Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 9-sinf Tarix olimpiada №3 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 9-sinf Tarix olimpiada №3 InfoMaster Avgust 19, 2024 147 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 12345678910111213141516171819202122232425 9-sinf Tarix olimpiada №3 2021-2022 o'quv yilida viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 1. Boqi Muhammad qanday tadbirlarni amalga oshiradi? A) qo‘shin tarkibini yangilash va muntazam qo‘shin tashkil etdi; B) mamlakatdan jungorlarni haydab chiqarish, Toshkentda qozoqlar hukmronligiga chek qo‘ydi; C) agrar islohot o‘tkazildi, yer egalarining soliq tolamaslik tartibi bekor qilindi; D) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko‘p urindi. Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo‘ysundirdi; 2 / 25 2. Quyidagi atamalar juftligidan qaysi biri bir xil ma’noni beradi? A) sanoat-industriya B) sudebnik-edikt C) deklaratsiya-bill D) patent-dividend 3 / 25 3. XIV asrda Chig‘atoy xonlaridan kim birinchi bo‘lib o‘z qarorgohini Movarounnahrga ko‘chirgan? A) Abulxayrxon B) Tug‘luq Temur C) Munke D) Kebekxon 4 / 25 4. Shayboniylar davriga oid xato berilgan ma’lumotni aniqlang. A) Qo‘shin tarkibiga ko‘ra, asosan, qalb, o‘ng va chap qanot askarlardan iborat edi. B) Qo‘shin tuzilishi va uning harbiy yurishlari davridagi harakati tizimli va tartibli bo‘lgan. C) Shayboniylar ham o‘z davriga yarasha qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘lganlar. D) Qo‘shin o‘sha davrda foydalanilgan harbiy qurol-yarog‘larning barcha turidan mohirona foydalana olgan. 5 / 25 5. Qadimgi yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratgan omillarni aniqlang. A) O‘rmonlarning kamligi va mamlakatning tog‘lar bilan o‘ralganligi; B) Qadimgi Yunonistonning Bolqon yarim oroli va O‘rta yer dengizi hududlarida joylashganligi; C) Egey dengizidagi ko‘p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg‘oqlarining mavjudligi. D) Yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga – Misrga hamda O‘rtayer va Qora dengiz hududlariga suzib borishlari; 6 / 25 6. Qadimgi spartaliklar kuchli davlat tuzish uchun qanday shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratganlar? 1) hamma amal qilishi lozim bo‘lgan qat’iy intizom; 2) xalqaro savdo yo‘llariga egalik qilish; 3) aniq rejalashtirilgan turmush tarzi; 4) tinimsiz harbiy yurishlarni olib borish; 5) yengilganlarga qarshi shafqatsiz zo‘ravonlik; 6) mustahkam qal’a va saroylar qurish. A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 6 D) 1, 2, 5 7 / 25 7. Qadimgi hindlarning diniy e’tiqodiga oid quyidagi fikrlardan qaysi birida xatolik mavjud? A) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur qilganlar B) Buddaviylik dini oldingilaridan insonning mavqei tabaqalarga ham, jamiyatdagi maqomiga ham bog‘liq bo‘lmasligi bilan farqlanadi C) Bosh xudolaridan biri-Ganesha donishmandlik xudosi bo‘lgan D) Quyosh xudosi osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach, yer yuzida qurg‘oqchilik tugadi 8 / 25 8. Qaysi voqealar Xorazmshohlar va Chingizxon davlatlari o‘rtasida savdo aloqalari hamda elchilik munosabatlari tamomila uzilganini bildirar edi? A) Sharqiy Turkistonni Chingizxon tomonidan bosib olinishi B) Chingizxonning Xorazmshohni o‘z og‘li sifatida tilga olishi C) Chingizxon Sulton Muhammaddan karvonni talagan O‘tror hokimini tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qilganligi D) Chingizxon tomonidan jo‘natilgan karvonni talanishi va Chingizxon elchisini Xorazmshoh tomonidan o‘ldirilishi 9 / 25 9. Toshdan o‘ta oddiy mehnat qurollari yasashni bilgan eng qadimgi odamning suyak qoldiqlari topilgan hududni aniqlang? A) g‘arbiy va shimoiy Afrika B) shimoliy va sharqiy Afrika C) janubiy va sharqiy Afrika D) sharqiy va g‘arbiy Afrika 10 / 25 10. Germaniyada imperatorlikni boshlab bergan hukmdor qaysi suloladan bo‘lgan? A) frankoniyaliklar B) shtaufenlar C) lyuksemburglar D) saksoniyaliklar 11 / 25 11. Baqtriyadan tashqari Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga yana qaysi oʻlkalar kirgan? A) Margʻiyona va Soʻgʻdiyona B) Soʻgʻd va Xorazm C) Xorazm va Parfiya D) Xorazm va Margʻiyona 12 / 25 12. Oltin O‘rda