Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 13 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 Erkin kishilarga qirol amaldorlari o‘zboshimchaliklari va ortiqcha jarimalardan himoya qilish va’da qilingan hujjatni aniqlang. A) «Rus haqiqati» B) «Dahshatli sud kitobi» C) «Buyuk ozodlik xartiyasi» D) «Sali haqiqati» 2 / 24 XVII asrning II yarmida Germaniyaga dushmanlik kayfiyati bilan qarovchi davlatlarni toping. 1.Fransiya 2.Turkiya 3.Angliya 4Shvetsiya 5.Rossiya A) 1,2,5 B) 1,4,5 C) 1,2,3 D) 1,2,4 3 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a C) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 4 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. B) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. C) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. D) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. 5 / 24 Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi qaratilgan qo‘zg‘olon nomini aniqlang? A) Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni B) Abruy qo‘zg‘oloni C) Bobiylar qo‘zg‘oloni D) Sipohiylar qo‘zg‘oloni 6 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi B) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi C) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi D) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi 7 / 24 XIX asr boshlarida quyidagi qaysi davlatda yagona fuqarolik ham bo‘lmagan? A) Fransiya B) Germaniya C) Shvetsiya D) Angliya 8 / 24 Toshkentda yuz bergan “Vabo isyoni”dan so‘ng “Favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi? A) shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘i yoki uyezd qo‘mondoni B) Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va Duma C) viloyat harbiy gubernatori va volostnoy D) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib 9 / 24 Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari qaysi sohalarda paydo bo‘ldi? A) teriga ishlov berish va tog‘-kon sanoati B) yog‘-moy va paxtachilik sanoati C) baliq va go‘sht sanoati D) paxta tozalash va baliqchilik sanoati 10 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; B) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; C) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; D) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; 11 / 24 Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b) tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 2) Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar; 3) Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar; 4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan; 5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar; 6) X asrning birinchi choragida shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan A) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 B) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 C) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 D) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 12 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Meksika B) Peru C) Braziliya D) Argentina 13 / 24 Dehli sultonligiga shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini bergan omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Harbiylar, qo‘shin boshliqlari noiblikka tayinlanishi B) Mamlakatning markazlashuvi C) Butun mamlakat hududida musulmonlar hokimiyati o‘rnatilishi D) Kuchli va intizomli qo‘shin bo‘lishi 14 / 24 Turkiston ASSRda ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi qachon tuzildi? A) 1918-yil 25-iyun B) 1919-yil 27-mart C) 1918-yil 20-noyabr D) 1918-yil 22-noyabr 15 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti B) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi C) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi D) Islom dining qabul qilinishi 16 / 24 Quyida berilganlardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni belgilang. 1) Yosimune Tokugava 1716-1745-yillarda hukmronlik qilgan; 2) 1864-yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar; 3) Argentinada 1810-yilda mustaqillik uchun qurolli kurash boshlandi; 4) 1816-yilda Paragvay mustaqillikka erishdi; 5) 1325-yilda Dehli sultonligi taxtiga Muhammad Tug‘luq keldi. A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 2, 4 17 / 24 O‘rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj viloyatlar orasidagi feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi? A) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish B) mehnat taqsimoti C) yangi tabaqalar shakllanishi D) kuchli qirol hokimiyatiga bo‘lgan ehtiyoj 18 / 24 XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining janubiy chegaralari qaysi tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olgan? A) Sho‘g‘non, Darvoz, Vaxsh, O‘sh B) Panj, Ko‘lob, O‘zgan, Sho‘g‘non C) Vaxsh, Hisor, Darvoz, Qorategin D) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non 19 / 24 Amir Temur quyidagi qaysi ilmlardan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. A) Astranomiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix B) Kartografiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix C) Fiqh, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix D) Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix 20 / 24 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misrni birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerda mag‘lubiyatga uchraydi? A) Marog‘a B) Arzinjon C) Basra D) Garni 21 / 24 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch. Stoddart va A. Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi? A) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Buxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish B) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish C) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish D) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish 22 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri B) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri C) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri D) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri 23 / 24 Qaysi davlat sut va sut mahsulotlari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi? A) Moldaviya B) Belorussiya C) Ukraina D) Estoniya 24 / 24 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya qanday ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi? A) neft mahsulotlari importi B) yalpi ichki mahsulot hajmi C) chetga kapital chiqarish D) yengil avtomabil eksporti 0% Testni qayta ishga tushiring Tomonidan Wordpress Quiz plugin Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz