11-sinf Kimyo olimpiada №2

0

11-sinf Kimyo olimpiada №2

2019-yil tuman bosqichida tushgan savollar

1 / 25

1. Quyidagi reaksiyalarni tahlil qilib 1 g uran-235 yoqilg‘isidan olinadigan energiyaga teng issiqlik hosil qilish uchun necha tonna ko‘mirni yoqish kerakligini aniqlang. (1 eV = 1,6∙10-19 J)

235U + n = 114Ba + 92Kr + 3n + 200 MeV/(har bir uran-235 yadrosiga) C + O2 = CO2 + 395 kJ/mol

2 / 25

2. Massasi 23,2 g bo‘lgan Mg va MgO dan iborat aralashma to‘liq qaytarildi va yetarli miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Natijada 15,68 litr (n.sh.da) gaz modda ajralib chiqdi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi metallning massasini (g) aniqlang.

3 / 25

3. N2(g)+3H2(g) ↔ 2NH3(g) ushbu reaksiya bo‘yicha azotning sarflanish tezligi 3 mol/l∙min. 8 litrli idishda shu reaksiya o‘tkazilganda, azotning miqdori 104 moldan 8 molgacha kamaydi. Reaksiya necha minut davom etganligini aniqlang.

4 / 25

4. 100 oC dagi KBr ning 408 g to‘yingan eritmasi 25oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? (S (25 oC)=66; S (100 oC)=104)

5 / 25

5. Quyidagi birikmalardan ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydiganlarini aniqlang. 1) natriy sulfat; 2) ammoniy atsetat; 3)litiy nitrat; 4) ammoniy karbonat; 5) kaliy xlorid.

6 / 25

6. KClning 20oC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 34 ga teng. 350 g suvda 70 g KCl eritildi. Shu eritmani to‘yintirish uchun yana necha gramm KCl qo‘shish kerak?

7 / 25

7. Orbital kvant soni 2 ga teng bo‘lgan pog‘onachaga eng ko‘pi bilan nechta elektron sig‘adi .

8 / 25

8. 100oC dagi Ba(NO3)2 ning 336 g to‘yingan eritmasi 25 oC gacha sovitilsa, necha gramm tuz kristallanadi? S(250C)=10,5; S(1000C) =34,4)

9 / 25

9. 2A + B↔ C reaksiya muvozanat holatida boshlang‘ich moddalar konsentratsiyalari [A]=0,5 mol/l; [B]=0,2 mol/l ga teng bo‘lsa muvozanat holatidagi C moddaning konsentratsiyasini (mol/ l) toping (KM=1).

10 / 25

10. 5,2 g atsetilendan necha gramm akril kislota olish mumkin?

11 / 25

11. 250 g 8,94% li KCl eritmasidan 3 A tok kuchi 9650 sekund davomida o‘tkazilganda hosil bo‘lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini (%) toping.

12 / 25

12. Quyidagi tuzlarning qaysilari gidrolizga uchramaydi? 1) natriy sulfat; 2) ammoniy nitrit; 3) litiy nitrat; 4) alyuminiy karbonat; 5) kaliy xlorid; 6) ammoniy atsetat.

13 / 25

13. 124,65 kPa bosim, temperatura 77 °C ga teng bo‘lganda, 7 l metan tarkibidagi atomlar sonini toping.

14 / 25

14. Geksan molekulasida nechta sp³-gibrid orbitallar mavjud?

15 / 25

15. SO2 + NO2 = SO3 + NO reaksiyada SO2 va NO2 ning dastlabki  konsentratsiyasi 6 va 7 mol/litr bo‘lsa, SO2 ning muvozanat konsentratsiyasini (mol/litr) hisoblang (Км=1).

16 / 25

16. Qaysi birikmalar suvda eritilganda kislotali muhit hosil bo‘ladi? 1) natriy peroksid; 2) alyuminiy nitrat; 3) magniy xlorid; 4) kaliy gidrid; 5) natriy gidrokarbonat; 6) rux sulfat.

17 / 25

17. 500 g 32% li CuSO4 eritmasidan misni to‘liq ajratib olish uchun 5 A to‘k kuchini necha sekund davomida o‘tkazish kerak?

18 / 25

18. Qaysi birikmalar suvda eritilganda neytral muhit hosil bo‘ladi? 1) kaliy peroksid; 2) natriy nitrat; 3) kalsiy xlorid; 4) litiy sulfat; 5) natriy gidrokarbonat; 6) natriy gidrid.

19 / 25

19. A+2B=C+D reaksiya bo‘yicha muvozanat qaror topgandan so‘ng moddalarning muvozanat konsentratsiyalari quyidagicha: [A]=0,4 mol/l, [B]=0,5 mol/l, [C]=0,25 mol/l, [D]=0,8 mol/l bo‘lsa, muvozanat konstantasini aniqlang.

20 / 25

20. 2CO(g) + O2(g) ↔ 2CO2(g) ushbu reaksiya bo‘yicha kislorodning sarflanish tezligi 4 mol/litr∙min. 2 litrli idishda shu reaksiya olib borilganda, kislorodning konsentratsiyasi 7 mol/litrdan 2 mol/litrgacha kamaydi. Reaksiyaning sekundlardagi davomiyligini aniqlang.

21 / 25

21. Mol nisbatlari 5:2 bo'lgan CD4 va H2O tarkibidagi neytronlar soni ayirmasi 8,5 ga teng bo'lsa,  aralashmaning mol yig'indisini toping.

22 / 25

22. 89,1 g ikki asosli karbon kislotaning kalsiyli tuzi pirolizga uchratilib olingan siklik keton qaytarilganda 37,8 g sikloalkan  olindi. Qanday sikloalkan olinganligini aniqlang .

23 / 25

23. Alizaringa xrom (III) gidroksid qo'shilsa, qanday rang hosil bo'ladi?

24 / 25

24. HСl + О2 = Сl2 + Н2О reaksiya hajmi 8 litr bo‘lgan idishda olib borildi. Kimyoviy muvozanat qaror topganda moddalar konsentratsiyalari [HCl]=0,7, [O2]=0,6 va [Н2О]=0,4 mol/l ni tashkil qildi. Boshlang’ich moddalar miqdorini (mol) aniqlang.

25 / 25

25. Quyidagi reaksiyaning o‘ng tomonidagi moddalar koeffitsiyentlar yig‘indisi nechaga teng? As2S3 + HNO3= H3AsO4 + SO2 + NO2 + H2O

0%

InfoMaster
Author: InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

InfoMaster

Foydali bo'lsa mamnunmiz

32 Izohlar
Hammasini ko'rsatish Eng Foydali Eng Yuqori Reyting Eng Past Reyting Sharhingizni qo'shing

Javob qoldiring

Info-Master.uz
Logo
Elementlarni Solishtiring
  • Jami (0)
Solishtiring
0