Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaViloyat 2021-2022 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 97 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 123456789101112131415161718192021222324 11-sinf Tarix olimpiada №2 2021-2022 o'quv yili viloyat bosqichida tushgan savollar. 1 / 24 Buxoro xoni Nodir Muhammad davrida davlatchilik asoslari zaiflashuviga olib kelgan omilni aniqlang. A) Hindiston bilan diplomatik munosabatlarning uzilishi B) qalmoqlar va jung‘orlar bilan kelishuvchilik siyosati C) mamlakatning asosiy viloyatlarini o‘g‘illari va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berilishi D) soliqlarning haddan ziyod oshirilishi 2 / 24 Gananing katta boyligi … bo’lgan. A) choy B) g`alla C) oltin D) to`qimachilik 3 / 24 Eron tarixida nasab (familiya) joriy qilingan yili yuz bergan voqeani aniqlang. A) Italiyada Mussalini tomonidan irqiy qonunlar chiqarildi; B) Aleksandr Flem tomonidan Penicillium ixtiro qilindi; C) Millatlar Ligasi tomonidan “Qullik haqida” konvensiya qabul qilindi; D) Chan Kayshi boshchiligidagi armiya Shimolga yurish boshladi; 4 / 24 1842-yilda Buxoro amiri tomonidan qatl etilgan Ch. Stoddart va A. Konnolilar Buxoroga qanday taklif bilan kelgan edi? A) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ingliz harbiy mutaxassislarini Buxoroga yuborish, savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish B) o‘zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy sohillarida ingliz harbiy istehkomlarini qurish C) O‘rta Osiyo davlatlariga harbiy sohada yordam berish va ular bilan Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy ittifoq tuzish D) Sirdaryo sohillarida harbiy istehkomlar qurish, ularning qurilishida ingliz muxandislarini taklif qilish 5 / 24 Quyidagi atamalarning ma’nolari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) moliya; 2) trest; 3) kapital; 4) ssuda; a)moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‘lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik; b) sarmoya, o‘z egasiga daromad keltiruvchi jami vositalar va mablag‘lar, ya’ni qiymat keltiruvchi, o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat; c) ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi; d) maqsadli pul jamg‘armalarini vujudga keltiruvchi, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar A) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a 6 / 24 Qoraqalpoqlarda dastlabki sanoat korxonalari qaysi sohalarda paydo bo‘ldi? A) yog‘-moy va paxtachilik sanoati B) paxta tozalash va baliqchilik sanoati C) baliq va go‘sht sanoati D) teriga ishlov berish va tog‘-kon sanoati 7 / 24 Berilgan variantlardan qaysi biri voqea xronologik jihatdan keyinroq sodir bo‘lgan ? A) Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi B) Efiopiya hukmdori Menelik sudanliklar foydasiga bitim imzoladi C) Istanbulda Suvaysh kanali bo‘yicha konvensiya imzolandi D) Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi 8 / 24 Turkiston ASSRda ocharchilikka qarshi kurash Markaziy komissiyasi qachon tuzildi? A) 1919-yil 27-mart B) 1918-yil 22-noyabr C) 1918-yil 20-noyabr D) 1918-yil 25-iyun 9 / 24 To‘g‘ri ma’lumotni toping. A) Doro I Qizil dengizi bo‘ylarida yashovchi skiflar ustiga yurish qildi. B) Doro I Suza shahridan Qora dengiziga qadar “shoh yo‘li” degan savdo yo‘lini qurdirgan. C) Doro I butun mamlakat uchun “numisma” deb nomlangan mis tangani muomalaga kiritdi. D) Doro I saltanatni “satrapliklar” deb nomlangan alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga taqsimladi. 10 / 24 Quyidagilardan qaysi biri Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumot beruvchi asarlar sirasiga kirmaydi? A) “Tarixi jahonkusho” B) “Habib us-siyar” C) “Al-Komil fit-tarix” D) “Ravzat us-safo” 11 / 24 1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq, Misrni birlashgan qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari qayerda mag‘lubiyatga uchraydi? A) Garni B) Basra C) Marog‘a D) Arzinjon 12 / 24 Amir Temur quyidagi qaysi ilmlardan ham yaxshigina xabardor bo‘lgan. A) Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix B) Kartografiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix C) Astranomiya, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix D) Fiqh, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix 13 / 24 XIX asr boshlarida quyidagi qaysi davlatda yagona fuqarolik ham bo‘lmagan? A) Shvetsiya B) Fransiya C) Germaniya D) Angliya 14 / 24 Qaysi davlat sut va sut mahsulotlari yetkazib beruvchi dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga kiradi? A) Moldaviya B) Ukraina C) Belorussiya D) Estoniya 15 / 24 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya qanday ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib oldi? A) chetga kapital chiqarish B) yalpi ichki mahsulot hajmi C) yengil avtomabil eksporti D) neft mahsulotlari importi 16 / 24 Ilk o‘rta asrlarda Arab xalifaligida boshlangan qaysi jarayon mamlakatda hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib keladi? A) Islom dining qabul qilinishi B) Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar barpo etilishi C) aniq fanlar – matematika, astronomiya, geografiyaning taraqqiyoti D) Mulkiy tengisizlikning kuchayishi 17 / 24 O‘rta asrlarda Fransiyada qanday ehtiyoj viloyatlar orasidagi feodal tarqoqlikni tugatishni taqozo etardi? A) kuchli qirol hokimiyatiga bo‘lgan ehtiyoj B) mehnat taqsimoti C) iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish D) yangi tabaqalar shakllanishi 18 / 24 Kimlar Kserks qo‘shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan? A) xorazmlik jangchilar B) sak va baqtriya suvoriylari C) sak va massaget piyodalari D) so‘g‘d va massaget suvoriylari 19 / 24 Toshkentda yuz bergan “Vabo isyoni”dan so‘ng “Favqulodda muhofazada” deb e’lon qilingan joylarda hokimiyat kimning qo‘liga o‘tdi? A) Rossiya imperiyasi ichki ishlar vaziri va Duma B) shu hududdagi politsiya mahkamasi boshlig‘i yoki uyezd qo‘mondoni C) general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib D) viloyat harbiy gubernatori va volostnoy 20 / 24 Xorazm qaysi hududlar bilan diplomatik aloqa olib borgan? A) Kushon podsholigi va qang‘lar bilan B) Vizantiya va turklar bilan C) Arablar va yahudiylar bilan D) Rim imperiyasi va saljuqiylar bilan 21 / 24 Qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar asoratiga qarshi qaratilgan qo‘zg‘olon nomini aniqlang? A) Abruy qo‘zg‘oloni B) Bobiylar qo‘zg‘oloni C) Sipohiylar qo‘zg‘oloni D) Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni 22 / 24 BRIKS tashkilotiga a’zo bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatini aniqlang. A) Braziliya B) Peru C) Meksika D) Argentina 23 / 24 IV аsrdа Vizаntiya tаrkibigа qaysi hududlar kirgаn? A) Sitsiliya oroli, Kichik Оsiyo, Apinnin yarim oroli, Sardiniya, Fаlаstin, Malta va Kiрr оrоllаri B) Bоlqоn yarim оrоli, Apinnin yarim oroli, Galliya, Suriya, Fаlаstin, Misr va Kiрr оrоllаri C) Pireney yarim оrоli, Old Оsiyo, Germaniya, Liviya, Misr, shuningdek, Krit, Korsika va Kiрr оrоllаri D) Bоlqоn yarim оrоli, Kichik Оsiyo, Kаvkаz, Suriya, Fаlаstin, Misr, shuningdek, Krit va Kiрr оrоllаri 24 / 24 Quyida berilganlardan to‘g‘ri ma’lumotlar berilgan javobni belgilang. 1) Yosimune Tokugava 1716-1745-yillarda hukmronlik qilgan; 2) 1864-yilda Yevropa davlatlari Turkiyaga qarshi “Muqaddas Liga” tuzdilar; 3) Argentinada 1810-yilda mustaqillik uchun qurolli kurash boshlandi; 4) 1816-yilda Paragvay mustaqillikka erishdi; 5) 1325-yilda Dehli sultonligi taxtiga Muhammad Tug‘luq keldi. A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 5 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz