On tili va adabiyot attestatsiya №12

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


On tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №12

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. –tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi?

2 / 40

2. Quyidagi qaysi asarda yoshligida adashib shakar deb tuz yeb qo`ygan, lekin katta bo`lganida tuz yeb, shakar yegandek jilmayib turishgan majbur bo`lgan obraz uchraydi?

3 / 40

3. Muqimiy “Qoqondan Farg’onaga” qilgan sayohatida qaysi qishloqning odamlarini “charchashni bilmas yursalar, purzor ketmon ursalar, vaqti namozga kelsalar, masjid soriga lang ekan” deya ta’riflaydi?

4 / 40

4. Qaysi javobda yetakchi qismi yasama fe’l bo’lgan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi ravishdosh shaklida qo’llangan?

5 / 40

5. Ishda to`g`rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmaslik, so`zda to`g`rilik har vaqt rost so`zlamaklikdur. (A.Avloniy) Ushbu gapda qatnashgan yasama so`zlar soni nechta?

6 / 40

6. Gahi topdim falakdin notavonlig’,
Gahi ko’rdum zamondin komronlig’,
Base issig’, sovug’ ko’rdum zamonda,
Base achchig’, chuchuk totdim jahonda.

Navoiy ushbu baytlarni qaysi asarida keltirgan?

7 / 40

7. Qaysi javobdagi gapda qatnashgan ko`makchini unga ma`nodosh bo`lgan kelishik qo`shimchasi bilan almashtirib bo`ladi?

8 / 40

8. Jadvalda berilgan qaysi she`riy san`at(lar)ning ma`nosi notog`ri berilgan?

9 / 40

9. Qaysi qatorda Fuzuliyning turkiy devonidagi asarlarning miqdori to’g’ri tartiblangan? 1)ruboiy; 2) qasida; 3) g’azal; 4) qit’a a) 42 ta; b) 300 ga yaqin; c) 27 ta; d) 75 ta

10 / 40

10. Qaysi asar inson hayotida muhim o`rin tutadigan aql, ilm -ziyo, insof va adolat, yaxshi xulq, va muomala madaniyati, din etiqod davlatni idora qilish xalqlar va elatlarning ahil do`stona munosabatda bo`lishlari haqida mulohaza yuritiladi?

11 / 40

11. Quyidagi qaysi gapda o‘zaro omonim ko‘makchi morfemalar qatnashgan?

12 / 40

12. Dilim ranjitsa ham do‘q-u dag‘dag‘a, Bog ‘imda bu oqshom jonon о ‘ynasin. Gulday chiroyidan bo‘lay sadag'a, Ochilib-sochilib chunon o'ynasin. (Mirtemir) She’riy parchada qaysi nisbatdagi fe’llar qatnashganligini aniqlang.

13 / 40

13. Mashg‘uloti, kasbi-kori bilan bog‘liq qing‘ir ishlarga qo‘l urgan 46 ta shaxs illatlari qaysi asarda fosh etilgan?

14 / 40

14. Qaysi gapda so‘z yasovchi qo‘shimchalar soni nisbatan ko‘proq?

15 / 40

15. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning asosi otturkumiga mansub?

16 / 40

16. Ellik sakkizni rosa kutdim, kelmadi – piyoda ketdim. Ma’no ko’chishining turini toping.

17 / 40

17. Olmoshning faqat bir ma’noviy guruhiga mansub so‘ zlar qatnashgan javobni aniqlang.

18 / 40

18. Uy eshigini ochsam, o‘g‘lim bilan o‘rtog‘i sovuqdan qizarib kirib keldi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta so‘z fonetik o‘zgarish asosida yo‘zilgan?

19 / 40

19. Qaysi javobda quyidagi gapda qo‘llangan olmoshlar soni va turi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? — Noshukurlik, — debdi u, — noshukurlikning bexosiyat tomoni shundaki, bu illatga o‘ralgan kishi his etish, jami narsadan lazzatlanish, bahramand bo‘lish qobiliyatini yo‘qotadi.

20 / 40

20. "... maktabdan chiqarib olib, qizimga Ko'kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib, chorvachilik ilmini o‘rgatayin, qo‘y sog‘moqqa usta bo‘lsin". Xalq dostonlaridagi qaysi ota o‘z farzandi haqida shunday qayg‘urgan?

21 / 40

21. Quyidagi ismlar ma’no ko‘chishning qaysi turi asosida vujudga kelgan? Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Feruza, Yoqutoy, Asalxon

22 / 40

22. Odamiy ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. Ushbu mashhur bayt Alisher Navoiyning qaysi dostonida keltirilgan?

