Biologiya attestatsiya №11

0%
0

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №11

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Berilgan hayvonlarni nafas olish organlari bilan juftlab yozing 1.kalima 2.biy 3.chupchik 4.chayon 5.tovuskoʻz 6.midiya 7.yonsuzar a) jabra b) oʻpka c) traxeya

2 / 40

2. Quyidagi AaBbCc genotipga ega boʻlgan organizm necha tipdagi gametalarni hosil qilishini belgilang

3 / 40

3. Qaysi davrda bola tez o’sadi, tanasining vazni ham ortadi, va organlari takomillashib boradi.

4 / 40

4. Qaysi o`simliklarni murtak xaltasidagi hujayralar soni gulkosasini soniga teng? 1) Zarmiton 2) Zarafshon 3) Umid 4) Porloq 5) Umirboqi 6) Farhod 7) Saratov-29 8) Sulton

5 / 40

5. Abiotik omilarni belgilang a- g`oza barglariningfotosintez qilishi b- raffleziyaning daraxtlar tanasida parazitlik qilishi c- o`simliklarning hasharotlar yordamida changlanishi d- chirindili tuproqda hosildorlikni oshishi e- yetarli namlikda o`simlikning gurkirab rivojlanishi

6 / 40

6. Buyumdan qaytgan yorug’lik nurini sariq dog’ga borish ketma-ketligi. 1) muguz parda 2) shishasimon tana 3) ko’z gavhari 4) qarachiq 5) ko’zning oldingi kamerasi 6) ko’r dog’

7 / 40

7. Quyidagi organoidlarga xos xususiyatlarni aniqlang 1)ribosoma 2) mitoxondriya 3) lizosoma.a)lipid va uglevod sintezida qatnashadi b) ularning soni xujayraning funksional faolligiga bog’liq c) bir qavat membrana bilan o’ralgan d) prokariot va eukariotlarda uchraydi e) asosiy vazifasi ATF sintez qilish

8 / 40

8. Murtakdan rivojlangan asosiy ildiz turi hayoti davomida rivojlanishda davom etadigan bir yillik o‘simliklar guruhini aniqlang.

9 / 40

9. Bitta turkumga mansub bo’lmaganlarni belgilang.

10 / 40

10. Gultojibarglari beshta qo‘shilgan (a) va qo‘shilmagan (b) o‘simliklarni aniqlang. 1) karrak; 2) qovun; 3) bo‘znoch; 4) bo‘yimodaron; 5) tobulg‘i; 6) gulxayri; 7) g‘o‘za.

11 / 40

11. Kamxastak va qarag‘ayga xos bo‘lgan umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) fitosenoz vakili; 2) murtak xalta; 3) urug‘; 4) fitofag; 5) urug‘kurtak; 6) tuguncha.

12 / 40

12. Odam ovqat hazm qilish sistemasida ishtirok etadigan tizimlarning faoliyati to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a)simpatik nerv sistemasi; b) parasimpatik nerv sistemasi; qalqonsimon bez; gipofiz; 1)oshqozon bezlari faoliyatini kuchaytiradi; 2)buyrakda reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi; 3)ichak bezlari faoliyatini susaytiradi; 4) ichak muskullari qisqarishini susaytiradi; 5) ichak muskullari qisqarishini kuchaytiradi.

13 / 40

13. Odamda kretinizm kasalligining kelib chiqish sababini ko‘rsating.

14 / 40

14. Santa-Gertruda va Zagorsk zotlari uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlarni belgilang. 1)ichagi anal teshigiga ochiladi: 2) tashqi quloq quloq suprasi va eshituv yo’liga ega; 3) tana o‘zgarishlar harorati doimiy; 4) bosh skeletlilar kenja tipiga mansub: 5) embrioni faqat ona organizmida rivojlanadi; 6) yuragi to‘rt kamerali.

15 / 40

15. Oziq zanjiridagi 1,2,3,4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang

16 / 40

16. Odam yuragining muskullarda paydo bo'ladigan o‘zgarishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarish xususiyati qanday ataladi?

17 / 40

17. Jadvaldagi 1, 2, 3, 4 tartib raqamlarining gorizontal qatorlarida prokariot, lishaynik va zamburug‘ vakillari haqida ma’lumotlar berilgan. Qaysi gorizontal qatordagi ma’lumotlar berilgan organizmlar uchun mutloq to‘g‘ri?

18 / 40

18. Shakli o‘zgargan ildiz ( a ) poya ( b ) barg ( c ) larga ega o‘simliklarni juftlab ko‘rsating. 1) topinambur; 2) karam; 3) piyoz; 4) lavlagi; 5) bodring; 6) burchoq; 7) do‘lana; 8) turp.

19 / 40

19. Odam organizmidagi nafas chiqarish jarayonida qisqaradigan (I) va qo’lni tirsakdan yozuvchi (II) muskullarni belgilang.

20 / 40

20. Ko’zning kamalak pardasidagi melanin pigmenti yetishmasligi (a) va to’r pardasidagi kolbachasimon hujayralarning funksiyasi buzilishi (b) natijasida paydo bo’ladigan kasalliklarni ko’rsating.

21 / 40

21. O’simliklarnmg qaysi sistematik birlikka mansubligi to’g’ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1)kanop: 2) saur: 3) porfira: 4) tobulg’i.

22 / 40

22. Zoosenoz tarkibiga kiruvchi ko‘l baqasiga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1)eshituv organlari ichki va o‘rta quloqdan iborat; 2)ayirish organi ikkita tasmasimon buyrakdan iborat; 3)kamar suyaklari umurtqa pog‘onasiga tutashmagan; 4)yurak qorinchasidan katta qon aylanish doirasi boshlanadi; 5) qovoqsiz ko‘zlari yaqin masofadan yaxshi ko‘radi; 6) qovurg‘alarining bir uchi ko‘krak umurtqalariga, ikkinchi uchi to’sh suyagiga birikadi.

23 / 40

23. Oziq zanjiri zvenolari to‘g‘ri tartibda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bronza qo‘ng‘iz; 2) laylak; 3) chigirtka; 4) o‘rgimchak; 5) kaltakesak; 6) o‘simlik.

24 / 40

24. Quyidagilardan yo'sintoifa, ochiq urug‘lilar va yopiq urug`lilar bo‘limlari uchun umumiy belgilarni aniqlang. 1) murtak xaltaning mavjudligi; 2) jinsiy ko‘payishning ustunlik qilishi; 3) xlorofillning bo`lishi; 4) qo‘sh urug‘lanish; 5) tuxum hujayraning urug'kurtakdagi arxegoniyda yetilishi; 6) sellyulozadan iborat hujayra qobig‘i.

25 / 40

25. Zuhrasochning sporalari (a), funariyaning gametalari (b) qayerda yetiladi?

26 / 40

26. Dala qirqbo‘g‘imining jinsiy bo‘g‘ini uchun mos keladigan javobni aniqlang.

27 / 40

27. Churrak (a), ilvirs (b), bo‘g‘ma ilon (mansub sinflarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) faqat miyachasida burmalar mavjud; 2) miyachasida burmalar yo‘q; 3) bosh miya yarimsharlarida burmalar mavjud; 4) tuxumida sariqlik ko‘p; 5) tuxumini bosib yotadi; 6) embrion bachadonda rivojlanadi.

28 / 40

28. Gormonlar, ular ishlab chiqariladigan ichki sekretsiya bezlari va gormonlar funksiyalari jadvaldagi qaysi raqamlar qatorida muvofiq tarzda to‘g‘ri berilgan?

29 / 40

29. Odam chap qo’li venasidan oshqozonni davolash uchun yuborilgan dorining yo'nalishi to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang. 1) kovak vena; 2) chap bo’lmacha; 3) o‘pka arteriyasi; 4) o‘ng bo’lmacha; 5) aorta va katta qon aylanish sistemasining arteriyalari; 6) o‘ng qorincha; 7) chap qorincha; 8) o'pka venasi

30 / 40

30. Odam buvragining kalavasimon kanalchalarida qanday jarayonlar sodir bo’ladi?

31 / 40

31. Sog‘lom odam tinch nafas chiqargandan so‘ng chuqur nafas chiqarganida yana 1500 ml havo chiqarish holati ... deb ataladi.

32 / 40

32. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. Odam yuragi chap qorinchasiga ...1)qon bo'lmachadan o'tadi; 2)qon yarim oysimon klapan orqali o'tadi; 3)arterial qon o'tadi; 4)venoz qon o'tadi; 5)qon vena tomiridan o'tadi; 6)uch tavaqali klapan orqali o'tadi; 7)ikki tavaqali klapan orqali o'tadi

33 / 40

33. Toshbaqaning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan xususiyatni belgilang.

34 / 40

34. Bir hududda yashovchi turli populatsiyalarning o‘zaro munosabati (1), gen mutatsiyasi (2) tiriklikning qaysi tuzilish darajasida sodir bo‘ladi?

35 / 40

35. Rasmda odam skeleti tasvirlangan. O'zaro harakatchan (a), yarim harakatchan (b), harakatsiz choksiz (va harakatsiz chok orqali ( birikadigan suyaklar to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni belgilang.

36 / 40

36. Quydagi rasmdan miya sopining qismlarini belgilang.

37 / 40

37. Odamning Odamning bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘iga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) tashqi kulrang qavati nerv hujayralaridan iborat; 2) o‘ng va chap yarimsharlarda hid bilish, eshitish, ko‘rish, chamalash va tuyg‘u markazlari joylashgan; 3) chakka qismida eshitishning oliy markazi joylashgan; 4) ensa qismida ko‘rishning oliy markazi joylashgan; 5) chap yarimsharda geometrik obrazlari aniqlash markazi joylashgan.

38 / 40

38. Achitqi zamburug‘lari nima bilan oziqlanadi (a) va oziqlanish jarayonida qanday birikmalar hosil bo‘ladi (b)?

39 / 40

39. Sersut qoramol zotlarini aniqlang.

40 / 40

40. Quyida berilganlardan chuchuk suv shillig'i haqidagi to'g'ri fikrlarni aniqlang. 1)qorinoyoqlilar sinfi, bo'g'imoyoqlilar tipiga. mansub; 2)yopiq qon aylanish sistemasiga ega; 3)yuragi bo'lmacha va qorinchadan iborat, tananing orqa tomonida joylashgan; 4) yurak bo'lmachasiga arterial qon quyiladi; 5) ayirish organining bir uchi berk; 6) jigari hazm shirasi ishlab chiqaradi.

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0