On tili va adabiyot attestatsiya №12

0%
3

OMAD YOR BO'LSIN!


On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №12

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi?

2 / 40

2. Tilimizga boshqa tildan kirib kelgan so`zlarning butunlay singib ketishi yoki singib kelmasligiga ko`ra javoblarni moslashtiring.

3 / 40

3. Qaysi gapda yasama sifatning asosi faqat portlovchilardan iborat?

4 / 40

4. Qaysi asarda mahallalarga chayon solig’ini solgani, odamlarni chayon zahri bilan o’ldirgani aytilgan?

5 / 40

5. O`g`il bu xil suhbatni xushlamasligini bildirib, nigohini pastga olarkan, javobini juda qisqa qildi va bir muddatdan so`ng boshini ko`tarib, otasining holatidan dong qotdi. Cholning jag`i osilgan ko`zlari baqraygan, musichani haydamoqqa ko`tarilgan o`ng qo`li havoda muallaq qolgan. Bamisoli haykal, hatto kiprik qoqmasdi Parchadagi fonetik hodisalar miqdori?

6 / 40

6. Qaysi gapda o’zaro shakldosh so’zlar qo’llanmagan?

7 / 40

7. Avstraliyada ajoyib yurt vakillari yashagan. Materikka kelgan yevropaliklar bu yerning o‘zgacha xalqini yovvoyi odamlar deb hisoblashgan. Chunki ularning davlati ham, uyi ham yo‘q. Ular jamoa tarzida yashab, oziq-ovqatni ov orqali topishadi. Aborigenlar hayoti va turmush tarzi bilan yaqindan tanishuv ularning yovvoyi emasligini ko‘rsatadi. Aynan aborigenlar aqlli bumerang nomli o‘roqsimon qurol o‘ylab topishgan. Buni qarangki, otilgan qurol mo‘ljalga olingan jonzotga tegmasa, yana aylanib ovchiga qaytib kelardi. Berilgan matnda fonetik hodisaga uchragan so`zlar miqdori nechta?

8 / 40

8. Quyidagi vazifadosh ko`makchilardan nechtasi ot turkumidan hosil bo`lgan? Ost, tomon, oldin, yon, ust, orqa, so`ng, atab.

9 / 40

9. Qaysi gap tarkibida adabiy nutqning sofligiga futur yetkazuvchi unsurlardan biri – varvarizm uchraydi?

10 / 40

10. Qaysi gapda o’z paronimi bilan turli turkumga mansub bo’la oladigan so’z qatnashgan?

11 / 40

11. Mirmuhsinning "Temur Malik" asari qaysi janrda yozilgan?

12 / 40

12. Qaysi qatorda asosi omonim, yasama, o‘timli fe’l berilgan?

13 / 40

13. Qaysi shoirning g’azalida lirik qahramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg’ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg’aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo’lmay qoldi, deb ta’riflanadi?

14 / 40

14. Qaysi gapda ham ot, ham sifat yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan shakl yasovchi qo‘shimcha qatnashmagan?

15 / 40

15. Mashg‘uloti, kasbi-kori bilan bog‘liq qing‘ir ishlarga qo‘l urgan 46 ta shaxs illatlari qaysi asarda fosh etilgan?

16 / 40

16. Qaysi ravish yasovchi qo‘shimchalar shakldoshlik xususiyatiga ega ? 1) -lab; 2) -larcha; 3) -lay; 4) -siz; 5) -chasiga; 6) -ligicha.

17 / 40

17. Quyidagilar orasidan so‘z yasovchi va shakl yasovchi sifatida o‘zaro omonim bo‘la oladigan qo‘shimchalarni ko‘rsating. 1) -siz, 2) -ona, 3) -lab, 4) -larcha, 5) -xon, 6) be-

18 / 40

18. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga sirg‘aluvchi jarangsiz lab undosh tovush yoziladi? 1) ta...fiq; 2) ta...tish; 3) ta...sifnoma; 4) bata... sil; 5) ta...siya

19 / 40

19. Qaysi javobda quyida keltirilgan parchadagi orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z haqida noto‘g‘ri hukm berilgan? Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib ochdi.

