Uy » Online olimpiada » Tarix olimpiada » 11-sinf Tarix olimpiada №2 Tarix olimpiadaTuman 2019-2020 o'quv yili 11-sinf Tarix olimpiada №2 InfoMaster Avgust 19, 2024 88 Ko'rishlar 1 izoh SaqlashSaqlanganOlib tashlandi 0 0 Savollar 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf Tarix olimpiada №2 2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar. 1 / 25 Quyidagi mulohazalardan qaysi biri to‘g‘ri? A) Taraqqiyparvar ziyolilar (jadidlar) bilan eskilik tarafdorlari bo‘lgan ayrim ulamolar (qadimchilar) o‘rtasidagi kelishmovchiliklar “Sho‘roi Islomiya” tashkiloti safida bo‘linish yuz berishiga olib keldi. B) “Sho‘roi Islomiya” jamiyati dasturi va nizomiga ko‘ra, ichki siyosiy tuzilmada shariat qonunlariga qat’iy rioya qilish, milliy-diniy qadriyatlami yuksaltirishga da’vat etilgan va madrasalami iqtisodiy qo‘llab- quvvatlash aytilgan. C) Butunturkiston musulmonlarining II qurultoyida Turkiston musulmonlarining Milliy Markazi - Turkiston o‘lka musulmonlar kengashi (Kraymussovet) tashkil qilindi. D) Buxoroda “Sho‘roi islom” nomli gazeta chiqarilgan. 2 / 25 d’E qal’asi joylashgan hudud uchun kimlar kurashgan edi? A) Filipp IV va Ioann B) Filipp IV va Bonifatsiy VII C) Vilgelm I va Ioann Sahiy D) Filipp II va Ioann 3 / 25 Muhammad Sharif Buxoriy 20 dan ortiq asar yozgan.Bu asarlar qaysi fanlarga bag’ishlangan? 1.falsafa 2.tasavvuf 3.tarix 4.geografiya 5.fiqh 6.musiqa 7.tilshunoslik 8.ilohiyot 9.astronomiya A) 1,2,3,5,7,9 B) 1,3,5,7,8,9 C) 1,3,4,5,7,9 D) 1,2,5,6,7,9 4 / 25 Xiva xonligida qo`ng`irotlar sulolasi hukmronligi davrida mamlakat miqiyosida soliqlarni yig’ilishiga… javobgar bo’lganlar. A) inoq va devonbegi B) mehtar va qo’shbegi C) devonbegi va naqib D) devonbegi va otaliq 5 / 25 Tombuktu madrasasida qaysi fanlar o’qitilgan? 1 ilohiyot 2 tarix 3 fiqh 4 matematika 5 geografiya 6 tibbiyot 7 astronomiya A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,4,5,7 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,4,7 6 / 25 Mexanik to’quv dastgohini yaratilishi mehnat unumdorligini necha martaga oshishiga imkon berdi? A) 15-18 marta B) 10 marta C) 40 marta D) 20 marta 7 / 25 XVI – XVII asrlarda burjuaziyaning soni va jamiyatdagi nufuzini ortishiga…… sabab bo’lgan. A) usti yopiq bozorlarni vujudga kelgani B) ichki va tashqi savdoda shaharlar mavqeyining yuksalishb borishi C) savdo monopoliyalarining vujudga kelishi D) dehqonlar sonining oshib borishi 8 / 25 XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligida ekinzorlarning yarmidan ortig’ig’a…..yetishtirilgan. A) g’alla B) paxta C) poliz D) beda 9 / 25 Usmon beyligi Kichik Osiyoning …. hududida tashkil topgan edi. A) janubi-g’arbiy B) shimoli-g’arbiy C) shimoli – sharqiy D) janubi-sharqiy 10 / 25 Butun dunyoga mashhur “Faust”asarini kim yozgan? A) I. Gyote B) D.Defo C) Motsart D) J.Svift 11 / 25 1204-yili Vizantiya xarobalarida tashkil topgan davlatni toping. A) Lotin imperiyasi B) Konstantinopol qirolligi C) Romey D) Flandriya 12 / 25 XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi va Xiva xonligi o’rtasida talash yerlarni toping. A) Marv va Hirotda B) Maymana va Andxud C) Kesh va Andxud D) Chorjo’y va Marv 13 / 25 1757- yilda o’z bandargohlarini tashqi savdo uchun yopib qo’ygan davlatda sodir bo’lgan voqeani to’g’ri toping. A) 1757-yilda Jung’or xonligi butunlay bosib olindi B) ‘’100 moddali Farmon’’ deb ataluvchi qonunlar to’plami joriy etildi C) 1517-yilda Qohira shahri bosib olindi D) 1850-yil dehqonlar mamlakat janubida qo’zg’alon ko’tardilar 14 / 25 Eftallar alifbosi qaysi yozuv asosida shakllangan? A) yunon B) Baqtriya C) oromiy D) so`g`d 15 / 25 N.Ignatyev Xiva va Buxoroga kelgan vaqtda sodir bo’lgan voqeani toping. A) Hindiston Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi B) Eron Hirotni bosib olishi natijasida Buyuk Britaniya bilan urush kelib chiqdi C) Buyuk Britaniya bilan Afg’oniston o’rtasida harbiy shartnoma imzolandi D) “Tarixi Shohruxiy” asarining muallifi tug’ilgan 16 / 25 Qaysi davlat Xitoy va Sharqning boshqa mamlakatlari bilan bo’lgan xalqaro savdoda muhim o’rin tutgan? A) Davan B) Gana C) Mali D) Songai 17 / 25 Qaysi Xuroson noibi davrida barcha musulmonlar huquq jihatidan tenglashtirilgan? A) Ashros B) Nasr ibn Sayyor C) Qutayba ibn Muslim D) Abu Muslim 18 / 25 Kushon davlatida qaysi sohalar yuksak darajada taraqqiy etgan edi ? 1.me’morchilik 2.xattotlik 3.kulolchilik 4.binokorlik 5.musiqa san’ati A) 1,3,4 B) 2.5 C) 1.4 D) 1.2 19 / 25 Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi nishonlangan yildan bir yil o’tib sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1.Burhonuddin al – Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi nishollandi 2.Imom al- Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishollandi 3.”Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etildi 4‘’Xorazm Ma’mun akademiyasi’’ni 1000 yilligi nishonlandi 5.Abu Mansur al- Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishollandi A) 1,3,5 B) 1,2,3 C) 1,4,5 D) 3,4,5 20 / 25 Gananing katta boyligi … bo’lgan. A) to`qimachilik B) choy C) g`alla D) oltin 21 / 25 Qachon Rim Misrni o’z provinsiyasiga aylantirgan? A) Mil.avv.31-yilda B) Mil.avv.29-yilda C) Mil.avv.14-yilda D) Mil.avv.30-yilda 22 / 25 Malik ush- shuaro” unvoniga sazovor bo’lgan shoir o’zining she’rlarida nimalarni ayovsiz fosh etgan? A) Subhonqulixonning xalqni og’ir soliqlarga duchor etganligini B) Jamiyatdagi jabr-zulm,mehnatkashlarning og’ir ahvolini C) Qirg’in – barot urushlarni D) Yuqori tabaqa vakillarining adolatsizliklarini 23 / 25 Jahon tarixida birinchi marta mamlakat iqtisodiyotida yetakchilik qishloq xo’jaligidan sanoatga o’tgan davlat tarixida yuz bergan voqeani tog’ri toping. A) 1871-yilda mamlakatni yagona davlatga birlashtirish yakunlandi B) 1787-yilda Konstitutsiyasi qabul qilindi C) Lion to’quvchilari 1834-yilda yana qo’zg’olon ko’tardilar D) 1832-yilda parlament islohoti o’tkazilib,parlamentga saylov tartibi o’zgartirildi 24 / 25 Olimxon hukmronligi davrida Farg’ona hokimi bo’lgan shaxsni aniqlang. A) Muhammad Ali B) Rahmonqulibiy C) Musulmonqul D) Umarxon 25 / 25 Quyidagilardan qaysi biri ko’proq yashagan? A) Rembrandt B) Mirali Tabriziy C) Abulxayr ibn Hammor D) Migel de Servantes 0% Testni qayta ishga tushiring Author: InfoMaster Foydali bo'lsa mamnunmiz
Istaklar ro'yxatiga qo'shildiIstaklar ro'yxatidan olib tashlandi 6 9-10-11 sinflar Tarix olimpiada №6