Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 118 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 1 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 “G‘alabadan xabar beruvchi shohnoma” asarining muallifini toping. A) Mulla Ali qori Qunduziy B) Hakimxon To‘ra ibn Sayid Ma’sumxon C) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy D) Mulla Niyoz Muhammad Ho‘qandiy 2 / 24 Qachon Rim Misrni o’z provinsiyasiga aylantirgan? A) Mil.avv.29-yilda B) Mil.avv.14-yilda C) Mil.avv.30-yilda D) Mil.avv.31-yilda 3 / 24 Amir Temur quyidagi qaysi ilmlardan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. A) Kartografiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix B) Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix C) Astranomiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix D) Fiqh, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix 4 / 24 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misrni birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerda mag‘lubiyatga uchraydi? A) Basra B) Marog‘a C) Arzinjon D) Garni 5 / 24 Toshkentda yuz bergan “Vabo isyoni”dan so‘ng “Favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi? A) Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va Duma B) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib C) viloyat harbiy gubernatori va volostnoy D) shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘i yoki uyezd qo‘mondoni 6 / 24 Kimlar Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan? A) sak va massaget piyodalari B) so‘g‘d va massaget suvoriylari C) xorazmlik jangchilar D) sak va baqtriya suvoriylari 7 / 24 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya qanday ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi? A) yengil avtomabil eksporti B) neft mahsulotlari importi C) yalpi ichki mahsulot hajmi D) chetga kapital chiqarish 8 / 24 Quyida berilganlardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni belgilang. 1) Yosimune Tokugava 1716-1745-yillarda hukmronlik qilgan; 2) 1864-yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar; 3) Argentinada 1810-yilda mustaqillik uchun qurolli kurash boshlandi; 4) 1816-yilda Paragvay mustaqillikka erishdi; 5) 1325-yilda Dehli sultonligi taxtiga Muhammad Tug‘luq keldi. A) 1, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4 9 / 24 Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari qaysi sohalarda paydo bo‘ldi? A) teriga ishlov berish va tog‘-kon sanoati B) yog‘-moy va paxtachilik sanoati C) baliq va go‘sht sanoati D) paxta tozalash va baliqchilik sanoati 10 / 24 Qaysi davlat sut va sut mahsulotlari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi? A) Ukraina B) Estoniya C) Moldaviya D) Belorussiya 11 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri B) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri C) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri D) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri 12 / 24 Quyidagilardan qaysi biri Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kirmaydi? A) “Ravzat us-safo” B) “Tarixi jahonkusho” C) “Habib us-siyar” D) “Al-Komil fit-tarix” 13 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Meksika B) Peru C) Argentina D) Braziliya 14 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi B) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi C) Islom dining qabul qilinishi D) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti 15 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. B) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. C) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. D) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. 16 / 24 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch. Stoddart va A. Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi? A) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Buxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish B) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish C) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish D) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish 17 / 24 Quyidagilardan Qarluqlar (a) va O‘g‘uzlar (b) tarixiga oid ma’lumotlar mos ravishda to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) turkman, ozarbayjon, qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 2) Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashaganlar; 3) Yettisuv o‘lkasida o‘z davlatlariga asos solganlar; 4) davlat poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri bo‘lgan; 5) Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim yashaganlar va shu hududda o‘z davlatlariga asos solganlar; 6) X asrning birinchi choragida shimoli-sharqdan qo‘zg‘algan qipchoqlar zarbasiga uchrab bo‘linib ketgan; 7) o‘zbek va tojiklarning etnogenezida muhim rol o‘ynagan; 8) davlat poytaxti Yangikent shahri bo‘lgan A) a-2, 3, 4, 6; b-1, 5, 7, 8 B) a-1, 3, 7, 8; b-2, 4, 5, 6 C) a-2, 3, 4, 7; b-1, 5, 6, 8 D) a-1, 3, 6, 8; b-2, 4, 5, 7 18 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; B) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; C) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; D) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; 19 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a 20 / 24 Xorazm qaysi hududlar bilan diplomatik aloqa olib borgan? A) Rim imperiyasi va saljuqiylar bilan B) Vizantiya va turklar bilan C) Arablar va yahudiylar bilan D) Kushon podsholigi va qang‘lar bilan 21 / 24 Dehli sultonligiga shimoldan mo‘g‘ullar hujumlarini qaytarish imkonini bergan omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? A) Mamlakatning markazlashuvi B) Butun mamlakat hududida musulmonlar hokimiyati o‘rnatilishi C) Kuchli va intizomli qo‘shin bo‘lishi D) Harbiylar, qo‘shin boshliqlari noiblikka tayinlanishi 22 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi B) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi C) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi D) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi 23 / 24 XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining janubiy chegaralari qaysi tog‘li o‘lkalarni o‘z ichiga olgan? A) Sho‘g‘non, Darvoz, Vaxsh, O‘sh B) Panj, Ko‘lob, O‘zgan, Sho‘g‘non C) Vaxsh, Hisor, Darvoz, Qorategin D) Qorategin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non 24 / 24 O‘rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj viloyatlar orasidagi feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi? A) kuchli qirol hokimiyatiga bo‘lgan ehtiyoj B) yangi tabaqalar shakllanishi C) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish D) mehnat taqsimoti 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz