Fizika attestatsiya №12

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Fizika fanidan attestatsiya savollari №12

Testni Toshev Anvar tayyorladi.

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Moddiy nuqtaning berilgan sanoq sistemasidagi harakati x=7+6t va y=5+8t tenglamalar bilan berilgan. Jism dastlabki 2 s ichida qanchaga ko‘chadi (m)?

2 / 40

2. Silliq qiya tekislikda jism sirpanib tushmoqda. Qiyalik burchagi 60 0 bo’lsa jism qanday tezlanish bilan harakatlanadi (m/s²)? Ishqalanish hisobga olinmasin. g=10m/s² .

3 / 40

3. Hаrаkаtlаnаyotgаn pоyezd vаgоnidа o‘tirgаn оdаm nimаlаrgа nisbаtаn tinch hоlаtdа?

4 / 40

4. Massasi 0,18 g va moddasining zichligi 1800 kg/m³ bo’lgan musbat zaryadlangan sharcha zichligi 900 kg/m³ bo’lgan suyuq dielektrikda muallaq holatda turibdi. Dielelektrikdagi bir jinsli elektr maydonning kuchlanganligi 45 kV/m bo’lib, yuqoriga vertikal yo’nalgan. Sharchaning zaryadini (nC) toping.

5 / 40

5. Jism biror balandlikdan erkin tashlanganda oxirgi ikki sekundda 160m yo’l yurdi. Jism tashlangan balandlikni toping (m).

6 / 40

6. Ideal gaz birinchi holatdan ikkinchi holatga o’tganda hajmi 8 m³ ga o’zgardi. Agar T₁=1200 K, T₂= 400 K bo’lsa, gazning dastlabki hajmi (m³) qanday?

7 / 40

7. Massalari m1=9 kg va m2=1 kg bo‘lgan ikki brusok F=5 H kuch ta’sirida ishqalanishsiz tekis tezlanuvchan harakat qilmoqda (rasmga q.) m2 massali brusokka ta’sir qilayotgan F2 kuchni aniqlang (N).

8 / 40

8. Quyida jismning Ox o‘qidagi harakatining tezlik grafigi berilgan. Jismning dastlabki 8 sekund davomidagi yo‘li S ni (m) va ko‘chishi L ni (m) aniqlang.

9 / 40

9. Quyidagi hodisalardan qay birida modda atomlari (molekulalari) orasida potensial energiya mavjudligi ko‘rinadi? 1) muz erishi  2) suv isishi  3) suv bug'lanishi

10 / 40

10. Yuqoridan tik erkin tushayotgan jismning  (n+2)chi sekunddagi ko`chishi  (n+3)chi sekunddagi ko`chishidan qanchaga (m) farq qiladi?  g=10 m/s²

11 / 40

11. Normal sharoitda vodorod zichligi 0,09 kg/m³  ekanligi o‘lchandi. Shu sharoitda kripton (M=84 g/mol) zichligi (kg/m³ ) qanday bo`ladi?

12 / 40

12. Tebranish konturida tok kuchi maksimal qiyrnatga yetganida ....

13 / 40

13. Atom bombalarining quvvati istalgancha katta bo’la olmasligining sababi nimada?

14 / 40

14. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi?

15 / 40

15. Agar boshlang’ich tezlikka ega bo’lmagan elektron yassi kondensatorda bir plastinkadan ikkinchisigacha bo’lgan yo’lni o’tganda 109 sm/s tezlikga erishganligi ma’lum bo’lsa, kondensator plastinkalaridagi zaryadning sirt zichligini aniqlang(nC/m2). Plastinkalar orasidagi masofa 3 sm. εo=8.85·10-12 F/m, e=-1.6·10-19 C, me=9.1·10-31 kg.

16 / 40

16. α – zarraning tezligi 0 dan v=0,9 c gacha orttirilganda, uning massasi qanchaga ortadi? α-zarraning tinchlikdagi massasi m0=4,0 m.a.b. deb hisoblang. c=3·108 m/s.

17 / 40

17. Uzunligi 10 sm bo‘lgan prujinaga 0,4 kg massali yuk osilganida u 1 sm ga uzaydi. Prujinaning bikrligini aniqlang (N/m).

18 / 40

18. 45 m balandlikdan erkin tashlab yuborilgan metall sharcha yerga elastik urilib, 5 m balandlikka ko’tarildi. Yerga urilish  vaqtidagi sharcha impulsining o’zgarishini toping (kg·m/s). (m=5 kg). g=10m/s2.

19 / 40

19. Difraksion panjaraga monoxromatik yorug`lik nuri tik tushmoqda. Panjaraning 1 mm da 100 ta shtrix bor. Ekrandagi birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa 10 sm ga teng bo`ldi. Ekran bilan difraksiya panjarasi orasidagi masofa 1 m bo`lsa, yorug`likning to`lqin uzunligini ( μm) toping.

20 / 40

20. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalari orasidan nisbiy dielektrik singdiruvchanligi 4 ga teng bo'lgan modda chiqarib olinsa, zanjirdagi zaryadning tebranish davri qanday o'zgaradi?

21 / 40

21. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

22 / 40

22. Kislorod atomini ionlashtirish uchun 14 eVga yaqin energiya zarur. Ionlashtiruvchi nurlanishning chastotasini toping. h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s, e = 1,6·10-19 C

23 / 40

23.
 

Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing.

24 / 40

24. O‘lchamlari 4 ·6 m2 bo‘lgan tomga normal atmosfera bosimida havo qanday kuch (kN) bilan bosishini hisoblang? Normal sharoitda atmosfera bosimi 101308 Pa deb hisoblansin.

25 / 40

25. Jismga 10 N va 20 N kuchlar o‘zaro 120° burchak ostida ta’sir etmoqda. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).

26 / 40

26. O‘zgarmas kuchlanish manbayiga 10 Ω , 16 Ω va 18 Ω qarshiliklar ketma-ket ulangan. Umumiy qarshilikni toping (Ω).

27 / 40

27. 2 kg va 1 kg massali silindrlar qo`zg`almas blok orqali vaznsiz ipga osilgan. Bunda birinchi silindrning 4% qismi suvga botganda muvozanat vujudga kelgan. Silindrlarning zichligini (kg/m3 ) aniqlang.

28 / 40

28. Agar 10,8 kg massali kubning qirrasi uch marta qisqartirilsa, uning massasi (g) qancha bo'ladi?

29 / 40

29. Kislorod atomining ionizatsiya energiyasi 14 eV. Bu atom uchun fotoeffektning qizil chegarasi (nm) topilsin. h=6,63·10-34 J s, 1 eV= 1,6·10-19 J.

30 / 40

30. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi shu hodisa uchun qaysi qonunning qo‘llanishidir?

31 / 40

31. Elektr plita tuzatilayotganda uning spirali dastlabki uzunligining 0,2 ulushiga qisqartirildi. Bu holda plitaning quvvati necha marta ortadi?

32 / 40

32. Barcha moddalar o‘z magnit xossalariga ko‘ra diamagnetik, paramagnetik va ferromagnetiklarga bo‘linadi. Magnit singdiruvchanligi 1 dan biroz katta bo‘lgan moddalar qaysi turga mansub?

33 / 40

33. 10 sm uzunlikdagi o`tkazgich induksiyasi 50 mTl bo`lgan magnit maydon kuch chiziqlariga tik joylashgan. Amper kuchi o`tkazgichni o`zining yo`nalishida 8 sm siljitib, 0,004 J ish bajaradi. O`tkazgichdagi tok kuchi (A) qanday?

34 / 40

34. Traktor birinchi 5 minutda 600 m yo’l o’tdi. U shu tezlik bilan harakatlanib 0,5 soatda qancha yo’l o’tadi.

35 / 40

35. Tomonlari 20 sm va 30 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ramkadan 40 A tok o‘tmoqda. Ramkaning magnit momenti nimaga teng ( A·m2)?

36 / 40

36. Kunduzgi yorug'likda material qizil rangda ko'rindi. Agar qorong'ida shu materialga havorang nur tushirilsa, u qaysi rangda ko'rinadi?

37 / 40

37. Elektr zanjir qarshiligi 4 Ω bo‘lgan rezistor EYUKi 12 V, ichki qarshiligi 2 Ω bo‘lgan tok manbayidan  iborat. Rezistorning kuchlanishi qanday?

38 / 40

38. Kuchni 3 marta orttirib, yelkani 2 marta kamaytirsak, kuch momenti qanday o’zgaradi?

39 / 40

39. Agar jismga 3 s davomida 15 N kuch ta’sir etsa, jism impulsining o'zgarishi (kg·m/s) nimaga teng?

40 / 40

40. XBS dagi o’lchamligi N/T·m bo’lgan fizik kattalik birligining nomi nima?

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

99 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0