20 / 40

20. Ellik sakkizni rosa kutdim, kelmadi – piyoda ketdim. Ma’no ko’chishining turini toping.

21 / 40

21. Qaysi javobda keltirilgan gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

22 / 40

22. Uy eshigini ochsam, o‘g‘lim bilan o‘rtog‘i sovuqdan qizarib kirib keldi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta so‘z fonetik o‘zgarish asosida yo‘zilgan?

23 / 40

23. “Alpomish” dostonida poyga jarayonida kimlarning “Biri-biroviga mushti tekkanda, Tog‘ cho‘qqisi qulaganday bo‘ladi”, deya ta`riflangan.

24 / 40

24. Qaysi muborak zot: “Yetti yoshda Arslonboboga qildim salom, Haq Mustafo omonatin qildim in’om”, deya e’tirof etgan?

25 / 40

25. Qaysi juftliklarda o'zaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan? 1)qovurma (lag‘mon) - qovurma (harakat inkori); 2)bog‘lar (o‘rin-joy oti) - bog'lar (harakat); 3)terim (tananing tashqi qoplamasi) – terim (faoliyat-jarayon oti); 4)ko'zlar (inson a’zosi) - ko‘zlar (harakat); 5)qaynatma (sho'rv- qaynatma (harakat inkori)

26 / 40

26. Quyida keltirilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi so‘z turkumidan hosil qilingan? Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar.

27 / 40

27. Inson tabiatning eng ongli farzandi, uning boyliklarini asrovchi eng oliy xilqat sanaladi, shu bilan birga, inson bu boyliklarni ayovsiz sarflovchi, tabiatni tanazzulga olib boruvchi xilqat ekanligini ham unutmaylik. Berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar sonini toping.

28 / 40

28. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nisbatan ko‘proq?

29 / 40

29. Qaysi javobda quyidagi gapda qo‘llangan olmoshlar soni va turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? — Noshukurlik, — debdi u, — noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi his etish, jami narsadan lazzatlanish, bahramand bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi.

30 / 40

30. "... maktabdan chiqarib olib, qizimga Ko'kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvachilik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin". Xalq dostonlaridagi qaysi ota o‘z farzandi haqida shunday qayg‘urgan?

31 / 40

31. Dilim ranjitsa ham do‘q-u dag‘dag‘a, Bog ‘imda bu oqshom jonon о ‘ynasin. Gulday chiroyidan bo‘lay sadag'a, Ochilib-sochilib chunon o'ynasin. (Mirtemir) She’riy parchada qaysi nisbatdagi fe’llar qatnashganligini aniqlang.

32 / 40

32. Olmoshning faqat bir ma’noviy guruhiga mansub so‘ zlar qatnashgan javobni aniqlang.

33 / 40

33. Qaysi hikoyada iqtisodiy-madaniy qoloqlikning yana bir fojiali oqibati -johillik quyuq bo‘yoqlarda aks ettiriladi?

34 / 40

34. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning asosi otturkumiga mansub?

35 / 40

35. Quyidagi gapda qanday otlar ishtirok etgan? O‘lmasning onasi uyda o‘tiradi, do‘ppi tikadi. 1) shaxs nomi; 2) shaxs oti; 3) o‘rin-joy nomi; 4) o‘rin-joy oti; 5)narsa oti; 6) faoliyat-jarayon oti;

36 / 40

36. Inson o`z hayotidagi g`alabali onlardan shodlanadi, turli omadsizliklar va qiyinchiliklardan esa tushkunlikka tushadi. Berilgan gapdagi nechta yasama so`zning asosi sifat so`z turkumiga mansub?

37 / 40

37. Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. Ushbu mashhur bayt Alisher Navoiyning qaysi dostonida keltirilgan?

38 / 40

38. Quyidagi ismlar ma’no ko‘chishning qaysi turi asosida vujudga kelgan? Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Feruza, Yoqutoy, Asalxon

39 / 40

39. Egalik qo‘shimchalari asosga qo‘shilsa, qanday fonetik hodisalar yuz berishi mumkin?

40 / 40

40. Quyidagi qaysi gapda o‘zaro omonim ko‘makchi morfemalar qatnashgan?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0