Biologiya attestatsiya №11

0%
1

OMAD YOR BO'LSIN!


Biologiya fanidan attestatsiya savollari №11

DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga  sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin.

Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! 

Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling.

1 / 40

1. Tirik organizm o'z faoliyatini saqlab turishi uchun doimiy ravishda nima kerak?

2 / 40

2. Reaksiya normasining kengligi nima bilan aniqlanadi

3 / 40

3. Miya sopini hosil qilishda qaysi miyalar qatnashadi. 1. orqa miya 2. uzunchoq 3. o’rta 4. oraliq 5. miya ko’prigi 6. miyacha

4 / 40

4. Nodirning avlodida xromosoma kasalligi mavjud bo`lib, uning o`zida yelka chanoqqa nisbatan tor, balog`atga yetish davridan beri bir qancha jinsiy qoloqliklar yuzaga kelgan. Shundan kelib chiqqan holda unda yuzaga keladigan qaysi kasallik geni allelsiz bo`ladi?

5 / 40

5. Hidni yaxshi sezuvchi, o‘ljasini ta'qib qilib tutiboluvchi hayvonni aniqlang.

6 / 40

6. Tuxumini pilla ichiga qo`yuvchi organizmlar uchun umumiy xususiyat(lar)ni ajrating. 1) Regeneratsiya xususiyatiga ega 2) Tuxumidan yetuk organizmlarga o`xshash yosh organizmlar chiqadi 3) Germafrodit 4) Erkin yashaydi 5) Tuxumidan lichinka chiqadi 6) Tanasi 1 qavat epiteliy bilan qoplangan 7) Ayirish sistemasi o`xshash, faqat tana bo`shlig`iga ochilgan tomoni bilan farq qiladi

7 / 40

7. Faqat yaqin masofada ko’radigan narsalarni rangi va shaklini farqlay oladigan organizmlarni belgilang 1-triton 2-beluga 3-martishka 4-gibbon 5-orangutan 6-salamandra 7-xumbosh 8-baqa 9-forel 10-gorilla 11-shimpanze

8 / 40

8. AaBb genotipli organizmlar o'zaro chatishtirilishidan olingan avlodda 2 ta retsessiv genli va 3 ta dominant genli individlar nisbatini aniqlang.

9 / 40

9. Tugunchasida bitta urug'kurtak bo'ladigan magnoliyasimonlarni ko'rsating. 1) na'matak; 2) shaftoli; 3) olxo'ri; 4) olma; 5) shirach; 6) o'rik; 7) olg'i; 8) xarduma

10 / 40

10. Gastrulyatsiya jarayoni hujayraning o’sib kirishi orqali amalga oshadigan organizmlarda qon aylanish tizimining qaysi qismlarida CO2 ga to’yingan qon bo’ladi? 1)yurak chap bo’lmasida 2)yurak qorinchasi 3)arteriyalarda 4)yurak o’ng bo’lmasida 5)yurakning o’ng bo’lmasiga qon olib keluvchi vena tomiri 6)yurakning chap bo’lmasiga qon olib keluvchi vena tomiri

11 / 40

11. Gormonlar, ular ishlab chiqariladigan ichki sekretsiya bezlari va gormonlar funksiyalari jadvaldagi qaysi raqamlar qatorida muvofiq tarzda to‘g‘ri berilgan?

12 / 40

12. Odam organizmidagi nafas chiqarish jarayonida qisqaradigan (I) va qo’lni tirsakdan yozuvchi (II) muskullarni belgilang.

13 / 40

13. Ko’zning kamalak pardasidagi melanin pigmenti yetishmasligi (a) va to’r pardasidagi kolbachasimon hujayralarning funksiyasi buzilishi (b) natijasida paydo bo’ladigan kasalliklarni ko’rsating.

14 / 40

14. To‘g‘ri fikrlarni aniqlang. Odam yuragi chap qorinchasiga ...1)qon bo'lmachadan o'tadi; 2)qon yarim oysimon klapan orqali o'tadi; 3)arterial qon o'tadi; 4)venoz qon o'tadi; 5)qon vena tomiridan o'tadi; 6)uch tavaqali klapan orqali o'tadi; 7)ikki tavaqali klapan orqali o'tadi

15 / 40

15. Sersut qoramol zotlarini aniqlang.

16 / 40

16. Oziq zanjiridagi 1,2,3,4-raqamlarga mos organizmlarni aniqlang

17 / 40

17. Santa-Gertruda va Zagorsk zotlari uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlarni belgilang. 1)ichagi anal teshigiga ochiladi: 2) tashqi quloq quloq suprasi va eshituv yo’liga ega; 3) tana o‘zgarishlar harorati doimiy; 4) bosh skeletlilar kenja tipiga mansub: 5) embrioni faqat ona organizmida rivojlanadi; 6) yuragi to‘rt kamerali.

18 / 40

18. Quydagi rasmdan miya sopining qismlarini belgilang.

19 / 40

19. O’simliklarnmg qaysi sistematik birlikka mansubligi to’g’ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1)kanop: 2) saur: 3) porfira: 4) tobulg’i.

20 / 40

20. Quyida berilganlardan chuchuk suv shillig'i haqidagi to'g'ri fikrlarni aniqlang. 1)qorinoyoqlilar sinfi, bo'g'imoyoqlilar tipiga. mansub; 2)yopiq qon aylanish sistemasiga ega; 3)yuragi bo'lmacha va qorinchadan iborat, tananing orqa tomonida joylashgan; 4) yurak bo'lmachasiga arterial qon quyiladi; 5) ayirish organining bir uchi berk; 6) jigari hazm shirasi ishlab chiqaradi.

21 / 40

21. Zuhrasochning sporalari (a), funariyaning gametalari (b) qayerda yetiladi?

22 / 40

22. Toshbaqaning qon aylanish sistemasiga xos bo‘lgan xususiyatni belgilang.

23 / 40

23. Odamda kretinizm kasalligining kelib chiqish sababini ko‘rsating.

24 / 40

24. Jadvaldagi 1, 2, 3, 4 tartib raqamlarining gorizontal qatorlarida prokariot, lishaynik va zamburug‘ vakillari haqida ma’lumotlar berilgan. Qaysi gorizontal qatordagi ma’lumotlar berilgan organizmlar uchun mutloq to‘g‘ri?

25 / 40

25. Odam yuragining muskullarda paydo bo'ladigan o‘zgarishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarish xususiyati qanday ataladi?

26 / 40

26. Achitqi zamburug‘lari nima bilan oziqlanadi (a) va oziqlanish jarayonida qanday birikmalar hosil bo‘ladi (b)?

27 / 40

27. Churrak (a), ilvirs (b), bo‘g‘ma ilon (mansub sinflarga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) faqat miyachasida burmalar mavjud; 2) miyachasida burmalar yo‘q; 3) bosh miya yarimsharlarida burmalar mavjud; 4) tuxumida sariqlik ko‘p; 5) tuxumini bosib yotadi; 6) embrion bachadonda rivojlanadi.

28 / 40

28. Sog‘lom odam tinch nafas chiqargandan so‘ng chuqur nafas chiqarganida yana 1500 ml havo chiqarish holati ... deb ataladi.

29 / 40

29. Zoosenoz tarkibiga kiruvchi ko‘l baqasiga xos bo‘lgan xususiyatlarni belgilang. 1)eshituv organlari ichki va o‘rta quloqdan iborat; 2)ayirish organi ikkita tasmasimon buyrakdan iborat; 3)kamar suyaklari umurtqa pog‘onasiga tutashmagan; 4)yurak qorinchasidan katta qon aylanish doirasi boshlanadi; 5) qovoqsiz ko‘zlari yaqin masofadan yaxshi ko‘radi; 6) qovurg‘alarining bir uchi ko‘krak umurtqalariga, ikkinchi uchi to’sh suyagiga birikadi.

30 / 40

30. Odam chap qo’li venasidan oshqozonni davolash uchun yuborilgan dorining yo'nalishi to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang. 1) kovak vena; 2) chap bo’lmacha; 3) o‘pka arteriyasi; 4) o‘ng bo’lmacha; 5) aorta va katta qon aylanish sistemasining arteriyalari; 6) o‘ng qorincha; 7) chap qorincha; 8) o'pka venasi

31 / 40

31. Quyidagilardan yo'sintoifa, ochiq urug‘lilar va yopiq urug`lilar bo‘limlari uchun umumiy belgilarni aniqlang. 1) murtak xaltaning mavjudligi; 2) jinsiy ko‘payishning ustunlik qilishi; 3) xlorofillning bo`lishi; 4) qo‘sh urug‘lanish; 5) tuxum hujayraning urug'kurtakdagi arxegoniyda yetilishi; 6) sellyulozadan iborat hujayra qobig‘i.

32 / 40

32. Kamxastak va qarag‘ayga xos bo‘lgan umumiy tushunchalarni aniqlang. 1) fitosenoz vakili; 2) murtak xalta; 3) urug‘; 4) fitofag; 5) urug‘kurtak; 6) tuguncha.

33 / 40

33. Rasmda odam skeleti tasvirlangan. O'zaro harakatchan (a), yarim harakatchan (b), harakatsiz choksiz (va harakatsiz chok orqali ( birikadigan suyaklar to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni belgilang.

34 / 40

34. Dala qirqbo‘g‘imining jinsiy bo‘g‘ini uchun mos keladigan javobni aniqlang.

35 / 40

35. Odamning Odamning bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘iga xos xususiyatlarni aniqlang. 1) tashqi kulrang qavati nerv hujayralaridan iborat; 2) o‘ng va chap yarimsharlarda hid bilish, eshitish, ko‘rish, chamalash va tuyg‘u markazlari joylashgan; 3) chakka qismida eshitishning oliy markazi joylashgan; 4) ensa qismida ko‘rishning oliy markazi joylashgan; 5) chap yarimsharda geometrik obrazlari aniqlash markazi joylashgan.

36 / 40

36. Odam ovqat hazm qilish sistemasida ishtirok etadigan tizimlarning faoliyati to‘g‘ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a)simpatik nerv sistemasi; b) parasimpatik nerv sistemasi; qalqonsimon bez; gipofiz; 1)oshqozon bezlari faoliyatini kuchaytiradi; 2)buyrakda reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi; 3)ichak bezlari faoliyatini susaytiradi; 4) ichak muskullari qisqarishini susaytiradi; 5) ichak muskullari qisqarishini kuchaytiradi.

37 / 40

37. Shakli o‘zgargan ildiz ( a ) poya ( b ) barg ( c ) larga ega o‘simliklarni juftlab ko‘rsating. 1) topinambur; 2) karam; 3) piyoz; 4) lavlagi; 5) bodring; 6) burchoq; 7) do‘lana; 8) turp.

38 / 40

38. Oziq zanjiri zvenolari to‘g‘ri tartibda ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bronza qo‘ng‘iz; 2) laylak; 3) chigirtka; 4) o‘rgimchak; 5) kaltakesak; 6) o‘simlik.

39 / 40

39. Odam buvragining kalavasimon kanalchalarida qanday jarayonlar sodir bo’ladi?

40 / 40

40. Bir hududda yashovchi turli populatsiyalarning o‘zaro munosabati (1), gen mutatsiyasi (2) tiriklikning qaysi tuzilish darajasida sodir bo‘ladi?

0%

Baholash mezoni

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”;

- 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”;

- 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”

- 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”;

- 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin”

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

1 Izoh

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0