xonligida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug‘ullangan? A) Bosqoq, vazir, no‘yon B) Xon va ulusbegi, no‘yon C) Bosqoq, no‘yon, ulusbegi D) Xon, xonning yaqin maslahatchilari, beklarbegi 13 / 25 13. Amir Temur qaysi xalqlar tarixini chuqur o‘rgangan? A) rus, arab, tojik B) yapon, xitoy, koreys C) fransuz, ingliz, nemis D) turk, arab, fors 14 / 25 14. Eftaliylar davlatida qanday omil mamlakatda dehqonchilik, sun’iy sug‘orish, hunarmandchilik, bog‘dorchilik, chorvachilik ravnaq topishiga asos bo‘lgan? A) Mamlakatda qisman tinchlik o‘rnatilganligi B) Hukmron sulola tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida C) Savdo-iqtisodiy munosabatlarning izchil yo‘lga qo‘yilishi D) Qo‘shni davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalari 15 / 25 15. Shayboniylar davrida oliy hukmdor xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga bo‘lib berishi qanday oqibatlarga olib keldi? 1) markaziy hokimiyatning zaiflashuviga; 2) markaziy hokimiyatning kuchayishiga; 3) viloyat hokimlari hokimiyati kuchayishiga; 4) viloyat hokimlari hokimiyati kuchsizlanishiga; 5) siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga; A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 5 D) 2, 3, 4 16 / 25 16. Jaloliddin Manguberdi qaysi davlatlar bilan munosabatni yaxshi o‘rnatib, mo‘g‘ullarga qarshi ittifoq tuzadi? A) Tabariston, Damashq, Misr B) Tatariston, Ozarbayjon, Gurjiston C) Turkiya, Eron, Misr D) Ko‘niya, Jazira, Eron 17 / 25 17. Quyidagi qaysi shahar savdodan kelgan daromad hisobiga Yevropaning eng boy shahriga aylanadi? A) Venetsiya B) Florensiya C) Rim D) London 18 / 25 18. Quyidagilardan noto‘g‘ri mulohazani aniqlang. A) Abdullaxon II davrida qisqa muddatga bo‘lsa-da, xonlik hududi yana kengaydi. B) Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng Xorazm butunlay qo‘ldan chiqdi. C) Muhammad Shayboniyxon tashkil etgan davlat hududining chegarasi har doim ham muqim bo‘lmagan. D) Shayboniyxon hukmdorligi davrida uning davlati tarkibiga Movarounnahrdan tashqari Eron va Xuroson hududlari ham kirgan. 19 / 25 19. Ajnabiylar Spartada qanday mavqega ega edi? A) ajnabiylar Spartaga kiritilmagan B) ular mamlakat ishlarida ishtiroki uchun maosh to‘lashgan C) ular spartaliklarga qarindosh bo‘lishgan D) ular aslida spartaliklar bo‘lishsada ulardan qul sifatida foydalanishgan 20 / 25 20. Ispan tarixchisi Pero Meksika tomonidan Amir Temur hayotiga bag‘ishlab yozilgan asarni ko‘rsating. A) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi” B) “Temur tuzuklari” C) “Buyuk Temur tarixi” D) “Amir Temur hikmatlari” 21 / 25 21. O‘rta asrlarda Yevropada shaharlarning yuksalishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishidan tashqari qaysi hududlar madaniyati bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi? A) Vizantiya va Arab xalifaligi B) Rim va Vizantiya C) O‘rta Osiyo va Hindiston D) Yunonlar va Arab xalifaligi 22 / 25 22. XII asr o‘rtalarida Yevropa me’morchiligida gotika uslubi qayerda vujudga kelgan? A) Shimoliy Vizantiyada B) Janubiy Vizantiyada C) Janubiy Fransiyada D) Shimoliy Fransiyada 23 / 25 23. Florensiyada shahar hokimlari to‘plangan boyliklar hisobidan me’morchilik obidalarini bunyod ettirib, qaysi sohalarni yuksaltirganlar? A) haykaltaroshlik va rassomchilik B) savdo-sotiq, me’morchilik C) haykaltaroshlik va savdo-sotiq D) binokorlik va haykaltaroshlik 24 / 25 24. XIX asrning so‘nggi choragida AQSh iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan o‘sishiga sabab nima? A) latifundiyalarning bekor qilinishi B) AQShning dunyo imperiyasiga aylanishi C) dunyoning turli burchaklarida ulkan mustamlakalarning qo‘lga kiritilishi D) XVIII asrdagi barqaror iqtisodiy o‘sish 25 / 25 25. Quyidagi qaysi omil ashtarxoniylar davrida markaziy hokimiyatni deyarli yo‘qqa chiqardi? A) devonlar mahalliy hokimliklarni boshqarish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishi B) viloyatlarda butun hokimiyat viloyat hokimlari va ularni qo‘llab- quvvatlovchi mahalliy kuchlar qo‘lida to‘planishi C) Ashtarxoniylar davrida devonlar tizimi deyarli barbod bo‘lishi D) Markazda butun hokimiyat dargohda to‘planib qolishi 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz