragida AQSh iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o‘sishiga sabab nima? A) latifundiyalarning bekor qilinishi B) dunyoning turli burchaklarida ulkan mustamlakalarning qo‘lga kiritilishi C) XVIII asrdagi barqaror iqtisodiy o‘sish D) AQShning dunyo imperiyasiga aylanishi 10 / 25 10. Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o‘rgangan? A) rus, arab, tojik B) fransuz, ingliz, nemis C) yapon, xitoy, koreys D) turk, arab, fors 11 / 25 11. Qadimgi spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar? 1) hamma amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom; 2) xalqaro savdo yo‘llariga egalik qilish; 3) aniq rejalashtirilgan turmush tarzi; 4) tinimsiz harbiy yurishlarni olib borish; 5) yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo‘ravonlik; 6) mustahkam qal’a va saroylar qurish. A) 2, 3, 6 B) 1, 2, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4 12 / 25 12. Toshdan o‘ta oddiy mehnat qurollari yasashni bilgan eng qadimgi odamning suyak qoldiqlari topilgan hududni aniqlang? A) g‘arbiy va shimoiy Afrika B) sharqiy va g‘arbiy Afrika C) shimoliy va sharqiy Afrika D) janubiy va sharqiy Afrika 13 / 25 13. Eftaliylar davlatida qanday omil mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan? A) Savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil yo‘lga qo‘yilishi B) Mamlakatda qisman tinchlik o‘rnatilganligi C) Qo‘shni davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari D) Hukmron sulola tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida 14 / 25 14. Jaloliddin Manguberdi qaysi davlatlar bilan munosabatni yaxshi o‘rnatib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzadi? A) Turkiya, Eron, Misr B) Tabariston, Damashq, Misr C) Tatariston, Ozarbayjon, Gurjiston D) Ko‘niya, Jazira, Eron 15 / 25 15. Shayboniylar davrida oliy hukmdor xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga bo‘lib berishi qanday oqibatlarga olib keldi? 1) markaziy hokimiyatning zaiflashuviga; 2) markaziy hokimiyatning kuchayishiga; 3) viloyat hokimlari hokimiyati kuchayishiga; 4) viloyat hokimlari hokimiyati kuchsizlanishiga; 5) siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga; A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3 16 / 25 16. Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi? A) Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi B) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi C) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab- quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planishi D) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi 17 / 25 17. Quyidagilardan noto‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan. B) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi. C) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan. D) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi. 18 / 25 18. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Shimoliy Fransiyada B) Janubiy Fransiyada C) Shimoliy Vizantiyada D) Janubiy Vizantiyada 19 / 25 19. Qadimgi davrda yunon shaharlarining ko‘pchiligi qay tarzda tashkil topgan? A) uzoq davom etgan qonli urushlardan keyin B) bir qancha manzilgohlarning birlashishi yo‘li bilan C) koloniyalarning birlashtirilishi natijasida D) koloniyalarning o‘zlashtirilishi natijasida 20 / 25 20. Oltin O‘rda xonligida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug‘ullangan? A) Xon va ulusbegi, no‘yon B) Xon, xonning yaqin maslahatchilari, beklarbegi C) Bosqoq, vazir, no‘yon D) Bosqoq, no‘yon, ulusbegi 21 / 25 21. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. B) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. C) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. D) Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, qalb, o‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi. 22 / 25 22. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Abulxayrxon B) Tug‘luq Temur C) Kebekxon D) Munke 23 / 25 23. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan? A) frankoniyaliklar B) lyuksemburglar C) saksoniyaliklar D) shtaufenlar 24 / 25 24. O‘rta asrlarda Yevropada shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishidan tashqari qaysi hududlar madaniyati bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi? A) Rim va Vizantiya B) O‘rta Osiyo va Hindiston C) Yunonlar va Arab xalifaligi D) Vizantiya va Arab xalifaligi 25 / 25 25. Florensiyada shahar hokimlari to‘plangan boyliklar hisobidan me’morchilik obidalarini bunyod ettirib, qaysi sohalarni yuksaltirganlar? A) haykaltaroshlik va rassomchilik B) haykaltaroshlik va savdo-sotiq C) binokorlik va haykaltaroshlik D) savdo-sotiq, me’morchilik 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6