Fizika attestatsiya №12

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №12

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Ikki jism bir nuqtadan bir aylanada bir tomonga harakat boshladi. Birinchisining aylanish davri 5 s , ikkinchisiniki esa 3 s bo’lsa harakat boshlangandan qanday eng qisqa vaqtdan so’ng jismlar yana bir nuqtada bo’ladi?(s)

2 / 40

2. 7 kg massali 3 ta jism o’zaro ip bilan mahkamlangan va ular F=42N kuch bilan tortib ketilmoqda. Ikkinchi va uchinchi jismlarni bog’lab turgan ipning taranglik kuchini toping.

3 / 40

3. Agar 90 kg massali kosmonavt kosmik kemada uchish vaqtida yuklanish 3 ga teng bo‘lsa, kosmonavtning og‘irligi qancha bo‘ladi (kN) ?

4 / 40

4. Jism 20 m balandlikdan 17,3 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. 2 s dan so’ng jism ko’chish vektori yo’nalishi gorizont bilan qanday burchak hosil qiladi?

5 / 40

5. Miqdori 12 mol bo’lgan argon gazi 12°C dan -88°C gacha sovutilganda, uning ichki energiyasi qanday o’zgaradi?

6 / 40

6. Suv tubida 1,33 m chuqurlikda yotgan buyum tepadan qaralganda qanday chuqurlida ko’rinadi? n=1,33.

7 / 40

7. Birinchisining tezligi 4 m/s, ikkinchisining tezligi 2 m/s bo'lgan ikkita bir xil sharcha o‘zaro qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanib, mutlaq noelastik urildi. To'qnashuvdan keyin 1- sharchaning tezligini toping.

8 / 40

8. m massali ideal gaz ustida grafikda ko‘rsatilganidek ikki xil izobarik jarayon bajarildi. Agar p2/p1=2,25 bo‘lsa, grafikning A va B nuqtalariga mos keluvchi xolatlarda gaz molekulalari o‘rtacha kvadratik tezliklarining nisbati  v1/v2  ni aniqlang.

9 / 40

9. Yakorning o‘ramlar soni N1=200 dan N2=1000 taga ortdi. Agar EYuK Ɛ1=60V dan Ɛ2=120V gacha ortsa, magnit maydon o‘zgarish tezligi qanday o‘zgaradi?

10 / 40

10. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

11 / 40

11. Agar jism yo'lning 1- yarmini 20 s da, 2-yarmini esa 10 s da o'tgan bo'lsa, uning o'rtacha tezligi necha m/s? Yo'l 240 metrga teng.

12 / 40

12. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

13 / 40

13. Lift shiftidagi dinamometrga osilgan m  massali yuk vertikal bo`ylab a  tezlanish bilan pastga harakat qilmoqda. Agar dinamometr prujinasining bikrligi k  bo`lsa, bu prujina qanchaga uzayadi?

14 / 40

14. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg.

15 / 40

15. Kislorod atomining ionizatsiya energiyasi 14 eV. Bu atom uchun fotoeffektning qizil chegarasi (nm) topilsin. h=6,63·10-34 J s, 1 eV= 1,6·10-19 J.

16 / 40

16. Katodga 4 s davomida kelgan ionlarning umumiy zaryadi 16 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi?

17 / 40

17.
 

Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing.

18 / 40

18. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlangan fotonning energiyasi qanday bo’ladi?

19 / 40

19. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi?

20 / 40

20. C sig`imli kondensator q zaryad bilan, 2C sig`imli kondensator 3q zaryad bilan zaryadlangan. Bu kondensatorlar qutblarini teskari holda ulansa sistema elektr energiyasi qanchaga kamayadi?

21 / 40

21. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping.

22 / 40

22. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish  vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2.

23 / 40

23. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

24 / 40

24. O‘lchamlari 4 ·6 m2 bo‘lgan tomga normal atmosfera bosimida havo qanday kuch (kN) bilan bosishini hisoblang? Normal sharoitda atmosfera bosimi 101308 Pa deb hisoblansin.

25 / 40

25. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi?

26 / 40

26. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima?

27 / 40

27. Harakatsiz turgan jismning zichligi 840 kg/m3 ga teng. Jism inersial sanoq sistemasiga nisbatan 0,4 c tezlik bilan harakatlansa, bu sanoq sistemasida jismning zichligi qanday qiymatga (g/sm3 ) ega bo`ladi?

28 / 40

28. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi?

29 / 40

29. Og‘irlik deb ...

30 / 40

30. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C

31 / 40

31. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi.

32 / 40

32. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

33 / 40

33. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s.

34 / 40

34. Radioaktiv elementning aktivligi 8 kunda 4 marta kamaydi. Yarim yemirilish davrini toping.

35 / 40

35. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

36 / 40

36. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada?

37 / 40

37. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday?

38 / 40

38. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m).

39 / 40

39. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

40 / 40

40. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

99 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0