Uy » Online olimpiada » Geografiya olimpiada » 9-sinf Geografiya olimpiada №2 Geografiya olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 9-sinf Geografiya olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 541 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 2 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 9-sinf Geografiya olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Ekologik muammolar ko‘lami jihatidan nechta pog‘onaga bo‘linadi? A) 5 B) 3 C) 2 D) 6 2 / 25 2. To‘rg‘ay supasimon o‘lkasining janubiy qismi, Qozog‘iston past tog‘larining juda katta janubiy qismida qanday tabiat zonasi tarkib topgan? A) Adir B) Cho‘l C) Dasht D) Chalacho‘l 3 / 25 3. Guri suv ombori qaysi daryoda barpo etilgan? A) Missisipi B) Niger C) Volga D) Karuna 4 / 25 4. Qanday andozalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-birini 90◦ li burchak ostida kesishadigan to‘g‘ri chiziqlardan iborat to‘r hosil qiladi? A) konussimon B) teng maydonli C) azimutli D) silindrsimon 5 / 25 5. Troposfera havosining harorati, namligi, shamollari va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan katta qismlari nima deb ataladi? A) havo massalari B) kontinental havo C) havo harakati D) dengiz havosi 6 / 25 6. Shamol yo‘nalishini qaysi asbob yordamida aniqlash mumkin? A) anemometr B) fluger C) termometr D) barometr 7 / 25 7. Mirzacho‘lning markaziy qismida qanday botiqlar joylashgan? A) Qizilqum, Yettisoy, Boyovut B) Yettisoy, Sardoba, Qorasuv, Yog‘ochota, Sho‘ro‘zak C) Sardoba, Yerjar, Sangzor D) Amir Temur, Sangzor, Mirzaobod 8 / 25 8. Quydagilardan og‘ir rangli metallar ko‘rsatilgan variantni toping? A) Volfram, germaniy, rux, magniy. B) Oltin, kumush, platina, uran. C) Mis, qalayi, qo‘rg‘oshin, nikel. D) Platina, molibden, nikel, aluminiy. 9 / 25 9. Afrikada tropic cho’llar materikning necha foizini egallaydi? A) 50 B) 40 C) 20 D) 30 10 / 25 10. Quydagilardan Respublikamizda dengiz sathidan 850 metr balanddan o‘tuvchi temir yo‘l o‘zaro bog‘lagan shaharlarni toping.1. Toshkent; 2. Qo‘qon; 3. Boysun; 4. Jizzax; 5. G‘uzor; 6. Namangan; 7. Sherobod; 8. Samarqand. A) 2.6 B) 4.8 C) 3.7 D) 1.5 11 / 25 11. Gazni quvurar orqali yuborishdan maqsad nima? A) Quruqlik transportida tashib bo’lmasligidan B) Isrof bo’lmasligini oldini olish C) Masofa qisqa bo’lishi uchun D) Transport xarajatini tejash 12 / 25 12. Antraktidada muzning o’rtacha qalinligi qancha. A) 2000 m ga yaqin B) 3000 m ga yaqin C) 2555 m D) 2500 m dan ortiq 13 / 25 13. Organizmlar faol bo’lib, yer yuzini egallay boshlaganiga qancha vaqt bo’ldi? A) 550-600 mln yil B) 450-500 mln yil C) 350-400 mln yil D) 650-700 mln yil 14 / 25 14. Turli xildagi elektr stansiyalarning yuqori voltli elektr uzatish liniyalari bilan birlashtirib, bir markazdan boshqarib turishi nima deyiladi? A) Energetika tizimi B) Energiya tizimi C) Energetika manbai D) Energetika tarmog’i 15 / 25 15. . Quyidagilardan texnika ekinlari ko‘rsatilgan variantni belgilang ? 1.kanop; 2. bug‘doy; 3. sholi; 4. qovun; 5. paxta; 6. arpa; 7. karam; 8. tamaki; 9.pomidor;, 10. tarvuz; 11. suli; 12. beda. A) 2,7,10 B) 3,9,11 C) 4,8,12 D) 1,5,8 16 / 25 16. Neftni qazib chiqarish xarajati ko’mir qazib chiqarishdan o’rta hisobda qancha kam? A) 3 barobar B) 10 barobar C) 2 barobar D) 4 barobar 17 / 25 17. Mamlakatimizda 11 000 ta ….…, 119 ta……va 1065ta …..… aholi manzillari bor. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlar qo‘yilgan variantni toping? A) Qishloq, shahar, shaharcha B) Qishloq, shaharcha, shahar C) Shaharcha, shahar, qishloq D) Shahar, qishloq, shaharcha 18 / 25 18. Zona so’zining ma’nosini aniqlang. A) Lotincha so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan , ensiz yer B) Yunoncha so’z bo’lib , uzun, cho’zilgan , ensiz yer C) Nemischa so’z bo’lib, uzun, cho’zilgan, ensiz yer D) Lotincha so’z bo’lib, uzun cho’zilmagan, enli yer 19 / 25 19. Alp-Karpat tog’lari qaysi kichik o’lkaga tegishli? A) O’rta Yevropa B) Shimoliy Yevropa C) Sharqiy Yevropa D) Janubiy Yevropa 20 / 25 20. Quydagilardan mamlakatimizdagi mehnatda band aholining 10,9 va 13,4 %i qaysi tarmoqlarda band ekanligini ajrating? 1. Sanoat; 2. Qishloq xo‘jaligi; 3. Savdo va umumiy ovqatlanish; 4. Qurilish; 5. Sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 6. Transport va aloqa; 7. Fan, ta`lim, madaniyat va san`at; 8. Boshqaruv tashkilotlari. A) 2.6 B) 4.8 C) 1.5 D) 3.7 21 / 25 21. O‘zbekiton aholisining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollarning ulushi qancha % ni tashkil etadi? A) Erkaklar 53% ni ayollar 47 % ni B) Erkaklar 48% ni ayollar 52 % ni C) Erkaklar 52% ni ayollar 48 % ni D) Erkaklar 50% ni ayollar 50 % ni 22 / 25 22. Quyida berilgan variantlarni qaysi birida yurtimizdagi silikat bloklar ishlab chiqariladigan viloyatlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) Xorazm, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari B) Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari C) Toshkent, Farg‘ona, Jizzax viloyatlari D) Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlari 23 / 25 23. Iliq oqimlarni aniqlang. A) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Labrador, Gvineya B) Shimoliy Atlantika, Peru, Antil, Gvineya C) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Kanar D) Shimoliy Atlantika, Golfstrim, Antil, Gvineya 24 / 25 24. Bir tonna gaz kondensatidan qancha kg - 1) motor yoqilgisi; 2) sun`iy tola; 3) sun`iy kauchuk olish mumkun? A) 400, 150, 50 kg B) 300, 100, 30 kg C) 350, 120, 40 kg D) 500, 200 60 kg 25 / 25 25. Mamlakatimizdagi 1)furon birikmalari, 2) biokimyo, 3) gidroliz zavodlari joylashgan shaharlarni belgilang? A) Farg‘ona, Muborak, Navoiy B) Farg‘ona, Yangiyo‘l, Andijon C) Yangiyo‘l, Farg‘ona, Namangan D) Farg‘ona, Andijon, Namangan 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz