Uy » Attestatsiya testlar » Fizika attestatsiya » Fizika attestatsiya №11 Fizika attestatsiya Fizika attestatsiya №11 InfoMaster Avgust 1, 2022 152 Ko'rishlar 0 SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0% 0 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Fizika fanidan attestatsiya savollari №11 Testni Toshev Anvar tayyorladi. DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Jismning bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt nima deb ataladi? A) aylanish chastotasi B) aylanish davri C) sklik chastotasi D) tebranishi 2 / 40 2. Jism koordinatalari (6;5) bo’lgan nuqtadan koordinatalari (12;13) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Uning ko’chish moduli qanday (m)? A) 14 B) 6 C) 10 D) 8 3 / 40 3. 3 m/s tezlik bilan kelayotgan 30 t massali temiryo‘l vagoni tinch turgan vagonga tirkaldi. Tirkalgan vagonlar 1 m/s tezlik bilan harakatlana boshladi. Ikkinchi vagonning massasini toping (kg). A) 60000 B) 50000 C) 40000 D) 30000 4 / 40 4. Tinch turgan mushuk 108 m yo’lni 10 s da bosib o‘tdi. U dastlabki 2 s da tekis tezlanuvchan, qolgan vaqtda tekis harakat qilgan. Uning tezlanishini toping. A) 2m/s² B) 4m/s² C) 6m/s² D) 5 m/s² 5 / 40 5. Uzunligi l₁ bo’lgan birinchi mayatnik 5s davr bilan, uzunligi l₂ bo’lgan ikkinchi mayatnik 3s davr bilan tebranmoqda. Uzunligi l=(l₁-l₂)/2 bo’lgan mayatnik tebranish davrini aniqlang. A) 1 B) √2 C) 2 D) 2√2 6 / 40 6. Agar R₁= R₂= R₃=8 (Ω) bo’lsa, zanjirning umumiy qarshiligini toping? (Ω) A) 8/3 B) 16 C) 4 D) 24 7 / 40 7. Jism gorizontga 60° burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otildi. Trayektoriyaning eng yuqori nuqtasida jism tezligining moduli qanday bo‘ladi (m/s)? A) 5 B) 10 C) 15 D) 20 8 / 40 8. Jadvalda moddalar va ularning nur sindirish ko‘rsatkichlari berilgan. Agar bu moddalarda yorug‘likning tarqalish tezligi o‘lchansa, qaysi moddada yorug‘lik eng kichik tezlik bilan tarqaladi? A) yoqut B) suv C) olmos D) shisha 9 / 40 9. Rasmdagidek harakatlanayotgan jismni 20s dan keyingi koordinatasini toping. A) X=96 m B) X=136 m C) X=126 m D) X=106 m 10 / 40 10. Energiyasi 3 eV bo'lgan fotonning to'lqin uzunligi qancha? h = 6,63·10-34 J·s, c=3·108 m/s. A) 0,41• 10⁻⁷ m B) 4,1 • 10⁻⁷ m C) 8,2• 10⁻⁷m D) 0,82• 10⁻⁷ m 11 / 40 11. Jismga 11 s davomida 22 N kuch ta'sir etmoqda. Jism impulsining o`zgarishi (kg m/s) topilsin. A) 206 B) 33 C) 242 D) 330 12 / 40 12. Uy temperaturasidagi termistordan o`tayotgan tokning kuchi 4 mA edi. Termistor isitilganda tokning kuchi 0,01 A bo`lgan. Isitilmagan termistor qarshiligi isitilgan termistornikidan necha marta katta? A) 2,0 B) 3,5 C) 3,0 D) 2,5 13 / 40 13. Qarshiligi 15Ω bo‘lgan reostat tayyorlash uchun ko‘ndalang kesimi 1,25 mm² bo‘lgan nikelin simdan necha kilogramm olish kerak? (Nikelin simning zichligi 8,8 g/sm³ , solishtirma qarshiligi 0,4Ω•mm²/m ). A) 0,1 B) 0,5 C) 0,4 D) 0,2 14 / 40 14. To`lqin uzunligi 700 nm bo`lgan yorug`lik vakuumdan muhitga o`tganda uning tezligi 20% ga kamaygan bo`lsa, yorug`likning shu muhitdagi to`lqin uzunligini (nm) aniqlang. A) 560 B) 600 C) 350 D) 140 15 / 40 15. Ikkita elementar zarracha bir nuqtadan chiqib, shu nuqtaga nisbatan biri 0,4c, ikkinchisi 0,5c tezliklar bilan qarama-qarshi tomonga uchib ketdi. Zarrachalarning bir-biriga nisbatan tezligini toping. c-- yorug`likning vakuumdagi tezligi. A) 0,5c B) 0,75c C) 0,9 c D) 0,1c 16 / 40 16. Magnit maydon induksiyasi 50 mTl bo’lgan g'altakning magnit maydon energiya zichligini toping (J/m3). μ= 45 . μ0=4π·10-7 H/m A) 44,2 B) 22,1 C) 11,05 D) 88,4 17 / 40 17. Agar 1000kg massali kubning qirrasi uch marta orttirilsa, uning massasi (t) qancha bo'ladi? A) 27 B) 4000 C) 40 D) 400 18 / 40 18. Burchak tezlanish bilan chiziqli tezlik orasidagi burchak qancha gradus? A) 0 B) 90 C) 360 D) 180 19 / 40 19. Nima uchun odamlar bilan to’la zalda tovush past eshitiladi? A) Chunki odamlar bilan to’la zalda hech qanday tovush eshitilmaydi. B) Odamlar bilan to’la zalda tovush baland eshitiladi. C) Odamlar tovush to’lqin energiyasini qaytaradi. D) Chunki odamlar tovush to’lqin energiyasini yutadi. 20 / 40 20. Massasi 1,6 kg yuk osilgan ip gorizontal yo‘nalishda 12 N kuch ta’sirida yangi vaziyatga keltirildi. Ipning taranglik kuchini toping A) 24 N B) 4 N C) 20 N D) 16 N 21 / 40 21. Tebranish konturi sig`imi 0,5 F bo`lgan kondensator va induktivligi 5 mH bo`lgan g`altakdan iborat. Agar kondensatordagi kuchlanishning maksimal qiymati 9V bo`lsa, konturdagi tok kuchining amplituda qiymati necha mA ga teng bo`ladi? A) 22,5 B) 9 C) 90 D) 45 22 / 40 22. Moddiy nuqta tezligining vaqtga bog'lanishi υ=5+4t (m/s) ko'rinishga ega. Vaqtning birinchi sekundida bosib o'tilgan yo'lni (m) aniqlang. A) 9 B) 4,5 C) 7 D) 5 23 / 40 23. Oq yorug’lik bilan qizil, sariq, yashil, ko‘k rangdagi shishalarning qaysi biri yoritilganda, o’tgan nur fotonining impulsi eng kichik bo’ladi? A) qizil B) Yashil C) Ko’k D) Sariq 24 / 40 24. Bir xil hajmli havo sharlariga teng miqdorda vodorod, azot va geliy gazlari qamaldi. Qaysi gaz solingan sharning ko’tarish kuchi eng katta? A) vodorod B) bir xil C) geliy D) azot 25 / 40 25. Bir soatda dvigatel 20 kg dizel yonilg'isi sarflaydi. Dvigatelning mexanik quvvati 75 kW bo'lsa, uning FIK necha foiz? Dizel yonilg'isining solishtirma yonish issiqligi 42 MJ/kg. A) 20 B) 40 C) 32 D) 35 26 / 40 26. Tosh yuqoriga vertikal ravishda 10 m/s tezlik bilan otildi. Qanday balandlikda toshning kinetik energiyasi uning potensial energiyasiga teng bo‘ladi? g=10 m/s2. A) 2.3 m B) 25 sm C) 5 m D) 2,5 m 27 / 40 27. Ipga osilgan po‘lat sharcha ostiga kuchli magnit joylashtirilsa, sharchaning tebranish chastotasi qanday o‘zgaradi? A) O’zgarmaydi. B) Kamayadi. C) Ortadi. D) Sharcha to’xtab qoladi. 28 / 40 28. Avtomobil A bekatdan В bekatgacha 40 km/h, qaytishda esa 30 km/h tezlik bilan harakatlandi. Reys davomidagi o'rtacha tezlikni toping (km/h). A) 34,3 B) 33,5 C) 35 D) 37 29 / 40 29. Katodga 3 s davomida kelgan ionlaming umumiy zaryadi 9 С bo’lsa, elektrolit eritmasidan o‘tib turgan o‘zgarmas tokning kuchi necha amper boladi? A) 6 B) 1,5 C) 1 D) 3 30 / 40 30. Radiolampada elektronning katod yaqinidagi tezligi 0 ga, anod yaqinidagi tezligi 0,2 Mm/s ga teng. Elektrodlar orasidagi masofa 1 sm bo`lsa, elektronlar qanday tezlanish (m/s ) bilan harakat qiladi? A) 2 10 darajasi 15 B) 2 10 darajasi 12 C) 2 10 darajasi 13 D) 2 10 darajasi 10 31 / 40 31. Radioaktiv yadroning yarim yemirilish davri 3 sutkaga teng bo`lsa, 6 sutkadan so`ng yemirilmay qolgan yadrolar necha foizni tashkil etadi ? A) 50 B) 12,5 C) 41 D) 25 32 / 40 32. Bir jinsli valning uchidan 20 sm qirqib tashlandi. Bunda og‘irlik markazi qayerga va qanchaga ko‘chadi? A) 2 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi B) 2 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi C) 1 – uchiga tomon 10 sm ga ko’chadi D) 1 – uchiga tomon 20 sm ga ko’chadi 33 / 40 33. Nomlari quyida zikr etilgan asboblarning qaysilari oq yorug’likni tarkibiy qismlarga (spektrga) ajratish uchun xizmat qiladi: 1) yassi ko'zgu; 2) yig'uvchi yupqa linza; 3) difraksion panjara; 4) shaffof uch yoqli prizma? A) 3 ,4 B) faqat 4 C) faqat 3 D) 1,2 34 / 40 34. Bikrliklari 0,5 va 1 kN/m bo'lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Agar kuch ta ’sirida 1-prujina 2 sm uzaygan bo’lsa, 2-prujina necha sm uzaygan? A) 4 B) 1 C) 3 D) 2 35 / 40 35. Induktivligi L, sig’imi C bo’lgan tebranish konturida so’nmas elektromagnit tebranishlar hosil bo’lmoqda. Agar kondensator qoplamalarida maksimal kuchlanish Umax bo’lsa, tok kuchining maksimal qiymati qanday bo’ladi? A) Imax=Umax • √LC B) Imax=Umax • √C/L C) Imax=Umax /√LC D) Imax=Umax •√L/C 36 / 40 36. Agar jism yo'lning 1- yarmini 20 s da, 2-yarmini esa 10 s da o'tgan bo'lsa, uning o'rtacha tezligi necha m/s? Yo'l 240 metrga teng. A) 4 B) 5 C) 6 D) 8 37 / 40 37. Tebranish konturidagi kondensator qoplamalaridagi zaryad vaqt o’tishi bilan q=10-9 sin108 πt qonun bo’yicha o’zgaradi. Konturdagi tok kuchining vaqtga bog’liqlik qonunini yozing. A) I=3,14 cos2•10⁸ πt B) I=31,4 sin4•10⁸ πt C) I=0,314 cos10⁸ πt D) I=0,314 sin10⁸ πt 38 / 40 38. Gaz 27° С dan 57° С gacha isitilgan. Agar bosim o‘zgarmagan bo‘lsa, gaz hajmi necha protsent ortgan? A) 25 B) 10 C) 110 D) 15 39 / 40 39. Agar anod zanjiridagi tok kuchi 10A bolsa, katoddan 1000 s da nechta elektron chiqadi? e = 1,6·10-19 C. A) 6,25•10²² B) 1,6•10²³ C) 1,25•10³³ D) 5•10²² 40 / 40 40. Gorizontal yo’nalishda harakatlanayotgan avtomobilga dvigatelning 1,5 kN tortish kuchi, 500 N ishqalanish kuchi va havoning 200 N qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nechaga teng? A) 450 N B) 800 N C) 1050 N D) 200 N 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 7 Fizika fanidan attestatsiya savollari №15