Biologiya attestatsiya №12

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №12

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Hujayra ichida parazitlik qiluvchi sodda hayvonlarni koʻrsating

2 / 40

2. Organizmlarning fenotipini belgilovchi biokimyoviy belgilarni aniqlang

3 / 40

3. Gipofez bezining gormonlari qaysi organga ta’sir ko’rsatishi bilan juftlab ko’rsating. 1) tireotrop 2) gonadotrop 3) adrenokortikoid a) qalqonsimon bez b) buyrakusti bezi c) jinsiy bezlar f) epifez bezi

4 / 40

4. Quyidagilardan xromosomasi 24 taga tenglarini aniqlang? a)qalampir arxeosporasidagi metafaza I da b)diploid navli tamaki mikrosporasini anafazasida c)olxo`ri arxeosporasida meyozdan so`ng d)tetraploid navli tamaki arxeosporasini profaza II da e) no`xatni mikrosporasini anafazasida autosomalari

5 / 40

5. Oqsillarning elementar tarkibini belgilang. 1)C; 2)H2; 3)O2; 4)N; 5)S; a)50-54%; b)16%; v)6,5-7,3%; g)21-23%; d)0,5%

6 / 40

6. Suqsun, gaaga, gavial qaysi xususiyatlariga ko’ra bir guruhga mansub 1) urg’ochisi geterogametali 2) orqa oyoqlariga parda tortilgan 3) yuragi 4 kamerali 4) issiqqonli organizmlar 5) sovuqqonli organizmlar

7 / 40

7. Amudaryoning o’rta va quyi oqimida (a) Amudaryoning faqat quyi oqimida (b) tarqalgan organizmlarni aniqlang. 1) g’oz; 2) mo’ylov baliq; 3) bakra baliq; 4) moybaliq; 5) oqcha; 6) qilquyruq; 7) soxta kurakburun

8 / 40

8. O’pka va terisi bilan nafas oluvchi, sovuq qonli hayvonni belgilang.

9 / 40

9. Noto’g’ri ma’lumotni belgilang. 1) yexidna va qum bo’g’ma ilonida ikkita siydik yo’li kloakaga ochiladi; 2) mo’ylovi ikki juft bo’lgan hayvon ayrim xususiyatiga ko’ra yomg’ir chuvalchangiga o’xshaydi; 3) jayra juft tuyoqlilar turkumiga mansub; 4) Hindiston alligatori va gavialda yurak kameralari soni bir xil; 5) bitinyaning yuragida 2 ta klapin mavjud; 6) qoramol terisidan teri-galanteriya buyumlari tayyorlanadi

10 / 40

10. Qaysi kasalliklarning qo’zg’atuvchisi hayotning hujayrasiz shakllari hisoblanadi? 1) gommoz 2) kuydirgi 3) ensefalit 4) mitotoksikoz 5) qizilcha 6) tamaki mozaikasi 7) vabo 8) oqsil kasalligi 9) terlama 10) vertitsillum

11 / 40

11. O’simliklarnmg qaysi sistematik birlikka mansubligi to’g’ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1)kanop: 2) saur: 3) porfira: 4) tobulg’i.

12 / 40

12. Qovoq mevaga ega o’simliklarning poyasiga xos xususiyat.

13 / 40

13. Maral va hakkaning ovqat hazm qilish sistemasidagi o‘xshashlik (a) va farqlarni (b) belgilang. 1) oshqozoni ikki bo‘lmali; 2) ovqat ichakda hazm bo‘ladi; 3) qizilo‘ngachning keyingi qismi kengayib jig‘ildonni hosil qiladi; 4) ichagi kloakaga ochiladi; 5) hazm bo‘lgan ovqatdan ajralgan energiyaning ma’lum bir qismi tana haroratini doimiy saqlash uchun sarflanadi; 6) og‘iz bo‘shlig‘ida ixtisoslashgan tishlar mavjud

14 / 40

14. Qaysi hayvonlar tipidan tibbiyotda qon tomiri kasalliklarini davolashda foydalaniladi?

15 / 40

15. Og‘iz apparati kemiruvchi (1), kemiruvchi-so‘ruvchi (2)va sanchib-so'ruvchi (3) tipda bo‘lgan bo‘g‘imoyoqlilarni aniqlang. a-eshiktervatar; b-chigirtka; c-ishchi asalari; d-uy pashshasi; e-kana.

16 / 40

16. Urug`kurtakka ega bo`lmagan o`simliklarni aniqlang. 1.kalamit 2.pixta 3.fillafora 4.porfira 5.kordoit 6. laminariya

17 / 40

17. Qaysi to’pgullarning gulpoyasida gullar bandsiz joylashgan. 1) shingil 2) so’ta 3) savatcha 4) kuchala 5) kallakcha 6) boshoq 7) qalqoncha 8) soyabon

18 / 40

18. Qutb meduzasi uchun xos bo‘lmagan xususiyatlarni belgilang. 1) shakli soyabonga o'xshaydi; 2) tanasi qalin mantiya bilan o'ralgan; 3) konsument organizm; 4) baliqlar bilan oziqlanadi; 5) paypaslagichlarida ko'plab so‘rg‘ichlari joylashgan; 6) ektoderma qavatida otuvchi hujayralari mavjud; 7) oziq zanjiri zvenosi; 8) jabrasi bilan nal'as oladi.

19 / 40

19. Issiqqonli organizmlarni ajrating. 1) kondor; 2) kabarga; 3) kallima; 4) kuropatka; 5) povituxa; 6)ko'lbuqa; 7) sargan; 8) kvaksha; 9) qiloyoq; 10) iguana.

20 / 40

20. Quydagi jadvaldan foydalanib, X va Z ayirmasini toping.

21 / 40

21. Quyidagi ko’krak qafasining rasmidan faqat chin qovurg’a tartib raqamlarini aniqlang?

22 / 40

22. Quyidagi qaysi organizmlarda ichki urug'lanish kuzatiladi? 1) gambuziya; 2) povituxa; 3) ko'lbuqa; 4) bog‘ moyqurti; 5) kvaksha; 6) kabarga; 7) semga; 8) qizilto'sh; 9) sarisor; 10) sargan.

23 / 40

23. Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada joylashgan bo‘lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota ota- onadan tug‘ilgan ikki belgi bo‘yicha kasal farzandlarni hisobga olmaganda, ikki belgisi bo‘yicha sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang.

24 / 40

24. Qubba (a) sporangiy (b) va meva (c) kabi organlargga ega bo`lgan o`simliklar mos holatda to`gri juftlangan javobni toping. 1) sekvoyadendron 2) buldenej 3) psilofit 4) eman 5) magnoliya 6) qarag`ay 7) olg`I 8)sharq sauri 9) sershox qirqbo`g`im 10) ginko biloba 11) zuxrasoch 12) albitsiya

25 / 40

25. Qora dengizda uchramaydigan hayvon turini aniqang.

26 / 40

26. Eshakqurt va yomg‘ir chuvalchangining o‘xshashligi . 1.ochiq qon aylanish sistemasi 2. ikki uchi ochiq ayirish sistemasi 3. o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanishi 4. suv havzalarini tozalashda oshtirok etishi 5. tuproqni yumshatishi 6. biogumus olinishi 7. tana bo‘shlig‘iga ega 8. oqish yurak

27 / 40

27. Hashoratlarga qarshi kurashishda ishlatiladigan zararli modda anabazin qaysi o’simlikdan olinadi?

28 / 40

28. Lama vikunyaning yuragidan chiquvchi qon tomirlarini va ularda qanday qon oqishini aniqlang.

29 / 40

29. Quyidagi atamalar qaysi sistematik birliklarni ifodalaydi? 1) lolasimonlar; 2) loladoshlar; 3) laminariya; 4) piyozdoshlar; 5) lola; 6) magnoliyasimonlar; 7) bir urug’ pallalilar; a-sinf; b-oila; c-turkum

30 / 40

30. Hidni yahshi sezuvchi hayvonlarni aniqlang. 1.daryo qisqichbaqasi 2.kana 3.baqachanoq 4. bronza qo`ng`izini erkagi 5. bronza qo`ng`izini urg`ochisi 6.maxaonni erkagi 7.maxaonni urg`ochisi 8.yomg`ir chuvalchangi

31 / 40

31. Quyidagi baliqning qon aylanishi tasvirlangan rasmdagi 5-raqamdagi baliq organini aniqlang?

32 / 40

32. Virus (I), bakteriya (II), zamburug' (Ill)lar qo'zg'atuvchi kasalliklarni aniqlang. 1)quturish; 2)qizilcha; 3)o'lat; 4)kuydirgi; 5)vilt; 6)zang kasalligi

33 / 40

33. Kamar suyaklari 8 ta (a), 9 ta (b), 10 ta (c), 12 (d) suyaklardan iborat organizmlarni ko’rsating. 1-kojan 2-giyena 3-povituxa 4-sezarka 5-skuns 6- kvaksha 7-qiloyoq 8-kapachi 9-dingo 10-triton.

34 / 40

34. Drozofila pashshasi tanasining kulrang bo’lishi qora bo’lishi ustidan, qanotining uzun bo’lishi kalta bo’lishi ustidan dominantlik qilib, bitta autosomada xromosomada joylashadi. Ko’zining qizil bo’lishi oq bo’lishi ustidan dominantlik qilib, jinsiy xromosomada joylashadi. Shunga ko’ra digeterozigota (ushbu dominant genlarni faqat otasidan olgan ) kulrang tanali, normal qanotli, oq ko’zli urg’ochi pashsha va tanasi qora va kalta qanotli, qizil ko’zli erkak pashshalar chatishtirilgan bo’lsa, avlodning necha %ni fenotipini genotipiga qarab aniqlash mumkin? (krossengover 17%)

35 / 40

35. Ulotriksning funariyadan farqini aniqlang. 1) rizoidning mavjudligi; 2) jinssiz usulda ko'payishi; 3) fotosintez jarayonining xromatoforada kechishi; 4) ko‘p hujayradan iborat arxegoniyda bitta tuxum hujayraning yetilishi; 5) tuban o‘simliklarga mansubligi; 6) o'tkazuvchi sistemaga ega emasligi; 7) jinsiy yo‘l bilan ko'payishi; 8) urug'lanishning suvda kechishi.

36 / 40

36. Qaysi parazit chuvalchang bilan zararlangan odam parazitni tarqatuvchisi bo’lmaydi. 1) jigar qurti 2) qoramol tasmasimon 3) askarida 4) rishta 5) bollar gijjasi 6) exinokokk 7) cho’chqa tasmasimon

37 / 40

37. Barg shakli ikki xil marfologik tuzilishga ega sporali o`simliklar keltirilgan javobni aniqlang. 1)suv nilufari ; 2) suv yong`og`i ; 3) suv qirqulog`i; 4) suv qaroqchisi; 5)dala qirqbo`g`im; 6) funariya yo`sini; 7) zuxrasoch

38 / 40

38. Zog’ara baliq va odam skeletining farq qiluvchi jahatlarini aniqlang. 1) kamar suyaklari mavjud 2) umurtqa pog’anasi kalla suyagi bilan harakatchan qo’shilgan 3) miya qutisi bosh miyani himoya qiladi 4) jag’ va tishlari og’iz bo’shlig’ini o’rab turadi 5) skeleti suyak va tog’aydan iborat 6) barcha qovurg’alarning ikkinchi uchi qorin muskullari orasida yotadi 7) skelet ichki a’zolarni himoya qiladi 8) qovurg’alar umurtqa pog’anasi bva to’sh suyagiga birikadi

39 / 40

39. Tobulg’i va kamxastak o’simligi qaysi oilaga mansub?

40 / 40

40. Changchili to’pgulining gulpoyasi osilib turuvchi (a) va changchilari to’pgulidan osilib turuvchi (b) o’simliklarni aniqlang. 1) tol 2) zubturum 3) oq qayin 4) tut 5) bug’doy 6) bug’doyiq

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0