Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 97 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 “Temur tuzuklari”ga muvofiq, qaysi bir amir biron qo‘shinni yengsa yoki mamlakatni olsa unga nimalar hadya etilgan? A) biron sarhadning noibligi B) barcha javob to‘g‘ri C) Tug‘, nog‘ora va bahodirlik martabasi D) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi 2 / 24 Tombuktu madrasasida qaysi fanlar o’qitilgan? 1 ilohiyot 2 tarix 3 fiqh 4 matematika 5 geografiya 6 tibbiyot 7 astronomiya A) 1,2,3,4,5,7 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,3,4,7 D) 1,2,3,4,5 3 / 24 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch. Stoddart va A. Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi? A) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish B) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish C) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Buxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish D) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish 4 / 24 Qaysi davlat sut va sut mahsulotlari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi? A) Ukraina B) Estoniya C) Belorussiya D) Moldaviya 5 / 24 Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari qaysi sohalarda paydo bo‘ldi? A) yog‘-moy va paxtachilik sanoati B) teriga ishlov berish va tog‘-kon sanoati C) paxta tozalash va baliqchilik sanoati D) baliq va go‘sht sanoati 6 / 24 Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi qaratilgan qo‘zg‘olon nomini aniqlang? A) Abruy qo‘zg‘oloni B) Sipohiylar qo‘zg‘oloni C) Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni D) Bobiylar qo‘zg‘oloni 7 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi B) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi C) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi D) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi 8 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; B) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; C) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; D) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; 9 / 24 Kimlar Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan? A) so‘g‘d va massaget suvoriylari B) sak va massaget piyodalari C) xorazmlik jangchilar D) sak va baqtriya suvoriylari 10 / 24 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misrni birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerda mag‘lubiyatga uchraydi? A) Basra B) Garni C) Arzinjon D) Marog‘a 11 / 24 Dehli sultonligiga shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini bergan omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Butun mamlakat hududida musulmonlar hokimiyati o‘rnatilishi B) Kuchli va intizomli qo‘shin bo‘lishi C) Harbiylar, qo‘shin boshliqlari noiblikka tayinlanishi D) Mamlakatning markazlashuvi 12 / 24 Xorazm qaysi hududlar bilan diplomatik aloqa olib borgan? A) Kushon podsholigi va qang‘lar bilan B) Vizantiya va turklar bilan C) Rim imperiyasi va saljuqiylar bilan D) Arablar va yahudiylar bilan 13 / 24 XIX asr boshlarida quyidagi qaysi davlatda yagona fuqarolik ham bo‘lmagan? A) Germaniya B) Shvetsiya C) Angliya D) Fransiya 14 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi B) Islom dining qabul qilinishi C) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti D) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi 15 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Braziliya B) Peru C) Argentina D) Meksika 16 / 24 Quyida berilganlardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni belgilang. 1) Yosimune Tokugava 1716-1745-yillarda hukmronlik qilgan; 2) 1864-yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar; 3) Argentinada 1810-yilda mustaqillik uchun qurolli kurash boshlandi; 4) 1816-yilda Paragvay mustaqillikka erishdi; 5) 1325-yilda Dehli sultonligi taxtiga Muhammad Tug‘luq keldi. A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 4, 5 17 / 24 Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b) tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 2) Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar; 3) Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar; 4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan; 5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar; 6) X asrning birinchi choragida shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan A) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 B) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 C) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 D) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 18 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri B) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri C) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri D) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri 19 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a D) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c 20 / 24 Quyidagilardan qaysi biri Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kirmaydi? A) “Ravzat us-safo” B) “Tarixi jahonkusho” C) “Al-Komil fit-tarix” D) “Habib us-siyar” 21 / 24 O‘rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj viloyatlar orasidagi feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi? A) kuchli qirol hokimiyatiga bo‘lgan ehtiyoj B) yangi tabaqalar shakllanishi C) mehnat taqsimoti D) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish 22 / 24 Amir Temur quyidagi qaysi ilmlardan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. A) Fiqh, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix B) Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix C) Kartografiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix D) Astranomiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix 23 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. B) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. C) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. D) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. 24 / 24 XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining janubiy chegaralari qaysi tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olgan? A) Sho‘g‘non, Darvoz, Vaxsh, O‘sh B) Panj, Ko‘lob, O‘zgan, Sho‘g‘non C) Vaxsh, Hisor, Darvoz, Qorategin D) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz