Fizika attestatsiya №12

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №12

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Mexanik harakat va jismlarning o`zaro ta`siri haqidagi ta`limot kim tomonidan yaratilgan?

2 / 40

2. “Neksiya” avtomobili 10 sekundda tezligini 108 km/h gacha yetkazdi. Avtomobilning tezlanishi qanday (m/s² ).

3 / 40

3. 25 m/s boshlang’ich tezlik bilan gorizontga qiya otilgan jismning uchish davomidagi minimal tezligi 15 m/s ga teng. Uning uchish davomiyligi qanday bo‘lgan (s) ?

4 / 40

4. Birinchi idishga 4 litr suv quyildi va sathining balandligi 8 sm bo’ldi. Ikkinchi idishga 0,5 litr suv quyildi va uning sathining balandligi 12 sm bo‘ldi. Idishlarning tublaridagi gidrostatik bosimlarini taqqoslang?

5 / 40

5. Disk gardishidagi nuqtaning tezligi 8 m/s, undan sm markazga yaqin nuqtaning chiziqli tezligi 6 m/s ga teng. Disk radiusini aniqlang (cm).

6 / 40

6. Agar shaxta tubida barometr 85 sm sim.ust.ni, yer sirtida 78 sm sim.ust.ni ko’rsatsa shaxtaning chuqurligini aniqlang. (m)

7 / 40

7. Nuqtaning koordinatasi x =-10t + 2t² ([x]=m,[t]=c) tenglama bo‘yicha o‘zgaradi. Bu harakat tezligining vaqtga bog‘lanishi qanday?

8 / 40

8. Radiusi 1 cm bo‘lgan temir sharni radiusi 3 cm ga yetguncha oltin (ρoltin = 19300 kg/m³) bilan qoplandi. Bu jarayonga qancha (kg) oltin sarflanganini aniqlang. π = 3

9 / 40

9. K va L nuqtalar orasidagi potensiallar farqi 40V. 2µF sig‘imli kondensatordagi kuchlanishni toping (V).

10 / 40

10. 22 kg torf batamom yonib bitganda qancha issiqlik miqdori (MJ) ajraladi? Torf uchun solishtirma yonish isiqligi 14·10⁶ J/kg ga teng.

11 / 40

11. Nomlari quyida zikr etilgan asboblarning qaysilari oq yorug’likni tarkibiy qismlarga (spektrga) ajratish uchun xizmat qiladi: 1) yassi ko'zgu; 2) yig'uvchi yupqa linza; 3) difraksion panjara; 4) shaffof uch yoqli prizma?

12 / 40

12. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang.

13 / 40

13. Harakatsiz turgan jismning zichligi 840 kg/m3 ga teng. Jism inersial sanoq sistemasiga nisbatan 0,4 c tezlik bilan harakatlansa, bu sanoq sistemasida jismning zichligi qanday qiymatga (g/sm3 ) ega bo`ladi?

14 / 40

14. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi?

15 / 40

15. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi.

16 / 40

16. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi?

17 / 40

17. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish  vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2.

18 / 40

18. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi?

19 / 40

19. O‘lchamlari 4 ·6 m2 bo‘lgan tomga normal atmosfera bosimida havo qanday kuch (kN) bilan bosishini hisoblang? Normal sharoitda atmosfera bosimi 101308 Pa deb hisoblansin.

20 / 40

20. Yerning massasi 6,0 ·1024 kg, Oyning massasi 7,35 · 1022 kg, ularning markazlari orasidagi masofa 384400 km. Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi topilsin (N).

21 / 40

21. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

22 / 40

22. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi?

23 / 40

23. Katodga 4 s davomida kelgan ionlarning umumiy zaryadi 16 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi?

24 / 40

24. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima?

25 / 40

25. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C

26 / 40

26. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m  massali yuk vertikal bo`ylab a  tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k  bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi?

27 / 40

27. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

28 / 40

28. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m).

29 / 40

29. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping.

30 / 40

30. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s.

31 / 40

31. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping.

32 / 40

32. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

33 / 40

33. Elektr zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor EYUKi 12 V, ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbayidan  iborat. Rezistorning kuchlanishi qanday?

34 / 40

34. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng?

35 / 40

35. O‘zgarmas kuchlanish manbayiga 10 Ω , 16 Ω va 18 Ω qarshiliklar ketma-ket ulangan. Umumiy qarshilikni toping (Ω).

36 / 40

36.
 

Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing.

37 / 40

37. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

38 / 40

38. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir?

39 / 40

39. Induksiya EYUK ning birligini ko‘rsating.

40 / 40

40. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

99 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0