23 / 40

23. Qaysi shoirning g’azalida lirik qahramonning yuzi azbaroyi hijron azobini chekaverganidan sarg’ayib ketib, oltinni yashiradigan darajaga yetdi, ya’ni shunchalik sarg’aydiki, buning oldida tilloning sariqligi hech narsa bo’lmay qoldi, deb ta’riflanadi?

24 / 40

24. Inson tabiatning eng ongli farzandi, uning boyliklarini asrovchi eng oliy xilqat sanaladi, shu bilan birga, inson bu boyliklarni ayovsiz sarflovchi, tabiatni tanazzulga olib boruvchi xilqat ekanligini ham unutmaylik. Berilgan gapdagi fonetik o‘zgarishlar sonini toping.

25 / 40

25. Quyidagi gapda qanday otlar ishtirok etgan? O‘lmasning onasi uyda o‘tiradi, do‘ppi tikadi. 1) shaxs nomi; 2) shaxs oti; 3) o‘rin-joy nomi; 4) o‘rin-joy oti; 5)narsa oti; 6) faoliyat-jarayon oti;

26 / 40

26. Qaysi javobda keltirilgan gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilgan?

27 / 40

27. Qaysi qatorda asosi omonim, yasama, o‘timli fe’l berilgan?

28 / 40

28. Quyida keltirilgan gapdagi yasama so‘zlar qaysi so‘z turkumidan hosil qilingan? Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar.

29 / 40

29. Qaysi ravish yasovchi qo‘shimchalar shakldoshlik xususiyatiga ega ? 1) -lab; 2) -larcha; 3) -lay; 4) -siz; 5) -chasiga; 6) -ligicha.

30 / 40

30. Qaysi gapda ham ot, ham sifat yasovchi qo‘shimcha bilan omonim bo‘la oladigan shakl yasovchi qo‘shimcha qatnashmagan?

31 / 40

31. Qaysi javobda quyida keltirilgan parchadagi orttirma nisbat qo‘shimchasi olgan so‘z haqida noto‘g‘ri hukm berilgan? Mirzo Ulug‘bek belidagi serbar kamariga osilgan kalitni olib eshikning qulfini jaranglatib ochdi.

32 / 40

32. Quyidagi qaysi so‘zlarda nuqtalar o‘rniga sirg‘aluvchi jarangsiz lab undosh tovush yoziladi? 1) ta...fiq; 2) ta...tish; 3) ta...sifnoma; 4) bata... sil; 5) ta...siya

33 / 40

33. Qaysi hikoyada iqtisodiy-madaniy qoloqlikning yana bir fojiali oqibati -johillik quyuq bo‘yoqlarda aks ettiriladi?

34 / 40

34. Egalik qo‘shimchalari asosga qo‘shilsa, qanday fonetik hodisalar yuz berishi mumkin?

35 / 40

35. “Alpomish” dostonida poyga jarayonida kimlarning “Biri-biroviga mushti tekkanda, Tog‘ cho‘qqisi qulaganday bo‘ladi”, deya ta`riflangan.

36 / 40

36. Quyidagilar orasidan so‘z yasovchi va shakl yasovchi sifatida o‘zaro omonim bo‘la oladigan qo‘shimchalarni ko‘rsating. 1) -siz, 2) -ona, 3) -lab, 4) -larcha, 5) -xon, 6) be-

37 / 40

37. Mirmuhsinning "Temur Malik" asari qaysi janrda yozilgan?

38 / 40

38. Qaysi juftliklarda o'zaro shakldosh qo‘shimchalar ishtirok etmagan? 1)qovurma (lag‘mon) - qovurma (harakat inkori); 2)bog‘lar (o‘rin-joy oti) - bog'lar (harakat); 3)terim (tananing tashqi qoplamasi) – terim (faoliyat-jarayon oti); 4)ko'zlar (inson a’zosi) - ko‘zlar (harakat); 5)qaynatma (sho'rv- qaynatma (harakat inkori)

39 / 40

39. Qaysi muborak zot: “Yetti yoshda Arslonboboga qildim salom, Haq Mustafo omonatin qildim in’om”, deya e’tirof etgan?

40 / 40

40. Inson o`z hayotidagi g`alabali onlardan shodlanadi, turli omadsizliklar va qiyinchiliklardan esa tushkunlikka tushadi. Berilgan gapdagi nechta yasama so`zning asosi sifat so`z turkumiga mansub?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Iltimos, reklama blokeringizni o’chiring!

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0