Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №11 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №11 InfoMaster Avgust 1, 2022 264 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №11 Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Bir xil ishorada zaryadlangan ikkita sharcha orasidagi masofa 100 mm ga teng. Ular orasidagi masofa 25 mm ga keltirilsa, ta`sir kuchi qanday o`zgaradi. A) o`zgarmaydi B) 4 marta ortadi C) 8 marta ortadi D) 16 marta ortadi 2 / 40 2. Tik yuqoriga 10 m/s tezlik bilan otilgan jism ma’lum vaqtdan so’ng, yerga qaytib tushdi. Uning yo’li va ko’chishini toping. (m) A) 5; 15 B) 10; 0 C) 0; 20 D) 5; 0 3 / 40 3. 25 m/s boshlang’ich tezlik bilan gorizontga qiya otilgan jismning uchish davomidagi minimal tezligi 15 m/s ga teng. Uning uchish davomiyligi qanday bo‘lgan (s) ? A) 2 B) 5 C) 3 D) 4 4 / 40 4. Massasi 10 g, hajmi 15 sm³ bo`lgan jism suv bilan limmo lim to`ldirilgan stakanga solinsa necha sm³ suv to`kiladi? A) 10 B) 5 C) 15 D) 3 5 / 40 5. Linza oldidagi buyum bilan uning haqiqiy tasviri orasidagi eng qisqa masofa 28cm ga teng bo’lsa, linzaning optik kuchini (D) toping. A) 25/28 B) 50/7 C) 100/7 D) 1,12 6 / 40 6. Ideal gaz birinchi holatdan ikkinchi holatga o’tganda hajmi 8 m³ ga o’zgardi. Agar T₁=1200 K, T₂= 400 K bo’lsa, gazning dastlabki hajmi (m³) qanday? A) 12 B) 8 C) 6 D) 4 7 / 40 7. 20 m/s tezlik bilan ketayotgan avtomobil tormozlanish natijasida 5 s da to‘xtadi. Avtomobilning tormozlanish yo‘lini aniqlang (m). A) 150 B) 50 C) 100 D) 20 8 / 40 8. Liftdagi jismning og‘irligi 9 N, unga ta‘sir etuvchi natijaviy kuch 6 N (pastga yo‘nalgan). Jismning og‘irlik kuchi (N) qanday? A) 3 B) 17 C) 15 D) 13 9 / 40 9. Har biri 10nC dan bo‘lgan 2 ta shar ingichka sim bilan tutashtirilsa, kichkina sharning zaryadi qanday? A) 6nC B) 4nC C) 16nC D) 8nC 10 / 40 10. t = 10 s vaqt ichida o‘tkazgichdan q = 24 С zaryad o'tdi. O’tkazgichdagi kuchlanish U= 12 V. Tok bajargan ishni aniqlang. A) 240 J B) 288 J C) 2400 J D) 144 J 11 / 40 11. 100 km yo’lda 10 kg benzin sarflaydigan avtomobil divigateli yonilg’i bakining sig’imi 60 litr bo’lsa, avtomobil bakidagi yonilg’i bilan qancha yo’l bosadi? ρbenzin=710 kg/m3 A) 426 km B) 600 km C) 213 km D) 710 km 12 / 40 12. To`lqin uzunligi 700 nm bo`lgan yorug`lik vakuumdan muhitga o`tganda uning tezligi 20% ga kamaygan bo`lsa, yorug`likning shu muhitdagi to`lqin uzunligini (nm) aniqlang. A) 140 B) 350 C) 560 D) 600 13 / 40 13. Ipga osilgan po‘lat sharcha ostiga kuchli magnit joylashtirilsa, sharchaning tebranish chastotasi qanday o‘zgaradi? A) Ortadi. B) Sharcha to’xtab qoladi. C) O’zgarmaydi. D) Kamayadi. 14 / 40 14. Elektr zaryadlari о‘tkazgichning qayerida to‘planadi? A) Markazida B) Faqat sirtida C) O’tkazgichdan tashqarida D) Faqat ichida 15 / 40 15. Uy temperaturasidagi termistordan o`tayotgan tokning kuchi 4 mA edi. Termistor isitilganda tokning kuchi 0,01 A bo`lgan. Isitilmagan termistor qarshiligi isitilgan termistornikidan necha marta katta? A) 2,5 B) 3,0 C) 2,0 D) 3,5 16 / 40 16. Gaz 27° С dan 57° С gacha isitilgan. Agar bosim o‘zgarmagan bo‘lsa, gaz hajmi necha protsent ortgan? A) 10 B) 25 C) 110 D) 15 17 / 40 17. Jismga 11 s davomida 22 N kuch ta'sir etmoqda. Jism impulsining o`zgarishi (kg m/s) topilsin. A) 33 B) 242 C) 206 D) 330 18 / 40 18. Bir soatda dvigatel 20 kg dizel yonilg'isi sarflaydi. Dvigatelning mexanik quvvati 75 kW bo'lsa, uning FIK necha foiz? Dizel yonilg'isining solishtirma yonish issiqligi 42 MJ/kg. A) 32 B) 40 C) 35 D) 20 19 / 40 19. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2. A) 2.3 m B) 25 sm C) 2,5 m D) 5 m 20 / 40 20. Bikrliklari 0,5 va 1 kN/m bo'lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Agar kuch ta ’sirida 1-prujina 2 sm uzaygan bo’lsa, 2-prujina necha sm uzaygan? A) 1 B) 3 C) 4 D) 2 21 / 40 21. Oq yorug’lik bilan qizil, sariq, yashil, ko‘k rangdagi shishalarning qaysi biri yoritilganda, o’tgan nur fotonining impulsi eng kichik bo’ladi? A) qizil B) Sariq C) Ko’k D) Yashil 22 / 40 22. Bir jinsli valning uchidan 20 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? A) 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi B) 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi C) 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi D) 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi 23 / 40 23. Nomlari quyida zikr etilgan asboblarning qaysilari oq yorug’likni tarkibiy qismlarga (spektrga) ajratish uchun xizmat qiladi: 1) yassi ko'zgu; 2) yig'uvchi yupqa linza; 3) difraksion panjara; 4) shaffof uch yoqli prizma? A) 3 ,4 B) faqat 3 C) 1,2 D) faqat 4 24 / 40 24. Agar jism yo'lning 1- yarmini 20 s da, 2-yarmini esa 10 s da o'tgan bo'lsa, uning o'rtacha tezligi necha m/s? Yo'l 240 metrga teng. A) 4 B) 5 C) 6 D) 8 25 / 40 25. Nima uchun odamlar bilan to’la zalda tovush past eshitiladi? A) Odamlar tovush to’lqin energiyasini qaytaradi. B) Chunki odamlar tovush to’lqin energiyasini yutadi. C) Odamlar bilan to’la zalda tovush baland eshitiladi. D) Chunki odamlar bilan to’la zalda hech qanday tovush eshitilmaydi. 26 / 40 26. Massasi 1,6 kg yuk osilgan ip gorizontal yo‘nalishda 12 N kuch ta’sirida yangi vaziyatga keltirildi. Ipning taranglik kuchini toping A) 20 N B) 24 N C) 16 N D) 4 N 27 / 40 27. Normal sharoitda vodorod zichligi 0,09 kg/m³ ekanligi o‘lchandi. Shu sharoitda kripton (M=84 g/mol) zichligi (kg/m³ ) qanday bo`ladi? A) 1,89 B) 7,56 C) 0,94 D) 3,78 28 / 40 28. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h). A) 33,5 B) 37 C) 35 D) 34,3 29 / 40 29. Agar 1000kg massali kubning qirrasi uch marta orttirilsa, uning massasi (t) qancha bo'ladi? A) 27 B) 4000 C) 40 D) 400 30 / 40 30. Ikkita elementar zarracha bir nuqtadan chiqib, shu nuqtaga nisbatan biri 0,4c, ikkinchisi 0,5c tezliklar bilan qarama-qarshi tomonga uchib ketdi. Zarrachalarning bir-biriga nisbatan tezligini toping. c-- yorug`likning vakuumdagi tezligi. A) 0,5c B) 0,75c C) 0,1c D) 0,9 c 31 / 40 31. Tebranish konturi sig`imi 0,5 F bo`lgan kondensator va induktivligi 5 mH bo`lgan g`altakdan iborat. Agar kondensatordagi kuchlanishning maksimal qiymati 9V bo`lsa, konturdagi tok kuchining amplituda qiymati necha mA ga teng bo`ladi? A) 22,5 B) 9 C) 45 D) 90 32 / 40 32. Radiolampada elektronning katod yaqinidagi tezligi 0 ga, anod yaqinidagi tezligi 0,2 Mm/s ga teng. Elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo`lsa, elektronlar qanday tezlanish (m/s ) bilan harakat qiladi? A) 2 10 darajasi 13 B) 2 10 darajasi 15 C) 2 10 darajasi 12 D) 2 10 darajasi 10 33 / 40 33. Agar 1 minutda amplitudasi 7 sm bo'lgan 180 tebranish bajarilsa, garmonik tebranishlar tenglamasini toping (m). Tebranishning boshlang'ich fazasi π/2 ga teng. A) X=7cos(6πt+π/2) B) X = 0,07•sin(6πt+π/2) C) X=0,7 cos(6πt+π/2) D) X=0,07 cos(12πt+π/2) 34 / 40 34. Moddiy nuqta tezligining vaqtga bog'lanishi υ=5+4t (m/s) ko'rinishga ega. Vaqtning birinchi sekundida bosib o'tilgan yo'lni (m) aniqlang. A) 4,5 B) 7 C) 9 D) 5 35 / 40 35. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,5 kN tortish kuchi, 500 N ishqalanish kuchi va havoning 200 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng? A) 450 N B) 1050 N C) 200 N D) 800 N 36 / 40 36. Bir xil hajmli havo sharlariga teng miqdorda vodorod, azot va geliy gazlari qamaldi. Qaysi gaz solingan sharning ko’tarish kuchi eng katta? A) geliy B) vodorod C) bir xil D) azot 37 / 40 37. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi? A) Imax=Umax • √LC B) Imax=Umax /√LC C) Imax=Umax • √C/L D) Imax=Umax •√L/C 38 / 40 38. Chang’ichi tepalikka ko’tarilayotib 3 km ga teng yo’lni o’rtacha 5,4 km/soat tezlik bilan bosib o’tadi. U pastga tushayotib 10 m/s tezlikda 1 km yo’l o’tadi. Chang’ichining butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping. A) 1 m/s B) 0,5 m/s C) 2 m/s D) 4 m/s 39 / 40 39. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N). A) 10 B) 17,3 C) 30 D) 27,3 40 / 40 40. Antennadagi o'zgaruvchan tokning tenglamasi I = 2•cos 125,6·107 t (A) ko'rinishga ega. Antenna nurlatayotgan elektromagnit to'lqinning tebranish davrini toping A) 5μs B) 5 ns C) 50 ns D) 500 ns 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 8 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15